Mehnatga haq to‘lashning rag‘batlantiruvchi ahamiyatini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishni kuchaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining o‘z kasb darajasini oshirishdan manfaatdorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari uchun mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi razryadlari 1 — 27-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. Ular 1996-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
* 1—27 ilovalar rus tilida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan belgilangan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasida tasdiqlangan razryadlar bo‘yicha xodimlar stavka (lavozim maosh)larini mustaqil ravishda belgilaydilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 2-son, 17-modda)
3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar 1—27-ilovalarda ko‘rsatilmagan xodimlar ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash shartlarini belgilashda 28-ilovaga muvofiq Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralarning ayrim toifadagi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlariga amal qilsinlar.
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar rahbarlarida belgilangan mehnat haqi fondi doirasida:
boshqaruvning yangi, progressiv tashkiliy shakllarini, zamonaviy usullarini, texnologiyalar va texnikani joriy etish zaruriyati tug‘ilganda boshqaruv apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni, shu maqsadlarga ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirgan holda mukofotlash. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlarini mukofotlashning miqdorlari ishning umumiy natijalariga ularning shaxsiy ulushiga qarab belgilanadi;
bunga bir oylik ish haqi fondini yo‘naltirgan holda, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish huquqi saqlab qolinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, sud organi va notarial idora rahbarini mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish yuqori turuvchi organning, uning o‘rinbosarlarini esa — mazkur davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, sud organi va notarial idora rahbarining qarori bilan amalga oshiriladi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlarida nazarda tutilmagan lavozimlardagi davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralarning ayrim toifadagi xodimlariga Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga muvofiq razryadlar:
vazirliklar, idoralar va hokimliklar apparatlari rahbarlari yordamchilariga — bosh va yetakchi mutaxassislar lavozim razryadlari darajasida;
vazirliklar va idoralarning markaziy apparati ishlar boshqarmasi tarkibidagi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga — bosh mutaxassislar lavozim razryadlari darajasida;
vazirliklar va idoralar markaziy apparati ilmiy-texnika kengashi raislari o‘rinbosarlari va ilmiy kotiblariga — tegishli ravishda mazkur vazirliklar va idoralarning mustaqil boshqarmalari hamda bo‘limlari boshliqlari va yetakchi mutaxassislari lavozim razryadlari darajasida;
davlat ekspert komissiyalari raislariga — boshqarmalar (bo‘limlar) boshliqlari lavozim razryadlari darajasida;
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari balog‘atga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari hamda ma’muriy komissiyalarining mas’ul kotiblariga — tegishli hokimliklarning yetakchi mutaxassislari lavozim razryadlari darajasida, yetakchi mutaxassis lavozimi bo‘lmagan joylarda — birinchi toifali mutaxassislar lavozim razryadlari darajasida;
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralar apparatlarining tarkibiy bo‘linmalarga boshchilik qiluvchi va hisobga olish hamda hisobotga tashkiliy va uslubiy rahbarlikni amalga oshiruvchi bosh buxgalterlariga — mazkur vazirlik (idora)larning tasdiqlangan lavozim razryadlari tuzilmasiga muvofiq bosh boshqarma va yetakchi bo‘lim boshlig‘i lavozim razryadi darajasida, boshqa hollarda — mustaqil boshqarma hamda bo‘lim, bosh boshqarma bo‘limi, kichik bo‘lim boshlig‘i lavozim razryadi darajasida; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, ularning boshqarma va bo‘limlarida — tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari lavozim razryadi darajasida;
Oldingi tahrirga qarang.
hokimlikning arxiv bo‘limlari boshliqlariga — mustaqil bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari lavozim razryadi darajasida; mustaqil bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimi bo‘lmagan joylarda — bosh mutaxassislar lavozim razryadi darajasida;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 563-modda)
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining bosh me’morlariga — tegishli hokimliklarning mustaqil boshqarma va bo‘limlari boshliqlari lavozim razryadlari darajasida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo‘limlarining maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari inspektorlari, shuningdek inspektor-vrachlarga — mutaxassislar lavozim razryadlari darajasida belgilanadi.
2. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlarida nazarda tutilmagan lavozimlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining ayrim toifalari stavkalari:
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining o‘rinbosarlariga — tegishli rahbar stavkasidan 5 foizgacha kam miqdorda;
kichik bo‘limlar va shu’balar rahbarlariga — tegishli bo‘linma rahbari stavkasidan 5 — 8 foiz kam miqdorda belgilanadi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakolatxonasi xodimlari lavozim razryadlari mazkur qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqarmalari va mustaqil bo‘limlari xodimlari uchun nazarda tutilgan lavozim razryadlari darajasida belgilanadi.
4. Vazirliklar va idoralar apparati bo‘linmalarini yetakchi bo‘limlarga tenglashtirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.