25.10.2018 yildagi PQ-3982-son
Hujjat 26.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy aktlar hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga asoslanadi.
11. Ushbu Konsepsiyaning 10-bandida ko‘rsatilgan vatandoshlar bilan hamkorlikning asosiy sohalari quyidagilardir:

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Mas’ul ijrochilar

I. Huquqiy-normativ bazani shakllantirish va takomillashtirish

1.

Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar (keyingi o‘rinlarda — vatandoshlar) va ularning oila a’zolari uchun kirish vizalarini, shu jumladan, ko‘p marotabali va uzoq muddatli, vaqtinchalik yashash hamda ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

1. Tegishli huquqiy-normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish.

2. Belgilangan tartibda huquqiy-normativ hujjatlarning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2018-yil

30-dekabrgacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(E. Muxitdinov),

Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev),
DXX (A. Usmanov)

2.

“Vatandosh pasporti”ni tatbiq qilish bo‘yicha chet el tajribasini hamda uni O‘zbekiston Respublikasida joriy qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish.

Aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish yuzasidan chet el tajribasini o‘rganish va tahlil qilish.

2019-yil

1-martgacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),

Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev),

DXX (A. Usmanov),

vazirlik va idoralar

3.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqarolig� to‘g‘risida”gi Qonunga vatandoshlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

1. Qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2019-yil

1-iyungacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),
Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev),
DXX (A. Usmanov),
vazirlik va idoralar

4.

Vatandoshlarning madaniy, ma’rifiy, axborot, lingvistik ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida hamkorlik qilish shuningdek, shu sohada hamkorlik dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzish.

1. Xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlarini aniqlash.

2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va idoralararo kelishish.

3. Hujjatlar loyihalarini xorijiy tomon bilan kelishish.

4. Shartnomalar tuzish.

2019-yil

1-iyulgacha

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

(K. Ishanxodjayev),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O. Abduraxmanov),

TIV (D. Axatov)

II. Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va ular bilan ish olib borishdagi

istiqbolli yo‘nalishlarni tahlil qilish

5.

Quyidagilarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini yaratish: bebaho ilmiy-amaliy tajribaga ega, olim, ekspert, tadbirkor, yuqori malakali mutaxassis, madaniyat, san’at, sport va boshqa soha xodimi bo‘lgan vatandoshlar (chet davlatlar va mutaxassisliklari bo‘yicha kataloglashtirish hamda davlat idoralarining kadrlar xizmati uchun onlayn qidiruv va foydalanish imkonini yaratish), ular bilan manzilli ishlarni olib borish, shuningdek, ularning salohiyatini O‘zbekistonning rivojlanishiga jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; chet eldagi vatandoshlar tashkilotlari, shu jumladan, xorijdagi biznes-assotsiatsiyalar, milliy va madaniy markazlar, fondlar, maktab, kafedra va universitetlar, shuningdek, vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, xususiy tele va radio kompaniyalar, bosma va elektron nashriyotlar.

1. Idoralararo ishchi guruh tashkil etish.

2. Ma’lumotlar bazasini yaratish.

3. Vatandoshlar va ularga tegishli tashkilotlar bilan manzilli ish olib borish, ularning salohiyatini O‘zbekiston Respublikasini ivojlantirishga jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-maygacha

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

TIV (D. Axatov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov),

DXX (A. Usmanov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
(K. Ishanxodjayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (L. Kudratov),
Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(O. Abduraxmanov),
Matbuot va axborot agentligi
(S. Shukurov),
MTRK (A. Xodjayev),
vazirlik va idoralar

6.

Chet elda ta’lim olayotgan O‘zbekiston yoshlarini kelgusida o‘qishni tamomlaganidan keyin O‘zbekiston Respublikasida ish bilan ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida ular bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Ma’lumotlar bazasini yaratish.

2. Yoshlarning ishga joylashishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va ular bilan manzilli ish olib borish.

3. O‘qishni tamomlagan iqtidorli yoshlarni O‘zbekistonda ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish.

2018-yil

1-dekabrgacha

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

(O. Tadjiyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(O. Abduraxmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), TIV (D. Axatov)

7.

O‘zbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligini, ularning tashkilotlari faoliyatini, ular bilan doimiy muloqot olib borilishini, ilm-fan, texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, menejment va boshqa sohalarda fikr, tajriba va bilimlar almashinuvini yoritish maqsadida “UzBridge” axborot-tahliliy elektron jurnalini yaratish.

1. Elektron jurnalning konsepsiyasi va mundarijasi (kontent) ishlab chiqish.

2. Tahrir kengashni, birlamchi mualliflik guruhini tashkil etish.

3. Jurnalning birlamchi talqinini yaratish va sinovdan o‘tkazish, saytni ishga tushirish.

4. Saytni muntazam ravishda yangilab turish.

5. Elektron jurnal bazasida vatandoshlarni birlashtiruvchi ijtimoiy tarmoq platformasini yaratish.

2019-yil

1-aprelgacha

TIV (D. Axatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Umarov), Matbuot va axborot agentligi

(S. Shukurov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

(K. Ishanxodjayev)

III. Iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirish

8.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kiritish, venchur fondlarni, qo‘shma korxonalarni yaratish va boshqalar bo‘yicha vatandoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

1. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shishga qodir va tayyor bo‘lgan vatandoshlarni aniqlash.

2. Muzokaralar olib borish.

3. O‘zbekistonda tegishli loyihalarni amalga oshirish borasida huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish.

2019-yil

1-martgacha

TIV (D. Axatov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (L. Kudratov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (A. Nazarov),

Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), vazirlik va idoralar

9.

Vatandoshlarning O‘zbekiston Respublikasida eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga hamda xorijiy bozorlarga o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

1. O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda ishtirok etishni istagan vatandoshlarni aniqlash.

2. Muzokaralar olib borish.

3. Eksport shartnomalarini tuzishda huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish.

Muntazam ravishda

Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),
Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Nazarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(L. Kudratov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev),

TIV (D. Axatov),

vazirlik va idoralar

10.

O‘zbekistonning turistik mahsulotini ilgari surishdan, mamlakatimizda turistik infratuz�lma, turizmning yangi turlarini rivojlantirishda ishtirok etishdan manfaatdor vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Manfaatdor vatandoshlar bilan aloqalar o‘rnatish, muzokaralar olib borish va sayyohlik loyihalarini ishlab chiqish.

2. Vatandoshlarga tegishli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda huquqiy, axborot hamda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish.

Muntazam ravishda

Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

(U. Kasimxodjayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(L. Kudratov),
TIV (D. Axatov),
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (U. Xusanov)

11.

Vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda joylardagi ijro hokimiyati va boshqa davlat tashkilotlarining rahbar hamda mas’ul lavozimlariga, shuningdek rahbarlarning konsultantlari (maslahatchilar) sifatida jalb qilish.

1. Vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni tegishli lavozimlarga nomzodligi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Muzokaralar olib borish, O‘zbekiston Respublikasiga tanishuv tashriflarini o‘tkazish.

3. Rahbar va mas’ul lavozimlarga jalb qilinayotgan vat�ndoshlarga huquqiy va axborot ko‘magini berish, shuningdek, O‘zbekistonga ko‘chib kelishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish.

Muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, TIV (D. Axatov),
LBMA (D. Li), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(L. Kudratov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Nazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),vazirlik va idoralar

12.

Vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, innovatsion va boshqa loyihalari hamda dasturlarini amalga oshirish uchun davlat tasarrufida bo‘lgan bo‘sh obyektlar va yer maydonlarini taqdim etish.

1. Vatandoshlarga tegishli talabnomaga asosan davlat tasarrufida bo‘lgan bo‘sh obyektlar va yer maydonlarini berish.

2. Huquqiy va tashkiliy-texnik masalalarni hal qilishda har tomonlama yordam ko‘rsatish.

Muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Raqobat qo‘mitasi

(N. Sharipov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Madaniy-gumanitar, ilmiy, ta’lim va axborot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish

13.

O‘zbek tili, madaniyati va an’analarini, xususan, o‘zbek tili va adabiyoti kurslarini tashkil etish, seminarlar, madaniy kechalar, konferensiyalar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan dunyoga targ‘ib etish va ommalashtirish uchun Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqish.

1. (Konfutsiy instituti/XXR, Gyote instituti/GFR, Servantes instituti/Ispaniya, Yunus Emre instituti/Turkiya va boshqalar) singari shunga o‘xshash institutlar tashkil etish va faoliyatini yuritish orqali xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazi va uning filiallarini chet elda ta’sis etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

3. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini va konsepsiyasini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun kiritish.

2019-yil

1-maygacha

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),
Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),
TIV (D. Axatov),
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi

(K. Ishanxodjayev),

vazirlik va idoralar

14.

2019-yil Samarqand shahrida Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish.

1. Forum konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2. Forum qatnashchilari ro‘yxatini tuzish.

3. Tegishli farmoyish qabul qilinishi uchun hujjatlar to‘plamini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Forumni o‘tkazish.

2019-yil

1-fevralgacha

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, “Buyuk kelajak” XNNT

(B. Ismailov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi

(K. Ishanxodjayev),

TIV (D. Axatov)

15.

Xorijda O‘zbekistonning xalqaro imidjini ilgari surish va mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida olib borilayotgan tub o‘zgarishlarni namoyon qilish maqsadida vatandoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, taqdimotlar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni o‘tkazishni tashkillashtirish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tadbirlarni o‘tkazish.

2019-yil

1-martgacha

TIV (D. Axatov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi

(K. Ishanxodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, kino, madaniyat, teatr san’ati, televideniye va radio yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish uchun xorijiy fuqarolar safidan yosh vatandoshlarga grantlar taqdim etish.

1. Vatandoshlarga ta’lim grantlarini taqdim etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2. Mexanizmning ijro etilishini ta’mirlash.

2019-yil

1-maygacha

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi

(O. Abduraxmanov),

oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

17.

Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning vakillari O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tkazilishining soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

1. Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari va xorijiy ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2. Akkreditatsiyadan o‘tkazishni yengillashtirish maqsadida ularning faoliyatini o‘rganib chiqish.

3. Akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2019-yil

1-martgacha


Muntazam ravishda

TIV (D. Axatov),
Matbuot va axborot agentligi (S. Shukurov),
DXX (A. Usmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.