Ushbu Qonun davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning (bundan buyon matnda soliqlar deb yuritiladi) budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash maqsadlarida tuziladi.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida hududiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan: soliq to‘lovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruvini va moliya-xo‘jalik faoliyati taftishini amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish bo‘linmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linma tuziladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini davlat boshqaruv organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslar bo‘lib, respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi bitilgan muhrga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi, uning xodimlari cheklangan soni bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-sonli “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlash;
soliqlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
soliq to‘lovchilarni va soliq solish obyektlari o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;
soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish;
pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash;
soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga o‘tish yo‘li bilan amalga oshirish;
soliqlarning ixtiyoriy ravishda to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini rag‘batlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan davlat budjetini shakllantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlari yaratilishini ta’minlash.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliq to‘lovchilarda moliyaviy hujjatlar, shartnomalar (kontraktlar), rejalar, smetalar, daromadlar haqidagi deklaratsiyalar hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarning, shu jumladan elektron hujjatlarning, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarning tekshiruvlarini o‘tkazish;
(5-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
daromadlar olish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq hududni, ishlab chiqarish binolari, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish;
kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi) saqlanadigan joylarni muhrlab qo‘yish;
hujjatlarni (ko‘chirma nusxalarni, shuningdek asl nusxalarni), shu jumladan elektron hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini) olib qo‘yish, bundan soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘ladigan hujjatlar hamda predmetlar mustasno. Soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘ladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
3) savdo, tovarlarni berish va pullik xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka o‘z vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish;
4) soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish;
5) soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliqlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi, shuningdek unga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar haqidagi o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish orqali mustaqil ravishda aniqlash;
6) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlarni hisoblash yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqish;
7) soliqlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlarini soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq undirib olinishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
8) soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan hollarda, banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar ko‘rish (bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish aniqlangan hollar mustasno);
(5-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turish;
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan 81-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82) soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish. Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror vujudga kelguniga qadar banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilgan shart-sharoitlarni o‘z ichiga olishi kerak.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 82-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlarga oid huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo‘llaniladi, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno;
LexUZ sharhi
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 264-moddasi.
10) soliqlarga oid huquqbuzarliklarning aniqlangan faktlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
11) soliq to‘lovchilarning g‘ayriqonuniy ravishda olgan mablag‘larini davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’volar qo‘zg‘atish;
12) soliq to‘lovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risida talabnoma yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
13) soliq to‘lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan ariza bermagan taqdirda, soliqlarning ortiqcha to‘langan summalarini boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha soliq qarzini, penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
(5-modda birinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
14) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan hollarda, agar hujjatlar chet tilida tuzilgan bo‘lsa, ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab qilish;
15) taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi to‘liq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-256-sonli Qonuniga muvofiq 16-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazish, ular bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atish hamda surishtiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-256-sonli Qonuniga muvofiq 17-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga, 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar faqat davlat soliq xizmati organlari boshliqlariga va ularning o‘rinbosarlariga, 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa davlat soliq xizmati organlarining qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda beriladi.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-256-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari davlat statistika, axborot, arxiv, ma’lumot va boshqa tashkilotlarining soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni berish yuzasidan ko‘rsatadigan xizmatlari (bajaradigan ishlari) uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirishi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
2) soliq to‘lovchilarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi;
3) soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar, hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini, shuningdek jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibiga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ta’minlashi;
4) soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlarini ma’lum qilishi, shuningdek tekshirishlarni tartibga solishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
7) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini yig‘ishi, tahlil etishi va baholashi hamda soliqlarga oid huquqbuzarliklarga yo‘l ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritishi;
Keyingi tahrirga qarang.
8) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlarga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
9) soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlar va boshqa axborotni tekshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
10) davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga meros huquqi bo‘yicha o‘tgan xazinalar va mol-mulkning hisobini yuritishi, ularni baholashi hamda ularning o‘tkazilishini nazorat etishi;
11) davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkning realizatsiya qilinishidan olingan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi yuzasidan nazorat olib borishi, shuningdek davlat organlariga tekin o‘tkazilgan mol-mulk hisobini olib borishi;
Oldingi tahrirga qarang.
12) masalani hal etish davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda, qonun hujjatlari buzilganligi faktlariga doir materiallarni prokuratura, ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati organlariga va sudlarga topshirishi;
(6-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13) valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga soliq to‘lovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirishi;
14) soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
16) soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatlarining ijro etilishiga doir solishtirma dalolatnoma tuzishi;
Oldingi tahrirga qarang.
17) soliq to‘lovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish yuborishi;
(6-modda birinchi qismining 17-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18) ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga soliq to‘lovchining arizasisiz mustaqil ravishda hisobga olishi hamda bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida soliq to‘lovchini yozma shaklda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor etishi;
(6-modda birinchi qismining 18-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Keyingi tahrirga qarang.
21) yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarini, yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobga qo‘yishi, shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalariga ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lovchilari sifatida (tegishli davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovchilari bo‘lgan subyektlar uchun) hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berishi hamda bu raqamni statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasman ma’lum qilishi;
22) davlat soliq xizmati organlarida hisobda turmagan soliq to‘lovchilar aniqlangan taqdirda, ularga belgilangan tartibda hisobga turish to‘g‘risida talabnoma taqdim etishi;
23) jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, mazkur soliq to‘lovchiga taalluqli barcha materiallarni uning yangi yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshirishi;
24) soliq to‘lovchining talabi bo‘yicha mazkur soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani, shu jumladan o‘zgarishlar kiritilgan hisob ma’lumotlari ham ko‘rsatilgan holdagi ma’lumotnomani berishi;
25) shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilishda soliq to‘lovchining talabiga binoan soliq hisobotining ko‘chirma nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yishi, soliq hisoboti telekommunikatsiya tarmoqlari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda esa, soliq to‘lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborishi;
Oldingi tahrirga qarang.
26) soliq to‘lovchilarni hisobga olish ma’lumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisobotlari to‘g‘risidagi axborotni kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuniga muvofiq 26-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27) soliq qarzi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qo‘yilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) to‘g‘risida axborot olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida merosxo‘rga (merosxo‘rlarga) soliq qarzi borligini ma’lum qilishi shart.
(6-moddaning birinchi qismi 26-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuniga muvofiq yigirma yettinchi band bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Davlat soliq xizmati organlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘ladi.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga ko‘maklashishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘yicha aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida banklar:
(7-moddaning to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1) xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
2) xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi mijozlardan belgilangan muddatda to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga doir, shuningdek hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘lari o‘tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda bajaradilar;
(7-moddaning to‘rtinchi qismi uchinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
4) soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga o‘tkazadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi beshinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6) soliq to‘lovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari berish, o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo‘yicha to‘xtatib qo‘yadi. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(7-modda to‘rtinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-242-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 557-modda)
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
8) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra ularga so‘ralayotgan davr mobaynida soliq to‘lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablag‘larining bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
LexUZ sharhi
9) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra eksport-import kontraktlarining ijrosiga doir ma’lumotlarni va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalari o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e’tiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan o‘ninchi band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat soliq xizmati organlariga boshqa axborotni ham taqdim etadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni asosida 11-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar soliq to‘lovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini o‘tkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi.
Bank aybi bilan soliq to‘lovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni o‘tkazish haqidagi topshirig‘i bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya-kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun o‘tkazilmagan soliqlar summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
(7-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida davlat hokimiyati vakili hisoblanadilar. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilish xususidagi talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart.
Hech kim davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishlariga to‘sqinlik qilinish, ularning o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning sha’ni va qadr-qimmatini haqoratlash, ularga qarshilik ko‘rsatish, tahdid qilish, zo‘ravonlik qilish yoki ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tajovuz qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi. Uchastkalarning chegaralari, shuningdek uchastka soliq inspektorlarining soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashlarini nazorat qiladilar.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bo‘limlarining boshliqlari, davlat soliq inspeksiyalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari davlat soliq xizmati tegishli organining rahbari tomonidan tayinlanadi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida nizom”ning V bobi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi uchun;
o‘zining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chog‘idagi g‘ayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15 va 990-moddalari.
Davlat soliq organlari xodimlarining o‘z xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy davlat sug‘urtalanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-dekabrdagi 631-sonli “O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdori to‘g‘risida”gi qarori.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari o‘z xizmat faoliyatlarini bajarishlari bilan bog‘liq holda halok bo‘lsa, ularga tan jarohati yetkazilsa, tegishli ravishda, halok bo‘lgan shaxsning oilasiga yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsi o‘z xizmat faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan uning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablag‘laridan qoplanadi va bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ish haqi — mansab maoshi, maxsus unvon, ko‘p yil xizmat qilganligi uchun to‘lanadigan ustama haqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda to‘lanadigan boshqa qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus unvon berilgan shaxslar belgilangan normalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi bepul maxsus formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Davlat soliq xizmati organlarida maxsus fond tashkil etilishi mumkin, uni hosil qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’tillar beriladi. Davlat soliq xizmati organlarining o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga davomiyligi besh kalendar kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga esa davomiyligi o‘n kalendar kun bo‘lgan qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’tillar beriladi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan mansabdor shaxslari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda yakka tartibda uylar yoki kvartiralar olish huquqi beriladi.
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq tajriba almashish, soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish usullarini o‘rganish va joriy etish, kadrlarni o‘qitish maqsadida hamda boshqa masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlarning soliq va boshqa organlari bilan aloqalar o‘rnatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.