Ushbu Qonun davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Davlat soliq xizmati organlari soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarning (bundan buyon matnda — soliqlar deyiladi) to‘liq va o‘z vaqtida budjetga tushishini ta’minlash maqsadlarida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq nazorati soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan subyektlar va obyektlarni hisobga olish, soliqlarga doir tekshiruvlar o‘tkazish, soliq to‘lovchilar, boshqa shaxslarni so‘rab-surishtirish vositasida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida hududiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan: soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus bo‘linmasi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruv va taftishni amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish bo‘linmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash maxsus bo‘linmasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladilar.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlaridan mustaqil tarzda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Davlat soliq xizmati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslar hisoblanadi, respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi bitilgan muhrga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tuzilishi va faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam ko‘rsatish;
soliqqa tortiladigan obyektlar va subyektlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash;
soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish.
Keyingi tahrirga qarang.
1) soliq to‘lovchilarning (shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq bo‘lgan subyektlarning) moliyaviy hujjatlari, shartnomalari (kontraktlari), rejalari, smetalari, daromadlar haqidagi deklaratsiyalari va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash bilan bog‘liq boshqa hujjatlarini, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarini tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha zarur tushuntirishlar, ma’lumotnomalar va axborotlar olish;
Keyingi tahrirga qarang.
2) yuridik va jismoniy shaxslardan soliq to‘lovchilarning faoliyatiga taalluqli axborotlar, ma’lumotnomalar, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan yuridik va jismoniy shaxslardan daromadni (foydani) va soliqqa tortiladigan boshqa obyektlar yashirilganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni, shuningdek huquqbuzarlik predmetlarini olib qo‘yish;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini buzayotgan jismoniy shaxslardan litsenziyalarini, patentlari yoki ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini olib qo‘yib, so‘ngra qonun buzilganligiga doir materiallarni mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat bergan organlarga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
4) kassalarni va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni muhrlab qo‘yish, tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qo‘yish va ularni tekshirishga, tadqiq qilishga va ekspertizaga yuborish;
5) savdo qoidalariga, tovarlarni berish va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
6) yuridik va jismoniy shaxslarning qayerda joylashganligidan qat’i nazar, daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoxud soliqqa tortish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, savdo va boshqa binolarni hamda joylarni (shu jumladan alohida rejimdagi korxonalarni) tekshirish, bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni tekshiruv tariqasida o‘lchash va tovar-moddiy boyliklarni ro‘yxat qilish. Soliq xizmati organlarining soliqlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari mazkur binolar yoki joylarga kiritilmagan taqdirda davlat soliq xizmati organlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan axborotlar (shu jumladan, soliq to‘lovchining xarajatlari haqidagi axborotlar) asosida yoki boshqa shunga o‘xshagan soliq to‘lovchilarga solinadigan soliqlarni nazarda tutgan holda soliqlar summasini mustaqil ravishda belgilashga haqlidirlar;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan hollarni bartaraf etishni talab qilish;
8) yuridik hamda jismoniy shaxslar hujjatlar asosida (hisob-kitobli) tekshiruv o‘tkazilishini yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoki soliqqa tortish obyektini saqlab turish bilan bog‘liq binolar va joylarga kirishini rad etsa, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni soliq xizmati organlariga va ularning mansabdor shaxslariga taqdim etmasa (yoki taqdim etishni rad qilsa), bunday yuridik shaxslarning, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish;
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlarga oid qonunbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llash;
Keyingi tahrirga qarang.
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 264-moddasi.
10) soliqlar borasida qonunbuzarlik faktlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda musodara qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida nizom.
11) soliqlar bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek jarima summalarini qonun hujjatlariga muvofiq so‘zsiz undirib olish;
12) yuridik va jismoniy shaxslarning g‘ayriqonuniy ravishda olgan mablag‘larini davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘atish;
13) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish, nazorat qiluvchi organlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlarni to‘xtatish haqida takliflar kiritish;
Qarang: Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1573, 06.05.2006-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik hollarini aniqlash, bunday hollarning oldini olish va bartaraf etish uchun, shuningdek ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv o‘tkazish, jinoiy ishlar qo‘zg‘atish va ularni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazish.
(5-moddaning birinchi qismi 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15) yuridik va jismoniy shaxslar egallab turgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun foydalanayottan binolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish. Soliq solish miqdorlarini hisoblab chiqarishning asosliligini tekshirish chog‘ida ishlab chiqarish, omborxona, savdo va boshqa binolarni, hujjatlar, pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklar saqlanadigan joylarni mulkdorning ishtirokida ko‘zdan kechirish.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuniga asosan o‘n beshinchi band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8—14-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari esa (tezkor-qidiruv faoliyati bundan mustasno) faqat davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga beriladi. Ushbu modda birinchi qismining 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus bo‘linmasi va uning hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Davlat soliq xizmati organlari davlat statistika, axborot, arxiv, ma’lumot va boshqa tashkilotlarining soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni berish yuzasidan ko‘rsatadigan xizmatlari (bajaradigan ishlari) uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi.
1) soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishlari, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
2) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishlari;
3) soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlar, hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini, shuningdek jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibiga rioya etishlari ustidan nazoratni ta’minlashlari;
4) soliq haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma materiallar, uslubiy ko‘rsatmalar va qo‘llanmalar ishlab chiqish va nashr etishlari;
5) soliqlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilayotgan vaqtda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntirishlari;
8) soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish faktlarini to‘plash, tahlil etish va baholashlari hamda soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga yo‘l ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritishlari;
9) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishlari;
10) soliqlarga oid qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshirishlari;
11) yuridik va jismoniy shaxslarga ular soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olinganliklari to‘g‘risidagi hujjatlarni, ro‘yxatdan o‘tkazish (identifikatsiyalash) tartib raqamlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishlari;
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizomning 23-bandi.
12) musodara qilingan, egasiz mol-mulk, xazinalar, meros huquqi bo‘yicha davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tgan mol-mulkning hisobini yuritishlari, ularni baholashlari va ularning realizatsiya qilinishini nazorat etishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13) masalani hal etish davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda qonun hujjatlarini buzish faktlariga oid materiallarni prokuratura, ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati organlariga va sudga oshirishlari;
14) yuridik va jismoniy shaxslar valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etishlarini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qilishlari;
Batafsil ma’lumot uchun qarang: Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalarining amalga oshirilishi asoslantirilganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat № 1281 04.10.2003-y.).
15) qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilarga taalluqli ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etishlari;
Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga ko‘maklashishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari o‘zaro kelishib belgilangan tartibda soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qiladilar, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotlarni almashib turadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida soliqqa tortish subyektlari va obyektlari, soliq bazasini belgilash, soliq imtiyozlarini qo‘llash, soliq haqidagi qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini tushuntirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qabul qiladigan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari:
Keyingi tahrirga qarang.
1) xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;
2) xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarganliklari to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlarining xulosasi taqdim etilgan taqdirdagina xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarini yopishlari mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi mijozlardan belgilangan muddatda to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga doir, shuningdek hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘lari o‘tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda bajaradilar;
(7-moddaning to‘rtinchi qismi uchinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
4) soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga o‘tkazadilar;
5) yuridik shaxslarning so‘mdagi mablag‘lari yetishmagan va valyuta hisobvarag‘ida mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga ko‘ra mazkur valyuta mablag‘larini budjet oldidagi qarzni to‘lash uchun zarur bo‘lgan hajmda sotuv kunidagi kurs bo‘yicha valyuta birjasida so‘zsiz tartibda sotadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
6) davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo‘yicha soliq to‘lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari berish, o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir barcha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
8) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra ularga so‘ralayotgan davr mobaynida soliq to‘lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablag‘larining bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
LexUZ sharhi
9) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra eksport-import kontraktlarining ijrosiga doir ma’lumotlarni va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalari o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e’tiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan o‘ninchi band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining soliq to‘lovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini o‘tkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi.
Bank va boshqa moliya-kredit tashkilotining aybi bilan soliq to‘lovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni o‘tkazish haqidagi topshirig‘i bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya-kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun o‘tkazilmagan soliqlar summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida davlat hokimiyati vakili hisoblanadilar. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilish xususidagi talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart.
Hech kim davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishlariga to‘sqinlik qilinish, ularning o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning sha’ni va qadr-qimmatini haqoratlash, ularga qarshilik ko‘rsatish, tahdid qilish, zo‘ravonlik qilish yoki ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tajovuz qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliqqa tortish subyektlari va obyektlarining to‘liq hamda o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi. Uchastkalarning chegaralari, shuningdek uchastka soliq inspektorlarining soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uchastka soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk solig‘i, transport vositalari egalaridan olinadigan soliq va yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashlarini nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanib, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalarining, viloyatlar davlat soliq boshqarmalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari bo‘limlarining boshliqlari, davlat soliq inspeksiyalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari tegishli soliq xizmati organining rahbari tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida nizom”ning V bobi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi uchun;
o‘zining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chog‘idagi g‘ayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15 va 990-moddalari.
Davlat soliq organlari xodimlarining o‘z xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy davlat sug‘urtalanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-dekabrdagi 631-sonli “O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdori to‘g‘risida”gi qarori.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari o‘z xizmat faoliyatlarini bajarishlari bilan bog‘liq holda halok bo‘lsa, ularga tan jarohati yetkazilsa, tegishli ravishda, halok bo‘lgan shaxsning oilasiga yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsi o‘z xizmat faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan uning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablag‘laridan qoplanadi va bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ish haqi — mansab maoshi, maxsus unvon, ko‘p yil xizmat qilganligi uchun to‘lanadigan ustama haqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda to‘lanadigan boshqa qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi.
Maxsus unvon berilgan shaxslar belgilangan normalar bo‘yicha bepul maxsus formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarida maxsus fond tashkil etilishi mumkin, uni hosil qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq tajriba almashish, soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish usullarini o‘rganish va joriy etish, kadrlarni o‘qitish maqsadida hamda boshqa masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlarning soliq va boshqa organlari bilan aloqalar o‘rnatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.