Oldingi tahrirga qarang.
“Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash, fuqarolarning ma’naviy ehtiyojlariga, zamonaviy texnik talablar va standartlarga javob beradigan sifatli va badiiy jihatdan yuksak teleradioeshittirishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2005-yil 1-fevraldan boshlab radiochastotalarni taqsimlash hamda televideniye ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov asosida amalga oshiriladi.
radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish uchun tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish Axborot faoliyati hamda ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaga yuklanadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ta’sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan yuridik shaxslar tanlovda ishtirok etish uchun qo‘yiladi;
mazkur qaror chiqqunga qadar berilgan litsenziyalar asosida televideniye ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ko‘rsatib o‘tilgan litsenziyalar muddati tamom bo‘lgandan keyin tanlovda umumiy asoslarda qatnashadilar;
teleradioeshittirish sohasida radiochastotalarni berish yuzasidan tanlov o‘tkazish va uning yakunlari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Asosiy faoliyati davlat tele va radiodasturlarni tuzish va tarqatish (translatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tanlovdan tashqari asosda amalga oshiriladi.
3. Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
taqdim etilgan hujjatlar va talabgor faoliyatining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazining tegishli xulosasini hisobga olgan holda har tomonlama o‘rganib chiqilishini ta’minlasin;
teleradiodasturlarning janri, mazmunan xilma-xilligi jamiyatning ma’naviy ehtiyojlariga, rejalashtirilayotgan setka va eshittirish hajmlariga muvofiqligini, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan zarur tele va radiouskunalar mavjudligini, shuningdek litsenziya talabgorining moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini talabgor tomonidan taklif etilayotgan eshittirish konsepsiyasini baholash uchun asosiy mezonlar sifatida qabul qilsin;
tanlov qatnashchilari teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya talablariga, yong‘in normalariga, shuningdek qo‘riqlash va xavfsizlik rejimi ta’minlanishiga muvofiqligini hisobga olsin.
5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda televideniye ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mazkur qarorga muvofiq radiochastotalar taqsimlanishi va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi yetkazilishi va tushuntirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom radiochastotalarni berishga va teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar olishga tanlov o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda tanlov deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash va yuqori sifatli teleradioeshittirishlarni tashkil etish maqsadida o‘tkaziladi.
2. Muayyan radiochastotada (radioto‘lqinda) teleko‘rsatuvlar yoki radioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziya berish tanlovning mavzusi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Asosiy faoliyati davlat televideniye radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi 50 foizdan tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradieshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining taklifi asosida Axborot faoliyati hamda ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tanlovni o‘tkazish va yakka tartibdagi litsenziyalarni berish mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilova).
Oldingi tahrirga qarang.
6. Komissiya tanlov o‘tkaziladigan sanadan kamida 60 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov to‘g‘risidagi bildirishnomani e’lon qiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
b) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) uchun berilayotgan radiochastota kanali (radiochastota nominali) va qamrab olish hududi ko‘rsatilgan holda undan foydalanish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) buyurtmanomalarni qabul qilishning boshlanishi va tamom bo‘lishi muddati hamda tanlovda qatnashish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati;
g) tanlovda qatnashishga buyurtmanoma blankasi shakli va buyurtmanomaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati;
tanlov takliflari ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdoridagi yig‘im summasini;
Keyingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat bojining yillik summasiga teng bo‘lgan zakolat summasini o‘tkazish uchun tegishli bank hisob raqami rekvizitlari;
7. Tanlovda qatnashishga O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘z vaqtida buyurtmanoma bergan va mazkur Nizomga muvofiq zarur darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni taqdim etgan yuridik shaxslar qo‘yiladi.
Shu bilan birga litsenziya talabgorlari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishlari, shuningdek vakolatli organlarning teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya, yong‘in normalari va xavfsizlik rejimi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalarini taqdim etishlari kerak.
8. Ilgari berilgan litsenziyalar asosida teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziya muddati tamom bo‘lgandan keyin tanlovda umumiy asoslarda qatnashadilar.
9. Tanlovda qatnashish uchun litsenziya talabgori mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklga binoan buyurtmanoma taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomada litsenziya talabgorining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi buyurtmanomada litsenziya talabgori elektron manzilining ko‘rsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
v) tanlov takliflarining ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
d) teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);
e) ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni ko‘rsatish va eshittirishning rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;
j) tegishli organlarning teleradioeshittirishlar obyektlarining sanitariya, yong‘in normalari va obyektni qo‘riqlash tadbirlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
z) teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanishga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan taqdirda (ijara shartnomasi va boshqalar).
Oldingi tahrirga qarang.
101. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Buyurtmanomalarni ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga qabul qilish tanlov e’lon qilinishi to‘g‘risidagi bildirishnoma chop etilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bevosita pochta aloqa vositasi orqali yoxud axborot tizimlari orqali elektron shaklda yetkaziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
13. Litsenziya olish uchun yuborilgan hujjatlar Komissiyaning ishchi guruhi rahbari tomonidan ro‘yxatga muvofiq qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgi bilan litsenziya talabgoriga yuboriladi (taqdim etiladi).
14. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
15. Belgilangan muddat tugagandan keyin buyurtmanomalarni qabul qilish to‘xtatiladi. Tanlovda qatnashishga qo‘yilgan litsenziyalar talabgorlariga tanlovda qatnashish to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
Agar belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun faqat bitta litsenziya talabgoridan buyurtmanoma tushsa, u holda buyurtmanomalar qabul qilish muddati 15 kunga uzaytiriladi.
18. Ommaviy axborot vositalari va telekomunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek litsenziya talablariga hamda Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan shartlarga javob beradigan eng yaxshi ijodiy, texnik va moliyaviy-iqtisodiy takliflar taqdim etgan qatnashchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
a) talabgorning o‘z dasturlarini eshittirish hajmi, eshittirish vaqti (har kuni, sutka davomida), eshittirishning tillar bo‘yicha nisbati, davlat tilidagi eshittirishlarni uzatishning rejalashtirilayotgan vaqti;
b) turli usullar va vositalardan foydalangan holda axborotlarni uzatish imkoniyatining mavjudligi (telematn, ikki tilda ovozli uzatish va boshqalar);
g) yuqori sifatli ovoz va tasvirli teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translatsiya qilish) majburiyatlari;
e) texnik-iqtisodiy ma’lumotlar (moliyalashtirish manbalari va ularning ishonchliligi, xarajatlar, daromadlar);
j) efirga uzatish uchun mo‘ljallanayotgan teleradioeshittirishlarning mavzu yo‘nalishlari va ularning janr bo‘yicha nisbati;
z) jalb etilayotgan ommaviy axborot vositalari mutaxassislari va texnik xodimlarning kasb bo‘yicha tayyorgarlik darajasi;
k) tanlov qatnashchisida teleradioeshittirishlarni tarqatishning ilgaridan mavjud tarmoqlarining bor bo‘lishi imkoniyati.
Agar tanlovning ikki va undan ko‘p qatnashchilarining takliflari qo‘yilgan talablarga teng darajada javob bersa, ustunlik litsenziya olish uchun eng ko‘p haq to‘lanishini taklif qilgan qatnashchiga beriladi.
Litsenziya olish uchun to‘lovning taklif etilayotgan miqdori teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilgan butun muddat uchun davlat boji summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalarni berish, berishni rad etish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror taqdim etilgan hujjatlarni puxta tahlil qilish natijalariga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasi asosida Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
(18-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi, protokol Komissiya raisi, kotibi va tanlov g‘olibi (litsenziat) tomonidan imzolanadi.
Tanlov yakunlari to‘g‘risidagi bildirishnoma aynan uning o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qilingan nashrlarda, tanlov yakunlari to‘g‘risidagi protokol imzolangandan keyin 15 kundan kechikmay e’lon qilinadi.
20. Protokol imzolangandan keyin, tanlov g‘olibi tomonidan to‘langan zakolat u litsenziya olish uchun taklif qilgan to‘lov hisobiga o‘tkaziladi. Tanlovning boshqa qatnashchilari zakolati tanlov g‘olibi protokolni imzolagandan keyin 10 kun mobaynida qaytarib beriladi.
Tanlov o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda to‘langan zakolat qatnashchiga tanlovni o‘tkazish uchun belgilangan sanadan keyin 10 kun mobaynida qaytarib beriladi.
21. Agar tanlov g‘olibi tanlov o‘tkazilgandan keyin 10 kun mobaynida protokolni imzolashni rad etsa Komissiya tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olibdan keyingi o‘rinni egallagan qatnashchini g‘olib deb e’lon qilishga haqlidir.
Bu holda protokolni imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi tomonidan to‘langan zakolat qaytarib berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Imzolangan protokol asosida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Litsenziyani rasmiylashtirish va berish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan, tanlov g‘olibi tanlov buyurtmanomasida litsenziya olish uchun o‘zi taklif qilgan summaning qolgan qismini to‘lagandan keyin va litsenziyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda litsenziya bitimi imzolangandan keyin amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
24. Agar tanlov g‘olibi protokol imzolangan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziya olish uchun to‘lovning qolgan summasi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa Komissiya tanlov natijalarini bekor qilishga haqlidir. Bu holda to‘langan zakolat summasi qaytarib berilmaydi.
25. Litsenziyada faoliyatning aniq turi, radiochastota (radioto‘lqin), teleradioeshittirish qamraydigan hudud, shuningdek litsenziyaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi radiochastotalardan foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tanlov g‘olibi tomonidan litsenziya olish uchun to‘langan summa davlat boji sifatida qabul qilinadi va belgilangan tartibda taqsimlanadi.
27. Litsenziyalovchi organ tanlov g‘olibining o‘zi taklif etgan tanlov takliflari bo‘yicha hisobotini vaqti-vaqti bilan eshitib borish, ular bajarilmagan taqdirda esa Komissiyaga chastota ajratish va litsenziyaning amal qilishi to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritish huquqiga ega.
28. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziya dublikatini qayta rasmiylashtirish va berish Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
29. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining bajarilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Radiochastotalarni tanlov asosida taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastotalarni tanlov asosida taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Umumiy ma’lumotlar: | |||
1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi _________________________________________________ | |||
2. Yuridik manzil: ____________________________________________________________ | |||
3. Telefon, faks raqamlari: ____________________________________________________ | |||
4. Ommaviy axborot vositalari nomi: ____________________________________________ | |||
5. Eshittirishlar mavzu yo‘nalishi va nomi: _______________________________________ | |||
6. Eshittirishning rejalashtirilayotgan hajmlari: | |||
Umumiy ____________________________________________________________________ | |||
O‘zi tayyorlagan, shu jumladan sotib olinadigan eshittirishlar ________________________ | |||
__________________________________________________________________ | |||
7. Eshittirishlar hajmlari: | |||
davlat tilida ________________________________________________________________ | |||
rus tilida __________________________________________________________________ | |||
boshqa tillarda ______________________________________________________________ | |||
8. Reklamaning mo‘ljallanayotgan hajmlari va davriyligi ____________________________ | |||
Texnik ma’lumotlar: | |||
9. Tanlov to‘g‘risidagi e’longa muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali: __________________________________________________________________ | |||
10. Turg‘un studiya asbob-uskunalarning mavjudligi: ________________________________ ___________________________________________________________________________ | |||
11. Uzatuvchi stansiyaning quvvati, Vt: ____________________________________________ | |||
12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli: ___________________________________________________________________________ | |||
13. Uzatuvchi stansiyani o‘rnatish joyi: ___________________________________________ | |||
14. Antennaning taxminiy balandligi ko‘rsatilgan holdagi o‘rnatish joyi, m: ___________________________________________________________________________ | |||
15. Rejalashtirilayotgan xizmat ko‘rsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni: ______________________________________________________________________ | |||
16. Teleradioeshittirishlar sohasida chastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar ko‘rsatishning | |||
kafolatlangan muddati: _______________________________________________________ | |||
Ilova qilinayotgan hujjatlar: | |||
1. _________________________________________________________________________ | |||
2. _________________________________________________________________________ | |||
3. _________________________________________________________________________ | |||
Birinchi rahbar imzosi __________________ | |||
| 200_ yil “___”________________ | ||
Ariza ko‘rib chiqish uchun 200_ yil “___”____________da qabul qilindi. | |||
___________________________________________________________________________ | |||
(Mas’ul shaxsning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||
Keyingi tahrirga qarang.