LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-son Qonuni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash milliy respublika tizimini yaratish zaruriyatidan kelib chiqib, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasidagi xo‘jalik, savdo, ilmiy-texnikaviy va boshqa munosabatlarni saqlab qolish, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikdagi texnikaviy to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimining ilova qilinayotgan Asosiy prinsiplari tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3—5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
6. O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Ustav va Nizom loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
7. O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi 1992-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimini ishlab chiqsin va respublikaning manfaatdor tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlasin. Ushbu davlat tizimiga barcha vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, kichik va qo‘shma korxonalar, kooperativlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa xo‘jalik organlarining amal qilishi majburiydir.
8. O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 1992-yilning II choragida standartlarni, texnikaviy shartlarni va metrologiya qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Mazkur qaror tasdiqlangunga qadar sobiq SSR Ittifoqining davlat boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan standartlarni, texnikaviy shartlarni va metrologiya qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalarni qo‘llanish bo‘yicha amaldagi huquqiy normalarga amal qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9, 10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
12. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda standartlash ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida” 1985-yil 7-yanvardagi 13-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 22-fevraldagi 100-son qarori (O‘zSSR QT, 1985-y., 2-son, 6-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarda mahsulotlar deb yuritaladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni tasdiqlash.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
2. Respublikada standartlashga doir ishlarni maqbul darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlash funksiyasini quyidagilar amalga oshiradilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Umuman O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha — O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va qurilish industriyasi sohasida —loyihalash va konstruksiyalash ham shunga kiradi —O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishni tartibga solish sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi sanoati tomonidan ishlab chiqariladigan tibbiyot maqsadlaridagi mahsulotlar, tibbiyot texnikasi buyumlari, dori-darmonlar va tarkibida inson uchun zararli moddalar bo‘lgan mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur idoralar va Sog‘liqni saqlash vazirligi (birkitilgan sohalar bo‘yicha) amaldagi respublika standartlarini va ularga kiritilgan o‘zgartishlarni ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, muddatini uzaytiradilar va bekor qiladilar. Respublika standartlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish yuqorida qayd etilgan organlar tomonidan tasdiqlangan grafikka muvofiq amalga oshiriladi. Respublika standartlari, texnikaviy shartlari va ularga o‘zgartishlar, ularni tasdiqlash darajasidan qat’i nazar, O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligida davlat ro‘yxatiga olinishi kerak.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash ishlariga umumiy metodik rahbarlikni O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi ta’minlaydi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiqish buyurtmachilari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar hamda tegishli mahsulot (xizmatlar) turlarini ishlab chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi boshqa tuzilmalardir. Bu ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash buyurtmachilarning mablag‘i, shu jumladan, shartnoma asosida markazlashtiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Standartlash bo‘yicha bazaviy tashkilotlar, standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mita to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq tashkil etiladigan standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar shuningdek, tegishli mahsulot (xizmatlar) turlarini ishlab chiqaruvchi yoki foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa tuzilmalar standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
4. Standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar shu standartlar va texnikaviy shartlarda majburiy va tavsiya etiladigan talablarni nazarda tutishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlar, atrof muhit, aholi salomatligi va mol-mulkining xavfsizligini ta’minlash, mahsulotlarning texnikaviy va axborot jihatdan bir-biriga monandligi, resurslarni tejashi, o‘zaro almashuvchanligini, ularni nazorat qilish, tamg‘alash usullarining birligini ta’minlash uchun belgilanadigan talablar va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar davlat korxonalari, tashkilotlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan rioya qilinishi majburiy hisoblanadi.
Import qilinadigan mahsulot, agar uning majburiy talablar borasida O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan standartlarga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va foydalanishi mumkin emas.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
Tavsiya etiladigan talablarga mahsulotning iste’mol va boshqa xususiyatlarini aks ettiruvchi talablar kiradi. Ularni qo‘llanish zaruriyatini tayyorlovchi va iste’molchi (buyurtmachi) shartnomalar tuzilayotganda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgust 410-sonli qarori tahririda)
5. Korxonalar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik organlari korxonaning yangidan yaratiladigan va chiqariladigan mahsulotiga standart ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari mumkin. Buning uchun davlatlararo va respublika standartlarining mahsulotga nisbatan nazarda tutilgan majburiy talablariga rioya etgan holda bunday standartlarning talablari davlatlararo va respublika standartlari ko‘rsatkichlaridan ortiq bo‘lishi yoki iste’molchilarning talablarini qondiradigan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar standartlarning talablari xalq xo‘jaligi talablarini qondiradigan bo‘lsa, O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi tomonidan belgilangan tartibda xalqaro, mintaqa va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini respublika standartlari va texnikaviy shartlari sifatida qo‘llanishga yo‘l qo‘yiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)