LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
o‘n kun muddatda — davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
o‘n kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda hududiy bo‘linmalarining YIDXPga ulanishini;
bir oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur ma’muriy reglament (keyin o‘rinlarda Reglament deb ataladi) jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmalarining Axborot markazi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ko‘rsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi xodimi va YIDXP tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERIsi majburiy tartibda bo‘lishi shart ekanligi to‘g‘risida oldindan xabardor qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilar ERIsini joyning o‘zida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlashga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlati xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi (agar davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilsa);
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ariza beruvchilarda ERIsi mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchining ERIsi bilan tasdiqlangandan so‘ng, barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni mobaynida, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda muhrini bosib, mas’ul xodimning imzosini qo‘yib berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
2-ILOVA
__________________ | __________________ | ||||||||
Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma olish uchun | |||||||||
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot: | |||||||||
1. Familiyasi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumot kiritiladi): | |||||||||
2. Ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumot kiritiladi): | |||||||||
3. Otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumot kiritiladi): | |||||||||
4. Pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan): | |||||||||
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud bo‘lganda): | |||||||||
6. Tug‘ilgan sanasi: | |||||||||
6. Tug‘ilgan joyi: | |||||||||
7. Yashash manzili: | |||||||||
8. Elektron manzili va telefon raqami: | |||||||||
II. Ilova qilinadigan hujjat (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘l�a): | |||||||||
notarial tasdiqlangan ishonchnoma: | |||||||||
Ariza beruvchining |
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda Reglament deb ataladi) jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) Davlat xizmatlari markazlari orqali manzil-ma’lumot axborotlarini (doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi, shuningdeq, ma’lumot mavjud emasligi haqida ma’lumot) taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladi.
3. Ariza beruvchilar faqat o‘zlariga tegishli manzil-ma’lumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-ma’lumot axborotlari berilmaydi.
4. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro boglanish yordamida amalga oshiriladi.
5. Davlat xizmati ko‘rsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
6. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
7. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
8. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi xodimi va YIDXP tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERIsi majburiy tartibda bo‘lishi shart ekanligi to‘grisida oldindan xabardor qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilar ERIsini joyning o‘zida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlashga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlati xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashkari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi (agar davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilsa);
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ariza beruvchilarda ERIsi mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchining ERIsi bilan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan manzil-ma’lumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
16. Davlat xizmatlari markazi, manzil-ma’lumot axborot kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga manzil-ma’lumot axborotini elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda muhrini bosib berish yo‘li bilan taqdim etishi mumkin.
17. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
19. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatgi-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat kilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
2-ILOVA
__________________ | __________________ | ||||||||
Manzil-ma’lumot axborotlarini olish uchun | |||||||||
Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot: | |||||||||
1. Familiyasi: | |||||||||
2. Ismi: | |||||||||
3. Otasining ismi: | |||||||||
4. Tug‘ilgan sanasi: | |||||||||
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud bo‘lganda): | |||||||||
6. Yashash manzili: | |||||||||
7. Telefon raqami: | |||||||||
8. Elektron manzili: | |||||||||
9. Manzil-ma’lumotlar byurosining nomi: | |||||||||
|
Keyingi tahrirga qarang.