17.08.2018 yildagi PF-5515-son
Hujjat 18.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Toshkent shahrida mazkur Farmonning 2-bandida ko‘rsatilgan davlat boshqaruvi organlari ishini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq namunaviy tuzilmalarga asosan tegishli hududda ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Idoralararo kollegial organlar nomi

Tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vakolatlari topshirilayotgan davlat organi

1.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yong‘in xavfsizligi komissiyasi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

2.

Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyasi

3.

Toshkent shahar ommaviy tadbirlar o‘�kazishni nazorat qilish komissiyasi

4.

Toshkent shahri huquqbuzarliklar profiliktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyasi

5.

Toshkent shahar nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash

Toshkent shahar Prokuraturasi

6.

Toshkent shahar qora va rangli metall parchalari, chiqindilarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish komissiyasi

Toshkent shahar Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

7.

Toshkent shahar kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi

8.

Toshkent shahar tiklanadigan energiya manbalarining energiya samaradorligi va ularni rivojlantirish masalalari komissiyasi

9.

Mukammal qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish komissiyasi

10.

Toshkent shahar tadbirkorlik subyektlarining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish komissiyasi

11.

Toshkent sanoat korxonalarining iqtisodiy o‘sishini ta’minlash bo‘yicha doimiy komissiya

12.

Toshkent shahar OIV-infeksiya tarqalib ketishining oldini olish tadbirlarini muvofiqlashtirish komissiyasi

Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi

13.

2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini saqlash bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirish komissiyasi

14.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana savdosini litsenziyalash komissiyasi

15.

Toshkent shahrida nikohlarni tibbiy tekshirishni muvofiqlashtirish komissiyasi

16.

Toshkent shahrida sha�arsozlik obyektlarini joylashtirish bo‘yicha yer uchastkalarini ajratish va qurilish ishlari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish komissiyasi

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi

Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

17.

Toshkent shahrida yangi ish o‘rinlarini yaratish va bandlik bo‘yicha dasturning maqsadli ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarish yuzasidan muvofiqlashtirilgan ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha shahar doimiy ishchi komissiyasi

Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasi

19.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish sohasida nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha hududiy komissiyasi

Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi (maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatlarni topshirgan holda)

20.

Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tkazilgan yerlarni ishlash va tekshirish bo‘yicha komissiya

Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

21.

Toshkent shahar hududida qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari bo‘yicha komissiya

Toshkent shahar Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

22.

Toshkent shahar hokimligi reklama-axborot faoliyati bo‘yicha komissiyasi

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi

23.

Toshkent shahar yer uchastkalarini qayta ko‘rib chiqish va kompleks iqtisodiy baholash bo‘yicha komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

24.

Toshkent shahar lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish komissiyasi

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi

25.

To‘ylarni, oilaviy tadbirlarni, marosimlarni va xotira tadbirlariga bag‘ishlangan masalalarni tartibga solish komissiyasi

26.

Toshkent shahar alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga litsenziya berish komissiyasi

Toshkent shahar tumanlari hokimlarining apparati

27.

Toshkent shahri kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Hududiy muvofiqlashtirish kengashi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

28.

2016 ― 2020-yillarda bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish davlat dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar hududiy komissiyasi

Toshkent shahar Xalq ta’l�mi bosh boshqarmasi

29.

Toshkent shahar axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashi

Axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashi

30.

Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligida tarif va islohotlar dasturini bajarish monitoringi bo‘yicha komissiyasi

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. POYTAXTNING KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY
RIVOJLANIShINI TA’MINLASh

1.

Toshkent shahar bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

shaharning noyob arxitektura-shaharsozlik qiyofasini yaratish;

poytaxtning ma’muriy chegarasini kengaytirish istiqbollari;

poytaxtning arxitektura jihatdan rivojlanishi yo‘nalishlarini aniq belgilash va shahar hududidan samarali foydalanish;

yashil shahar, piyoda yurishga mo‘ljallangan ko‘chalar, parklar va xiyobonlar ko‘p bo‘lgan ekologik toza muhitni shakllantirish;

poytaxtning markaziy qismini bo‘shatish uchun shahar darajasidagi yirik periferiyada (chetda) markaz tizimini yaratish;

uy-joy, ijtimoiy, madaniy va turistik ahamiyatidagi obyektlarni, ishlab chiqarish infratuzilmasini kompleks joylashtirish, shuningdek muhandislik va yo‘l-transport kommunikatsiyalarini va boshqalarni ildam rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-dekabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Qurilish vazirligi,

Toshkentboshplan LITI DUK, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

2019 ― 2025-yillarda Toshkent shahrini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

shahar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

aqlli shahar va yashil shahar tizimlarini joriy etish;

mahalliy davlat hokimiyati organlariningaholi va biznes bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish;

faoliyatning yuqori samarali va innovatsion turlarini rivojlantirish;

shaharning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish,

kommunal xo‘jaligi, yo‘l-transport infratuzilmasini obodonlashtirish va yaxshilashga investitsiyalarni jalb qilish;

tadbirkorlik va turizmni hamda aholining bo‘sh vaqti uchun infratuzilmani rivojlantirish;

shaharning arxitektura qiyofasini yangilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-dekabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

poytaxtning alohida huquqiy maqomini belgilash;

poytaxtning hududiy organlari bilan respublika organlarining asosiy o‘zaro hamkorlik prinsiplarini o‘rnatish;

Toshkent shahrida uning poytaxt maqomiga egaligi va boshqa munosabati bilan bu erda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat boshqaruvi organlari zimmasiga yuklanayotgan qo‘shimcha vazifa va funksiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil
1-dekabrgacha

Adliya vazirligi,
Toshkent shahar hokimi apparati, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Respublika va munitsipal mulkning aniq ro‘yxatini tasdiqlash bilan birga ommaviy mulkni respublika va munitsipal mulkka aniq ajratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
15-noyabrgacha

Adliya vazirligi,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Toshkent shahar hokimi

5.

Quyidagilarni tegishlicha Toshkent shahar va tumanlar hokimlari bo‘ysunuviga hamda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tuzilmasiga o‘tkazish:

Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda tumanlarning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari;

Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi va tuman hokimliklarining moliya bo‘limlari;

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va tumanlar qurilish bo‘limlari;

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi va tumanlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlari;

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining Toshkent shahri bo‘yicha hududiy boshqarmasi va investitsiyalar bo‘yicha tuman bo‘limlari.

Kompleks tadbirlar

2018-yil
10-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

O‘tkaziladigan huquqiy eksperiment talablarini hisobga olgan holda ko‘rsatilgan bosh boshqarmalar to‘g‘risida yangi tahrirdagi nizomlarni tasdiqlash.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
30-sentabrgacha

6.

Toshkent shahar va tumanlari xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining samaradorligini quyidagicha oshirish:

tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, davlat muassasasi shaklidagi doimiy asosda faoliyat yurituvchi

Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashl�ri kotibiyatini tashkil etish;

xalq deputatlari Kengashlari kotibiyatining tuzilmasini tasdiqlash;

kotibiyatga rahbarlik qilishni xalq deputatlari Kengashlari deputatlari orasidan biriga yuklash;

kotibiyat tarkibini xalq deputatlari Kengashlari deputatlari orasidan jamlash;

xalq deputatlari tegishli Kengashlarining joriy faoliyatini ta’minlash majburiyatlarini kotibiyat zimmasiga yuklash.

Toshkent shahri va Toshkent shahar tumanlari xalq deputatlari Kengashlarining qarori

2018-yil
10-sentabrgacha

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi

7.

Real vaqtdagi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi Toshkent shahri va tumanlar hokimlari devonining interfaol portallarini yaratish orqali mahalliy budjet daromadi va sarflarining shaffofligini ta’minlash:

fuqarolardan mahalliy budjetning muayyan qismi mablag‘larini eng ko‘p ovoz olgan maqsadlarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar olish;

mahalliy budjetga tushumlarni kuzatish, shuningdek, amalga oshirilayotgan tadbirlarni va ularga sarflangan mablag‘larning shaffofligi va ochiqligini ta’minlagan holda qayd etish orqali ularning sarflanishini monitoring qilish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi

8.

Joylarda kelib chiqadigan muammolarni yechishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalasini quyidagilar orqali ishlab chiqish:

mulk va yer solig‘ini yig‘ish bo‘yicha vazifani fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklash;

tuman hokimliklari har bir mahalla bo‘yicha mulk va yer solig‘i yig‘ishdan tushadigan mablag‘larning muayyan qismini ularga yo‘naltirgan holda alohida hisob raqamlarini ochish;

to‘plangan mablag‘larni mahalla aholisi taklifiga binoan ishlatish (yo‘llarni ta’mirlash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va hokazo);

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini soliq to‘lovlarini qabul qilish uchun elektron terminallar bilan ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-oktabrgacha

Adliya vazirligi,
Toshkent shahar hokimi,
Moliya vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
“Mahalla” jamg‘armasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

9.

Yangi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini quyidagicha yo‘l bilan oshirish:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga ko‘p qavatli uylar qurishi uchun yer maydonlarini berish, keyinchalik mazkur uylarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan birinchi qavatlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun xonalarni beg‘araz berish;

maktabgacha ta’lim muassasalariga autsorsing shartlarida to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlashni tashkillashtirish.

Toshkent shahar hokimi qarori

doimiy asosda

Toshkent shahar hokimi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi

10.

Toshkent shahrida kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini tashkil etib, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

Boshqarmaning tashkiliy tuzilmasi va Nizomini tasdiqlash;

Boshqarmaning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish;

kanallarga tutash hududlarda suv yig‘uvchi mashina va mexanizmlarni o‘rnatish, shuningdek, vaqtincha, doimiy inshootlar va imoratlar barpo etish ishlarini Boshqarma bilan kelishish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi

II. TOShKENT ShAHAR VA TOShKENT ShAHRIDAGI TUMANLAR
HOKIMLARI FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OShIRISh

11.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga solish sohasida ularga xos bo‘lmagan va bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalarni tizimlashtirish va chiqarib tashlash maqsadida qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

2018-yil
15-oktabrgacha

Adliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmalari rahbarlarini Toshkent shahar hokimi tomonidan tegishli vazir bilan kelishilgan holda, ularning tuman bo‘linmalari rahbarlarini esa Toshkent shahrining tegishli hududiy davlat boshqaruvi organi rahbari bilan kelishilgan holda tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishni nazarda tutuvchi tartibini kiritish.

Ichki idoraviy hujjatlari

2018-yil
30-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Mahalliy budjetlar daromadlari prognozini oshirib bajarish hisobiga xalq deputatlari Kengashlari kotibiyati, Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlari devoni, shuningdek, davlat boshqaruvi hududiy tuzilmalari xodimlarining faoliyatini baholash natijasiga ko‘ra ularning lavozim maoshlariga lavozim maoshining 200 foiziga qadar miqdorda ustama belgilashni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash.

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi qarori

2018-yil
15-oktabrgacha

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi,
manfaat?or vazirliklar va idoralar

14.

Toshkent shahar hokimi devoni va uning tarkibiga kiruvchi tumanlarning tarkibiy bo‘linmalari (hokim devoni, tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi, tashkiliy-kadrlar bo‘limi, tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar bo‘limi va boshqalar ) to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash.

Toshkent shahar va tumanlar hokimlarining qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi

15.

Toshkent shahar va tumanlari hokimlarining devonlari, tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy ishlarining samaradorligini quyidagi yo‘l bilan oshirish:

hokimlar devonlarining tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy ishlarining aniq shakli va usullarini o‘rnatish;

Toshkent shahar hokimi devoni tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini har xaftada kompleks o‘rganish;

Toshkent shahrining har bir tumani bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanishi, shu jumladan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, arzon uy-joylar va boshqa obyektlar qurish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Yo‘l xaritasini har chorakda tayyorlash;

ichki tekshiruvlar, birinchi navbatda ijro intizomining buzilishini aniqlashga qaratilgan mexanizmlarini joriy etish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi

16.

Toshkent shahar va tumanlar hokimlari hamda ularning o‘rinboarlarining ish samaradorligini oshirish choralarini quyidagi yo‘l bilan amalga oshirish:

har bir hokim va uning o‘rinbosarlarining aniq kun tartibi hamda hokimlar va ularning o‘rinbosarlarining har haftalik ish rejasini tasdiqlash tartibini joriy etish;

hokim devonining tashkiliy-nazorat va tahliliy boshqarmasi tomonidan xokimlar va o‘rinbosarlari ish rejalarini har haftada yig‘ib borish va bajarilishi holatini tahlil qilish;

hokim devonining tashkiliy-nazorat va tahliliy boshqarmasi tomonidan tegishli hokimga tahliliy hisobotni aniqlangan muammolari va ularning yechimi bo‘yicha takliflari bilan birga hamda keyingi haftaning ish rejasi loyihasini kiritish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi

17.

Toshkent shahar va tumanlar hokimlari real vaqt rejimida hokimlar devoni tegishli hududlar aholisi b�lan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishdaquyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi interfaol portallarini yaratish:

poytaxt aholisining uy-joy kommunal, transport va boshqa infratuzilma, hududlarni obodonlashtirish masalalari bo‘yicha takliflari va mulohazalarini qabul qilish;

xokimlar va xokim devonlari xodimlarining poytaxt aholisi taklif va mulohazalariga operativ tarzda harakat qilish;

poytaxt aholisi taklif va mulohazalari ijrosini nazorat qilish;

Toshkent shahrida arzon uy-joyga talabgorlarning navbati va shaxslar ro‘yxatini ochiq shakllantirish;

hududlarni rivojlantirish dasturlarini joylashtirish, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, tadbirkorlik subyektlarining takliflarini qabul qilish;

poytaxt aholisining ovoz berish yakunlariga ko‘ra tuman hokimlari va davlat boshqaruvining hududiy organlari rahbarlari reytingini aniqlash.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi

18.

Hokimliklar huzuridagi unitar korxonalarni quyidagicha optimallashtirish:

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi 12 ta unitar korxonalarni (Yagona buyurtmachi xizmati IK DUK, Kapital qurilish boshqarmasi DUK, Toshkent uy-joy qurilish DUK, Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi DK, Toshkent shahar hokimiyati investitsiyalar, innovatsiyalar, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish boshqarmasi DUK, Toshkent shaxar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi DUK, O‘zbekiston — Koreya axborot texnologiyalari o‘quv markazi DK, Toshkent texnotrans logistik DUK, Toshkent Xalqaro biznes markazi DUK, Landshaft dizayn markazi DUK, Tashkent tender konsalting DUK, Toshkent shahar hokimligi ma’muriy binolardan foydalanish direksiyasi DUK) tugatish;

tashkil etiladigan Munitsipal mulkni boshqarish markaziga 6 ta unitar korxonalarni topshirish (Poytaxt qurilish va xizmat DUK, Binolardan foydalanish departamenti DK, Oromgoh DUK, Toshkent agro zaxira xizmat DUK, Toshkent shahar hokimiyati xo‘jalik hisobidagi maxsus korxona DUK);

Toshkent shahar tumanlari hokimliklari huzuridagi 17 ta davlat unitar korxonalarini tugatish;

tugatilayotgan unitar korxonalarning foydalanilmayotgan bino va inshootlarini keyinchalik ulardan samarali foydalanish uchun Munitsipal aktivlarni boshqarish markaziga topshirish;

Toshkent shahar tumanlari hokimliklari devoni huzurida davlat unitar korxonalarini tashkil qilishni taqiqlash.

Munitsipal mulk bo‘lgan foydalanilmayotgan bino va inshootlarni keyinchalik Munitsipal aktivlarni boshqarish markaziga berish uchun ularni xatlovdan o‘tkazish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. IQTISODIYOTNI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

19.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ma’qullangan yoki ishlab chiqilgan rentabelli investitsiya loyihalariga aholining bo‘sh mablag‘larini Toshkent shahrining obligatsiyalari yoki yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik jamiyatlari aksiyalari shaklida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali jalb etish.

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi qarori

zaruratga qarab

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi,
Moliya vazirligi,
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

20.

Dehqon bozorlari, savdo komplekslari, umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini takomillashtirish hamda mablag‘lar to‘liq kelib tushishini quyidagicha ta’minlash:

a) dehqon bozorlari va savdo komplekslarida savdo joylari uchun shaffof elektron taqsimlash va to‘lov tizimini joriy qilish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

savdo uchun joy oluvchi shaxsning tanlovi va navbati bo‘yicha elektron katalogdan elektron talon-ruxsatnoma olishi uchun maxsus bankomatlar o‘rnatish;

joy oluvchi shaxsning tanloviga ko‘ra bir kun yoki undan ko‘proq kunga talon-ruxsatnomani olish uchun oldindan to‘lov qilish;

b) dehqon bozorlariva savdo komplekslari hududlarida (yonida)gi avtoturargohlarga kirishda (chiqishda) hisobga olish va to‘lovni qabul qilishda odam ishtirokisiz avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish;

v) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxsni tashkil qilmasdan yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga dehqon bozorlari va savdo komplekslarida tovarlar tashish xizmatini kiritish, xizmatlar ko‘rsatish uchun aravachalarni ijaraga berish imkonini taqdim etish va tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga eng kam ish haqi miqdorining 1 baravari hajmida qat’iy belgilangan soliq stavkasini o‘rnatish;

g) umumiy ovqatlanish punktlari va savdo shahobchalariga soat 23-00 dan keyin faoliyat olib borishlari uchun alohida oylik to‘lovi evaziga ruxsat berish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
15-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Toshkent shahar dehqon bozorlari va savdo komplekslarining rentabelligini quyidagi yo‘llar bilan oshirish:

Toshkent shahrining dehqon bozorlari va savdo komplekslari tomonidan Toshbozorsavdo assotsiatsiyasini tugatishda tashabbus ko‘rsatish;

dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav jamg‘armasidagi Toshkent shahar hokimi devoni ulushlarini boshqarish funksiyalarini Munitsipal aktivlarni boshqarish markaziga topshirish;

2-3 ta norentabel dehqon bozorlarining ulushini boshqaruvchi kompaniyalarning ishonchli boshq�ruviga sinov tariqasida topshirish, olingan sof foydadan kelib chiqib ularga mukofot haqi to‘lash sharti bilan berish;

dehqon bozorlari va savdo kompleksi hududlarida (yonida) joylashgan avtoturargohlarni tadbirkorlik subyektlariga davlat-sheriklik shartlarida ishonchli boshqaruvga berish.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

22.

Poytaxt favvoralarini quyidagi yo‘l bilan qurish va holatini yaxshilash:

a) Toshkent favvorasi DUKni Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi boshqaruviga berish;

b) favvoralarga tutash hududlarni yoki ularni qurish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga uch yildan o‘n yilgacha muddatga beg‘araz foydalanish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlarida berish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

favvorani tadbirkorlik subyekti mablag‘lari hisobiga qurish va mukammal ta’mirlash;

favvoraga tutash hududlardan savdo yoki ko‘ngilochar joy sifatida foy�alanish;

favvoraning bekamu ko‘st ishlashini hamda tutash hududlarni unda ko‘chmas mulk obyekti qurishni taqiqlagan holda obodonlashtirish ishlarini ta’minlash.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

Tashqi reklama obyektlari qurilmalarini joylashtirishga ruxsatnoma berish va reklama faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini nazorat qilish tizimini quyidagicha takomillashtirish:

tashqi reklama obyektlarining qurilmalarini joylashtirish uchun taqdim etiladigan hududlar ro‘yxatlarini shakllantirish Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda amalga oshirish tartibini o‘rnatish;

tashqi reklama obyektlari qurilmalarini joylashtirishga ruxsatnoma berishdan kelib tushadigan barcha mablag‘larni mahalliy budjetlarga yo‘naltirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-oktabrgacha

Qurilish vazirligi, IIV,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

24.

Yer uchastkalarini ko‘p xonadonli uylar qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik shartlarida berish, unda tadbirkorlik subyektlari tomonidan keyinchalik aholining muhtoj qatlamlariga taqdim etish uchun kvartiralarning ma’lum qismini munitsipal uy-joy fondiga berilishi nazarda tutilgan.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

doimiy asosda

Toshkent shahar hokimi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. KAPITAL QURILISh, KOMMUNIKATSIYALAR VA KOMMUNAL
XO‘JALIK SOHASINI TAKOMILLAShTIRISh

25.

Noturar obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini o‘zlashtirish samaradorligini quyidagi yo‘l bilan oshirish:

noturar obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini o‘zlashtirish muddatini 3 yildan 2 yilga qisqartirish;

noturar obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini o‘zlashtirishning aniq mezonlarini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2018-yil
1-oktabrgacha

Adliya vazirligi,
Davyergeodezkadastr,
Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

26.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanish choralarini ko‘rish, unda:

jismoniy va yurid�k shaxslarga noturar obyektlar qurish uchun ajratilgan Toshkent shahridagi yer uchastkalarini o‘zlashtirish zarurligi to‘g‘risida yozma talabnoma yuborish;

noturar obyektlar qurish uchun ajratilgan jismoniy va yuridik shaxslarning o‘zlashtirilmagan yerlarini olib qo‘yish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-sentabrgacha

keyinchalik — doimiy

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

27.

Tugatilayotgan Yagona buyurtmachi xizmati IK, Kapital qurilish boshqarmasi, Toshkent uy-joy qurilish boshqarmasi va Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi davlat unitar korxonalari negizida Toshkent shahri hududida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni tashkillashtirish bo‘yicha yagona buyurtmachi sifatidadavlat unitar korxonasi shaklidagi Toshkent qurilish invest injiniring kompaniyasini tashkil etish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

28.

Toshkent shahri hududida bo‘lgan yer uchastkalari va binolaridan oqilona foydalanish va fuqarolarning mulkiy huquqlarini eski va avariya holatidagi uy-joylarni bosqichma-bosqich buzish tadbirlarini olib borish, undagi fuqarolarni boshqa joyga ko‘chirish orqali himoyasini ta’minlash, bo‘shayotgan hududlarda keyinchalik maydoni 20 gektardan kam bo‘lmagan, ko‘p qavatli uylardan va boshqa Local City (shahar ichida shahar) prinsipi bo‘yicha zarur infratuzilmadan iborat turar-joy komplekslarini qurish.

Huquqiy va tashkiliy-texnik tadbirlar

2018 ― 2020-yillar davomida

Toshkent shahar hokimi,

tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

29.

Turar-joy obyektlarini noturar joy obyektlari toifasiga o‘tkazayotganda shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilishni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

turar-joy obyektlari noturar joy obyektlari toifasiga o‘tkazilgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlari shaharsozlik norma va qoidalariga qat’iy mosligi nuqtai nazaridan, qoida buzilishlarini bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda ularni xatlovdan o‘tkazish;

xatlovdan o‘tkazish davrida ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlarida turar-joy obyektlarini noturar-joy obyektlari toifasiga qayta o‘zgartirish va o‘tkazishni taqiqlash;

aholi o‘rtasida turar-joy va noturar-joy obyektlarini o‘zboshimchalik bilan qayta qurish va planini o‘zgartirishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini o‘tkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil
1-noyabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Bosh prokuratura,
Qurilish vazirligi,
Davyergeodezkadastr,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Xatlov yakuniga ko‘ra turar-joy obyektlarini noturar-joy obyektlari toifasiga o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-dekabrgacha

30.

Davlat-sheriklik shartlarida Toshkent shahar hokimi devonining muvaqqat uy-joy fondida birinchi galda avariya holatidagi va eskirgan uy-joylarni buzish zonalarida bir nechta ko‘p qavatli uylar qurish, ijara shartnomasiga ko‘ra bu uylarda fuqarolarning vaqtincha yashashlari uchun kvartira taqdim etiladi.

Tashkiliy tadbirlar

2018-2019-yillar davomida

Toshkent shahar hokimi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

31.

Maishiy va qurilish chiqindilarini yig‘ish va tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish hamda ularni qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni tuzish, unda:

Toshkent shahar Maxsustrans DUK va uning filiallarini hamda Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya kilish DUKni (Maxsustrans DUKga birlashtirgan holda) tegishli ravishda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari hamda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tasarrufiga o‘tkazish;

yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga maishiy va qurilish chiqindilarini qabul qilish, utilizatsiya qilish va ikkimlamchi xomashyoga qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun keyinchalik daromadning bir qismini mahalliy budjetga yo‘naltirish majburiyati bilan davlat-sheriklik shartlarida topshirish.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil
1-noyabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

32.

Toshkent shahrining eskirgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini quyidagi yo‘l bilan almashtirishni ta’minlash:

Toshkent shahrining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari eskirganligini aniqlash nuqtai nazaridan ularni xatlovdan o‘tkazish;

Toshkent shahrining eskirgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini almashtirish uchun mablag‘lar, birinchi galda xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

2019-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.