O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida:
“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan dehqon xo‘jaliklari yer uchastkalaridan va tomorqa yerlaridan maqsadli va samarali foydalanishning, shu jumladan, yerga ishlov berish, urug‘lik, ko‘chatlar va daraxtlar o‘tqazish, issiqxonalar qurish, mol va parrandalar boqish holatining muntazam monitoringini olib borish huquqiga egadir”;
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 83-bandning uchinchi xatboshiga “shuningdek, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga” so‘zlari qo‘shilsin;
“Qishloq va suv xo‘jaligi, adliya organlari, shuningdek, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari o‘z vakolatlari doirasida tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar”;
v) 86-bandning ikkinchi xatboshiga “Suv iste’molchilari uyushmasi” so‘zlaridan keyin “fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” so‘zlari qo‘shilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligining Namunaviy ustavining 36-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Fermer xo‘jaligining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiy hisoblanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi to‘g‘risida nizomning 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda, dehqon xo‘jaligida, kamida 4 sotix maydondagi tomorqa yerda band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud kamida 50 bosh uy parrandasi boqish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga bir yilda bir eng kam ish haqi miqdorida sug‘urta badallari to‘langanida uning uchun sug‘urta badallari to‘langan muayyan yil mehnat stajiga kiritiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
a) “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga 2-ro‘yxatning “4. Markaziy muassasalar va boshqa tashkilotlar” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 4.6.5-kichik band qo‘shilsin:
“4.6.5. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari”;
b) O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga 1-ro‘yxatning “5. Markaziy muassasalar va boshqa tashkilotlar” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 5.16-kichik band qo‘shilsin:
“5.16. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari”.