11.07.2018 yildagi 525-son
Hujjat 13.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 22-bandiga muvofiq, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlariga rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 3-bandga “Tashqi ishlar vazirligi,” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 3-ilovaga izohning 1-bandiga “Tashqi ishlar vazirligi,” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 14-ilovaga izohdagi “(grek yong‘og‘i, pista, nok, olma, shuningdek, qarag‘ay, archaning barcha turlari, sharq tuyya daraxti, eman, shumtol, zarang daraxti, qayin) uchun jismoniy shaxslarga jarima” so‘zlari “(grek yong‘og‘i, pista, nok, olma, shuningdek, qarag‘ay, archaning barcha turlari, sharq tuyya daraxti, eman, chinor, shumtol, zarang daraxti, qayin) uchun jismoniy shaxslardan undirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.