Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 02.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq hamda elektron shaklda tovarlarni bojxonada deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq 2018-yil 1-iyuldan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokyerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
birinchi bosqichda — vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda YaAATga idoralararo hamkorlik darajasida, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar, shuningdek, vakolatli organlar ro‘yxatiga asosan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ruxsat etuvchi va boshqa hujjat nomi

Vakolatli organ nomi

1.

Import kontraktlari bo‘yicha xulosa (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan taqdirda)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” DUK

2.

Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sertifikati (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan taqdirda)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

3.

O‘ziga xos tovarlarning eksporti va importi uchun litsenziya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari
va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti

4.

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

5.

O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mulk uchun sertifikat

“O‘zbekekspertiza” AJ
va uning hududiy bo‘linmalari

6.

Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish hamda saqlash, shuningdek avtomobil va temir yo‘l transportida tashish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi

7.

Ovchilik va sport qurolini va uning o‘q-dorilarini olib kirish yoki olib chiqish, sotib olish, saqlash, tashish va sotish uchun ruxsatnoma.

8.

O‘zbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish yoki vaqtinchalik olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

9.

Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlar eksporti, importi va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya qo‘mitasi

10.

Veterinariya sertifikati, veterinariya guvohnomasi

11.

Fitosanitariya sertifikati, karantin ruxsatnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

12.

Sanitariya-epidemiologik xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi

13.

Import qilinayotganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan xomashyolar ro‘yxatida ko‘rsatilgan “in bulk” mahsulotlar turlari uchun xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi

14.

Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, chetga olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

15.

Muvofiqlik sertifikati

“O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan sertifikatsiyalovchi organlar

16.

Yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish sertifikati*

Vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari

17.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar eksportiga yoki importiga ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

18.

Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

19.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar va tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

20.

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

21.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslashuv markazi

22.

Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligini tasdiqlash*

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

23.

Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

Davlat xizmatlari markazlari

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi