31.07.2018 yildagi 606-son
Hujjat 01.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar

1.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida iqtidorli ilmiy mutaxassislarni jalb etish.

2018-yil

avgust-sentyabr

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Respublikada baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishning 2019 — 2023-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil
dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Intensiv usullarda baliq yetishtirishni keng ko‘lamda joriy etish, yuqori mahsuldor baliq turlarini yetishtirish texnologiyalarining iqtisodiy samaradorligini asoslash va takliflar tayyorlash.

2019-yil
mart

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

4.

Suvning gidrokimyoviy tarkibini tahlil qilish laboratoriyasini ta’mirlash va uni jahon andozalari bo‘yicha jihozlash.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2019-yil
iyun

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

5.

Baliqchilik sohasini ilmiy darajasi bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida belgilangan tartibda ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash tashkil etish.

2019-yil

iyul

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy attestatsiya komissiyasi,
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

6.

Baliqchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarining strategik yo‘nalishlarini va sohadagi �avjud muammolarni hal etishga qaratilgan istiqbolli tadqiqot mavzularini ishlab chiqish.

har yili

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

7.

Baliqchilik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor va dolzarb yo‘nalishlari uchun tanlov asosida davlat ilmiy-texnik grantlarini ajratish.

Davlat ilmiy-texnik dasturlarining grant mablag‘lari

har yili

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi,
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

8.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar asosida baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish.

Davlat ilmiy-texnik dasturlarining grant mablag‘lari

har yili

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

9.

Mamlakatimiz tabiiy ko‘llari va sun’iy hovuzlarni baliqlantirish, baliq yetishtirish va ovlash tadbirlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

10.

Baliqlarni oziqlantirishning samarali texnologiyalari sohasida texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar ishlab chiqish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2019-yil

oktyabr

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlani� vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

11.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar va baliq ovlash anjomlari bilan jihozlangan maxsus transport sotib olish.

Xalqaro grantlar

2019-yil

dekabr

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

12.

Yangi baliq turlarini (venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan va boshqalar) O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish va ularni o‘stirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion izlanishlari olib borish.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

13.

Baliqchilik sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilari hamda magistrlarini fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajarishga jalb etish.

Davlat ilmiy-texnik dasturlarining grant mablag‘lari

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

14.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlarining malakasini oshirish va yangi texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida xalqaro anjumanlar va seminarlar tashkil etish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

grafik asosida

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

II. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

15.

Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universitetining baliqchilik yo‘nalishi bo‘yicha filialini respublikada ochish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2018-yil

oktyabr

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi,

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

16.

Hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan respublikadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va baliqchilik xo‘jaliklarida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2018 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

17.

Xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2018 — 2019-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi,

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

18.

Xorijiy davlatlarda (Turkiya, Rossiya, Xitoy, Vyetnam) intensiv usulda baliq o‘stirish texnologiyasini, jumladan, qafas usulida baliq yetishtirish tajribasini o‘rganish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobida�

2018 — 2019-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

19.

Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi mutaxassislari va olimlari bilan birgalikda sho‘rlangan sizot suvlarda baliq yetishtirish texnologiyalarini respublikamizda joriy etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2018 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

20.

Xorijiy davlatlarda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida ishtirok etish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2018 — 2021 yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

21.

Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda respublika hududlaridagi baliqchilik xo‘jaliklarida o‘quv seminarlar tashkil etish.

Xalqaro

grantlar

2019-yil

may

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

22.

Baliqchilik sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Vyetnam, Turkiya, Vengriya davlatlari bil�n muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2019-yil

oktyabr

Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi,

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

23.

Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universiteti mutaxassislari bilan birgalikda karp va o‘simlikxo‘r baliqlarning yangi, yuqori mahsuldor ota-onalar to‘dasini shakllantirish maqsadida seleksiya — naslchilik ishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari grant mablag‘lari

2019 — 2021 yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

24.

Vyetnam davlatining malakali mutaxassislari va olimlari bilan birgalikda tropik baliq turlarini (laqqasimonlar va tilyapiya) oziqlantirish va ular o‘stirish texnologiyalarini o‘rganish va natijalarini keng joriy qilish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2019 — 2021 yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

25.

Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston hududida Qizil kitobga kiritilgan “Turkiston mo‘ylovdori” populatsiyasini ko‘paytirish maqsadida uning biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda gormonal inyeksiyalar yordamida sun’iy ko‘paytirish ishlarini tashkil etish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2019 — 2021 yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

26.

Turkiya Respublikasining “Chuchuk suvlar baliqchiligi” (Trabzon shahri) instituti bilan birgalikda baliqlar o‘sishining suv haroratiga bog‘liqligi, o‘stirish tig‘izligi, oziqlantirish, intensiv tizimlarda (yopiq suv aylanma tizimi qurilmasi, qafaslar, basseynlarda) baliq yetishtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.