T/r | Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari) | Nazorat qiluvchi organ | Tekshiruv muddati |
1. | Ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganida quyidagilarni qonunchilikda belgilangan tartibda olib quyish: tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqilgan va sotilgan alkogol va tamaki mahsulotlar; qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlar. Taqiqlangan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi | 1 kun |
2. | Sifatsiz va/yoki kontrafakt mahsulotlar sotilishini oldini olish maqsadida, faqatgina shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan dori mahsulotlarini nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi | 1 kun |
3. | Atmosfera havosi, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar, shuningdek, vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda noqonuniy ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va chiqindilar monitoringi. | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi | 1 kun |
4. | Ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinganligini o‘rganish maqsadida barcha qurilish obyektlarida, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlarida, moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari | 1 kun |
5. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi | 30 kundan oshmagan holda |
6. | Sanoat, radiatsiyaviy va yadro xavfsizlik talablariga rioya qilish holati ustidan, shuningdek vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda uglevodorod xomashyoli yer qa’ridan foydalanish va muhofazasini nazorat qilish. | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | 10 kundan oshmagan holda |
7. | “O‘zbekenergo” AJ obyektlarida hamda 35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida ishlarni olib borishda xavfsizlikni nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetika sohasida nazorat qilish davlat inspeksiyasi | 5 kundan oshmagan holda |
8. | Tabiiy, texnogen, terrorchilik-qo‘poruvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish masalalari bo‘yicha, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan obyektlarda fuqaro muhofazasi talablariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
9. | Barcha tashkilotlarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tekshirish. Bunda ko‘rsatilgan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi | 10 kundan oshmagan holda |
10. | O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha: uch oyda ko‘pi bilan bir marotaba — umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan; olti oyda ko‘pi bilan bir marotaba — qonun hujjatlariga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi; bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba — aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati | 10 kundan oshmagan holda |
101. | Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko‘pi bilan bir marotaba (qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar bo‘lgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi | 5 kundan oshmagan holda |
11. | Davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat funksiyalarini amalga oshirish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mit�si | 10 kundan oshmagan holda |
12. | Respublika hududini xorijiy davlatlardan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar kirib kelishidan muhofaza qilish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi | 1 kun |
13. | Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarga muvofiq, ular tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini (g‘o‘za, don va boshqalar) ekish bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi | 5 kundan oshmagan holda |
14. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilanmagan joylarda amalga oshirilayotgan, shuningdek kelib chiqishini isbotlovchi tegishli hujjatsiz go‘sht va sut mahsulotlari savdosi ustidan nazorat. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi | 1 kun |
15. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan ro‘yxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorl�k subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan nazorat tadbirlari. | Sanoat ?avfsizligi davlat qo‘mitasi O‘zbek?ston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birga | 1 kun |
16. | Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat o‘tkazishda tizimli tekshirishlar. | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda | 5 kundan oshmagan holda |
17. | Elektr, gaz quvurlar va gaz taqsimoti tarmoqlariga, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, shuningdek, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini tekshirish. | Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘zsuvta’minot” AJ | 1 kun |
18. | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir tekshirishlar. | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi | 30 kundan oshmagan holda |
19. | Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narxlarni asossiz va sun’iy ravishda oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | 1 kun |
20. | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki | 30 kundan oshmagan holda |
21. | Quyidagi holatlarni aniqlash va oldini olishda tezkor nazorat choralarini ko‘rish: yonuvchan moddalar va qurilish materiallarini joylashtirish yoki ochiq alangalatishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik; maxsus texnik qurilmalarni qo‘llamagan holda bitumni eritish, dalalar va aholi punktlarida ang‘iz, to‘qilgan xazon va daraxtlar novdalarini yoxud boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish; oqova suvlarni joy relyefiga yoki ochiq suv obyektlariga, shuningdek kommunal kanalizatsiya tizimiga me’yoridan ortiq yoki ruxsatsiz tashlash; suvni tabiiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’moli uchun ruxsatnomasiz olish; daraxtlarni noqonuniy kesish, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni noqonuniy terish va tayyorlash yoki yo‘q qilish, noqonuniy ov yoki yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan baliqlarni) noqonuniy ovlash; chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik; daryolar, soylar, kichik daryo va ko‘llarning o‘zanlari va suvni muhofaza qilish zonalarini tozalash, shuningdek, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik. | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi | 1 kun |
22. | Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi | 10 kundan oshmagan holda |
221. | Soliq auditini o‘tkazish* | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmagan holda |
23. | Quyidagilarni nazorat qilish: yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etuvchi xo‘jalikl�rda texnik vositalarning ishchi holatida tutish, ekspluatatsiya qilish va ta’minlash; idoraviy temir yo‘llariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarida lokomotivlar, vagonlar, aloqa vositalari va signalizatsiya, elektr ta’minotining ishchi holatida tutilishini ta’minlash. | “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi | 10 kundan oshmagan holda |
24. | Parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvlar. | “Davavianazorat” davlat inspeksiyasi | 1 kun |
25. | Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar | O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi | 30 kundan oshmagan holda |
26. | Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni hamda alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi ulgurji korxonalarni quyidagi maqsadlarda tekshirish; o‘lchov jihozlari, plombalar va boshqa monitoring vositalarning butligi; etil spirti va alkogol mahsulotlari qoldiqlari; litsenziya olishda taqdim etilmagan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar mavjud emasligi; uzum va mevadan tayyorlangan vino mahsulotlari sifatining amaldagi texnik talablarga mosligi. | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi | 3 kundan oshmagan holda |
27. | Yuridik shaxslar tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik ta’minoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi ustidan tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi | 10 kundan oshmagan holda |
28. | Yer qa’ri foydalanuvchilari tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish (chiqarish)ning haqiqiy hajmlarining marksheyderlik o‘lchov xulosalariga muvofiqligi ustidan yiliga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan monitoring o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda | 5 ku?dan oshmagan holda |
29. | Yer qa’ri boyliklari va texnogen mineral hosilalardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsat hujjatlarini olmay turib, o‘zboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi | 1 kun |
30. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi | 10 kundan oshmagan holda |
31. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi | 1 kun |
32. | Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan yong‘in xavfliligiga ko‘ra obyektlar bo‘yicha quyidagi muddatlarda: birinchi guruhga kiradigan obyektlarda — bir yilda ko‘pi bilan bir marta; ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda ko‘pi bilan bir marta; uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda ko‘pi bilan bir marta yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
33. | O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Davlat nazorati departamenti vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi | 10 kundan oshmagan holda |
34. | O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. | O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.07.2018 yildagi PF-5490-son
Кучга кириш санаси
28.07.2018
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 09.06.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi. Xususan:
birinchidan, nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi;
ikkinchidan, qonun hujjatlarida zamon talablariga javob bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar bo‘yicha qarzdorliklar sun’iy yo‘l bilan yig‘ilib bormoqda;
uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari amal qilmoqda;
to‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta’minlash va o‘tkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti;
beshinchidan, o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi va xolisligini ta’minlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan;
oltinchidan, ko‘chmas mulk obyektlarini buzib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazmoqda, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda.
Biznesni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining mazkur Farmon kuchga kirgan vaqtda mavjud bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha quyidagilarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish haqidagi taklifi ma’qullansin:
2018-yil 1-aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga va 2018-yil 1-apreldan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslarga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda amalga oshirilishi belgilansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning tadbirkorlik va moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklashda, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda faol yordam bersin, bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risidagi oylik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qat’iy belgilangan soliqni bir yo‘la undirish tartibi bekor qilinsin.
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, mazkur qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha qarzdorlikni xatlovdan o‘tkazsin, keyinchalik ko‘rsatilgan qarzdorliklarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘rsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini to‘xtatish tartibi;
moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish, shuningdek, faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlar va muassislari uzoq muddat bedarak bo‘lgan tashkilotlarning umidsiz qarzdorligini hisobdan chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinsin.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart;
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi;
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko‘rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’iy nazar, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Vakolatli organ bilan kelishilgan holda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar turlarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Nazorat qiluvchi organlardan boshqa tashkilotlarga o‘tkazilayotgan ayrim nazorat funksiyalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-sentabrdan amalga kiritilsin.
7. Nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda o‘z faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi tegishli nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi nazorat qiluvchi organlarga “xavfni tahlil etish” tizimini o‘z faoliyatiga joriy etishda ko‘maklashsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining boshlang‘ich versiyasini ishlab chiqsin hamda 2019-yil 1-yanvardan uning quyidagilarga imkon beruvchi to‘liq versiyasini ishga tushirsin:
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlarni o‘tkazish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligini o‘rganish va tekshiruvlarni o‘tkazishga noyob kod bilan ruxsat berish;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tekshiruvlar o‘tkazish tartibiga rioya etilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
v) tadbirkorlik subyektlariga o‘z so‘rovlariga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida hamda real vaqt rejimida Internet tarmog‘i orqali olish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu Farmon qoidalarini inobatga olgan holda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini o‘rnatilgan tartibda kiritsin;
bir oy muddatda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladigan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni hamda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5087-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari — Palata a’zolarining faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar monitoringini amalga oshirishi hamda tekshiruvlarda ishtirok etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda yakunlari yuzasidan har chorakda vakolatli organga axborot taqdim qilish tavsiya etilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Markaziy bankining 2018-yil 1-sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqini berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb yuritiladi) va Adliya vazirligining 2018-yil 1-oktabrdan ko‘chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarga) bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishni bekor qilish, tegishli yozuvni ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron shaklda kiritish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘chmas mulkka bo‘lgan egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar to‘g‘risidagi, shu jumladan, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi, shuningdek, ular bilan tuzilgan bitimlar haqidagi axborot mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, notariuslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari, shuningdek, boshqa vakolatli organlar tomonidan “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlariga tegishli xatti-harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan tegishli huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilganda, davlat va boshqa tashkilotlar so‘rov yuborganda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestridan tegishli huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi elektron va (yoki) qog‘oz shakldagi ko‘chirmani taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandning talablaridan kelib chiqqan holda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va ular bilan tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armani (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini belgilash, ularda mahalliy budjetlarning daromad qismi mablag‘lari jalb qilinishini nazarda tutish;
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishini Jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishish tartibini joriy etish.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini nazarda tutgan holda, Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
161. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qo‘yilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o‘rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
17. 2018-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 8-iyundagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-2008-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-2114-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — to‘rtinchi, oltinchi, yettinchi va to‘qqizinchi xatboshilari, 3-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 5, 6 va 11-bandlari, shuningdek, 2-ilovasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 3-avgustdagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-2678-son Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3665-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilari, 3, 4 va 6-bandlari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-3694-son Farmoni.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4087-son Farmoni ilovasining 3-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4296-son Farmonining 1-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi PF-4522-son Farmoni.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — to‘rtinchi va yettinchi xatboshilari.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli qarori) PF-5027-son Farmoni ilovasining 1, 2, 4 — 8-bandlari.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi PF-5102-son Farmoni.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2777-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-son qarori 11-ilovasi izohining 3-bandi.