26.07.2018 yildagi O‘RQ-488-son
Hujjat 27.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
ikkinchi qism “notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak” degan so‘zlardan keyin “bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 719-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-380-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 342-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 15-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “Investitsiya dasturiga” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 18-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 21-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 23-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “Davlat investitsiya dasturida” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 49-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat investitsiya dasturiga” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 152-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturlarini” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 154-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturini” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 177-moddaning beshinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturlarini” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-386-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 179-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
beshinchi qismi “bir yil muddatga tuziladi” degan so‘zlardan keyin “bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 8-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 32-moddaning uchinchi qismi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida” degan so‘zlardan keyin “yoki vaqtincha olib kirish bojxona rejimida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 64-modda to‘rtinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “investitsiya dasturiga” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “kontraktlar bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga” degan so‘zlardan keyin “bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 260-moddaning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ushbu Qonunning 5-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.