04.07.2018 yildagi 502-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2020
Hujjat 05.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun abituriyentlar onlayn-rejimda ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq, TDYU rektori nomiga mutaxassislikni ko‘rsatgan holda elektron shakldagi qabul qilish to‘g‘risidagi arizani to‘ldiradi.
16. Ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza ro‘yxatga olinadi va abituriyentga bildirishnoma yuboriladi.
17. Taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
Daftarlar yig‘ib olingandan so‘ng auditoriya rahbari daftarlarning ushbu Nizom 51-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirib, abituriyentlarga auditoriyadan chiqishga ruxsat beradi.
75. Yozma javoblar maxsus komissiya a’zolari tomonidan ushbu Nizomga 5 va 6-ilovalarda nazarda tutilgan baholash mezonlariga muvofiq tekshiriladi va baholanadi.
116. Suhbat natijalari ballar qo‘yish yo‘li bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha ballarning eng yuqori miqdori 25 ballni tashkil etadi.
118. Suhbat natijalarini belgilash uchun suhbat bo‘yicha komissiyaning har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil ravishda ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan shakldagi baholash varag‘ini to‘ldirib, uni imzolaydi hamda suhbat bo‘yicha komissiyaning kotibiga topshiradi. Kotib xorijiy fuqaroga suhbat bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblab chiqadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

______________________________ga
_________________________________________________________________________________ manzilida yashovchi

(pasport bo‘yicha doimiy yashash joyi, telefon raqami)

____________________________________________________________________________________ ni tamomlagan
_____________________________________________________________________________________

(oliy ta’lim muassasasining nomi, manzili va tamomlagan yili)

diplom: __________________________________________________________________________________________

(seriyasi, raqami, imtiyozli bo‘lsa ko‘rsatilsin)

fuqaro: _______________________________________________________________________________________dan

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

A R I Z A

Menga____________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qish uchun kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Xorijiy tillardan: _______________________________________________________________tilini o‘rganganman.

O‘zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman:

Pasport:________________________№ _____________________ yil “___”_______________________________

(seriyasi)

(raqami)

(berilgan sanasi)

_____________________________________________________________________________________

(kim tomonidan berilgan)

Jinsi:____________ tug‘ilgan yili va joyi: ___________________________________________________________
____________________________________________________ Millati _____________________________________
Ushbu ta’lim muassasasiga kirish oldidan bajarayotgan ishi va umumiy ish staji: ______________________________
_____________________________________________________________________________________

(tashkilotning nomi va joylashgan joyi, lavozimi, staji)

Ota-onam haqida quyidagilarni ma’lum qilaman:

Otam: ____________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_____________________________________________________________________________________

(yashash joyi)

_____________________________________________________________________________________

(ish joyi nomi, lavozimi, telefon raqami)

Onam: ____________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_____________________________________________________________________________________

(yashash joyi)

_____________________________________________________________________________________

(ish joyi nomi, lavozimi, telefon raqami)

O‘zim haqimda qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ma’lum qilaman:

_____________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________
20 ___ yil “____”____________________________

____________________________

(imzo)

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ____________________________________ga (F.I.O.) _____________________________________ __________________________________dan (xorijiy fuqaroning F.I.O. (to‘liq yoziladi))

ARIZA
xorijiy fuqaroni Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risida

Menga ________________________________________________________________________________ magistratura

(magistratura mutaxassisligi nomi)

mutaxassisligi, ta’limning ________________________________________ tiliga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan

(o‘zbek, rus)

suhbatda qatnashishga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Ma’lumotim _____________________________, ________________________________________________________

(oliy ta’lim yo‘nalishi)

(tugatgan ta’lim muassasasi nomi)

_________________________________________________________ni ______________________ yilda tugatganman.
Ma’lumotim haqidagi hujjat (diplom): seriyasi ____________________, raqami ______________________________.
Men ______________________________________________________________________til(lar)ini o‘zlashtirganman.

(xorijiy til(lar)ning nomi)

Suhbatni ___________________________________________________________________________ tilida o‘tkazaman.

(o‘zbek, rus)

Tug‘ilgan vaqtim va joyim: ________ yil _______ ______________, _________________________________________.

(yil)

(kun)

(oy)

(tug‘ilgan joy)

Fuqaroligim ______________________________________________________________________________________

(fuqarolik pasport bo‘yicha yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha ko‘rsatiladi)

Doimiy yashash joyim: _______________________________________________________________________________

(mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ko‘cha, uy va kvartira raqami to‘liq ko‘rsatiladi)

_________________________________________________________________________________________________.
Pasportga oid ma’lumotlar: _________ _____________, __________________________________________________

(seriya)

(raqam)

(kim tomonidan va qachon berilgan)

_________________________________________________________________________________________________.
Xalqaro va milliy olimpiadalar, tanlovlar va sport musobaqalarida ishtirok etganlik haqida ma’lumot (ishtirok etgan bo‘lsa): ______________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________.

(olimpiada fani, tanlov ixtisosligi, sport musobaqasi turi, o‘tkazilgan sana, egallangan o‘rin)

Suhbat o‘tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishdim.
_______________________________________________________________________________________________

(xorijiy fuqaroning F.I.O.)

(imzo)

(ariza berilgan sana)

Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida 100 ballgacha baholanadi:

Ball

Javob tavsifi

Normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilganlik darajasi

86 balldan
100
ballgacha

mazmunan aniq yoritilgan, mohiyati to‘liq ochib berilgan, mantiqiy izchil ifodalangan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda to‘g‘ri javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan hamda ularning samaralari va natijalari bo‘yicha mustaqil ijodiy fikr yuritilgan;

tegishli masalalar bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi e’tiborga olingan;

fikr mantiqiy izchil bayon etilgan, savol bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarilgan;

huquqiy atamalardan to‘g‘ri foydalanilgan.

zarur bo‘lgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs va uning havola qilingan normasi aniq ko‘rsatilgan;

qonunchilikka kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar ularning mazmuni va amaliy ahamiyatidan kelib chiqib tahlil qilingan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida yetarlicha ma’lumotga ega.

71 balldan
86
ballgacha

mazmunan yoritilgan, mohiyati ochib berilgan, izchil ifodalangan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda yaxshi javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan;

tegishli masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasiga murojaat qilingan;

fikr izchil bayon etilgan, savol bo‘yicha xulosalar chiqarilgan;

huquqiy atamalardan to‘g‘ri foydalanilgan.

zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs ko‘rsatilgan;

qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar e’tiborga olingan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida qisman ma’lumotga ega.

55 balldan
71
ballgacha

mazmunan qoniqarli darajada yoritilgan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga yetarlicha asoslanmagan holda javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar e’tiborga olinmagan;

savol bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan xulosalar chiqarilgan;

ayrim huquqiy atamalar noto‘g‘ri qo‘llanilgan.

ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan;

qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar e’tiborga olinmagan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida ma’lumotga ega emas.

0 balldan
55
ballgacha

26 balldan 55 ballgacha:

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslanmagan holda javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga umuman e’tibor qaratilmagan.

normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar mavjud emas yoki mavjud havolalar ham noo‘rin qo‘llanilgan.

1 balldan 25 ballgacha:

huquqiy atamalar noto‘g‘ri qo‘llanilgan;

savol bo‘yicha aniq tasavvurga ega emas.

0 ball:

noto‘g‘ri javob berilgan yoki umuman javob yozilmagan;

o‘quv adabiyotlaridan va qonun hujjatlaridan so‘zma-so‘z ko‘chirilgan.

Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida 50 ballgacha baholanadi:

Ball

Javob tavsifi

Reading (O‘qish)

43 dan 50 ballgacha

matndagi har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball qo‘yiladi. 22 — 25 ta to‘g‘ri javob berilgan.

36 dan 42 ballgacha

matndagi har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball qo‘yiladi. 18 — 21 ta to‘g‘ri javob berilgan.

28 dan 35 ballgacha

matndagi har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball qo‘yiladi. 14 — 17 ta to‘g‘ri javob berilgan.

0 dan 27 ballgacha

matndagi har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball qo‘yiladi. 0 — 13 ta to‘g‘ri javob berilgan.

Writing (Yozish) 1-vazifa

43 dan 50 ballgacha

yozma vazifaga javob yozishda grafik yoki jadvalni tavsiflash bo‘yicha vazifaning barcha talablariga mos keladi, gaplar grammatik va mantiqiy to‘g‘ri tuzilgan, ma’nosiga ko‘ra paragraflarga bo‘lingan. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalarni qo‘llay olish qobiliyatini namoyon qilgan, uncha ko‘p bo‘lmagan (2-3) mantiqiy va grammatik xatolarga yo‘l qo‘yilgan.

36 dan 42 ballgacha

yozma vazifaga javob yozishda grafik yoki jadvalni tavsiflash bo‘yicha vazifaning talablarini qoniqtiradi, biroq gaplarning tuzilishida uncha ko‘p bo‘lmagan mantiqiy xatolar bor. Javobning umumiy mazmuniga ta’sir etmaydigan grammatik va leksik xatolar mavjud, nutq iboralari va maxsus atamalar yetarli darajada bo‘lib, ular bir qator (5 — 7) mantiqiy va grammatik xatolar bilan yozilgan.

28 dan 35 ballgacha

yozma vazifaga javob yozishda grafik yoki jadvalni tavsiflash bo‘yicha vazifaning talablari to‘liq ochib bermagan, biroq qisman vazifada ko‘rsatilgan axborotni qamrab olgan. Gap tuzilishda va paragraflarga bo‘linishda xatolar bor. Nutq iboralari va maxsus atamalardan cheklangan miqdorda qo‘llangan, 10 tagacha mantiqiy va grammatik xatolarga yo‘l qo‘yilgan.

0 dan 27 ballgacha

15 dan 27 ballgacha:

yozma vazifaga javob yozishda jadval yoki grafik tavsiflashda berilgan vazifaning talabiga muvofiq kelmaydi va tegishli dalillar bilan asoslanmagan. Aksariyat gaplarning tuzilishi stilistik va grammatik qoidalarga mos kelmaydi, foydalanilgan so‘zlar esa akademik yozuv qoidalariga muvofiq emas. 150 ta so‘z yozilishi kerak bo‘lgan holatda 100 dan kam so‘z yozilgan. 10 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.

1 dan 14 ballgacha:

150 ta so‘z yozilishi kerak bo‘lgan holatda 50 dan kam so‘z yozilgan. 15 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.

0 ball:

jadval yoki grafik tavsifiga oid yozma vazifaga javob berilmagan.

Writing (Yozish) 2-vazifa

43 dan 50 ballgacha

bayon etilgan fikr berilgan mavzuga to‘liq mos keladi, har bir tushuncha dalillar bilan asoslantirilgan. Mavzu tegishli xulosalar bilan to‘liq ochib berilgan. Gaplar grammatik va mantiqiy to‘g‘ri tuzilgan, mantiqan paragraflarga bo‘lingan. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalarni qo‘llay olish qobiliyatini namoyon qilgan, uncha ko‘p bo‘lmagan (2-3) mantiqiy va grammatik xatolarga yo‘l qo‘yilgan.

36 dan 42 ballgacha

bayon etilgan fikr berilgan mavzuga mos keladi, tushunchalar to‘liq hajmda dalillar bilan asoslanmagan. Mavzu to‘liq ochib berilmagan. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalardan to‘g‘ri foydalanilmagan yoki bir qator (5 — 7) mantiqiy va grammatik xatolar bilan noakademik so‘zlar qo‘llanilgan.

28 dan 35 ballgacha

bayon etilgan fikr berilgan mavzuga qisman mos keladi, yozma vazifaning barcha talablariga rioya qilinmagan. Nutq iboralari va maxsus atamalardan to‘g‘ri foydalanilmagan yoki bir qator (10 tagacha) mantiqiy va grammatik xatolar bilan noakademik so‘zlar qo‘llanilgan.

0 dan 27 ballgacha

15 dan 27 ballgacha:

bayon etilingan fikr berilgan mavzuga muvofiq kelmaydi. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalar noto‘g‘ri qo‘llanilgan yoki umuman qo‘llanilmagan. 250 ta so‘z yozilishi kerak bo‘lgan holatda 200 dan kam so‘z yozilgan. 10 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.

1 dan 14 ballgacha:

250 ta so‘z yozilishi kerak bo‘lgan holatda 150 dan kam so‘z yozilgan. 15 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.

0 ball:

berilgan mavzu bo‘yicha fikr bayon qilinmagan.