30.06.2018 yildagi 493-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.12.2019
Hujjat 03.07.2018 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PQ-3677-son qarori va 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi dasturini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ushbu qarorga 2-ilovada qayd etilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 30-iyungacha bo‘lgan muddatda Internet tarmog‘iga ulanganlik hamda “YERELEKTRON” AATga ulanish imkonini beradigan kompyuter va boshqa texnologik uskunalar bilan jihozlanish holatini xatlovdan o‘tkazsin.
6. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, xatlov natijalari bo‘yicha tegishli kompyuter va boshqa texnologik uskunalarni sotib olish va ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘linmalarini Internet tarmog‘iga ulash sarf-xarajatlarini quyidagilar hisobidan moliyalashtirish manbalarini belgilash bo‘yicha asoslangan takliflarni 2018-yil 5-iyuligacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ro‘yxatga ilovalarda ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan barcha materiallar mavjud bo‘lmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqa kattalikda, noaniq tasvirda) taqdim etilmasa, tuman (shahar) hokimligi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filialiga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli yer uchastkasiga oid materiallarni bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatilgan holda, qayta tayyorlash uchun elektron shaklda yuboradi.
11. Tuman (shahar) hokimligi ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar bilan birga ro‘yxatni olgandan so‘ng besh ish kunida yer uchastkalaridan maqsadli foydalanishni belgilaydi va ular bo‘yicha materiallarni ushbu Nizomning 13-14 bandlariga binoan hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining xulosasini yoki qarorini olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limiga, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasiga yuboradi, ushbu Nizomning 12-bandida qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
Tuman (shahar) hokimligi bo‘lingan yer uchastkalari bo‘yicha materiallarni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan ularni ushbu Nizomning 13-14-bandlariga muvofiq hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining xulosasini yoki qarorini olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga yuboradi.
16. Bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha kengash xulosasi yoki qarori ushbu Nizomning 13-14-bandlarida belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda yer uchastkasini tanlash materiallari ma’qullangan hisoblanadi, ular bo‘yicha xulosa va qarorlar esa ijobiy deb topiladi. Bunda tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi va kengash raisi bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi uchun, shuningdek, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasligi uchun shaxsan javob beradi.
Qayta ishlagan materiallar olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tuman (shahar) hokimligi bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini ushbu Nizomning 13-14-bandlarida belgilangan tartibda kengashning xulosasi yoki qarorini olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga takroran yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilmaganda (yoki kelishishni rad etish taqdim etilmaganda) yoki ular bo‘yicha xulosalar taqdim etilmaganda, ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddat davomida bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan, ular yuzasidan xulosalar esa ijobiy hisoblanadi. Vakolatli tashkilotlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) hokimlaridan bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha olingan materiallarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasligi uchun shaxsan javobgarlik yuklanadi.
26. Ushbu Nizomning 28 — 30-bandlariga muvofiq ro‘yxatda nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuv yoki ijobiy xulosasi olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechikmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish orqali yer uchastkasi ajratish uchun taqdimnoma yuboradi.
ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura va shaharsozlik kengashi tomonidan ushbu Nizom 33-bandining to‘rtinchi, beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qarorlar qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ularni keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu Nizom 31-bandining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan qarorni yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura va shaharsozlik kengashi ushbu Nizom 33-bandining to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan protokol qarorini chiqarganda, tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni davomida bo‘sh yer uchastkasining belgilangan maqsadini qayta ko‘rib chiqadi hamda bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan ushbu Nizomning 11 — 25-bandlarida belgilangan tartibda kelishish (xulosa olish) uchun takroran yuboradi.
38. Yer uchastkasining minimal qiymati tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining xulosasida ko‘rsatilgan yer solig‘i yillik stavkasining miqdorini va ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilanadigan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlashga doir ishlar qiymatini o‘z ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
b) ushbu Nizomning 29-30-bandlarida nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini realizatsiya qilishda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining tegishli qarorlari;
43. Buyurtmanomaga ushbu Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ular tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganda, operator elektron shakldagi buyurtmanomani olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmanomani tuman (shahar) hokimligiga bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qaytaradi.
58. Buyurtmachi buyurtmanoma qabul qilish muddatidan kechiktirmasdan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan xabarnomani operatorga yuborish orqali auksionda ishtirok etish buyurtmanomasini o‘zgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
60. Buyurtma mazkur Nizomning 59-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelgan taqdirda operator zudlik bilan buyurtmachiga auksionda ishtirok etishiga ruxsat beradi, shuningdek, elektron pochta orqali buyurtmachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.
61. Buyurtmanoma mazkur Nizomning 59-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, operator zudlik bilan (buyurtma berilgan paytda zakalat puli operatorning bankdagi hisobraqamiga kelib tushmagan hollarda ikki ish kuni davomida) buyurtmachining auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomasini rad etadi va bu haqda unga elektron xat bilan bildirishnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
auksion g‘olibi va mazkur Nizomning 53-bandida belgilangan tartibda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi taklifni bildirgan ishtirokchi uning bahosini belgilangan muddatda to‘liq to‘lamasa.
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi ochiq auksion ushbu Nizom 74-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘tkazilmagan deb topilishi sababli realizatsiya qilinmasa, takroriy auksionlarda auksion obyektining boshlang‘ich narxi 10 foizga, ammo yer uchastkasi minimal qiymatining 50 foizidan kamaytirilmaydi;
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi ochiq auksion ushbu Nizom 74-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘tkazilmagan deb topilishi sababli realizatsiya qilinmasa, shuningdek, yopiq auksion ham o‘tkazilmagan deb topilganda, auksion obyekti takroriy auksionga bo‘sh yer uchastkasining minimal qiymatiga teng boshlang‘ich narxda qo‘yiladi;
yopiq auksion ushbu Nizom 74-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ikki marta o‘tkazilmagan deb topilgan hollarda, keyingi takroriy auksion ochiq auksion shaklida o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
83. Ushbu Nizomning 84 va 85-bandlarida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, auksion yakunlanganidan yoki o‘tkazilmagan deb topilganidan so‘ng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:
84. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 77, 78 va 82-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lagan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va mol-mulk qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
85. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 78 va 82-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lamagan auksion ishtiroklariga, shuningdek, mazkur Nizomning 74-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
g‘olibga ushbu Nizomning 88-bandiga muvofiq doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror chiqaradi;
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash bo‘yicha ishlarga ushbu Nizomning 5-bandida belgilangan miqdorlarda to‘lanadigan mablag‘lar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. Qolgan mablag‘lar teng ulushda tuman (shahar) budjetiga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tegishli budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli budjetlariga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

20__ yil “____” __________ da ___________tuman (shahar) hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK o‘rtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, ____________ tuman (shahar) hokimining 20__ yil “____” __________ dagi qaroriga binoan ___________ tuman (shahar) hokimligi quyidagi yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmanomani taqdim etadi:
1. Yer uchastkasining o‘ziga xos raqami ______;
2. Yer uchastkasining maydoni _______ga;
3. Yer uchastkasi joylashgan joy ___________________________________;
_____________________________________________________________;
4. Belgilangan maqsadi ___________________________________________;
5. Yerning toifasi ______________________________________________;
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorining raqami va sanasi (yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan auksionga qo‘yilganda)
__________________________________________________________________;
7. Elektron auksion shakli ____________________________;
8. Yer uchastkasining minimal qiymati (so‘mda) _____________;
9. Elektron auksion g‘olibining majburiyatlari:
9.1. Bino va inshootlarni barpo etish muddati ___________________________;
9.2. Doimiy foydalanish huquqi egasiga vakolatli tashkilotlarning xulosalariga muvofiq qo‘yiladigan talablar:_______________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
______________________________________________________________ .
9.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar _______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________.
10. Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan bank hisob raqamining rekvizitlari:
Bank nomi ____________________________________________
Bank MFO ____________________________________________________
Bank hisob raqami ______________________________________.
12. Tuman (shahar) hokimligining manzili va bog‘lanish uchun ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) _______________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________.

Buyurtmanoma 20____ yil “_______” ______________ da taqdim etildi.

____________________ tuman (shahar) hokimi ______________________

(F.I.O.)

ERI____________________

1. ___________________________________________________________________________ (yuridik shaxs uchun — to‘liq nomi, yuridik manzili, bank

_____________________________________________________________________________ rekvizitlari; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., yashash joyi) (keyingi o‘rinlarda ishtirokchi deb ataladi), sotish to‘g‘risida elektron auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:
Lot raqami:№ _________
Lot nomi:________________________________________ _______________________________________________________________________________,

hujjat bo‘yicha elektron auksionda ishtirok etish uchun zakalat pulini to‘lab ____________________________________________________________________________, (to‘lov hujjatining rekvizitlari)

Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron auksion o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb ataladi) bilan tanishib, 20__ yil “____” _______________ soat ____ ____ daqiqada ____________veb-saytida o‘tkaziladigan elektron auksionda ishtirok etish uchun ushbu buyurtmanomani qabul qilishingizni so‘raydi.

2. Ishtirokchi elektron auksionda ishtirok etish uchun ushbu buyurtmanomani taqdim etib, elektron auksionni o‘tkazish bo‘yicha Qoidalarda keltirilgan shartlarga rozilik beradi.

3. Ishtirokchi elektron auksion g‘olibi deb topilganda, u auksionda shakllantirilgan lot bahosini to‘liq to‘lashni va to‘lov hujjatining nusxasini auksion yakunlangandan so‘ng besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etishni zimmasiga oladi.

Shuningdek, agar ishtirokchining stavkasi oxirgidan oldingi bo‘lsa, boshqa g‘olib auksion obyekti uchun to‘lovni belgilangan muddatlarda to‘lamasa yoki auksionda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmaganda, ishtirokchi besh ish kuni davomida ishtirokchi taklif qilgan narxda lot bahosini to‘liq to‘lashni va to‘lov hujjatining nusxasini taqdim etishni zimmasiga oladi.

4. Ishtirokchi auksionga qo‘yilayotgan obyekt joylashgan tumanda (shaharda) doimiy yashashini (ro‘yxatga qo‘yilganini) tasdiqlaydi (jismoniy shaxs yopiq auksionda qatnashishga buyurtmanoma berganda).

Ishtirokchi ishtirokchining yuridik manzili auksionga qo‘yilayotgan obyekt joylashgan tumanda (shaharda) ro‘yxatga olinganini tasdiqlaydi (jismoniy shaxs yopiq auksionda qatnashishga buyurtmanoma berganda).

Ishtirokchi uning ma’lumotlari noto‘g‘ri bo‘lgan taqdirda, auksion natijalari haqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi haqida ogohlantirildi.

5. Ishtirokchi elektron auksionga qo‘yilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan realizatsiya qilinayotgani to‘g‘risida xabardor qilindi va ishtirokchi auksion g‘olibi deb topilganda unga yuklanadigan talab hamda majburiyatlarga rioya etishni zimmasiga oldi.

6. Ishtirokchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni operatoridan har qanday bildirishnomani ishtirokchi elektron pochtasining quyidagi manzilida olishini rasman tasdiqladi ____________________________________________________________________________.

(elektron pochta manzili)

Ishtirokchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni operatori ushbu elektron pochta manziliga yuborgan bildirishnomalar jo‘natilgan vaqtda rasman olingan deb hisoblanishini va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni ishtirokchi ushbu bildirishnomalarni o‘z vaqtida o‘qimagani uchun javob bermasligini tasdiqlaydi.

7. Zakalat pulini qaytairish uchun ishtirokchining bank rekvizitlari:

Bank nomi ________________________________________________

Bank MFO ________________________________________________
Bankning hisob raqami_______________________________________
8. Ishtirokchining STIRi:
№ _______________________________________________________

Ilova: 1. Ishtirokchi elektron auksion o‘tkazilishi haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga zakalat pulini o‘tkazganini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi.

To‘ldirilgan sana _______________________

Ishtirokchining ERI________________________