1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sherikchilikni kuchaytirish | ||||
|
1. |
Tadqiqotlarni moliyalashtirishning moslashuvchan tizimini joriy etish, shu jumladan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish, olib borilayotgan tadqiqotlarning oilalar real ehtiyojlari bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash. |
Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot |
2018-yil noyabr |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Innovatsiya vazirligi(I. Abduraxmanov), |
|
2. |
Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati statistikasini yuritish tizimini takomillashtirish. “Oʻzbekistonda oila” statistik toʻplamini nashr etish. |
Yangi statistik shakllarni tasdiqlash |
2018-yil dekabr |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), “Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), “Mahalla” fondi (Sh. Javlonov) |
|
3. |
Qiyin hayotiy sharoitga ega va ijtimoiy xavfli guruhlarga mansub oilalar, ularning ahvoli va manzilli yordam xizmatining har xil turlariga ehtiyojlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida olish maqsadida “Oila” markazining yagona idoralararo axborot bazasini yaratish. “Oila” markazi idoralararo axborot bazasining konsepsiyasini ishlab chiqish. “Oila” markazi idoralararo axborot bazasining texnik talablarini ishlab chiqish. “Oila” markazining idoralararo axborot bazasini ishga tushirish. |
Tashkiliy |
2019-yil
1-yanvargacha
1-martgacha
1 dekabrgacha |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari vazirligi (A. Axmedxodjayev), IIV (P. Bobojonov), |
|
4. |
Normativ-huquqiy hujjatlar normalarini oila institutining mustahkamlanishi va rivojlanishiga salbiy taʼsirini tahlil qilish. |
Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot |
2019-yil fevral |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), |
|
5. |
Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha idoralararo hamkorlikni hamda davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektorning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish. Oilani qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
Hamkorlik memorandumlari |
2019-yil fevral 2019-yil iyul |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), |
|
6. |
Oilaviy biznesni yanada rivojlantirish orqali oilalar farovonligi va xotirjamligini oshirish uchun qulay sharoit yaratishni nazarda tutuvchi “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil aprel |
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil(D. Kasimov), “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi (G. Maxmudova) |
|
7. |
Oilalarni qoʻllab-quvvatlash uchun ijtimoiy xizmatlar koʻlamini kengaytirish, oilalarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatining standarti hamda oilalarning ijtimoiy himoyasi boʻyicha xizmatlar taqdim etish sifatining monitoringi tizimini yaratishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga ijtimoiy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil iyun |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh. Jalilov), Nogironlar jamiyati (K. Abdullayev), |
|
8. |
Oila masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish va umumlashtirish asosida “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini mazkur kodeksning oilaviy huquqiy munosabatlarning javobgarlik mezonlarini aniqlash, alimentlarni belgilash, ajrashish vaqtida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalarini yanada takomillashtirish nuqtai nazaridan ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Inson huquqlari boʻyicha |
|
9. |
Koʻp bolali oilalarga va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar (ipoteka, isteʼmol va boshqa) berishni va yer maydonlarini taqdim etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), |
|
II. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish | ||||
|
10. |
Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zoʻravonliklar, oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilish asosida ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Kompleks tadbirlar |
2018-yil noyabr |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), |
|
11. |
Oila institutini mustahkamlash bilan bogʻliq materiallarni chop etish boʻyicha ilmiy jurnalni taʼsis etish. Xorijiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oilani mustahkamlash boʻyicha tadqiqotlar natijalarini respublika va xorijda keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish tizimini takomillashtirish. |
Ilmiy jurnalni taʼsis etish “Oila” markazining chora-tadbirlar dasturi |
2018-yil dekabr |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Oʻzbekiston Matbuot (I. Madjidov), ilmiy muassasalar |
|
12. |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmogʻining oila mustahkamligiga va rivojiga taʼsirini oʻrganish. Oilaviy turmush tarzi qadriyatlarini targʻib qilishda, oilalardagi salbiy ijtimoiy holatlarning profilaktikasi, bolalarni ularning sogʻligʻi va axloqiga zarar yetkazuvchi maʼlumotlardan himoya qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. |
Tegishli vazirlik va idoralarga tavsiyalar kiritish |
2019-yil iyun |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Axborot texnologiyalari vazirligi (A. Axmedxodjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
|
13. |
Oilaviy muammolar boʻyicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari doirasini kengaytirish hamda chuqurlashtirish, jahon ilm-fanida mahalliy ishlanmalarning raqobatdoshligini oshirish. |
Tegishli vazirlik va idoralarga tavsiyalar kiritish |
2019-yil sentabr |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ( I. Madjidov), ilmiy muassasalar |
|
14. |
Muqobil oilaviy vasiylikni tanlash, qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish (bola asrab oluvchi ota-onalarni topish va tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, farzand asrab olgan oilalarni professional qoʻllab-quvvatlash va vasiylik sifatini monitoring qilish tizimini yaratish) hamda xorij amaliyotini Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Tahliliy maʼlumot, |
2019-yil oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi (G. Abidova), |
|
III. Demografik rivojlanishni ragʻbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish | ||||
|
15. |
Nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtish va uning samaradorligini monitoring qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning, tugʻma nuqsonlar bilan bolalar tugʻilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish. |
Tahliliy maʼlumot, |
2019-yil mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), |
|
16. |
Oila aʼzolarini tadbirkorlik asoslariga oʻqitish, oilaviy tadbirkorlikni, kasanachilikni, hunarmandchilikni, yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish. Voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalarga qoʻshimcha daromad olish uchun oʻzlariga tegishli yer uchastkalaridan samarali foydalanishida koʻmaklashish. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha elektron materiallar tayyorlash hamda elektron ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil yanvar 2019-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi (G. Maxmudova), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), |
|
17. |
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha yagona yondashuvni ishlab chiqish va oʻquv dasturlarini tizimlashtirish. Aholining oqilona reproduktiv axloqini va oilani rejalashtirishni shakllantirish, bolalar nogironligining, bepushtlikning oldini olish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzi |
Metodik |
2019-yil iyul |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Sport vazirligi(Sh. Isroilov), “Sogʻlom avlod uchun” fondi (S. Inamova) |
|
18. |
Oilaning reproduktiv salomatligiga va demografik rivojlanishiga doir masalalarni, oilalarning farovonlik va xotirjamlik darajasini kompleks tadqiq etish hamda muammolarni omilli asosda tahlil qilish. |
Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot |
2019-yil oktabr |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), davlat statistika kumitasi (B. Begalov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), |
|
19. |
Oilani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalarni ishga joylashtirishda koʻmaklashish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil dekabr |
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
IV. Oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash | ||||
|
20. |
Yosh avlodda maʼnaviy-axloqiy, odob qadriyatlarni va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish. |
Tashkiliy |
Doimiy |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
|
21. |
Oilaning birdamligini mustahkamlashga, oilada avlodlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqani saqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy anʼanalarni rivojlantirish. |
Kompleks tadbirlar |
2018-yil avgust |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Respublika Maʼnaviyat Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
|
22. |
Oilaviy notinchlik, bolalarning nazoratsizligi va qarovsizligi, shuningdek, bolalar orasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga doir samarali mexanizmlarni joriy qilish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil yanvar |
IIV (P. Bobojonov), (I. Madjidov), “Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Respublika Maʼnaviyat va |
|
23. |
Oilalarda ichki oilaviy va shaxsiy munosabatlarni, xususan ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash, oilada mojaroli va ogʻir turmush sharoitini amaliy hal qilish mexanizmlarini joriy etish. |
Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot |
2019-yil |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning oʻzini oʻzi |
|
24. |
Ota-onalari yoki vasiylari fuqarolik, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan voyaga yetmagan bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ruhiy qoʻllab-quvvatlash tizim va mexanizmlari samaradorligini oshirish. |
Tahliliy maʼlumot, |
2019-yil |
Respublika bolalar ijtimoiy |
|
25. |
Oʻsmirlar, yoshlar, yosh ota-onalar bilan ularning ibratli ota-onalik koʻnikmalariga oid bilim darajasini oshirish boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish. Ota-onalar uchun nogironligi boʻlgan farzandlarni toʻgʻri parvarishlash va tarbiyalash boʻyicha metodik hamda amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, patronaj va ijtimoiy xizmatlar yordamida ularning koʻnikmalarini oshirish. Bolalar va yoshlar uchun oila, madaniyat va tarbiya masalalari boʻyicha oʻquv dasturlarini tayyorlash va joriy qilish. |
Metodik Taʼlim muassasalari uchun fakultativ mashgʻulotlarning oʻquv dasturlari |
2019-yil 2019-yil avgust |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Respublika bolalar ijtimoiy Oliy va oʻrta maxsus |
|
V. Oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish | ||||
|
26. |
Oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun oilalarga taʼsirchan uslubiy, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida professional superviziya tizimini ishlab chiqish. |
Tegishli vazirlik |
2018-yil sentabr |
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Respublika bolalar ijtimoiy |
|
27. |
Oilalarga tadbirkorlik faoliyati asosida ijtimoiy va psixologik yordam berishga qaratilgan xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish. |
Tahliliy maʼlumot, |
2018-yil dekabr |
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), |
|
28. |
Demografiya, sotsiologiya, oilaviy psixologiya, ijtimoiy faoliyat boʻyicha kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. |
Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot |
2019-yil yanvar |
Oliy va oʻrta maxsus “Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), |
|
29. |
Fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, nizolashish arafasida va nizoli vaziyatda boʻlgan oilalar bilan ishni tashkil qilishning yangi shakllari va usullarini joriy etish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil fevral |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi “Oila” markazi (D. Toshmuhamedova) |
|
30. |
Ogʻir turmush sharoitida qolgan shaxslarga moʻljallangan ijtimoiy moslashuv markazlari va “Ishonch telefonlari” tajribasini oʻrganish va faoliyatini takomillashtirish. |
Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot |
2019-yil mart |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Toshmuhamedova), Respublika bolalar ijtimoiy |