Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi 116-son hamda “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablari 4-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
3. 2018-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan umumiy litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish;
ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishiga va xalqning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, o‘qitishning innovatsion shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida ta’lim sohasida faoliyat samaradorligi va natijadorligini oshirish;
ta’lim jarayonini avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga, o‘quv rejalariga va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, har biri kamida 40 m2 maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ortiq auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;
har bir auditoriyada videoproyektor yoki diagonali 50 dyuymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuter, audio va videokuzatuv tizimi, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovlarining oshkoraligini ta’minlash uchun yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv jarayoniga o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
ta’lim jarayonining belgilangan darajadagi natijadorligiga erishish uchun ta’lim jarayonining ishtirokchilarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlash;
har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlash;
har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilimlarini yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan maxsus litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati xavfsizligi asoslari bo‘yicha o‘quv auditoriyasini avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan va shu talablarga qat’iy mos ravishda jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishi sifatini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq o‘qituvchilar tarkibining mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
bitiruvchilarga belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat berish.
6. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan maxsus litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasini avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv auditoriyasini avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha davlat talablariga muvofiq o‘qituvchilar va instruktorlar tarkibining mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan tartibda qayta jihozlangan va ro‘yxatga olingan o‘quv avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarining mavjudligi;
litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan tartibda jihozlangan o‘quv avtodromi yoki yopiq maydonning mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari quyidagi hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), nodavlat ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyi manzillari, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga roziligi va elektron manzili ko‘rsatiladi;
yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘zlashtirishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan, o‘qitishni monitoring qilish va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash uchun alohida hamda ularning malakasini oshirish uchun alohida ishlab chiqilgan elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan ta’minlanganligi haqidagi hujjat;
avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan ta’minlanganligi haqidagi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya da’vogari tomonidan arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilgani uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqidagi elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
8. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya da’vogari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziya da’vogarining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda, mas’ul xodim litsenziya berish uchun ariza va boshqa zarur hujjatlarni ro‘yxat asosida qabul qiladi. Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimi litsenziya da’vogarining arizasini zarur hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ariza qabul qilingan kuni yuboradi.
Ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilganda, litsenziya da’vogarining arizasi qabul qilinganligi haqidagi elektron xabar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining mas’ul xodimi tomonidan litsenziya da’vogarining elektron manziliga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ariza qabul qilgandan so‘ng 9 ish kuni ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (uning hududiy bo‘limlari) Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy bo‘linmalaridan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda litsenziya da’vogarining davlat talablarida nazarda tutilgan moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazaga ega ekanligi to‘g‘risidagi ekspertiza xulosalarini tayyorlash jarayonini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijobiy qaror qabul qilinganda elektron litsenziya rasmiylashtiriladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, davlat boji to‘langandan keyin Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya da’vogariga yuboriladi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 1 ish kuni mobaynida litsenziya da’vogariga rad etish sabablari va litsenziya da’vogari ularni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bildirishnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 9 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Berilgan, to‘xtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan va bekor qilingan litsenziyalar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi reyestriga kiritiladi.
12. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan sabablar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya da’vogari litsenziya berishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Litsenziya berishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya da’vogari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Litsenziya da’vogarining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida avvalgi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
14. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
15. Litsenziat ta’lim faoliyatini olib borish manzili o‘zgarsa, qo‘shimcha manzilda faoliyat olib borsa, qo‘shimcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqchi bo‘lsa, qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi shart.
16. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni avval berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
17. Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning 50 foizi miqdorida undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida, litsenziyalovchi organga litsenziya berilgani uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya da’vogarining nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish maqsadida litsenziya olish uchun ariza topshirgani litsenziya shartlari va talablariga rioya etishiga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, ta’limni boshqarish tizimi organlari va boshqa vakolatli organlar litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida davriy ravishda o‘quv jarayonining monitoringini olib boradi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan buzilishlarini aniq ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) rasmiylashtirish;
litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, litsenziatlarni attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;
qonun buzilishining qo‘pol holatlari aniqlanganda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish yoxud litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish.
23. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish faoliyatni litsenziyalash uchun qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining vakolatli vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda va tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
27. Litsenziyalovchi organ ta’lim turlari bo‘yicha “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, shu jumladan, yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pochta manzili, telefon, faks;
nodavlat ta’lim faoliyatining turi, litsenziyalanayotgan ta’lim yo‘nalishi, faoliyat amalga oshiriladigan manzil, xizmat telefoni, faks;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanalari;
Keyingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi veb-saytda joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatini ko‘rsatish faoliyatni amalga oshirish uchun huquq berish bo‘yicha litsenziyani berish yoki amal qilish muddatini uzaytish uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
20 foizi axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
31. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) va uning hududiy bo‘linmalarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Barcha avtomototransport vositalari o‘z turi, vazifasi va boshqarish xususiyatlariga ko‘ra “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifalarga hamda tramvay va trolleybuslarga bo‘linadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli pozitsiyasida shu toifali transport vositasini boshqarish uchun ruxsat berilgan sana va muddati ko‘rsatiladi.
3. Haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” pozitsiyasining tegishli grafalarida ruxsat beruvchi belgi (sana va muddat ko‘rsatilgan) bo‘lgan shaxslar quyidagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega:
“B” — ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan oshmaydigan yoki haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lmagan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarilgan qo‘l bilan boshqariladigan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “B” toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan lekin “B” toifadagi avtotransport vositasining aslahalangan vaznidan ortiq bo‘lmagan va avtotransport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan tirkamali “B” toifadagi avtotransport vositalari;
“C” — ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “C” toifadagi avtotransport vositalari;
“D” — yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “D” toifadagi avtotransport vositalari;
“BE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq yoki tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni aslahalangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq bo‘lgan “B” toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan “B” toifadagi avtotransport vositalari;
“CE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “C” toifadagi avtotransport vositalari;
“DE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “D” toifadagi avtotransport vositalari hamda bo‘g‘imli avtobuslar.
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat ta’lim muassasalari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda YHXBB deb ataladi) xulosasini oladi. Davlat ta’lim muassasalari YHXBBga yuqori turuvchi davlat idorasi orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Xulosa chiqarilgunga qadar YHXBB qarori asosida, tekshiruv komissiyasi tomonidan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi davlat ta’lim muassasasining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi har tomonlama ko‘rikdan o‘tkaziladi.
5. Tekshiruv komissiyasi tarkibiga hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXB deb ataladi), hokimliklar qoshidagi harakat xavfsizligi komissiyasi, Kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy bo‘linmalari vakillari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ishiga haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi mutaxassislar, shu jumladan davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi), shuningdek, tasarrufida davlat ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
har biri 40 m2 dan kichik bo‘lmagan maydonga ega va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ortiq auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
har bir auditoriyada videoproyektor yoki diagonali 50 dyuymdan kichik bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuterlar, audio va videokuzatuv tizimi, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovlarining oshkoraligini ta’minlash uchun yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
ta’lim oluvchilarning bilimlarini yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv jarayoniga o‘zlashtirishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan o‘qitishni monitoring qilish va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
ta’lim dasturlarini belgilangan darajadagi sifat va natijaviylik bilan amalga oshirish uchun zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
har bir o‘qituvchining o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash uchun alohida hamda ularning malakasini oshirish uchun alohida ishlab chiqilgan uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv auditoriyasining yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati xavfsizligi asoslari bo‘yicha avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida jihozlanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘quv auditoriyasining avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida jihozlanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq o‘qituvchilar va instruktorlar tarkibining mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv jarayoniga jalb etilgan muhandis-pedagoglar va instruktorlarning ma’lumoti va maxsus bilimlari darajasining mavjudligi, shuningdek, o‘quv xonalarining haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha darslarni o‘tkazishga tayyorligi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda qayta jihozlangan va ro‘yxatga olingan o‘quv avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarining mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv tashkilotining ish rejasiga kiritilgan avtomobilni boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tkazish uchun yetarli darajada yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
bitiruvchilarga belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat hamda haydovchilarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash kurslarini tugatgani to‘g‘risida guvohnoma berilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘quv tashkilotining unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti hisobidan ta’minlangan o‘quv xonalari, o‘quv-mashq avtomobillari va o‘quv dasturlarini nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ijaraga va (yoki) subijaraga berish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Davlat ta’lim muassasasi mazkur Nizomning 6-bandi talablariga muvofiqligi tekshiruv komissiyasi (5-bandda ko‘rsatilgan) tomonidan o‘rganib chiqib, yakunlari bo‘yicha uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
Dalolatnoma hududiy YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanib, xulosa tayyorlash uchun YHXBBga yuboriladi, bir nusxasi hududiy YHXBda va bir nusxasi davlat ta’lim muassasasining o‘zida saqlanadi.
8. Komissiya tomonidan taqdim etilgan dalolatnoma YHXBB tomonidan o‘rganib chiqilib, natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi va ijro uchun hududiy YHXBlarga tegishli ko‘rsatma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ta’lim muassasalarini hududiy YHXBlarda hisobga qo‘yish ta’lim muassasasining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (ro‘yxatdan o‘tkazish) to‘g‘risida ma’lumot, mahalliy davlat organlarining qarori raqami, tayyorlanadigan haydovchilarning toifalari ko‘rsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.
Davlat ta’lim muassasalarini hisobga olish jurnali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hududiy YHXBda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxsning o‘quv guruhlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun berilgan litsenziya asosida YHXBB ko‘rsatmasiga asosan hududiy YHXBlar tomonidan ro‘yxatga olinadi.
O‘quv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha hududiy YHXBga sertifikat olgan tinglovchilar, berilgan sana va sertifikat raqamini ko‘rsatilgan holda ro‘yxati taqdim etiladi.
Nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxsning o‘quv guruhlarini hududiy YHXBlarda ro‘yxatga olish bo‘yicha ma’lumotlar o‘quv tashkilotining nomi, manzili, qaysi toifa(lar)dagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash huquqi berilganligi ko‘rsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.
Barcha o‘quv tashkilotlari guruhlarini ro‘yxatga olish jurnali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va belgilangan muddatlar mobaynida hududiy YHXBda saqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘quv tashkilotlarining rahbarlari hududiy YHXB bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarida o‘qishning boshlanishi va tugashi muddatlari kelishilgandan so‘ng, belgilangan tartibda guruh ro‘yxatini hududiy YHXB kotibiyatida 10 kun muddat ichida ularni ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
Taqdim etilayotgan o‘quv guruhi ma’lumotlari varaqning oldi tomonida qayd etilib, shu varaqning orqa tomonida o‘qitiladigan o‘quvchilar ro‘yxati qayd etiladi.
11. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash guruhlaridagi nomzodlar soni 25 kishidan oshmasligi lozim.
12. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarining ro‘yxati mashg‘ulotlar boshlanishidan avval hududiy YHXBga taqdim etiladi. O‘quv guruhining ro‘yxati hududiy YHXBning ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda RvaIOB deb ataladi) tomonidan o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi.
13. Hududiy YHXBda belgilangan tartibda hisobga olingan barcha o‘quv tashkilotlarining o‘quv moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida bir marotaba atroflicha, har bir o‘quv guruhlarining o‘quv jarayoni esa har oyda kamida bir marotaba hududiy YHXBlar tomonidan o‘rganib boriladi. O‘rganish natijalari yuzasidan dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kelayotgan Davlat ta’lim muassasasining yuqori turuvchi tashkilotiga taqdimnoma yuboriladi.
14. O‘quv tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu o‘quv tashkilotlarining yangi o‘quv guruhlarini hududiy YHXBning RvaIOBlarida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatiladi.
Yangi o‘quv guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatmadagi kamchiliklar o‘quv tashkilotlari tomonidan bartaraf etilgandan keyin tiklanadi.
15. Nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatida litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etmaslik holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari tegishli hududiy YHXBlar tomonidan xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Hududiy YHXBning RvaIOBlarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlari bo‘yicha nazorat-kuzatuv yig‘majildi yuritiladi. Unga o‘quv tashkilotiga avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziyadan nusxa, o‘quv avtomototransport vositalarining ro‘yxati, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan yo‘nalishlar xaritasining nusxasi va boshqa ma’lumotlar tikib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olishni istagan shaxslar maxsus ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlariga muvofiq ta’lim olishlari shart.
18. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy yoki vaqtinchalik turar joylaridagi, majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar xizmat joylaridagi hududiy YHXBning RvaIOBlarida imtihonlar topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Alohida holatlarda (favqulodda holatlar yuz bergan vaqtda, o‘quv tashkilotlari imtihon olish joylaridan uzoq masofada joylashgan hududlarda va hokazo), istisno tariqasida, imtihonlar qabul qilish joyi yoki muddati hududiy YHXB rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
20. “A”, “B”, “C” va “D” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalari hududiy YHXBning RvaIOBlarida nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga beriladi.
Tramvay va trolleybus haydovchiligiga o‘qiyotgan shaxslardan amaliy imtihonlar olishda hududiy YHXBning RvaIOBlari xodimi qatnashishi shart.
Tramvay yoki trolleybusni boshqarish huquqini olish uchun o‘qish istagida bo‘lgan, ammo doimiy ro‘yxatda turgan hududida bunday o‘quv tashkiloti mavjud bo‘lmagan hamda boshqa hududda joylashgan o‘quv tashkilotida vaqtincha ro‘yxatda turgan holda shahar elektr transportini boshqarish huquqini olish uchun ta’lim olgan shaxslarga tegishli toifadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda o‘quv tashkiloti joylashgan hududiy YHXBning RvaIOB xodimi ishtirokida rasmiylashtirilgan amaliy imtihon natijalari asos qilib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. “B” va (yoki) “D” toifali avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “C” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda, “B” va (yoki) “C” toifali avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “D” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi. “BE”, “CE” va “DE” toifalardagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda faqat amaliy imtihonlar topshiriladi.
Shaxs, agar avtotransport vositasini kamida uch yil mobaynida boshqargan bo‘lsa, “D” toifasiga qayta tayyorlashga va imtihonlar topshirishga qo‘yiladi.
22. Amaliy imtihonlarda qaysi toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqini berish uchun olinayotgan bo‘lsa, topshiruvchining faqat shu toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha malakasi tekshiriladi.
23. Amaliy imtihonlar o‘quv tashkiloti tomonidan taqdim etilgan tegishli toifadagi boshqarishni o‘rgatish avtomototransport vositasida olinadi. Bunda “D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 16 tadan ortiq bo‘lgan boshqarishni o‘rgatish avtobusida o‘tkaziladi.
Amaliy imtihon olinadigan transport vositalarining texnik holati hududiy YHXBning imtihon oluvchi xodimi tomonidan ko‘zdan kechirilib, belgilangan talabga javob berishi tekshirilishi kerak.
24. Oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlarni to‘liq o‘zlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha tugatgan shaxslarga “B” yoki “B” va “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. O‘quv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 16 yoshga; “B” va (yoki) “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 18 yoshga; “D” toifadagi avtotransport vositalarini, tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 21 yoshga to‘lgan shaxslarga hududiy YHXBning RvaIOBda imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Maxsus tovushli va yorug‘lik ishoralari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarini boshqarish uchun oxirgi uch yil, shuningdek, shahar, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan avtobuslarni va mikroavtobuslarni boshqarish uchun oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifadagi avtotransport vositalarida haydovchi bo‘lib ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Tijorat asosida yo‘lovchilarga avtotransport xizmati ko‘rsatish uchun yengil avtomobillarni boshqarishga ruxsat avtotransport vositalarini oxirgi uch yil mobaynida boshqargan shaxslarga beriladi. Haydovchilik faoliyati muddatini belgilashda mehnat daftarchasidan ko‘chirma, avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma, ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asos bo‘ladi.
27. “C” yoki “D” toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilangan muayyan cheklashlar (avtomobillarning yuk ko‘tarishi 2,5 t dan, avtobusda yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. “BE”, “CE” va “DE” toifalaridagi avtotransport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi oxirgi o‘n ikki oy mobaynida tegishli toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik stajiga ega bo‘lgan va o‘quv tashkilotida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda hududiy YHXBning RvaIOBda amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“DE” toifasidagi avtotransport vositalari tarkibini boshqarish huquqini olish uchun “D” toifasiga ega bo‘lgan haydovchilardan amaliy imtihonlar bo‘g‘imli avtobuslarda olinadi.
29. “D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqi kamida uch yil mobaynida “B” yoki “C” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik stajiga ega bo‘lgan, o‘quv tashkilotida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda hududiy YHXBning RvaIOBda nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish bo‘yicha avtotransport xizmatlari ko‘rsatadigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari to‘rttadan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan, biroq “D” toifasiga tegishli bo‘lmagan yengil avtomobillarni boshqarishga kamida besh yil mobaynida tegishli toifadagi avtotransport vositalarini boshqargan haydovchilarga ruxsat etiladi.
31. Har qanday avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxslar, o‘n ikki oydan ko‘p vaqt avtomototransport vositasini boshqarmagan bo‘lsalar, ish beruvchi tomonidan ular hududiy YHXBning RvaIOBlariga nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun yuboriladi. Imtihonlarni ijobiy topshirgan shaxslar tashkilotlarda kamida 30 soatlik amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganidan keyin, ularga avtomototransport vositalarini mustaqil boshqarishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Agar tramvay yoki trolleybus haydovchilari o‘n ikki oydan ko‘p vaqt shu toifadagi transport vositalarida haydovchi sifatida ishlamagan bo‘lsalar, hududiy YHXBning RvaIOBlarida nazariy imtihonlar, tashkilot attestatsiya komissiyasi tomonidan ularning kasbiy bilimi va boshqarish tajribasi tekshirilib, amaliy imtihonlar olingandan so‘ng, belgilangan yo‘nalishlarda 70 — 140 soat) amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganlaridan keyingina tramvay yoki trolleybusni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
33. Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan haydovchilar yuridik shaxslarda belgilangan muddat va yo‘nalishlarda (“D” toifadagi avtotransport vositalarida haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilar uchun — 60 soat, haydovchilik tajribasiga ega bo‘lmagan haydovchilar uchun — 224 soat) amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganlaridan keyingina tegishli toifadagi avtomobillarni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
34. Barcha avtomototransport vositalarining haydovchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatda, tijorat asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar esa bir yilda bir marta majburiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
35. Agar DYHXX organlari yoki avtotransport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog‘lig‘iga nisbatan shubha tug‘ilgan bo‘lsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin.
36. Agar haydovchi kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tishdan bo‘yin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy DYHXX xodimi tomonidan, belgilangan tartibda avtomototransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
Haydovchini tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tkazish haqidagi qaror hududiy YHXB bo‘linmalarining boshlig‘i yoki guruhlarining katta inspektori, ular bo‘lmaganda esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
37. Haydovchilarni avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi. Avtomototransport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar, milliy haydovchilik guvohnomasini qaytarib olish uchun, mahrum qilish muddatidan qat’i nazar, ma’muriy jazo muddati nihoyasiga yetgach, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirgunigacha malaka oshirishlari shart.
Bu holda imtihon komissiyasining qaroriga muvofiq boshqarish huquqidan mahrum qilingan biror toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish bo‘yicha, “D” toifasi mavjud bo‘lgan holatlarda “D” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy imtihonlar olinadi.
38. Birinchi marotaba haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan barcha xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi.
39. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifadagi avtomototransport vositalarini, shuningdek, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalarni berish hududiy YHXBning RvaIOBlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun nazariy va amaliy (tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini berishdan tashqari) imtihonlarni hududiy YHXBning RvaIOBlarida imtihon olish komissiyalari qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Hududiy YHXBning RvaIOBda imtihon olish komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak.
hududiy YHXBning RvaIOB inspektori, o‘quv tashkilotlarining (imtihon topshirayotgan o‘quv guruhi o‘qituvchisi, shuningdek, o‘quv tashkilotidan bir nafardan ortiq o‘qituvchi jalb etilmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari bo‘limi va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
42. Imtihonlar DYHXX bo‘linmalarining lavozim yo‘riqnomalarida imtihonlarni qabul qilish xizmat vazifasiga kiritilgan, vakolatli mas’ul shaxslari tomonidan qabul qilinadi. Imtihon oluvchining lavozim yo‘riqnomasi va unga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
43. O‘quv guruhidagi mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng, o‘quv tashkilotida o‘tkazilgan bitiruv imtihonlarining bayonnomasi va nomzodga berilgan yagona namunadagi guvohnoma hududiy YHXBning RvaIOB xodimi tomonidan tekshiriladi va oldin taqdim etilgan ro‘yxatdagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi, shundan keyin nomzodning imtihon varaqasi o‘sha xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
44. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun haydovchilikka nomzodlar hududiy YHXBning RvaIOBlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
a) tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (qayta tayyorlash) o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqidagi yagona namunadagi guvohnomani (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);
b) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlarning to‘liq o‘zlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom va o‘quv dasturidagi fanlarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi diplom ilovasining nusxalari (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan shaxslar uchun);
v) sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
g) milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi bank muassasasining to‘lov qog‘ozi (to‘lovlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi);
Keyingi tahrirga qarang.
d) o‘quv tashkiloti tomonidan to‘ldirilib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari) va fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat.
46. Haydovchilikka nomzodlar, shuningdek, milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tugagandan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihonlardan so‘ng kamida yetti kun o‘tgandan keyin o‘tkaziladi.
Nazariy imtihonlarda imtihon topshiruvchining yo‘l harakati qoidalari va o‘quv dasturida nazarda tutilgan boshqa fanlar bo‘yicha bilimlari tekshiriladi. Nazariy imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon savollari orqali qabul qilinadi.
Amaliy imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Amaliy boshqaruv imtihonlarini qabul qilish metodikasi” asosida qabul qilinadi.
Eshitish qobiliyati cheklangan haydovchilikka nomzodning xohishiga ko‘ra imtihonlarni o‘tkazishda surdotarjimon ishtirok etishi mumkin.
47. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u yana qayta nazariy imtihonlarga yuboriladi.
48. Nazariy va amaliy imtihonlar natijalari haydovchining imtihon varaqasiga kiritiladi hamda imtihon olish komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihonda qatnashgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy YHXBning RvaIOBlari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma asosida milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Milliy haydovchilik guvohnomasi uni qayd etish kitobiga seriyasi va tartib raqamining o‘sishi bo‘yicha kiritiladi hamda imtihon varaqasiga qayd etiladi.
50. Milliy haydovchilik guvohnomasi berilishining asosliligi va to‘g‘ri to‘ldirilganligi imtihon olish komissiyasining raisi tomonidan tekshiriladi.
Milliy haydovchilik guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi shaxsning o‘quv tashkilotida o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi yagona namunadagi guvohnomasiga kiritiladi, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
51. Milliy haydovchilik guvohnomasidagi boshqarilishiga ruxsat berilgan avtomototransport vositalari toifasi ko‘rsatilgan pozitsiyaning (9-grafa) bloklarida ushbu toifadagi transport vositasini boshqarish uchun ruxsat berilgan sanasi (10-grafa) va muddati (11-grafa) ko‘rsatiladi, boshqarilishiga ruxsat berilmagan avtomototransport vositalari toifasi ko‘rsatilgan pozitsiyasidagi bloklar bo‘sh qoldiriladi.
52. Tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ruxsat beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olishda “Alohida belgilar uchun” joyida transport vositalarining tegishli toifasi ko‘rsatilgan yozuv (tegishli ravishda “TRAMVAY” yoki “TROLLEYBUS”) kiritiladi.
53. Tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tish muddati belgilangan shaxslarga milliy haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” joyida “Tibbiy ma`lumotnoma majburiy” degan yozuv kiritiladi.
54. Mudofaa vazirligi tomonidan avtomototransport vositalari haydovchilari mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga jalb etilgan chaqiriluvchilarga o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsalarda, hududiy YHXBda imtihonlarni topshirishlariga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ularga, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, tegishli toifadagi (“B” va (yoki) “C”) avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Bunda “Alohida belgilar uchun” joyida uning egasi qaysi muddatdan (18 yoshga to‘lganidan keyin) avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
55. Milliy haydovchilik guvohnomasi faqat uning egasiga beriladi. Mazkur shaxs pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni ko‘rsatib, milliy haydovchilik guvohnomasi beriladigan kitobga shaxsan imzo qo‘yadi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Ozodlikdan mahrum qilinib jazo muddatini o‘tayotgan, lekin avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinmagan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomasi jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining iltimosnomasiga asosan (milliy haydovchilik guvohnomasi saqlanayotgan) hududiy YHXBning RvaIOB tomonidan ushbu muassasaga yuborilishi mumkin.
5-bob. Milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va yo‘qolgani o‘rniga yangisini berish tartibi
57. Haydovchilik guvohnomasi egasining belgilangan tartibdagi arizasi, uning oldingi haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari uchun — uning taloni ham), haydovchining imtihon varaqasi yoki milliy haydovchilik guvohnomasini bergan hududiy YHXB tasdiqnomasi, belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma hamda egasining fuqarolik pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan so‘ng almashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Avtomototransport vositalarini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqargan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Quyidagilar avtomototransport vositalarini o‘n ikki oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi:
a) ishlayotgan haydovchilar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtomototransport turi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (buyruqdan ko‘chirma);
b) shaxsiy avtomototransport vositalari haydovchilari uchun ularga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
v) ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomototransport vositasini boshqargan shaxslar uchun avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
60. Avtomototransport vositasini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqarmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi.
Bunda bir necha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi berilgan bo‘lsa, imtihon olish komissiyasining qaroriga ko‘ra “B” yoki “C” toifadagi avtotransport vositasida, “D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqi berilgan bo‘lsa, faqat “D” toifadagi avtotransport vositasida amaliy imtihonlar olinadi.
61. “C”, “B” va “C”, “D”, “C” va “D”, “CE” va (yoki) “DE” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalariga ega bo‘lgan va oxirgi o‘n ikki oy mobaynida avtotransport vositasini boshqarmagan, qo‘shimcha “A” yoki “B” toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, ulardan nazariy imtihon hamda milliy haydovchilik guvohnomasida boshqarish huquqi berilgan toifalardan bittasi bo‘yicha (“D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqi bo‘lgan shaxslardan esa aynan “D” toifasidagi avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha), shuningdek so‘ralayotgan “A” yoki “B” toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy imtihon olinadi. Olingan barcha imtihonlar natijasi imtihon olish komissiyasi bayonnomasiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Bir necha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxs milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirishda o‘z xohishiga ko‘ra mavjud toifalardan birortasini yoki tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra belgilangan toifalardan ruxsat etilganini qoldirishi mumkin.
Bunda amaliy imtihon o‘z xohishi bilan qoldirgan (yoki tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra ruxsat etilgan) toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha olinadi va berilayotgan milliy haydovchilik guvohnomasida faqat ushbu toifaga ruxsat belgisi qo‘yiladi. Haydovchining boshqarish huquqiga avval ega bo‘lgan toifalarini qayta tiklash ushbu Nizomning 57 — 61-bandlari talablariga muvofiq, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
63. Yaroqsiz holga kelgan milliy haydovchilik guvohnomasi ushbu Nizomning 57 — 62-bandlariga muvofiq almashtiriladi.
64. Milliy haydovchilik guvohnomasi almashtirilganda yangi berilayotgan milliy haydovchilik guvohnomasining “Alohida belgilar uchun” joyida birinchi marotaba olgan eski haydovchilik guvohnomasining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi yozib qo‘yiladi.
65. Tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi va haydovchining imtihon varaqasi barcha ma’lumotlar bilan to‘ldirilganidan so‘ng yangi milliy haydovchilik guvohnomasi bilan birga egasiga qaytarib beriladi.
66. Yo‘qolgan (o‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) milliy haydovchilik guvohnomasi dublikati haydovchining arizasi, imtihon varaqasi, tegishli toifalardagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma, imtihon varaqasi mavjud bo‘lmagan hollarda hududiy YHXBning RvaIOBlarining tasdiqnomasi asosida beriladi.
67. Milliy haydovchilik guvohnomasining dublikatini rasmiylashtirish davomida bir oy muddatga vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar olingunga qadar vaqtinchalik ruxsatnoma muddatini yana bir oygacha uzaytirish mumkin.
68. Istisno tariqasida, hududiy YHXB boshlig‘ining ruxsati bilan, yashash joyi o‘zgarishi, xizmat safari, davolanish va boshqa sabablarga ko‘ra O‘zbekiston hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga milliy haydovchilik guvohnomalarining dublikatlari, hududiy YHXBning RvaIOBlari ma’lumotlar bazasidan tekshirilgandan so‘ng, mazkur Nizomning 67-bandida ko‘rsatilgan muddatdan oldin berilishi ham mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Yo‘qolgan milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari ma’lumotlar bazasidan tekshirilganidan so‘ng beriladi.
O‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa shu kabi sabablarga ko‘ra yo‘qolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
70. Milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati rasmiylashtirilayotgan vaqtda berilgan vaqtinchalik ruxsatnoma alohida kitobda qayd etiladi va milliy haydovchilik guvohnomasi dublikati berilgandan keyin ushbu ruxsatnoma asos bo‘lgan hujjatlarga tikiladi.
71. Milliy haydovchilik guvohnomasi o‘rniga milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati berilganidan keyin, yo‘qolgan milliy haydovchilik guvohnomasi topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va hududiy YHXBning RvaIOBlariga topshiriladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
72. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga umumiy asoslarda almashtiriladi.
73. Uzluksiz haydovchilik mehnat faoliyati 10 yildan ortiq bo‘lgan “B” va “C” toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini “BE” va “CE” toifaga almashtirish haydovchining mehnat daftarchasidan ko‘chirma asosida nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan so‘ng amalga oshiriladi.
74. Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalari avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.
75. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va boshqa xodimlarining (diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarning), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali YHXBBga murojaat qilish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi uchun haydovchilik guvohnomalari imtihonlar topshirilmasdan almashtiriladi.
Tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy xodimlariga milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirilishi mumkin. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi uchun haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imtihonlar topshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
76. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomalari tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.
77. Milliy haydovchilik guvohnomalari blankalari plastik shaklda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaga muvofiq YHXBB buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Buyurtma 1,5 yillik doimiy zaxira bo‘lishini inobatga olib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
78. Milliy haydovchilik guvohnomalarining plastik shakldagi kartochkalari joylardan tushgan buyurtmalarga asosan YHXBB tomonidan tarqatiladi.
79. Milliy haydovchilik guvohnomalari hamda qat’iy hisobot blankalarining kirim va chiqimlari hisobot kitobida qayd etiladi.
80. Milliy haydovchilik guvohnomalarining to‘ldirilmagan plastik kartalari qat’iy hisobot hujjatlari tariqasida saqlanadi.
81. To‘ldirish (yoki chop etish) jarayonida buzilgan milliy haydovchilik guvohnomalarining plastik kartalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib belgilangan tartibda YHXBBga topshiriladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
82. Tibbiy ko‘rik xulosasi asosida transport vositalarini boshqarish huquqidan chetlatilgan, yo‘qolgani o‘rniga dublikati berilgandan so‘ng topib olingan, mahrum etilgan muddatdan keyin ikki yil davomida talab qilib olinmagan, vafot etgan fuqarolarning milliy haydovchilik guvohnomalari va eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarining talonlari navbatdagi taftishda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
83. Mazkur Nizomda nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish tartibi uchun ko‘zda tutilgan blankalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining YHXBlari tomonidan tayyorlanadi.
84. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish uchun asos bo‘lgan hujjatlar (ariza, eski haydovchilik guvohnomasi, to‘lov qog‘ozlari va boshqalar) hamda o‘quv guruhlaridagi o‘quvchilarning ro‘yxati alohida ish hujjatlari sifatida tikiladi va belgilangan tartibda ikki yil saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy haydovchilik guvohnomasining o‘rniga yangisi berilganda eski milliy haydovchilik guvohnomasi boshqa asos bo‘luvchi hujjatlar bilan birga tikiladi.
Imtihon olish komissiyasi bayonnomalari — o‘n yil, milliy haydovchilik guvohnomalarini berish kitobi — oltmish yil hududiy YHXBning RvaIOBlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Avtomotoransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan imtihon olish, milliy haydovchilik guvohnomalarini berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ish yuritish hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha (yangi ochilayotgan) davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) uchun yagona va rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi ta’lim tizimidan iborat:
a) o‘quv tashkilotlarida “A”, “B”, “C” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish uchun shaxslarni tayyorlash, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun shaxslarni qayta tayyorlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlagan o‘quv rejasiga va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq olib boriladi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash:
sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga yaroqli bo‘lgan;
o‘quv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 16 yoshga; “B”, “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 18 yoshga; “D” toifadagi avtotransport vositalarini hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 21 yoshga to‘lgan shaxslar bilan olib boriladi;
b) o‘quv tashkilotlarida “B” va (yoki) “C” va (yoki) “D” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan haydovchilarni boshqa toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlagan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan yengil avtomobillarni boshqarishga layoqatli deb topilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni haydovchilikka tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXBB deb ataladi) bilan kelishilgan, O‘zbekiston avtomobil transport agentligi tomonidan manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Kar va kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy o‘quv dasturlari asosida surdo tarjimon yordamida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tramvay, trolleybus va bo‘g‘imli trolleybuslarni boshqarish huquqini berish uchun haydovchilarni tayyorlash YHXBB bilan kelishilgan, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muddatlari davlat talablariga hamda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ayollarni “BC” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko‘tarishi 2,5 t dan va avtobuslarning yo‘lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv tashkilotida olib borilayotgan ishlar ushbu tashkilot rahbari tomonidan nazorat qilib boriladi.
7. Tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim muassasalari va ushbu ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda YHXB deb ataladi) ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limi yoki bo‘linmalarida (keyingi o‘rinlarda RvaIOB deb ataladi) hisobga olingan bo‘lishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “A”, “B”, “C” toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish uchun shaxslarni tayyorlash, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun haydovchilarini qayta tayyorlash uchun nomzodlarni o‘quv tashkilotiga qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) jismoniy shaxs arizasi yoki buyurtmachi — tashkilot yo‘llanmasi (ular tomonidan o‘qishga yuborilgan shaxslar uchun);
b) sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
9. Haydovchilarni “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlashda, ular tomonidan ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari “B” yoki “D” toifadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, “BE”, “CE” yoki “DE” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlashda esa tegishli ravishda “B”, “C” yoki “D” toifasidagi milliy haydovchilik guvohnomasi ham taqdim etiladi.
Haydovchilarni “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun qayta tayyorlashda ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, “B” va (yoki) “C” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi hamda kamida uch yillik haydovchilik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.
Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish, guruhdan guruhga o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish va o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quv tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
10. O‘quv tashkilotidagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha yig‘ilgan o‘quv guruhlaridagi nomzodlar soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv xonalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik Reglament talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Lekin mazkur yo‘nalish guruhlaridagi nomzodlarning soni 25 kishidan oshmasligi lozim. O‘quv tashkilotlarining rahbarlari guruhlarda mashg‘ulotlar boshlangungacha o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishlari va hududiy YHXBga taqdim etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini malaka oshirish bo‘yicha yig‘ilgan o‘quv guruhlaridagi nomzodlar soni 30 kishidan oshmasligi lozim.
11. Ta’lim jarayoni nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlardan, avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmuni avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘quv rejasi va dasturlarida nazarda tutilgan barcha mashg‘ulotlar tasdiqlangan dars jadvaliga asosan, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlari — tasdiqlangan grafik bo‘yicha hududiy YHXB bilan kelishilgan yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.
13. Nazariy mashg‘ulotlar o‘quv jurnallari yoki elektron o‘quv jurnallarida qayd etiladi, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar esa — yo‘l varaqalarida qayd etiladi. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha o‘quv avtomobillarida hamda avtotrenajyorlarda o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar haydovchilikka nomzodning mashg‘ulotlarni hisobga olish shaxsiy kitobchasida ham qayd etiladi.
14. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlari, ularning tegishli muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari:
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaxshilash va ta’lim-tarbiya tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlaydi;
o‘quv tashkilotlarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini nazorat qiladi;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadi;
o‘quv tashkilotlarida xodimlarni, o‘qituvchi, instruktor va boshqa mutaxassis xodimlarning malakalarini oshirish, attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Rahbar xodimlar, o‘qituvchi va instruktorlarning asosiy vazifalari malaka tavsifnomalarida aks ettirilib, tasdiqlangan qoida va yo‘riqnomalarda bayon etiladi.
17. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori lavozimiga bilimi o‘rta maxsus ma’lumotdan kam bo‘lmagan, tegishli toifadagi avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarish bo‘yicha uzluksiz uch yil (“D” toifasidagi avtotransport vositasi bo‘yicha — uzluksiz besh yil) stajga, shuningdek, avtomototransport vositasi yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarishni o‘rgatish uslubi bo‘yicha kurslarni tugatganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Avtomototransport vositalarining va shahar elektr vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish fanidan dars beruvchilar oliy yoki avtotransport mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini boshqarish asoslari va yo‘l harakati xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar, qo‘shimcha ravishda, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. O‘quv tashkilotlarining xodimlari, o‘qituvchi, instruktorlari hamda boshqa mutaxassis xodimlari tashkilotning muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari tomonidan kasbiy yaroqliligi bo‘yicha kamida 3 yilda bir marta attestatsiya sinovlaridan o‘tkaziladi. Xususiy mulk asosida tashkil etilgan va muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari mavjud bo‘lmagan o‘quv tashkilotlari tegishli mutaxassis xodimlarining kasbiy yaroqliligi belgilangan muddatlarda Davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyada aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boshqarayotgan jismoniy shaxslar bundan mustasno) ikki yilda bir marta;
avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar ma’muriy jazo ijro etilganidan keyin va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon topshirishidan oldin malaka oshirishlari shart.
Malaka oshirish yakuni bo‘yicha haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shaklda tegishli sertifikat beriladi.
Yuridik shaxslarni avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirishlari ish beruvchining, boshqa shaxslarning esa — o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
21. Tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv tashkilotlarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi davlat talablariga mos bo‘lishi kerak. O‘quv tashkilotining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va o‘quv avtomototransport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. O‘quv avtomototransport vositalari uning mulkdori bo‘lgan o‘quv tashkiloti yoki undan ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan shaxslar tomonidan davlat talablariga muvofiq saqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
22. O‘quv tashkilotining hamda ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan avtomototransport vositalari yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa asbob-uskunalar bilan tashkilot tomonidan ta’minlanishi shart.
23. O‘quv tashkilotiga qarashli va ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan barcha o‘quv avtomototransport vositalari belgilangan tartibda YHXBning RvaIOBda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. O‘quv tashkilotining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha bitirish imtihonlarini ijobiy topshirgan nomzodlar YHXBning RvaIOBlarida imtihonlar topshiradi. Imtihonlarni olish vaqti YHXBning RvaIOB tomonidan o‘quv tashkilotining murojaatiga asosan oldindan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Haydovchilarning malaka oshirish kurslarida bilimlarni o‘zlashtirishini aniqlash uchun o‘quv tashkilotida yakuniy imtihonlar animatsiya effektlariga ega bo‘lgan test dasturida qabul qilinadi.
25. Yakuniy nazorat va sinovlarni tashkil qilish va o‘tkazish avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv tashkilotlari yoki ularning muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnomalarda belgilanadi.
O‘quv tashkilotida imtihonlarni qabul qilish uchun rahbar buyrug‘i bilan rais va ikki kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Qo‘shimcha ravishda komissiya a’zolari tarkibiga o‘qituvchilar, instruktorlar, agar haydovchilar tashkilot uchun tayyorlanayotgan bo‘lsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
26. Imtihonlarga qo‘yiladigan nomzodlar tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlarini to‘liq tugatgan va barcha fanlardan ijobiy yakunlovchi baholar olgan bo‘lishlari kerak.
Nomzodlarning nazariy fanlardan olgan bilimi besh ballik baho mezoni bilan, amaliy egallagan mahorati va tajribasi “topshirdi” yoki “topshirmadi” mezoni bilan baholanadi.
27. Barcha toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv guruhlarining nazariy imtihonlari tasdiqlangan imtihon savollari asosida o‘tkaziladi.
28. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan bayonnoma tuziladi, o‘quv tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash imtihon komissiyasi bayonnomalarining saqlanish muddati — 5 yil.
29. O‘quv tashkilotini avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqidagi yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yagona namunadagi guvohnoma bosmaxona usulida tayyorlangan bo‘lishi, hududiy kodga, seriya va tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak. Ta’limni tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning blankalari O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan o‘quv tashkilotlarining buyurtmalariga binoan tarqatiladi hamda qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘quv tashkilotini avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish dasturi bo‘yicha tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqidagi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan namunadagi sertifikat o‘quv tashkiloti tomonidan beriladi. Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikatlarning blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
30. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatganlik haqidagi guvohnoma va avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikat avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini bermaydi.
31. O‘quv guruhlarining hujjatlari va imtihon komissiyasi bayonnomasi belgilangan muddatgacha o‘quv tashkilotida saqlanadi. Guvohnoma yoki sertifikat yo‘qolib qolgan hollarda o‘quv tashkiloti shaxsning arizasi va imtihon komissiyasining bayonnomasiga asosan yagona namunadagi guvohnoma yoki sertifikatning dublikatini belgilangan tartib asosida beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda Davlat talablari deb ataladi) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilaydi.
2. Mazkur Davlat talablari tegishli o‘quv rejalarini va fan dasturlarini, shuningdek avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv fanlariga oid materiallarni ushbu Davlat talablari va o‘quv dasturlariga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanlarini samarali o‘zlashtirishga, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, matn va test savollarini o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanlarining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim manbai (qo‘llanmasi);
animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi — har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning bilim darajasini adolatli, xolis va shaffoflik asosida tizimli ravishda tekshirish va/yoki yakuniy imtihonni o‘tkazish maqsadida qo‘llanadigan dastur;
o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi — ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan axborot bazasi;
turli pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar — har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
4. Davlat talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini (keyingi o‘rinlarda avtomototransport vositalari haydovchilari deb ataladi) tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi ta’lim faoliyatini tashkiliy va uslubiy ta’minlash uchun qo‘llanadi va quyidagilarni belgilaydi:
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashning asosiy shakllari, klassifikatsiya va ta’riflar;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablarni;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidagi o‘quv, o‘quv-uslubiy va multimediali qo‘llanmalar, ishlanmalar va tizimlarga qo‘yiladigan umumiy talablar;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining moddiy-texnik bazasiga qo‘yiladigan talablar;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari o‘quv yuklamasining hajmi;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidagi pedagog kadrlarga qo‘yiladigan talablar;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini baholashga qo‘yiladigan talablar.
5. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash ta’limning quyidagi shakllari orqali ta’minlanadi:
nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan davlat ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) haydovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tayyorlash va qayta tayyorlash;
6. Tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi bo‘yicha o‘quv tashkilotlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish — avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash shakllaridan biri hisoblanadi.
o‘quv va ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish, maslahatlar berish uchun yuqori malakali mutaxassislarni va pedagog-o‘qituvchilarni doimiy asosda yoki shartnomalar asosida jalb etadi;
yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakatini boshqarish, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, avtomototransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish va turdosh sohalarda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish borasida yetakchi kompaniyalar, ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi va hamkorlikni amalga oshiradi;
zamonaviy xalqaro va milliy ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayonini, shuningdek, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan, o‘qitishning zamonaviy shakli va uslublaridan foydalanishni (amaliyotni tahlil qilish, ijtimoiy va real videolavhalar, web muhitida QR-timsillaridan foydalangan holda har kunlik kirish (pretest) va chiqish (posttest) test sinovlarini o‘tkazish, texnologik xaritalar, ishchi daftarlar, multimediyali elektron o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma va boshqalar bilan) ta’minlaydi.
8. Joylarda tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish ta’lim oluvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida joylardagi qonunchilikda belgilangan talablarga to‘liq mos ravishda maxsus jihozlangan, yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga javob beruvchi xonalarda olib boriladi.
9. O‘quv tashkilotlarida nomzodlarni haydovchilikka tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi o‘quv kurslarini tashkillashtirish orqali amalga oshiriladi:
“D”, “B” va “D”, “C” va “D” yoki “B”, “C” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “DE” toifaga qayta tayyorlash;
avtotransport vositalarining amaliy boshqaruvi instruktorlarini (keyingi o‘rinlarda instruktorlar deb ataladi) qayta tayyorlash.
10. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ishlab chiqarishdan qisman ajralgan holda o‘quv guruhida haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
11. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashning quyidagi turlari mavjud:
“B”, “D”, “B” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “C” toifaga qayta tayyorlash kursi;
“B”, “C”, “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “D” toifaga qayta tayyorlash kursi;
“C” yoki “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “CE” toifaga qayta tayyorlash kursi;
“D”, “B” va “D”, “C” va “D” yoki “B”, “C” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “DE” toifaga qayta tayyorlash kursi;
12. O‘quv tashkilotlari tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ta’lim oluvchi (tinglovchi)larga belgilangan tartibda va tasdiqlangan shakldagi o‘qishni bitirganlik haqida guvohnoma beradi.
13. Tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv guruhlari avtomototransport vositalari haydovchisi yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oluvchi (tinglovchi)lardan tashkil topadi.
14. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarining yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilar yakuniy imtihon (yozma yoki test sinovlari) va avtomototransport vositalarini amaliy boshqarish bo‘yicha yakuniy tekshiruv topshiradilar.
15. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng ta’lim oluvchi (tinglovchi)larga belgilangan tartibda tasdiqlangan shakldagi o‘qishni bitirganlik haqida guvohnoma beriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bozor talablari va ehtiyojlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida belgilangan talablar asosida haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash darajasini va mazmunini shakllantiradi, talablarni ilgari suradi va shartlarni qo‘yadi.
17. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash mazmuni ushbu Davlat talablari asosida kasbiy mahorat doimiy ravishda o‘sib borishini ta’minlaydigan kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish va chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan.
18. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha kurslar 25 nafargacha bo‘lgan o‘quv guruhlarida tashkil etiladi.
19. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash sifati ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning zaruriy va yetarli tayyorgarlik darajasi, ularning bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, haydovchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarga mosligi bilan belgilanadi.
20. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar tegishli o‘quv dasturlari bilan belgilanadi.
21. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish uchun o‘quv tashkilotlari ushbu Davlat talablari asosida o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
22. O‘quv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari quyidagilardan tashkil topadi:
tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va fanlarning o‘quv dasturlari;
tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalar va fanlarning o‘quv dasturlari.
23. O‘quv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan (yaratilgan) yoki shartnomaviy asosda egalik qilish (foydalanish) huquqiga ega o‘quv-uslubiy tizim quyidagilardan tashkil topadi:
o‘quv jarayoniga darslar o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar;
o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashning turli toifalari bo‘yicha ishchi rejalar va fanlarning ishchi dasturlari;
o‘quv tashkiloti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan joriy, oraliq va yakuniy nazorat va sinovlarni o‘tkazish uchun ishlanmalar.
24. Barcha toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi o‘quv tashkilotlarining moddiy bazasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
har biri kamida 40 m2 maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ko‘p auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;
har bir auditoriyada videoproyektor yoki dioganali 50 dyuymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor yoki televizor, kompyuter, audio va videokuzatuv tizimi, Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovining oshkoraligini ta’minlash uchun jarayonni yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;
ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar bilimlarini joriy, oraliq va yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi bilan ta’minlangan kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi;
o‘quv auditoriyalaridagi stol va stullar (pyupitrli stullar) sonining o‘quv guruhlarida ta’lim olayotgan ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar sonidan kam bo‘lmasligi;
o‘quv auditoriyalarining sanitariya va gigiyena holati, yoritilganligi va qishda isitilishining sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi;
o‘quv auditoriyalarining belgilangan toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorligi;
belgilangan toifali avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy va boshqa ishlanmalar bilan ta’minlanganligi.
26. Yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasining jihozlanishiga talablar:
yo‘l belgilari va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-qo‘llanmalar, o‘qituvchi uchun metall negizidagi turli xil chorrahalar va serqatnov maydon tasvirlari hamda transport vositalarining yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar yechish uchun transport vositalari, tartibga soluvchi, svetofor va yo‘l belgilarining magnitli maketlari to‘plami;
ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar uchun chorraha va maydonlarning (o‘qituvchidagi tasvirlarga o‘xshash) chizmasi, transport vositalari yo‘nalishlarini ifodalash va masalalarni yechish uchun transport vositalari, svetofor va yo‘l belgilari maketlarining kamida 3 ta to‘plami;
yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar (svetofor, yo‘l belgilari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi), xavfli chorraha hamda maydon, temir yo‘l kesishmasi va shu kabilardan iborat bo‘lgan aholi yashaydigai joylarning yagona maketi yoki ularning uch o‘lchovli elektron geometrik modeli;
transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida joylashishi, temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishi, saflanib harakatlanishi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashishi, taniqli belgi, ogohlantirish ishoralari, yozuvli belgilar bilan jihozlanishi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;
avtomobil harakatining nazariyasi va avtomobilni boshqarish psixofiziologik asoslari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari;
avtomobilni turli xil yo‘l va gidrometeorologik sharoitlarda boshqarishning xavfsiz usullari texnikasi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;
avtomobil (avtobus)ni harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi mexanizm va asboblari bilan ko‘rsatilgan tasviriy chizmasi;
yo‘l-transport hodisalari jarohatlanuvchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va haydovchining tibbiy dori qutisi tarkibi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar.
27. Yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasi avtotrenajyor bilan qo‘shimcha jihozlanadi.
28. Avtomototransport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv auditoriyasining jihozlanishiga talablar:
o‘rganilayotgan transport vositalarining rusumi negizidagi qirqimli asosiy yig‘ma qismlar (dvigatel, ilashish qurilmasi (ssepleniye), uzatmalar qutisi, oldingi, o‘rta va ortgi ko‘priklarning boshqarish mexanizmlari) bilan yig‘masi yoki ularning uch o‘lchovli elektron geometrik modeli;
o‘rganilayotgan transport vositalarining ayrim mexanizm, tarkib va qismlari yoki ularning uch o‘lchovli elektron geometrik modeli;
namoyishdagi ko‘rgazmalar (dvigatelning ishlash tartibi, krivoship — shatun va gaz taqsimlash mexanizmlari hamda moylash, sovutish, ta’minlash va o‘t oldirish tizimlari) yoki ularning uch o‘lchovli elektron geometrik modeli;
avtotransport korxonalarining, transport vositalarining va ochiq joyda dvigatelning turli isitgich vositalari bilan joylashishi, avtomobilga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnologik jarayoni, avtomobilda yuk tashishni markazlashtirilgan boshqarish tuzilishlarining tasviriy chizmalari;
avtomobilni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini, yo‘l varaqasi, tovar-transport yuk xati, avtomobilni joriy ta’mirlash uchun ariza, ehtiyot qism va ashyolar uchun talabnoma, avtomobilni turib qolishi, yuk o‘lchaganda yetishmagan kamomat yuzasidan tuzilgan dalolatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rgazmalar to‘plami, avtomobil vositalariga yukni ortish-tushirish vaqtida mehnat xavfsizligi va uni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘llanmalar;
transport vositalariga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan asbob-anjom va moslamalar, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarning namunaviy ko‘rgazmasi;
29. Avtomototransport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv auditoriyasi avtotransport vositalarining tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun jihozlanishi:
ko‘zda tutilgan har bir mavzularni guruh bo‘lib bajarishni hisobga olgan holda, o‘rganilayotgan transport vositasi mexanizm, qism va asboblari;
ilashish mexanizmi (avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan transport vositasi bundan mustasno) va ishchi tormozining qo‘shimcha tepkilar bilan jihozlanganligi;
31. “A” toifadagi mototransport vositalarida boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar harakatlanish uchun yopiq maydonlarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu toifadagi mototransport vositalariga qo‘shimcha jihozlarning o‘rnatilishi talab etilmaydi.
32. Sog‘lig‘i chegaralangan shaxslarning boshqarishni o‘rgatish mashg‘ulotlari uchun transport vositalari qo‘l yoki boshqa vositalar yordamida boshqariladigan jihozlar bilan jihozlanishi lozim.
33. O‘quv transport vositalari YHXBning hududiy bo‘linmalarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
34. Avtomototransport vositalarini amaliy boshqarishni o‘rgatish uchun yopiq maydonchalarni jihozlashga qo‘yiladigan talablar:
qiyaligi 16 foizdan kam bo‘lmagan nishablikka ega bo‘lgan balandlik uchastkasi (izli estakadadan foydalanish taqiqlanadi);
35. Avtomototransport vositalarini amaliy boshqarishni o‘rgatish uchun avtodromni jihozlashga qo‘yiladigan talablar:
avtodrom sathining tekis qattiq qoplamaga hamda yil davomida harakatni tashkil qilishni ta’minlaydigan texnik vositalarga ega bo‘lishi;
qiyaligi 16 foizdan kam bo‘lmagan nishablikka ega bo‘lgan balandlik uchastkasi (izli estakadadan foydalanish taqiqlanadi);
Harakatlanishning o‘xshash sharoitlarini vujudga keltirish maqsadida avtodrom chorrahalar, piyodalar o‘tish joylari va temir yo‘l kesishmalari hamda Davlat standartlariga binoan yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va svetoforlar bilan jihozlanadi.
36. Avtodromning o‘lchamlari va harakatni tashkil qilishning texnik vositalari avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarida ko‘zda tutilgan har bir mashqni bajarish va turli toifali avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun sinovlar qabul qilishda ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
37. Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlariga qo‘yiladigan umumiy talablar:
avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha yo‘nalishlar ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan mashqlarni to‘liq bajarishni ta’minlaydigan, yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari, svetoforlar va boshqa yo‘l elementlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim;
avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha barcha yo‘nalishlar YHXBning hududiy bo‘linmalari bilan kelishilgan bo‘lishi lozim;
avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha yo‘nalishlarning zaruriy miqdori mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, kamida ikkita bo‘lishi lozim. Bunda avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha har bir yo‘nalish uchun yo‘nalish xaritasi rasmiylashtirilib, unga ketma-ketlik raqami beriladi.
38. Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha yo‘nalishlar ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan mashqlarni to‘liq bajarishini ta’minlashi uchun unda quyidagilar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak:
39. Mashg‘ulotlarning tashkil etilishi shakllaridan qat’i nazar, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy o‘quv yuklamasining hajmi haftasiga 54 soatgacha, o‘quv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda, auditoriyada o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi 6 soatgacha, mashg‘ulotlarning haftalik hajmi 36 soatgacha rejalashtiriladi. Qolgan soatlar hajmi mustaqil ta’lim uchun ajratiladi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
40. Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish uchun ajratilgan amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv yuklamasining hajmi har bir toifa bo‘yicha alohida tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda quyidagi hajmlarda belgilanadi:
“A” toifali mototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmagan va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 160 soatdan, “A” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 15 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 10 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 170 soatdan, “B” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 52 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 13 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 208 soatdan, “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 54 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“B” “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 15 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 240 soatdan, “BC” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 56 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
avtotransport vositalari haydovchilarini “B” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 6 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 84 soatdan, “B” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 15 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
avtotransport vositalari haydovchilarini “C” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 112 soatdan, “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 15 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
avtotransport vositalari haydovchilarini “D” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 12 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 176 soatdan, “D” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 50 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “BE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 108 soatdan, “BE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 12 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“C” yoki “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “CE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 112 soatdan, “CE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 15 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“D”, “B” va “D”, “C” va “B” yoki “B”, “C” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “DE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 120 soatdan, “DE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 18 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
instruktorlarni tayyorlash uchun “Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish uslubi” bo‘yicha kursning o‘qish muddati 2 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 70 soatdan, malakaviy amaliyot uchun — 20 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 6 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
42. Ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning tayyorgarligini takomillashtirish va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv tashkilotlarida o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning mustaqil ishi (mustaqil ta’limi) tashkil etiladi.
Mustaqil ta’limning vazifalari jumladan, yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
43. Barcha toifalar bo‘yicha haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishlari o‘quv yuklamasining auditoriya soatlarining 30 foiz hajmida mustaqil ta’lim uchun qo‘shimcha ajratilishi nazarda tutiladi.
44. O‘quv tashkilotlarida ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning mustaqil ishi (mustaqil ta’limi) auditoriyadagi o‘qishdan tashqari vaqtda tashkil etiladi. Yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv tashkilotlari har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlaydi.
45. O‘qituvchilar animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bo‘yicha ta’lim oluvchi (tinglovchi)larga topshiriq va vazifalar berib, ular tomonidan o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishga erishishga yo‘naltirilgan masalalar ishlashni nazorat qilib boradilar.
46. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish maqsadida multimediyali qo‘llanmalar, texnologik xaritalar, axborot, yagona test va yozib olish tizimlari tarzidagi o‘quv-uslubiy, axborot va multimediyali qo‘llanmalar, ishlanmalar, tizimlar va boshqalardan foydalanish mumkin.
47. Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma — bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv fanlariga oid materiallarni ushbu davlat talablari va o‘quv dasturlariga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanlarini samarali o‘zlashtirishga, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, matn va test savollarini o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanlarining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim manbai (qo‘llanmasi)dir.
48. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi) butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanishi lozim.
49. Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaga qo‘yiladigan umumiy talablar:
elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning O‘zbekistonda yaratilganligi va elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi;
elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli o‘quv adabiyoti uchun beriladigan guvohnomasining mavjudligi;
respublikaning barcha viloyatlarida kamida olti oy davomida keng qamrovli aprobatsiyadan o‘tganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish, harakat xavfsizligi asoslari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlaridan tashkil topishi;
yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish, harakat xavfsizligi asoslari, avtomototransport vositalarining tuzilishi va ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish hamda birinchi tibbiy yordam bo‘yicha o‘quv rejasida belgilangan auditoriya soatlarining 10 foizdan kam bo‘lmagan hajmdagi animatsiyali videokontentning mavjudligi;
tinglovchining mustaqil ravishda ishlashi uchun — lokal va o‘quv xonasi (auditoriyada) tinglovchilarning birgalikda ishlashi uchun tarmoq tizimida ishlash imkoniyatlarining mavjudligi;
rus va o‘zbek tillarida hamda o‘zbek tilida lotin va kiril alifbolarida ishlash imkoniyatining mavjudligi;
700 tadan kam bo‘lmagan test topshiriqlarini o‘z ichiga olishi va bunda test topshiriqlarining kamida uchdan bir qismi animatsiya effektlariga ega bo‘lishi va yo‘l belgilari bilan bog‘liq test topshiriqlari yo‘l belgilarining tasviri bilan mustahkamlanganligi;
50. O‘quv jarayoniga darslar o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi — bu ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimidir.
51. O‘quv tashkilotlari ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimiga ega bo‘lishi lozim.
52. Darslarning o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga qo‘yiladigan umumiy talablar:
ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar haqida axborotlarning, shu jumladan ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning F.I.O., ish joyi, lavozimi, o‘qish muddati, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashganligi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirganligi va yakuniy imtihon (test sinovlari) natijalarining mavjudligi;
53. Turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar — bu har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashridir.
54. O‘quv tashkilotlari har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlashi lozim.
ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari va layoqatlari hisobga olinganligi;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun ushbu davlat talablarida belgilangan ta’limning zarur hajmi berilganligi, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;
rasmlar ko‘rinishidagi illyustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi lozim;
milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilishi;
ta’lim oluvchi (tinglovchi)larni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yo‘l qo‘yilmasligi lozim;
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
mavzularning o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim;
ta’lim oluvchi (tinglovchi)ga muayyan ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va malaka oshirish yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otishi;
bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;
harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyundagi “Ta’lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida” 146-son qarori talablariga mos bo‘lishi lozim.
57. Texnologik xaritalarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu Davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
58. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun o‘qituvchilar va mutaxassislar tarkibini tanlab olish asosiy mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
avtomototransport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish fanlaridan dars beruvchilar avtotransport mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak;
yo‘l harakati qoidalari, avtomototransportni boshqarish asoslari va yo‘l harakati xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar, qo‘shimcha ravishda, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari;
yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam fanidan dars beruvchilar tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan yoki “Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha instruktor (paramedik) malakasi va avtotransport vositalarini boshqarishga tayyorlovchi o‘quv maskanlarida ushbu o‘quv kursini o‘rgatish huquqi berilgan sertifikatga ega bo‘lishlari;
ta’lim oluvchilarda yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakatini boshqarish, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, avtotransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish, yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam berish, transport vositalarining tuzilishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish sohasida puxta bilimlarni shakllantirish, ularga kasbiy ko‘nikmalarni, avtotransport vositalarini boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish nazariyasi hamda amaliyoti asoslarini, yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati xavfsizligining huquqiy va qonunchilik asoslari sohasida ko‘nikmalarni singdirish bo‘yicha qobiliyatlarning mavjudligi;
ularda davlat ta’lim standartlariga, zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari talablariga muvofiq o‘zlarining o‘quv rejalarini va dasturlarini tuzish, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlaridan, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish qobiliyatlarining mavjudligi;
ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish (amaliy vazifalarni, kichik guruhlarda ishlash, murakkab yo‘l vaziyatlari va shu kabilarni tahlil qilish) mahorati;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarida erkin ishlash mahorati ko‘nikmalarining mavjudligi;
ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatni va mustaqil izlanishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, avtotransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish, yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam ko‘rsatish, transport vositalarining tuzilishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy, fundamental va tatbiqiy tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarishda zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalarining mavjudligi.
tegishli toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga hamda tegishli toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha uch yil (“D” toifasidagi transport vositasi bo‘yicha — besh yil) haydovchilik faoliyatiga ega bo‘lishi;
avtomototransport vositasini boshqarishni o‘rgatish uslubi bo‘yicha kurslarni tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishi.
Instruktor maxsus dasturlar bo‘yicha uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihonlarini topshirishi kerak.
boshqarish ko‘nikmalarini mukammallashtirish va mustahkamlash maqsadida trenajerlar va o‘quv transport vositasida mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
transport vositalarining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;
yo‘lga chiqishdan oldin transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazishni va harakatlanish jarayonida transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish;
zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklar quyish;
yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashish, yo‘lovchilarni transport vositalariga xavfsiz chiqish va tushishini, ularni tashishni ta’minlash;
harakatlanish nazorati, dispetcherlik aloqasi texnik vositalari hamda taxografdan foydalanish qoidalarini bilish;
yo‘l yoki yo‘nalish varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlarini, mehnat va dam olish tartibi talablarini bilish;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullarini bilish;
foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositalarining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish tartibini bilish;
transport vositalarining texnik qarovida hamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishni, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlash;
yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish;
63. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarining tinglovchilari uchun qo‘yiladigan talablar:
o‘quv mashg‘ulotlari ta’lim muddati yakunida “A” toifali mototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 16 yoshga, “B”, “B” va “C” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 18 yoshga, “D” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 21 yoshga to‘lganligi, “BE”, “CE” va “DE” toifalariga ega bo‘lish uchun “B”, “B” va “C”, “C”, “D” toifalardagi transport vositalarini boshqarish bo‘yicha kamida o‘n ikki oy haydovchilik stajiga ega bo‘lgan shaxslar.
yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositasini xavfsiz boshqarish;
o‘zining emotsional holatini boshqara olishi va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;
yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazishni va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;
maxsus bosh kiyimini kiyish, moslashtirish va tugmalashni hamda boshqa himoya vositalaridan foydalanish;
zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa xildagi suyuqliklarni quyish;
yo‘lovchilarning transport vositasiga chiqib-tushishlarida, ularni tashishda, yuklarni mustahkamlash va tashishda xavfsizlik choralarini ko‘rish;
yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishni hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;
foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositasining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish tartibini bilish;
yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat qilish;
transport vositasining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;
harakatlanishni taqiqlovchi nosozliklar hamda transport vositasidan foydalanishni taqiqlovchi shartlar;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullarini bilish;
transport vositasini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov tartibini bilish;
transport vositasini texnik qarovida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlashni bilish;
yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.
yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositasini xavfsiz boshqarish;
o‘zining emotsional holatini boshqara olish va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;
yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;
zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;
yo‘lovchilarning transport vositasiga chiqib-tushishlarida, ularni tashishda, yuklarni mustahkamlash va tashishda xavfsizlik choralarini ko‘rish;
yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishni hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;
foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositasining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish tartibini bilishni;
yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;
transport vositasining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;
harakatlanishni taqiqlovchi nosozliklarni hamda transport vositasidan foydalanishni taqiqlovchi shartlarni bilish;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullarini bilish;
transport vositasini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov tartibini bilish;
transport vositasini texnik qarovida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlashni bilish;
yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.
yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositasini xavfsiz boshqarish;
o‘zining emotsional holatini boshqara olishi va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;
yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;
zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;
yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashish, yo‘lovchilarni transport vositasiga xavfsiz chiqish va tushishini, ularni tashishni ta’minlash;
yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;
foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositasining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish;
yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;
transport vositasining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;
harakatlanishni ta’qiqlovchi nosozliklarni hamda transport vositasidan foydalanishni ta’qiqlovchi shartlar;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullari;
transport vositasini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov tartibi;
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlari, mehnat va dam olish tartibining talablari;
transport vositasini texnik qarovida hamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlash;
yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.
yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositasini xavfsiz boshqarish;
o‘zining emotsional holatini boshqara olish va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;
yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;
zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;
yo‘lovchilarni transport vositasiga xavfsiz chiqish va tushishini, ularni tashishni hamda yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashishni bilish;
yo‘l yoki yo‘nalish varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;
yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;
foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositasining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish;
yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat qilish;
transport vositasining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;
yo‘lovchilarni chiqishi va tushishi uchun transport vositasini bekatlarga kiritish va qo‘yish qoidalari;
harakatlanish nazorati, dispetcherlik aloqasi texnik vositalari hamda taxografdan foydalanish qoidalari;
harakatlanishni taqiqlovchi nosozliklarni hamda transport vositasidan foydalanishni taqiqlovchi shartlar;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullari;
transport vositasini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov tartibi;
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlari, mehnat va dam olish rejimining talablari;
transport vositasini texnik qarovida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlash;
yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.
72. “BE”, “CE” hamda “DE” toifali transport vositalari tarkibining haydovchisi quyidagilarni bajarishni bilishi kerak:
yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositalari tarkibini xavfsiz boshqarish;
o‘zining emotsional holatini boshqara olish va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;
yo‘lga chiqishdan oldin transport vositalari tarkibini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositalari tarkibining texnik holatini nazorat qilish;
zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;
yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashish, yo‘lovchilarni transport vositalari tarkibiga xavfsiz chiqish va tushish, ularni tashishni ta’minlash;
yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;
foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositalari tarkibining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda bartaraf etish;
yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;
transport vositalarining tarkibini boshqarish bo‘yicha o‘zining ko‘nikmalarini takomillashtirib borish.
73. “BE”, “CE” hamda “DE” toifali transport vositalari tarkibining haydovchisi quyidagilarni bilishi kerak:
transport vositalari tarkibining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;
harakatlanishni taqiqlovchi nosozliklarni hamda transport vositalari tarkibidan foydalanishni taqiqlovchi shartlar;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullari;
transport vositalari tarkibini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov;
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlari, mehnat va dam olish tartibining talablari;
transport vositalari tarkibining texnik qarovida hamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishni, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlashni;
yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof-muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.
74. Avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori quyidagilarni bajarishni bilishi kerak:
boshqarish ko‘nikmalarini mukammallashtirish va mustahkamlash maqsadida trenajerlar va o‘quv transport vositasida mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
75. Avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori quyidagilarni bilishi kerak:
transport vositalarining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;
yo‘lga chiqishdan oldin transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazishni va harakatlanish jarayonida transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish;
zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;
yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashish, yo‘lovchilarni transport vositalariga xavfsiz chiqish va tushishini, ularni tashishni ta’minlash;
harakatlanish nazorati, dispetcherlik aloqasi texnik vositalari hamda taxografdan foydalanish qoidalari;
yo‘l yoki yo‘nalish varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlari, mehnat va dam olish tartibining talablari;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullari;
foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositalarining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda bartaraf etish;
yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;
transport vositalarining texnik qarovida hamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish va foydalaniladigan materiallar bilan ishlashni;
yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan mas’uliyatni bilish;
76. Ichki nazorat-o‘quv tashkilotlarida tasdiqlangan yo‘riqnomalar asosida o‘rnatilgan tartibda yuqoridagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat-jamoatchilik nazorati — vakolatli davlat organi tomonidan, tarmoqlar boshqaruvi vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi tomonidan, jamoatchilik tashkilotlari va kadrlardan foydalanuvchilar tomonidan, o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat — o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha yakuniy imtihonlar (test sinovlari, yozma imtihon) va avtotransport vositalarini amaliy boshqarish shaklida amalga oshiriladi.
Tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan, o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
77. O‘quv tashkilotlarining ta’lim sohasidagi faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasining ta’lim faoliyatiga oid qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Davlat talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi.
animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv fanlariga oid materiallarni ushbu davlat talablari va o‘quv dasturlariga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanlarini samarali o‘zlashtirishga, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, matn va test savollarini o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanlarining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim manbai (qo‘llanmasi);
animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi — har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning bilim darajasini adolatli, xolis va shaffoflik asosida tizimli ravishda tekshirish va/yoki yakuniy imtihonni o‘tkazish maqsadida qo‘llaniladigan dastur;
o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi — ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan axborot bazasi;
turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar — har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
3. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirish bo‘yicha davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etadi.
4. Mazkur davlat talablari tegishli o‘quv rejalarni va fan dasturlarini, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish sohasidagi boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish hamda malaka oshirish bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha yuridik shaxslarning faoliyatini litsenziyalash uchun litsenziya talablari va shartlarini aniqlashtirish uchun asos hisoblanadi.
5. Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng bitiruvchi-tinglovchilarga belgilangan tartibda malaka oshirganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
6. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish kurslariga yuboradilar va unda ishtirokini ta’minlaydi.
7. Davlat talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish sohasidagi ta’lim faoliyatini tashkiliy va uslubiy ta’minlash uchun qo‘llanadi va quyidagilarni belgilaydi:
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimidagi o‘quv-uslubiy va multimediyali qo‘llanmalar, ishlanmalar va axborot tizimlariga qo‘yiladigan umumiy talablar;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimining moddiy-texnikaviy bazasiga qo‘yiladigan talablar;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimidagi pedagog kadrlarga qo‘yiladigan talablar;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish sifatini baholash.
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) bozor talablari va ehtiyojlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida belgilangan talablar asosida malaka oshirish darajasini va mazmunini shakllantiradi, talablarni ilgari suradi va shartlarni qo‘yadi.
9. Malaka oshirish mazmuni ushbu Davlat talablari asosida kasbiy mahorat doimiy ravishda o‘sib borishi va olib borilishini ta’minlaydigan kasbiy bilimlar, malaka, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni muntazam ravishda yangilab borish va chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan.
10. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha kurslar o‘quv tashkilotlarining o‘quv binolarida 30 nafargacha tinglovchilardan iborat o‘quv guruhlarida hamda buyurtmachi-tashkilotlarning binolarida sayyor o‘quv mashg‘ulotlari shaklida, tinglovchilarning asosiy ishidan ajralgan, qisman ajralgan yoki asosiy ishidan ajralmagan holda tashkil etilishi mumkin.
11. Malaka oshirish sifati tinglovchilarning zaruriy va yetarli tayyorgarlik darajasi, ularning bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilariga qo‘yiladigan malakaviy talablarga mosligi bilan belgilanadi.
12. Malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar ushbu Davlat talablari asosida ishlab chiqilgan tegishli o‘quv dasturlari bilan belgilanadi.
13. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish uchun o‘quv tashkilotlari ushbu Davlat talablari asosida o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
14. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish maqsadlarida multimediyali qo‘llanmalar, texnologik xaritalar, axborot, yagona test va yozib olish tizimlari tarzidagi o‘quv-uslubiy, axborot va multimediyali qo‘llanmalar, ishlanmalar, tizimlar va boshqalardan foydalanish mumkin.
15. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi) butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan 6 oy davomida keng qamrovli aprobatsiyadan o‘tgan uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish uchun ishlab chiqilgan elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaga qo‘yiladigan umumiy talablar:
elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning O‘zbekistonda yaratilganligi va elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish, harakat xavfsizligi asoslari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlaridan tashkil topishi;
yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish, harakat xavfsizligi asoslari va birinchi tibbiy yordam bo‘yicha o‘quv rejasida belgilangan auditoriya soatlarining 25 foizdan kam bo‘lmagan hajmdagi uch o‘lchamli animatsiya effektlariga ega videokontentning mavjudligi hamda avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish kurslari uchun maxsus ishlab chiqilganligi;
700 tadan kam bo‘lmagan test topshiriqlarini o‘z ichiga olishi va bunda test topshiriqlarining kamida uchdan bir qismining animatsiya effektlariga ega bo‘lishi;
tinglovchining mustaqil ravishda ishlashi uchun lokal va o‘quv xonasi (auditoriyada) tinglovchilarning birgalikda ishlashi uchun tarmoq tizimida ishlash imkoniyatlarining mavjudligi;
rus va o‘zbek tillarida hamda o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida ishlash imkoniyatining mavjudligi;
17. O‘quv tashkilotlari malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturiga ega bo‘lishlari lozim.
18. O‘quv tashkilotlari ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilimlarini yakuniy test sinovidan o‘tkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaga ega bo‘lishi va alohida test auditoriyasining barcha kompyuterlariga animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi va ular tarmoq tizimida o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim.
19. Malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturiga qo‘yiladigan umumiy talablar:
tinglovchining mustaqil ravishda ishlashi uchun — lokal va o‘quv xonasi (auditoriyada) tinglovchilarning birgalikda ishlashi uchun tarmoq tizimida ishlash imkoniyatlarining mavjudligi;
yagona test dasturining O‘zbekistonda yaratilganligi va elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi;
100 tadan kam bo‘lmagan test topshiriqlari bazasining mavjudligi va bunda test topshiriqlarining 25 foizi animatsiya effektlariga ega bo‘lishi, yo‘l belgilari bilan bog‘liq test topshiriqlari yo‘l belgilarining tasviri bilan mustahkamlangan bo‘lishi;
rus va o‘zbek tillarida hamda o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida test topshiriqlarini bajarish imkoniyatining mavjudligi;
elektron protokol va (yoki) qaydnoma shaklida tinglovchi, o‘quv guruhi va malaka oshirish yo‘nalishi kesimlarida aniq raqamlar va foizlar bo‘yicha test natijalarini chiqarish imkoniyatining mavjudligi;
kamida uch oylik test natijalarini alohida test auditoriyasining dispetcher kompyuteri xotirasida va/yoki o‘quv tashkilotlarining ma’lumotlar bazasida saqlash imkoniyatining mavjudligi;
20. O‘quv tashkilotlari ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimiga ega bo‘lishi lozim.
21. Darslarning o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardir:
ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar haqida axborotlarning, shu jumladan ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning F.I.O, ish joyi, lavozimi, o‘qish muddati, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashganligi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirganligi va yakuniy imtihon (test sinovlari) natijalarining mavjudligi;
22. O‘quv tashkilotlari har bir o‘qituvchini va o‘quv auditoriyalarini turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlashi lozim.
ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari va layoqatlari hisobga olinganligi;
malaka oshirish uchun ushbu davlat talablarida belgilangan ta’limning zarur hajmi berilganligi, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;
rasmlar ko‘rinishidagi illyustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi lozim.
milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilishi;
ta’lim oluvchi (tinglovchi)larni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
mavzularning o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.
ta’lim oluvchi (tinglovchi)ga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va malaka oshirish yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otishi;
bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;
harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 3-iyundagi 146-son qarori talablariga mos bo‘lishi lozim.
25. Texnologik xaritalarni ishlab chiqish qonun hujjatlariga hamda ushbu Davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirishni amalga oshiruvchi o‘quv tashkilotlarining moddiy bazasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
har biri kamida 40 m2 maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ko‘p auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;
har bir o‘quv auditoriyasining videoproyektor yoki diagonali 50 dyuymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuter, magnitli sinf doskasi, audio va video kuzatuv tizimi bilan jihozlanganligi;
ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar bilimlarini joriy, oraliq va yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi bilan ta’minlangan elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) hamda test sinovlari oshkoraligini ta’minlash uchun yozib olish tizimi bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi;
o‘quv auditoriyalaridagi stol va stullar (pyupitrli stullar) soni o‘quv guruhlarida ta’lim olayotgan ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning sonidan kam bo‘lmasligi;
o‘quv auditoriyalarining sanitariya va gigiyena holati, yoritilganligi va qishda isitilishining Sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi;
o‘quv auditoriyalarining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorligi;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy va boshqa ishlanmalar bilan ta’minlanganligi.
28. Yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasining jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar:
transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida joylashishi, temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishi, saflanib harakatlanishi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashishi, taniqli belgi, ogohlantirish ishoralari, yozuvli belgilari bilan jihozlanishlari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;
avtomobil harakatining nazariyasi va avtomobilni boshqarish psixofiziologik asoslari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;
avtomobilni turli xil yo‘l va gidrometeorologik sharoitlarda boshqarishning xavfsiz usullari texnikasi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;
avtomobil (avtobus)ni harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi mexanizm va asboblari bilan ko‘rsatilgan tasviriy chizmasi;
yo‘l-transport hodisalari jarohatlanuvchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va haydovchining tibbiy dori qutisi tarkibi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar mavjud bo‘lishi.
29. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish kurslari umumiy o‘quv yuklamasining hajmi 30 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
30. Avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish uchun o‘qituvchilar va mutaxassislar tarkibini tanlab olish quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
tinglovchilarda yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakatini boshqarish, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, avtomototransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish sohasida puxta bilimlarni shakllantirish, ularga kasbiy ko‘nikmalarni, avtomototransport vositalarini boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilish nazariyasi hamda amaliyoti asoslarini, yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati xavfsizligining huquqiy va qonunchilik asoslari sohasida ko‘nikmalarni singdirish bo‘yicha qobiliyatlarning mavjudligi;
ularda davlat ta’lim standartlariga, zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq o‘zlarining o‘quv rejalarini va dasturlarini tuzish, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlaridan, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish qobiliyatlarining mavjudligi;
ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish (amaliy vazifalarni, kichik guruhlarda ishlash, murakkab yo‘l vaziyatlari va shu kabilarni tahlil qilish) mahorati;
o‘quv tashkilotlarida kamida uch yil o‘qituvchilik ish stajining yoki bakalavr (magistr) akademik darajasiga egaligining yoxud davlat tashkilotlari va muassasalari hamda avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik tashkilotlarida kamida uch yillik amaliy ish tajribasining, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarida erkin ishlash mahorati ko‘nikmalarining mavjudligi;
ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatni va mustaqil izlanishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, shu jumladan, avtomototransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, ekologik madaniyat va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirishning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy, fundamental va tatbiqiy tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarishda zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalarining mavjudligi.
31. Malaka oshirishdan o‘tgan avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) quyidagi qobiliyatlarga ega bo‘lishi lozim:
yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, shu jumladan, avtomototransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, ekologik madaniyat va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish sohalariga taalluqli jarayonlar, konsepsiyalarni bilishi va tushunishi;
avtomototransport vositalarini professional boshqarishni, ushbu shaxslar (haydovchilar) tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirishning asoslarini bilishi;
yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari va yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari bilan muloqotda bo‘lish, tashkiliy kommunikatsiya bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
yo‘l harakatiga oid statistik ma’lumotlar tahlili negizida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida qarorlar qabul qila olishi;
zamonaviy texnologiyalar asosida avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ni o‘qitishni tashkil qilishga ko‘maklashish imkoniyatining mavjudligi.
32. Ichki nazorat o‘quv tashkilotlarida tasdiqlangan yo‘riqnomalar asosida belgilangan tartibda yuqorida qayd etilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat-jamoatchilik nazorati — vakolatli davlat organi tomonidan, tarmoqlar boshqaruvi vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi tomonidan, jamoatchilik tashkilotlari va kadrlardan foydalanuvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat — o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha yakuniy imtihonlar (test sinovlari, yozma imtihon) shaklida amalga oshiriladi.
Tashqi nazorat — Davlat inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. O‘quv tashkilotlarining ta’lim sohasidagi faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasining ta’lim faoliyatiga oid qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qarorida:
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 13-son, 247-modda) 1-ilovada:
“Ushbu Nizom yuridik shaxslarning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashga tatbiq etilmaydi”;
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 31-32-son, 317-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-avgustdagi PQ-1392-son qarori)” 2010-yil 31-dekabrdagi 325-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 76-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 16-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni hamda Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr)” 2018-yil 19-yanvardagi 35-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 4-son, 73-modda).