29.05.2018 yildagi 399-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Hujjat 01.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-iyundan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan ishlarning turlari tashkilotning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilsa, bo‘ysunishida ushbu tarkibiy bo‘linmalar bo‘lgan tashkilot ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi, tegishli bo‘linmaning rekvizitlari ko‘rsatilgan holda tashkilotga — yuridik shaxsga rasmiylashtiriladi va har bir tarkibiy bo‘linma uchun alohida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan faoliyatning muayyan turlariga (faoliyat turlari guruhlari yoki ularning qismlari doirasida) ishlar turlarining bir guruhi doirasida beriladi.
8. Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi va tegishli axborot tizimi reyestriga yozilganligini ko‘rsatuvchi, shu jumladan, Internet tarmog‘iga manzilli havolani ham identifikatsiya qilish imkonini beruvchi, tegishli dasturiy — apparat uskunalar yordamida tekshirilganida ariza beruvchi haqidagi asosiy axborot (davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi ma’lumotlar) mavjud bo‘lgan QR kodini o‘z ichiga oladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga ilovalarda nazarda tutilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ruxsat berishdagi ruxsat berish talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan ishlarni (faoliyat turlari guruhlari doirasida) bajarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olish uchun ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga shaxsan o‘zi borib yoki Yagona portal orqali elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda o‘rinlarda ERI deb ataladi) bilan tasdiqlangan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olish uchun elektron shakldagi arizani ushbu Nizomga 4-ilovada nazarda tutilgan shakl bo‘yicha quyidagilarni ko‘rsatgan holda beradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga ilovalarga muvofiq faoliyat turlari guruhlari doirasida nazarda tutilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash turlari guruhining hammasini ko‘rsatgan holda yoki guruhdagi istalgan bir nechta faoliyat turlarini ko‘rsatgan holda ariza berish huquqiga ega.
13. Ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bilan savdo qilish turlariga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga shaxsan o‘zi borib yoki Yagona portal orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olish to‘g‘risidagi elektron shakldagi arizani ushbu Nizomga 4-ilovada nazarda tutilgan shaklda quyidagilarni ko‘rsatgan holda beradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan yasalgan boshqa buyumlar savdosi bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq nazarda tutilgan faoliyat turlari doirasida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashning barcha turlarini ko‘rsatgan holda yoki ushbu guruhlardagi istalgan bir nechta faoliyat turlarini ko‘rsatgan holda ariza berish huquqiga ega.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga 4-ilovada nazarda tutilgan elektron idoralararo hamkorlik tizimi sxemasiga muvofiq Asillik palatasi ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish uchun zarur bo‘lgan boshqa vakolatli idoralardagi mavjud ma’lumotlarni belgilangan tartibda mustaqil ravishda oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchilardan ushbu Nizomning 12 va 13-bandlarida nazarda tutilmagan ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish muddati tugashidan kamida uch ish soatidan kechikmay, Asillik palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yoxud ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha berilgan arizaga ko‘ra rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini yoki ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomani yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Agar Asillik palatasi ariza beruvchining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim qilingan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqishning belgilangan muddati mobaynida ariza beruvchiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini yubormasa yoki ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha uning arizasida ko‘rsatilgan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berishni rad etish to‘g‘risida xabardor qilmasa, ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan muddat o‘tgach ariza beruvchi bu to‘g‘rida Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi yoxud Yagona portal orqali tegishli bildirishnomani yuborib qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Asillik palatasi ariza beruvchining tegishli bildirishnomasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini yuborishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilishga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Asillik palatasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bilan birga ariza beruvchiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlangan savdo obyektining dislokatsiyasini (keyingi o‘rinlarda joylashish tartibi deb ataladi) yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchining ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida nazarda tutilgan ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq o‘tkazilgan tekshirishlar yakunlari bo‘yicha xulosaning asosli ravishda salbiy bo‘lishi sabablarining mavjudligi.
39. Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda Asillik palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yoxud ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga rad etish haqida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rad etish sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatib va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda tegishli bildirishnoma jo‘natadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan o‘zgarishlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda Asillik palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yoxud ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rad etish sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatib va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda rad etish haqida tegishli bildirishnomani yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Faoliyat ko‘rsatish joyi o‘zgarishi munosabati bilan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Asillik palatasi ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bilan birgalikda tegishli ravishda hududiy mansublikka ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlangan (yangi) joylashish tartibini ariza beruvchiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirishga (faoliyat turlari guruhlari doirasida) ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga shaxsan o‘zi kelib yoxud Yagona portalga ERI bilan tasdiqlangan elektron shakldagi ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza bilan murojaat qiladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yoxud Yagona portalga ERI bilan tasdiqlangan elektron shakldagi ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza bilan murojaat qiladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan qaror qabul qilish muddati tugallangunga qadar uch ish soatidan kechikmay, Asillik palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yoxud ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha berilgan ariza hisobga olingan holda uzaytirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini yoki rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomani yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida ariza tushmagan hollarda Asillik palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va usulda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yoki ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilishi to‘xtatilganligi haqidagi bildirishnomani yuboradi va uning amal qilishi to‘xtatilganligi haqidagi ma’lumotlarni tegishli axborot tizimiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Asillik palatasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilishini to‘xtatish yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda to‘xtatish haqidagi tegishli bildirishnoma (ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) yoki to‘xtatib qo‘yilganligi haqidagi tegishli bildirishnoma (ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) ariza beruvchining elektron pochta manziliga, uning joylashgan pochta manziliga yoki Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga arizada ko‘rsatilgan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishining asoslangan sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatlar ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan qaror qabul qilish muddati tamom bo‘lishidan kamida uch ish soatidan kechikmay, Asillik palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yoxud ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga u tomonidan arizada ko‘rsatilgan shaklda ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnomani yuboradi va tegishli axborot tizimlariga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi amal qilishi ixtiyoriy vaqtincha to‘xtatib turilishi haqida elektron shakldagi ma’lumotni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan qaror qabul qilish muddati tugallanishidan kamida uch ish soatidan kechikmay, Asillik palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yoxud ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga u tomonidan arizada ko‘rsatilgan shaklda ushbu Nizomga 13-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnomani yuboradi va tegishli axborot tizimlariga vaqtincha to‘xtatib turilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilishi tiklanganligi haqida elektron shakldagi ma’lumotni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilishini ixtiyoriy ravishda to‘xtatish to‘g‘risida Yagona portal orqali ariza berilgan taqdirda Asillik palatasi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan qaror qabul qilish muddati tugallanishigacha uch ish soatidan kechikmay ariza beruvchi tomonidan arizasida ko‘rsatilgan shaklda ushbu Nizomga 14-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza beruvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi, ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilishi to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli axborot tizimlarida shakllantiriladigan reyestrga elektron shaklda kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Guruh raqami

Faoliyat turlari guruhlari nomi

I

Lombard faoliyati:

1.1

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni garovga qabul qilish.

1.2

Garovga qo‘yilgan mol-mulkni (zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni) garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilangan tartibda sotish.

II

Mikrokredit faoliyati:

2.1

Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar garovga qo‘yilgan holda kredit berish.

2.2

Garovga qo‘yilgan mol-mulkni (zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni) garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilangan tartibda sotish.

III

Baholash faoliyati:

3.1

Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni baholash.

3.2

Qimmatbaho toshlarni baholash.

IV

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan xomashyo bilan ishlash:

4.1

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan mineral xomashyoni qazib olish, qayta ishlash, tashish, shixtalash.

4.2

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan konsentratlar, gravitatsion konsentratlar, shlix oltinlari, Dore qotishmalari, katodli metallar, ruxli cho‘kmalar va boyigan mumlarni olish, tashish.

4.3

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish.

4.4

Shaxsiy ishlab chiqarishida hosil bo‘lgan chiqindilardan mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlaridan foydalanib qimmatbaho metallarni ajratib olish.

V

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish:

5.1

Qimmatbaho metalldan yasalgan laboratoriya idishlari, katalizator va katalizator setkalarini, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan termojuftlik, termorele, termoqarshilik va uskunalarni saqlash va foydalanish.

5.2

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan tashqi qoplamalar tayyorlash va/yoki surkash (kimyoviy, elektrokimyoviy, purkash va boshqa usullar bilan).

5.3

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan moddalarni (tibbiy preparatlar, tuzlar, reagentlar, kimyoviy birikmalar va boshqalarni) ishlab chiqarish, qo‘llash, saqlash.

5.4

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan elektrodlar, anodlar, kontaktlar va kavsharlarni tayyorlash, foydalanish, saqlash.

5.5

Oziq-ovqat, alkagolli mahsulotlar va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda qimmatbaho metallardan va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanish.

5.6

Tabiiy olmosdan yasalgan filyerlar, voloklar, olmos uchliklardan, olmos va tabiiy olmosdan yasalgan burg‘ulash olmos asbobidan foydalanish va ularni saqlash.

VI

Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan uskuna bilan ishlash:

6.1

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan maishiy texnika, tashkiliy texnika, tibbiyot texnikasi va boshqa texnikani ajratish, dastlabki ishlov berish, sarxillash.

6.2

Uzellarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan uskunalarni qismlarga ajratish va utilizatsiya qilish, qismlarga ajratish va utilizatsiyadan olingan tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash korxonalariga topshirish.

VII

Qimmatbaho metallardan mudofaa texnikasi va/yoki aviatsiyada foydalanish:

7.1

Qimmatbaho metallardan mudofaa va/yoki aviatsiyatexnikasini ta’mirlashda foydalanish, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan mudofaa va/yoki aviatsiyatexnikasi chiqindilarini saqlash va foydalanish.

7.2

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan mudofaa va/yoki aviatsiyatexnikasini qabul qilish, saqlash, mudofaa va/yoki aviatsiyatexnikasidan tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan radiodetallar va elementlarni ajratib olish, mudofaa va/yoki aviatsiyatexnikasining tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan chiqindilarini yig‘ish va qayta ishlash korxonalariga topshirish.

VIII

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanish.

8.1

Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan buyumlar va predmetlarni restavratsiya qilish, saqlash va ko‘rgazmalarga qo‘yish.

8.2

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan dekorativ qoplamalarni qo‘llash.

8.3

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan kumush tarkibli yorug‘likka sezgir materiallar, kinofotorentgen plyonkalar, kinofotorentgen plastinkalar va shu kabi materiallardan foydalanish.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Quyidagilarga nisbatan ishchi organga taqdim etiladigan ma’lumotlar:

Ma’lumotlar taqdim qilinganligi uchun mas’ul organ

1.

Ariza beruvchi yuridik shaxsga nisbatan — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va nomi, u joylashgan joy (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR).

Ro‘yxatga oluvchi organ (Davlat xizmatlari markazlari)

2.

Yuridik shaxs faoliyatining o‘ziga xosligiga muvofiq o‘lchovlar doirasida tarozilar va toshlarning (har xil og‘irlikdagi) tekshirilgani to‘g‘risidagi sertifikatga nisbatan — tarozilar va toshlarning tekshirilgani to‘g‘risidagi sertifikat haqida ma’lumot.

“O‘zstandart” agentligi

3.

Obyektning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosaga nisbatan — qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash mo‘ljallanayotgan obyektning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumot.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi)

4.

Obyektning texnikaviy mustahkamligi hamda uning texnik qo‘riqlash markazi (punkti)ga ulanganligi haqidagi tekshirish dalolatnomasiga nisbatan — obyektning texnikaviy mustahkamligi va uning O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining qo‘riqlash bo‘linmalari texnik qo‘riqlash markazi (punkti)ga ulanganligi haqida ma’lumot (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxirasidan ajratilgan qimmatbaho metallardan foydalanishda).

Ichki ishlar vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash bo‘linmalari)

5.

Savdo obyektining joylashish tartibiga nisbatan — savdo obyektining tasdiqlangan joylashish tartibi (zargarlik buyumlari hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan savdo qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga ariza berishda).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6

Ariza beruvchining binosiga (xonasiga) nisbatan — bino ariza beruvchiga foydalanish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan xonalardan foydalanish to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

7.

Ariza beruvchiga nisbatan — ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi va ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilganligi uchun to‘langan yig‘imlar to‘g‘risidagi ma’lumot.

Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar miqdorlarini hisobga olish tashkiloti — yagona billing tizimi operatori

Keyingi tahrirga qarang.