LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi direktori — oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari M.M. Xolmuxamedov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Markaz kasb-hunar ta’limi sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
4. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
5. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda Metrologik nazorat xizmati (keyingi o‘rinlarda Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar deb ataladi) yuridik shaxslar hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladilar.
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, qisqartmasi — KHTM;
to‘liq nomi — Sentr professionalnogo obrazovaniya Ministerstva visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — SPO;
to‘liq nomi — The Center vocational education of the Ministry of Nigher and secondary specialized education of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — CVE.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);
Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti;
1) tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni ta’minlash;
2) ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida o‘rta bo‘g‘inning mehnat bozorida talab etilgan mutaxassislarini tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
3) yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini ta’minlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirish, shuningdek, ular mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash;
4) tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish;
5) respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quv-metodik ishlarini ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, muvofiqlashtirish;
6) kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish;
7) umumta’lim maktablari 10-11-sinf o‘quvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar ta’limi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash.
1) tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni ta’minlash sohasida:
kasb-hunar kollejlari faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
yagona davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shu jumladan, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlanishini nazarda tutadigan davlat dasturlari va boshqa dasturlar, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritadi;
Markaz tizimiga kiradigan kasb-hunar ta’limi muassasalari va tashkilotlarni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, tasarrufida kasb-hunar kollejlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda kasblar va mutaxassisliklar yo‘nalishlarini xatlovdan o‘tkazadi va kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
kasb-hunar kollejlarini loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarining monitoringini olib boradi;
kasb-hunar ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, kasb-hunar kollejlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda ishtirok etadi, mamlakatimiz va xorijiy moliya tashkilotlarining kreditlari va grant mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi monitoringini olib boradi;
kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining sifatli bajarilishini ta’minlash uchun idoraviy mansub bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy va nodavlat kasb-hunar kollejlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti hamda kasb-hunar ta’limi tizimi mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablarining bajarilishi yuzasidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
axborot texnologiyalari va moliyaviy nazoratning e’tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish orqali idoraviy mansub kasb-hunar kollejlarida budjet qonunchiligi buzilishining oldini olishga yo‘naltirilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
kasb-hunar ta’limi tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, kasb-hunar ta’limi sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni va hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
xorijiy kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan mamlakatimiz kasb-hunar kollejlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
2) ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida mehnat bozorida talab etilgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida:
ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartini joriy etadi, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni va mehnat bozoridagi ehtiyojlardan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlarining kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda davlat ta’lim standarti, mutaxassisliklar (kasblar) bo‘yicha ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari hamda darsliklarni uzluksiz ravishda takomillashtirib boradi;
kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy asoslangan prognozlarini ishlab chiqadi;
ta’lim jarayonining tabaqalashtirilgan dasturlarini joriy etish orqali 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda kadrlarni tayyorlashga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
kasbiy fanlarni o‘qitish bilan birgalikda, kasb-hunarga yo‘naltirilgan xorijiy tillar va mehnat faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash dasturlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarini jihozlashga bo‘lgan normativ talablarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
3) yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini ta’minlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarining barcha pedagog xodimlarini, ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazadi hamda uning natijalari bo‘yicha xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilaydi;
kasb-hunar kollejlarining pedagog-o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash uchun buyurtmalar taqdim etadi;
pedagog xodimlarni rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlarini davlat mukofotlariga taqdim etilishini tashkil qiladi;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, kasb-hunar kollejlarining o‘quv-metodik ishlarini rivojlantirish, rahbar xodimlarning malaka oshirish o‘quv kurslari natijasida o‘z lavozimlariga loyiqligi yoki loyiq emasligi haqida taqdimnomalar tayyorlaydi;
4) tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish sohasida:
malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda yangi shakllar va usullarni joriy etadi;
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini boshqarishning yangi vertikalini tashkil etadi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash davrida kasb-hunar kollejlari rahbar va pedagog xodimlarining ish beruvchi korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashini tashkil etadi;
kasb-hunar ta’limi tizimining barcha xodimlari uchun malaka talablari va lavozim vazifalarini ishlab chiqadi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish va yangi axborot tizimlarini ishlab chiqish orqali rahbar va pedagog xodimlar uchun rivojlanib boruvchi o‘quv-metodik muhit yaratilishini ta’minlaydi;
kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tizimli ravishda tashkil etadi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarining ishlab chiqilishini tashkil etadi va tasdiqlaydi;
manfaatdor davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan kasaba uyushmalari bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quvchilari va xodimlarining sog‘lig‘ini himoya qilish hamda o‘qish va mehnat qilishi uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi;
5) respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlarining idoraviy mansubligidan qat’i nazar o‘quv-metodik ishini muvofiqlashtirish sohasida:
kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
yoshlarni har tomonlama barkamol, vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning qalblarida mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish, ma’naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida tashkil etadi;
Markaz tizimi faoliyatiga taalluqli jurnal va gazetalar, blankalar, o‘quv-metodik majmualar, byulletenlar hamda o‘quv qo‘llanmalarni nashr etishni, shuningdek, Markazning veb-sayti ishini tashkil etadi;
yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantiradi, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar ta’limi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning milliy mustaqillik g‘oyalariga, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini joriy etadi;
kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiyalashtirishni chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va joriy etadi;
kasb-hunar ta’limini takomillashtirish borasidagi muammolar bo‘yicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, ilmiy, o‘quv-metodik konferensiyalar, tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida fan, kasb va sport bo‘yicha turli tanlov va musobaqalar tashkil etadi;
6) kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish sohasida:
ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar olib borilishini qo‘llab-quvvatlaydi, rag‘batlantiradi va ularni muammoli vazifalarning hal etilishiga yo‘naltiradi;
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislarini, yangilangan o‘quv-metodik materiallar va darsliklarni, o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlarini kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga keng jalb qilishni ta’minlaydi;
kasb-hunar kollejlarida yoshlarning ilmiy-texnik ijodkorligini, innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantiradi, rivojlantiradi va uning samaradorligini oshiradi;
mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayonida innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab, kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlaydi;
kasb-hunar kollejlarida “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kattalar ta’limining turli shakllari va turlarini, jumladan qisqa muddatli kurslarni joriy etadi;
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi va uning joriy etilishini nazoratga oladi;
kasb-hunar kollejlari va ish beruvchi tashkilotlarda o‘quvchilarning o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotini sifatli o‘tkazishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilimi va ta’lim sifatiga ta’sir qiladigan omillarni aniqlash bo‘yicha tizimli monitoringni amalga oshiradi;
ta’lim sifati monitoringi olib borilishini nazorat qilish va amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
7) umumta’lim maktablari 10-11-sinf o‘quvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar ta’limi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash sohasida:
o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasblarni o‘rgatish ishlarini tashkil etadi;
kasblarning malaka talablari, mashg‘ulotlar rejalari va dasturlarini hamda kasbiy ta’lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
kasb-hunar kollejlaridan olisda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarining kasbiy ta’lim sohasidagi faoliyatini o‘rganish asosida taklif va tavsiyalar tayyorlaydi;
kasb-hunar kollejlarining amaliy-metodik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida belgilangan tartibda faoliyat yuritishi yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
kasbiy ta’lim jarayonida “usta-shogird” an’analari, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqadi.
1) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
2) kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti, mutaxassisliklar (kasblar) ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarning takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ta’lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;
7) hududiy boshqarmalarda va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarda kadrlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish;
8) Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.
13. Markaziy apparat unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
2) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlaydi;
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi direktori — oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda Markaz direktori deb ataladi) va buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi;
4) Markaz tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
5) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyati monitoringini olib borilishini tashkil etadi;
6) kasb-hunar ta’limini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga ko‘maklashadi;
7) Markazning faoliyati, shu jumladan qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;
8) boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida kasb-hunar ta’limi tendensiyalari to‘g‘risida Markaz rahbariyati uchun axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
9) kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;
10) Markaz vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi;
11) Markazning hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
12) Markazning hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;
14) kasb-hunar ta’limi sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
15) kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
17) kasb-hunar kollejlarida o‘qitishning turli shakllarini joriy etadi va ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
18) umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berish jarayonini muvofiqlashtiradi va metodik ta’minlaydi;
19) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
20) Markaz tizimidagi tashkilotlarda ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
21) kasb-hunar kollejlarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
1) Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
3) kasb-hunar ta’limi sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
5) nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda kasb-hunar kollejlarida ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantirish;
15. Hududiy boshqarmalar o‘zlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) hududiy boshqarmalar va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;
2) kasb-hunar kollejlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Markazning buyruqlari bajarilishi muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
3) kasb-hunar kollejlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
7) kasb-hunar ta’limi sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
8) nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda kasb-hunar kollejlarida ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
9) kasb-hunar kollejlarida davlat ta’lim standartini va mutaxassisliklar (kasblar) ta’lim standartlarini bajarish monitoringini tashkil etadi;
10) kasb-hunar kollejlarining binolari va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
12) vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
16. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar, hududiy boshqarmalardan, kasb-hunar kollejlaridan tizimga tegishli ma’lumotlarini va kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish prognoz ko‘rsatkichlarini olish;
Markazning va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish, Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Markaz vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda, davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Markaz va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan ularning tegishli sohadagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
kasb-hunar ta’limining taalluqli masalalarini hal etish, kasb-hunar kollejlari faoliyatini takomillashtirish, ularning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar tayyorlash, xodimlari va o‘quvchilarining belgilangan ijtimoiy muhofazasini ta’minlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-tadqiqot dasturlarida ishtirok etish, ilmiy investitsiyalarni jalb etish, ta’lim tizimiga xalqaro grantlar kiritilishini ta’minlash;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, kasb-hunar kollejlari tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda o‘rganish;
mutaxassisliklar (kasblar) ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha pedagogika fani yutuqlari va ilg‘or tajriba asosida tavsiyalar ishlab chiqish uchun Ilmiy-metodik kengash tashkil etish, Ilmiy-metodik kengash tarkibini va Kengash nizomini tasdiqlash;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, kasb-hunar kollejlari o‘quv-metodik ishlarini rivojlantirish, rahbar xodimlarning o‘z lavozimlariga loyiqligi masalalarini tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda ko‘rib chiqish hamda xulosalar tayyorlash;
xorijiy investitsiyalar hisobiga sotib olinadigan o‘quv-laboratoriya va ustaxona jihozlarining qabul qilingan ta’lim standartlariga mos kelishi, ishlatilishi va saqlanishi yuzasidan takliflar va xulosalar berish;
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish hamda axborot-metodik ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan gazeta va jurnallarga muassislik qilish;
o‘quvchilarni sportga jalb etishni kengaytirish va ularning turli musobaqalarda faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashadigan jamg‘armalarni tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarida kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagoglar va ishlab-chiqarish ta’limi ustalari tayyorlashni muvofiqlashtirish va unga metodik rahbarlik qilishda ishtirok etish;
Markaz faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hay’at majlislarida hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
davlat muassasalari va kasb-hunar ta’limi sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar tomonidan kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish;
kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;
o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va metodik materiallar to‘g‘risida xulosalar tayyorlash;
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, kasb-hunar ta’limi sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Markaz tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
kasb-hunar ta’limi sohasini rivojlantirish, shuningdek, kasb-hunar ta’limi sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqarmalaridan va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan so‘rash va olish;
Markazda ko‘rib chiqiladigan kasb-hunar ta’limi masalalarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini zarur bo‘lganda belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan o‘zlari tomonidan kiritilgan kasb-hunar ta’limi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, shuningdek kasb-hunar kollejlari direktorlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlariga hal qilishni talab etadigan va Markazga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Markazning buyruqlari hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish huquqiga ega.
hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Markaz faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil etish;
Markaz tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Markaz tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanish sifati va ekspertizadan o‘tkazilishi;
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, shuningdek, kasb-hunar ta’limi sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boshqarmalardan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
kasb-hunar ta’limi sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Markazga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, hududiy boshqarmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifatli amalga oshirilishi, pirovard natijalari va oqibatlari;
tuman (shahar)larda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida kasb-hunar ta’limi sohasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
kasb-hunar ta’limi sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Markaz, uning hududiy boshqarmalari va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xizmatlari va Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Markazning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Markaz faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyat darajasini belgilash;
8) Markaz faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Markaz va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Markaz faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
11) Markaz tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Markazning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Markazga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
13) faoliyat sohasiga oid masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining reglamenti deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi Apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Markazning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
15) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish, shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
Keyingi tahrirga qarang.
16) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq Markaz rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
17) o‘z o‘rinbosarlari va hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Markaz hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
18) Markaz xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
19) Markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta’minlash;
20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
21) Markaz va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Markaz xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
26) Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar to‘g‘risidagi nizomlarni, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
28) Markaziy apparat xodimlarini, hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
29) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
30) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash;
31) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasiga zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
3) Markazning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Markazning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
8) Markaz hay’ati, Markaz direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Markaz direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Markazning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Markaz direktori tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Markaz direktorining topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
11) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
13) tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Markaz hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
14) kasb-hunar ta’limi sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Markaz faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, kasb-hunar ta’limi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish va ularni Markaz direktoriga kiritish;
15) tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi bilan bog‘liq masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaz direktoriga takliflar kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
16) Markaz xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
17) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) Markaz direktoriga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni kiritish;
19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
24. Quyidagilar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) tegishli tarkibiy bo‘linmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Markaz direktorining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga takliflar kiritish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Markaz tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) Markaz hay’ati qarorlari, Markaz direktori va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Markaz direktori o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, ularning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini ta’minlash, kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Markazning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Markaz rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti va Vazirlar Mahkamasi reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Markaz rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
12) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish;
13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
15) Markaz xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) Markaz rahbariyatiga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflar kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) hududiy boshqarmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonun hujjatlari va Markaz buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boshqarmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
5) Markaz hay’ati qarorlari, Markaz direktori va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6) kasb-hunar ta’limi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Markazning hududiy boshqarmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
8) Markazning hududiy boshqarmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boshqarmalar va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
9) Markazning hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Markaz direktori nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional darajasini amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini ta’minlash;
11) hududiy boshqarmalar xodimlarini, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;
12) hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan Markaz xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;
13) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boshqarmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Markaz direktorining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga takliflar kiritish;
15) hududiy boshqarmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
16) hududiy boshqarmalar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifatini va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
20) hududiy boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Markazga takliflar kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
3) ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
1) Markazning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Markazning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
3) ushbu Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hududiy boshqarmalarning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
30. Markazga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Markaz direktori — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari boshchilik qiladi.
31. Markaz direktorining ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
32. Markaz direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
33. Markaz direktori bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
34. Hududiy boshqarmalar boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
35. Markaz direktori Markazning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
36. Markaz direktori markaziy apparat boshqarmalari va bo‘limlari, hududiy boshqarmalar to‘g‘risidagi nizomni, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
37. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
Markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish doirasida:
1) topshiriqlarni hududiy boshqarmalarga va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2) hududiy boshqarmalarga va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
3) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning faoliyat yuritish amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;
5) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qiladi, faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
6) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ishtirokini tashkil etadi, kasb-hunar ta’limi sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
38. Hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
2) kasb-hunar ta’limi sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
4) o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda markaziy apparatga taqdim etadi;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
7) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.
39. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar hamda Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Markaz direktorining topshirig‘iga binoan tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar hal etilmasa, bevosita Markaz direktori ularni bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
40. Markaz o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hududiy boshqarmalar o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
41. Hududiy boshqarmalar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
42. Markaz faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari va Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmati mutasaddilik qiladi.
43. Markazda Markaz direktori (hay’at raisi), Markaz direktorining o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Markaz tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda, hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Markaz faoliyatining kasb-hunar ta’limi sohasida keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega bo‘lgan, hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunar va ish ko‘nikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, kasb-hunar ta’limi sohasida maqsadli vazifalar va ustuvor yo‘nalishlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini har chorakda muntazam ko‘rib chiqish;
joylarda kasb-hunar ta’limining dolzarb masalalari muhokama qilinishini ta’minlagan holda, hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Markaziy apparatga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Markaz nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Markaz rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
45. Hay’at majlisiga Markaz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
46. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
48. Markaz direktori va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Markaz direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga va Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbariga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga va Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbariga o‘z fikrini ma’lum qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Hay’at faoliyatining tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
50. Markazda Ilmiy metodik kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi. Kengash tarkibi har 3 yilda bir marta Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, dasturlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;
ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek, kasb-hunar ta’limi sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalarining ta’lim jarayonida qo‘llanilishini rivojlantirish masalalarni ko‘rib chiqadi.
Ilmiy metodik kengash kasb-hunar ta’limini metodik ta’minlashni mustahkamlashga qaratilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqli.
52. Ilmiy metodik kengash yig‘ilishlariga Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar vakillari taklif etilishi mumkin.
53. Ilmiy metodik kengash o‘z faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
8-bob. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
55. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Markaz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlariga ko‘ra belgilanadi.
57. Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar hamda Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarni moddiy-texnik ta’minlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
58. Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.
Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
59. Markaz xodimlariga oylik ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Markaz direktori Markazning faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari Markaz rahbarlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati bo‘yicha muntazam monitoring olib boradi, Markaz faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Markazning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
63. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “2010-2011 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2010-yil 1-iyuldagi 131-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 26-27-son, 212-modda) 1-ilovasi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tayanch kasb-hunar kolleji va uning filiallari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 19-avgustdagi 180-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 8-son, 45-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 12-iyuldagi 204-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 26-avgustdagi 244-son qarori(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 73-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 14-apreldagi 91-son qarori(O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda).