O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
II. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 6-son, 118-modda; 1997-yil, 4—5-son, 126-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
4) 31-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4—5-son, 126-modda; 1998-yil, 9-son, 181-modda) 8-moddasining ikkinchi qismidagi, 9-moddasining ikkinchi qismidagi va 27-moddasining birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, 2-son, 50-modda):
“sifat bo‘yicha ekspert-auditor” — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va tekshirish sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakasi bo‘lgan mutaxassis;
“sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi” — belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlangan mahsulot va sifatni boshqarish tizimini baholashni sertifikatlashtirish organlari topshirig‘iga binoan amalga oshiruvchi organ;
“nazorat yo‘sinidagi tekshiruv” — belgilangan talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chog‘ida tasdiqlash maqsadida sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab chiqarishni, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini takroriy baholash taomili”;
“bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini, sinov laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini, shuningdek sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiya qiladi;
sertifikatlangan mahsulotlarning, sifatni boshqarish tizimlarining, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarining, sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning Davlat reyestrini yuritadi, shuningdek oziq-ovqat mahsulotini hamda bunday mahsulotni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi”;
“O‘zdavstandart”ning o‘zi, uning tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki e’tirof etilgan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, shuningdek mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir”;
“Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish subyektlari o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan sertifikatlashtirish sohasida ish olib borish huquqini beruvchi litsenziya hamda ularning sertifikatlashtirish muayyan tizimidagi vakolatlarini belgilovchi hujjat asosida amalga oshiradi”;
“Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, nazorat yo‘sinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi”;
“Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini “O‘zdavstandart”ning davlat inspektorlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiradi”;
Sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarish, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish organlari ustidan nazorat yo‘sinidagi tekshiruvni sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar “O‘zdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
“O‘zdavstandart”ning, Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin”;
“Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan, ammo sertifikatlanmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, realizatsiya qilingan mahsulot qiymati miqdorida jarima solinadi. Jarima nizosiz tartibda undiriladi. Jarimaning undirilishi majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazishdan ozod qilmaydi. Jarima majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish ustidan tekshiruvni o‘tkazish qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan undiriladi”.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 2-son, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 269-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “va milliy xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar “milliy xavfsizlik xizmati va davlat soliq xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 3-son, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 9-son, 193-modda; 12-son, 269-modda; 1996-yil, 5—6-son, 69-modda, 9-son, 144-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 4—5-son, 126-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 3-son, 38-modda, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
1) 97-moddasining nomidagi va birinchi qismi dispozitsiyasidagi, 98-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasidagi “Davtexkonnazorat” degan so‘z “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 55, 70-moddalarida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilish qoidalari bundan mustasno), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismida), 97, 98-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga haqlidir:
tarmoq inspeksiyalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
mintaqaviy konchilik-texnik inspeksiyalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda;
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, 10-son, 252-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 56-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda) 7-moddasining ikkinchi qismidagi, 14-moddasining yettinchi qismidagi, 45-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi tegishli kelishikdagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5—6-son, 70-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
1) 8-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 12-bandining to‘qqizinchi xatboshisidagi va 13-bandining “d” kichik bandidagi “Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda; 1999-yil, 9-son, 229-modda):
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida hududiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan: soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus bo‘linmasi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruv va taftishni amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish bo‘linmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash maxsus bo‘linmasi tuziladi”;
“14) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik hollarini aniqlash, bunday hollarning oldini olish va bartaraf etish uchun, shuningdek ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv o‘tkazish, jinoiy ishlar qo‘zg‘atish va ularni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazish”;
“15) yuridik va jismoniy shaxslar egallab turgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun foydalanayotgan binolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish. Soliq solish miqdorlarini hisoblab chiqarishning asosliligini tekshirish chog‘ida ishlab chiqarish, omborxona, savdo va boshqa binolarni, hujjatlar, pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklar saqlanadigan joylarni mulkdorning ishtirokida ko‘zdan kechirish”;
“Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8—14-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari esa (tezkor-qidiruv faoliyati bundan mustasno) faqat davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga beriladi. Ushbu modda birinchi qismining 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus bo‘linmasi va uning hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslariga beriladi”;
“Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladilar:
o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi uchun;
o‘zining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chog‘idagi g‘ayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Davlat soliq organlari xodimlarining o‘z xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi”.