O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Vazirlik jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, qisqartirilgani — Sport vazirligi;
to‘liq nomi — Ministerstvo fizicheskoy kulturi i sporta Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Minsporta;
to‘liq nomi — Ministry of physical culture and sport of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — Ministry of sports.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari;
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi;
sport yakka kurashlari, sport o‘yinlari, sportning qishki va murakkab texnik turlari, gimnastika, suv sporti turlari, yengil atletika, ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari;
Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabi;
Sportning eshkak eshish turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi;
Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi;
Suv sporti turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga jalb etishga, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, xalqaro sport maydonida yuqori natijalarga erishib mamlakatni munosib ifodalashni ta’minlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish;
bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, ayniqsa, qishloq va chekka tumanlarda bolalar sporti obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish;
Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan hamkorlik qilish;
mamlakatimizda professional, ommaviy sportni, shu jumladan, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar ko‘rishni rag‘batlantirish;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlari, obyektlari va inshootlarining ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanilishini ta’minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo sport aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga ko‘maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.
1) jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga jalb etishga, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, xalqaro sport maydonida yuqori natijalarga erishib mamlakatni munosib ifodalashni ta’minlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
jismoniy tarbiya va sport sohasida Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, sport normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
respublikada jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning holatini tahlil qiladi, ularni mamlakatda yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, dasturiy-metodik hujjatlarni hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning ijrosini ta’minlaydi;
manfaatdor Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, aholini jismoniy tarbiyalash sohasida ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini, shu jumladan sportchilar, trenerlar, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
sport turlari bo‘yicha Yagona sport tasnifini, shuningdek, u to‘g‘risidagi nizomni, sport turlari va sport fanlarini e’tirof etish, ular reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishini va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish tartibini tasdiqlaydi, shuningdek, ularning pasportlari berilishini tashkil etadi;
trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini tashkil etadi;
sportchilarning sport pasporti belgilangan tartibda berilishini tashkil etadi hamda ularni hisobga olishning yagona tizimi ishlashini ta’minlaydi;
manfaatdor Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatda sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
2) Vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish sohasida:
respublika maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va instruktorlari uchun o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar, o‘quv, metodik qo‘llanmalar va boshqa ilmiy-metodik materiallarni ishlab chiqadi;
Vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari va klublari, respublikaning maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylari, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va instruktorlarining faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
respublikaning maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylari, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va instruktorlari uchun sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
keyinchalik hududiy sport musobaqalarida qatnashish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va bolalar-o‘smirlar sport maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda darsdan tashqari to‘garaklar va seksiya mashg‘ulotlarini tashkil etadi;
keyinchalik hududiy va respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida akademik litseylar, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari orasida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turlari bo‘yicha trenerlarni jalb qilgan holda darsdan tashqari olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklari va seksiya mashg‘ulotlarini tashkil etadi;
keyinchalik respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va milliy terma jamoalar sport zaxirasini hamda sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etadi;
3) mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
aholining keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishiga ko‘maklashadi;
tumanlarda va shaharlarda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari va musobaqalar aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar va qishloq aholisi orasida o‘tkazilishini muntazamlilik asosida tashkil etadi;
O‘zbekistonda milliy sport turlarini va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi, milliy sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, xalq o‘yinlari bo‘yicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar mamlakatda va chet elda tashkil etilishi va o‘tkazilishi moliyalashtirilishini, shuningdek, milliy sport turlari xalqaro sport maydonida keng targ‘ib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
4) bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, ayniqsa, qishloq va chekka tumanlarda bolalar sporti obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish sohasida:
jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida bolalar orasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning ommaviyligini, ularda sog‘lom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni ta’minlaydi;
bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
iqtidorli yoshlar va sport namoyandalarining xalqaro va respublika darajasida jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘tkaziladigan ko‘riklar, tanlovlar, festivallarga, boshqa anjumanlarga borishi va ishtirok etishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalarining uch bosqichli tizimi o‘yinlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini tashkil etishda ishtirok etadi;
5) Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan hamkorlik qilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning eng yaqin zaxiralarini tasdiqlaydi, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini shakllantiradi, ularni xalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasida sport markazlari va dopingga qarshi markazlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi va ular faoliyatini tashkil etishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) va jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va uyushmalari bilan birgalikda keyinchalik sport zaxirasini shakllantirish uchun iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini o‘tkazish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
xalqaro hamda respublika sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar ta’minotini, O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini, sport terma jamoalarini Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlariga, jahon, Osiyo chempionatlariga, kuboklariga va birinchiligiga va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashni va ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
6) mamlakatimizda professional, ommaviy sportni, shu jumladan, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar ko‘rishni rag‘batlantirish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda mamlakatda professional sportni tashkil etish va yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlari rivojlanishi va ixtisoslashtirilishini muvofiqlashtiradi;
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilg‘or tajribasini o‘rganadi, ushbu yutuqlar respublikada joriy etilishini ta’minlaydi;
sportning alohida turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari sportchilarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va sport federatsiyalari (uyushmalari) va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida eng o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko‘krak nishonlari bilan mukofotlaydi;
sport sohasidagi ulkan yutuqlari uchun mukofotlar ta’sis etish va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari va mutaxassislarini ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari va xizmatlari uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim qiladi va tavsiyalar beradi;
7) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlari, obyektlari va inshootlarining ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanilishini ta’minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini va sport terma jamoalari a’zolarini sport inventarlari, uskunalari hamda kiyim-bosh, anjomlar bilan ta’minlaydi;
ommaviy, bolalar va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha obyektlar va inshootlar faoliyatini takomillashtirish va yangilarini qurish bo‘yicha takliflar kiritadi, ulardan eng ko‘p darajada va samarali foydalanishni ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashadi;
idoraviy mansub tashkilotlarga ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va axborot ta’minotini tashkil etishda, kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berish va boshqa masalalar bo‘yicha ko‘maklashadi;
8) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (kafedra mudirlari)ni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishda oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikda tashkil etiladigan tanlovlarda Vazirlik vakilining ilmiy kengash yig‘ilishida ishtirokini ta’minlaydi;
(11-band 8-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 181-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son)
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishni va attestatsiyadan, shu jumladan, chet elda, o‘tkazishni ta’minlaydi;
sport jamoalari, mutaxassislari, shuningdek, sportchilar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa vakillarni, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xalqaro tanlovlar, festivallar, sport musobaqalarida va chet eldagi boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorlashni, jo‘natishni va qabul qilishni ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida chet el mutaxassislarini jalb qilishga, shu jumladan, moliyaviy tarafdan, ko‘maklashadi;
9) jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo sport aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga ko‘maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash sohasida:
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ilmiy, o‘quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida foto va video materiallar yaratilishini tashkil etadi;
xalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi, xalqaro sport hamjamiyatlari bilan o‘zaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda ishtirok etadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi;
sport sohasida iqtidorli yoshlar vakillariga ko‘maklashadi va yordam beradi, ularni o‘qish va tajriba orttirish uchun chet elga yuboradi;
konferensiyalar, ko‘rgazmalar va sport musobaqalarini o‘tkazadi, sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil etadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ommabop sport dasturlari tashkil etilishida, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlar nashr etilishida va mavzuli video va kino materiallar yaratilishida ishtirok etadi;
taniqli sport namoyandalarini, respublikaning va xorijiy mamlakatlarning yetakchi pedagog-mutaxassislarini respublika sport ta’lim muassasalarida o‘qituvchilik qilishga va mahorat darslari o‘tkazishga taklif etadi.
1) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
3) Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash;
4) Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatlari majlislarida tegishliligi bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
7) markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar faoliyati samaradorligi hamda natijadorligining tanqidiy tahlil qilish, tahlil yakunlariga ko‘ra zarur choralar ko‘rish;
8) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
10) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
12) sport va sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventari ishlab chiqarish kengaytirilishini tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
14) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dasturiy-metodik hamda boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
15) O‘zbekiston sportchilarining Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlanishi va ularda ishtirok etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning bajarilishini ta’minlash;
16) vakillarning xalqaro maydonlarda xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish bo‘yicha tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashishini ta’minlash;
17) Vazirlik hay’ati qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri (keyingi o‘rinlarda Vazir deb ataladi) buyruq va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;
18) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
19) Vazirlikning “Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarining kalendar rejasi”ni shakllantirish, manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda uning amalga oshirilishini ta’minlash;
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xorijda o‘tkaziladigan turli xalqaro munosabatlarda hamda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sportchilarining ishtirok etish masalalariga doir qarorlari loyihalarini tayyorlash;
21) iste’dodli va istiqbolli sportchilarning saralash, o‘qitish hamda malakasini oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilashni, Olimpiada, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishini ta’minlash, sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish;
22) mamlakatda professional sportning rivojlantirilishini rag‘batlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda ilg‘or texnologiyalarni sport tayyorgarligiga joriy qilish, milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro hamda viloyat musobaqalarini tashkil etish, sportdagi nosog‘lom holatlar, taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurash olib borish bo‘yicha tizimli choralarning amalga oshirilishini ta’minlash;
23) O‘zbekiston sport terma jamoalari va ularning eng yaqin zaxirasi tarkibini shakllantirish, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini butlash, ularning xalqaro sport musobaqalariga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ommaviy tadbirlarga tayyorlanishi hamda qatnashishini ta’minlash;
24) O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va uyushmalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga yordam berish;
25) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilg‘or jahon tajribasi hamda ilmiy-texnik yutuqlarni o‘rganishni tashkil etish, bunday tajribani respublikada sportni yanada rivojlantirish uchun joriy qilish;
27) sportchilar, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa vakillarini idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xorijdagi xalqaro sport musobaqalari, festivallar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash, ularning jo‘natilishi hamda kutib olinishini ta’minlash;
28) konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishini tashkil qilish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan shunday tadbirlarda qatnashishini ta’minlash.
13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
2) Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
(13-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
4) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
5) Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;
6) Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi;
7) Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishning so‘zsiz ta’minlanishi bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan o‘zaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi;
(13-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
9) Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlaydi;
10) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda O‘zbekiston sportchilarning Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlariga tayyorlanishi hamda ularda ishtirok etishi bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi;
11) ilg‘or xorijiy tajribani e’tiborga olgan holda respublikada professional sportni rivojlantirishga, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va qit’a miqyosidagi musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha tizimli choralarning qabul qilinishini, nosog‘lom sport raqobati hamda taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi;
12) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventarini ishlab chiqarish kengaytirilishini tashkil etish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
13) sport federatsiyalari va uyushmalarining murojaatlari asosida Yagona sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va sport federatsiyalari (uyushmalari) mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni aniqlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
14) respublika sportchilari tomonidan sport turlari bo‘yicha o‘rnatilgan jahon rekordlarini tasdiqlash uchun xalqaro sport tashkilotlariga yuboriladigan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
15) Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
16) sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) faoliyati monitoringini olib boradi va uni rivojlantirishga yordam beradi;
17) respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish monitoringini amalga oshiradi, respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
18) iste’dodli va istiqbolli sportchilarning tanlash, o‘qitish hamda malaka oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilashni, Olimpiada, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishni ta’minlaydi, sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantiradi;
19) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va uyushmalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
21) xalqaro sport tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga a’zolik badallari belgilangan tartibda to‘lanishini amalga oshiradi;
22) yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasi tayyorlanishini amalga oshirish, sport-ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish hamda respublika sport tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini tashkil qiladi;
23) O‘zbekiston Respublikasining sport turlari bo‘yicha terma jamoalari va ularning eng yaqin zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning xalqaro sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorlanishini hamda ishtirok etishini ta’minlaydi;
24) sport federatsiyalari (uyushmalari)ning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari trenerlarini tasdiqlaydi
25) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va federatsiyalar (uyushmalar)ning mablag‘lari hisobiga xalqaro musobaqalar va jismoniy tarbiya- ommaviy tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarining ishtirokini ta’minlash bo‘yicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning iltimoslarini ko‘rib chiqadi;
26) O‘zbekiston hududida va uning tashqarisida jismoniy tarbiya va sport sohasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
27) umumta’lim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari hamda turnirlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda va keng yoritilishi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
14. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
2) tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektori deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
3) hududda aholining keng qatlamlarini sport mashg‘ulotlariga jalb qilishga va sog‘lom turmush tarziga rioya etishga, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakat va mintaqaning xalqaro sport maydonlarida erishgan sport yutuqlarini ommalashtirish va keng e’tirof etishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish;
4) hududda mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi o‘rtasida shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari, xalq o‘yinlari va milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muntazam o‘tkazish orqali sport hamda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni tashkil etish;
5) hududda bolalar, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb qilish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish, butun hududda, shu jumladan, qishloq tumanlarida hamda chekka tumanlarda bolalar sport obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, uch bosqichli musobaqalar tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” o‘yinlarining o‘tkazilishini tashkil etish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish, shu asosida bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning uyg‘un jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
6) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) vakillari bilan birgalikda sifatli sport zaxirasini va Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish maqsadida iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
7) hududda professional sportning rivojlanishini, xalqaro ilg‘or tajribani inobatga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishini rag‘batlantirish, sport turlari bo‘yicha mintaqaviy, tuman (shahar) chempionatlari, xalqaro va hududiy musobaqalarni tashkil etish darajasi va sifatini oshirish, sportda nosog‘lom raqobatga va taqiqlangan preparatlar qo‘llanishiga qarshi tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
8) O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni saralash bo‘yicha vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish;
9) hudud kalendar rejasini shakllantirish va iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) maqsadida sport musobaqalarining hududiy bosqichlarini o‘tkazish;
10) ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish hamda ularni hududiy musobaqalar sovrindorlari bo‘lgan sportchilar bilan to‘ldirish;
Keyingi tahrirga qarang.
11) sport turlari bo‘yicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish, sport musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlarini respublika bosqichlarida ishtirok etishga yo‘naltirish;
12) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlari, ommaviy, bolalar hamda professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha hudud obyektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal va samarali foydalanishni ta’minlash, hududda sport jihozlari va inventarlari ishlab chiqarilishini tashkil qilish hamda kengaytirish;
13) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, hududning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ta’lim-muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashda ishtirok etish;
14) hududda ommabop sport dasturlarini tashkil qilish, ommaviy adabiyotlarni chop etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida mavjud video va kino materiallar ishlab chiqilishiga yordam ko‘rsatish;
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, ularni hududda yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
hududda Vazirliklar, idoralarning hududiy bo‘linmalari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga taalluqli bo‘lgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 181-sonli qaroriga asosan chiqarilsin — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son)
jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga, shuningdek, aholini jismoniy tarbiyalashga ko‘maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar hududda o‘tkazilishini muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvining boshqa hududiy organlari bilan birgalikda hududdagi jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini, jumladan, sportchilar, trenerlar, sport faxriylari va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
viloyat hamda tuman (shahar) miqyosidagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ular moliyalashtirilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
aholi keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga yordam beradi;
tumanlar va shaharlarda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar hamda qishloq aholisi o‘rtasida ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirishni, shu jumladan, xalq o‘yinlari va milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishini muntazam ravishda tashkil qiladi;
milliy sport turlari va O‘zbekiston xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har tomonlama yordam ko‘rsatadi, belgilangan tartibda hududda milliy sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, xalq o‘yinlari bo‘yicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlari moliyalashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek, xalqaro sport maydonlarida milliy sport turlarini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga yordam beradi;
o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida hududda bolalar ommaviy sporti rivojlanishini hamda bolalarga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga bo‘lgan muhabbat singdirilishini ta’minlaydi;
hududda bolalar sportining moddiy-texnika va resurslar bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
hududning iqtidorli yoshlari va sport faxriylarining xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar, festivallar, boshqa forumlar, sport tadbirlariga borishlari va ishtirok etishlarini tashkil etishni ta’minlaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shu jumladan, ularning qishloq tumanlari va chekka tumanlardagi organlari bilan birgalikda uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalar tizimi o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorlash hamda ishtirok etishni tashkil qiladi;
sport turlari bo‘yicha hudud terma jamoalari va ularning yaqin zaxirasi tarkiblarini tasdiqlaydi, hudud sport delegatsiyasini butlaydi, ularning respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishlarini hamda ularda ishtirok etishlarini ta’minlaydi;
hududda sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rivojlanishiga yordam beradi;
hududdagi iste’dodli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari kompleksini tashkil etadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalarning mintaqaviy vakillari bilan birgalikda hududda professional sportni tashkil etish hamda to‘la shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
hududda yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, hududdagi sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlarining rivojlanishi hamda ixtisoslashishini muvofiqlashtiradi;
jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning ilg‘or tajribasi umumlashtirilishini hamda bu yutuqlarning hududda joriy qilinishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni hamda mintaqada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko‘krak belgilari bilan mukofotlash haqida takliflar tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;
hudud vakillarining jismoniy tarbiya va sport sohasida erishgan ulkan yutuqlari uchun sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari berish hamda mukofotlash va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
hududdagi sportchilar va sport turlari bo‘yicha terma jamoalar a’zolarini sport inventari, asbob-uskunalar, shuningdek, kiyim-bosh va anjomlar bilan ta’minlaydi;
hududda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sportga mo‘ljallangan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda yordam ko‘rsatadi;
hududda yangi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining qurilishini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha Vazirlikka asoslangan takliflar kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda hududdagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilinishini ta’minlaydi, respublika jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining zarur hujjatlarini tayyorlaydi va ularga pasportlarni rasmiylashtirish va berish uchun belgilangan tartibda yuboradi;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, yuksak ma’naviyat va professionalizm ruhida tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, hududda odamlarning o‘z jismoniy, umumta’lim va madaniy darajasini oshirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish ishlarini olib boradi;
hududda jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlash, tajriba orttirishga yuborish va attestatsiyadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
hududda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ilmiy, o‘quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar ishlab chiqilishi va nashr etilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi foto va video materiallar ishlab chiqarilishini tashkil qiladi;
xalqaro sport aloqalarini amalga oshirish va rivojlantirishda, hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, jismoniy tarbiya va sport sohasida xorijiy investitsiyalar hamda grantlarni jalb qilishda qatnashadi;
manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ommabop sport dasturlarini tashkil etishda, ommaviy adabiyotlarni nashr qilish hamda hududda jismoniy tarbiya va sport sohasida mavjud video hamda kino materiallar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli sport namoyandalari, yetakchi pedagog mutaxassislarini hududning sport ta’lim muassasalarida ta’lim berish va mahorat darslarini o‘tkazish uchun taklif etadi.
16. Quyidagilar tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga jalb etish va sog‘lom turmush tarziga rioya etish, jismonan sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, tuman (shahar)ning nufuzli sport-ommaviy tadbirlardagi sport yutuqlarini ommalashtirish va keng miqyosda e’tirof etish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlarini, xalq o‘yinlari va milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muntazam ravishda o‘tkazgan holda aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni tashkil etish;
tumanda (shaharda) bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish, bolalar sporti ta’limi sifatini oshirish, tumanda (shaharda) bolalar sporti obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalari tizimining boshlang‘ich bosqichlarini o‘tkazishni tashkil etish orqali bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, shu asosida bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning uyg‘un jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)ning hududiy vakillari bilan birgalikda tuman (shahar)ning iste’dodli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, turli musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
musobaqalarning tuman bosqichi g‘olib va sovrindorlarini sport musobaqalarining hududiy bosqichlarida ishtirok etish uchun yuborish;
tumanda (shaharda) jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini olib borish, ularning tumanda (shaharda) rivojlanishi bo‘yicha yillik prognozlarni shakllantirish;
davlat boshqaruvining boshqa organlari, tuman (shahar)dagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport namoyandalari, shu jumladan, sportchilar, trenerlar, sport faxriylari va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal qilish;
tuman (shahar) darajasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirish va tasdiqlash uchun kiritish, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyalashtirish va o‘tkazishni ta’minlash;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tuman (shahar)dagi sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tuman (shahar)da aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar hamda qishloq aholisi o‘rtasida, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, xalq o‘yinlari va milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar muntazam ravishda o‘tkazilishini tashkil etish;
o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini tuman (shahar)da rivojlantirishni ta’minlash hamda bolalarga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga bo‘lgan muhabbatni singdirish;
tuman (shahar)da bolalar sportining moddiy-texnika va resurslar bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tuman (shahar)ning iqtidorli yoshlari va sport namoyandalarining hududiy miqyosida jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘tkaziladigan ko‘riklar, tanlovlar, festivallar, boshqa forumlarga borishlari va ishtirok etishlarini ta’minlash;
ommaviy, bolalar sporti va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha yangi obyektlar va inshootlarni qurish va faoliyatini takomillashtirish, tuman (shahar)da ulardan to‘laqonli va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
tuman (shahar)da jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishda ishtirok etish;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 181-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son)
Keyingi tahrirga qarang.
tuman (shahar)ning jismoniy tarbiya va sporti sohasida iqtidorli yoshlariga ularning malakasini oshirish, moddiy rag‘batlantirishda ko‘maklashish hamda hududiy boshqarmalarga takliflar kiritish.
17. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlaydi;
tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, ularni tuman (shahar)da yanada rivojlantirish bo‘yicha yillik prognozlarni shakllantiradi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sportga tegishli dasturiy-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
tuman (shahar)da yangi sport tayyorgarligi markazi va bazalarini, sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini qurish hamda faoliyat yuritayotganlarini rekonstruksiya qilish monitoringini olib borishni tashkil etadi;
tuman (shahar)dagi sport klublari va maktablari, sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyatining rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi;
tuman (shahar)da aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlar, shuningdek, nogironligi bor shaxslar salomatligini mustahkamlash maqsadida jismoniy tarbiya va sport vositalarini qo‘llash uchun shart-sharoitlar yaratadi;
nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning maxsus olimpiadalar va nogiron shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladigan boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunchilik ijrosi monitoringini olib boradi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni tahlil qiladi;
sport turlari bo‘yicha Yagona sport tasnifi, shuningdek, u haqidagi nizomning bajarilishini ta’minlaydi;
tuman (shahar) darajasida Sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantiradi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyalashtirishni va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
tuman (shahar) sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning eng yaqin zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, tuman (shahar) sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning viloyat, respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishini va ishtirokini ta’minlaydi;
sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
yangi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini qurish hamda faoliyat yuritayotganlarini rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida foto va video materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirishni amalga oshiradi.
18. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
(18-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
2) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
3) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
4) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistika axborotini davlat statistika organlaridan bepul olish;
5) Vazirlik va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mol-mulkini tashkiliy tuzilma doirasida bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda bir bo‘linmadan ikkinchisiga berish;
6) Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
7) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
8) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
9) Vazirlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
10) jismoniy tarbiya va sportni, jumladan, sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
11) jismoniy tarbiya va sportni mamlakatda, shu jumladan, hududlarda rivojlantirish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
12) maslahatlar berish, ilmiy va ekspertlik ishlarini o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sportning dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida olimlarni, Vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijiy sport namoyandalarini shartnoma asosida taklif qilish;
13) ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
14) Vazirlik tizimiga kiruvchi sport tashkilotlari va ta’lim muassasalari, shuningdek, sport federatsiyalari (uyushmalari) uchun zarur texnik uskuna, sport uskunalari, inventar, sport kiyim-boshi va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
15) xalqaro va respublika chempionatlari, kuboklar, turnirlarni, shuningdek, ommaviy-sport tadbirlarini o‘tkazishda g‘olib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
16) sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarga, shuningdek, sport muassasalarining sport jamoalariga sport unvonlari va malaka toifalarini berish, kuboklar, medallar, znachoklar, ko‘krak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
17) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish, turli tanlovlar, sport musobaqalari va shu kabilarda jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini tayyorlash va ishtirok etishi uchun Vazirlik mablag‘larini ajratish;
18) o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
19) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
20) jismoniy tarbiya va sport sohasini targ‘ib qiluvchi reklama va boshqa tusdagi mahsulotlarni reklama tusidagi audio-, video materiallar, risola, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini) chop etish, nusxasini ko‘paytirish, yaratish uchun buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali joylashtirish;
21) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Vazirlikning markaziy apparati va idoraviy mansub bo‘linmalarida ishlash uchun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosda jalb qilish;
22) trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnomalarni va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining pasportlarini belgilangan tartibda berish, amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, zarur holatlarda ruxsatnomalarni bekor qilish;
23) alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, o‘zining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan jismoniy tarbiya va sport namoyandalari va xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish.
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ishlab chiqiladigan loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning sifati;
(19-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
4) jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
20. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
1) Vazirlikning hududiy bo‘linmalaridan va unga idoraviy mansub tashkilotlardan tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, Vazirlikning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini so‘rash va olish;
2) Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
3) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
4) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
5) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
6) qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish;
7) Vazirlikning “Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasi”ni shakllantirish;
8) Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va xodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq tashkil etish;
9) Vazirlikning tarkibiy tashkilotlari va muassasalaridagi boshqarmalarning faoliyatiga doir masalalar o‘rganilishini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
10) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobi yuritilishi tashkil etilishini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
11) budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlar smetasiga kiritilgan aniq vazifalarga maqsadli sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning saqlanishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish;
12) asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklarni ular saqlanadigan joylarda mavjudligini va ulardan foydalanishni muntazam nazorat qilish;
13) o‘rganilayotgan tuzilmalarga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini sifatli o‘rganish va monitoring olib borishni tashkil etish maqsadida komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlar tuzish;
14) ilmiy va ekspertlik ishlari olib borish, maslahat berish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, Vazirliklar, ma’muriy, ta’lim muassasalari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijiy sport mutaxassislarini taklif etish;
15) ommaviy-sport va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
16) idoraviy mansub sport tashkilotlari uchun zarur sport uskunalari, inventar, sport formasi va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
17) chempionatlar, kuboklar, turnirlar, shuningdek, ommaviy musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
18) sportchilar, trenerlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni mukofotlash, ularga sport unvonlari va malaka toifalarini berish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
19) sport, sport-sog‘lomlashtirish va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport vakillarining, jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarda o‘tkaziladigan turli tanlovlar, sport bellashuvlari va boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirokini moliyalashtirish huquqiga ega.
Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
1) Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari. shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
2) Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
3) Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanishi sifati uchun;
(21-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
4) jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
1) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
2) o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
3) jismoniy tarbiya va sportni hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
4) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalarida, shu jumladan, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirish masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
5) ilmiy va ekspertlik ishlarini olib borish, maslahat berish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, Vazirliklar, ma’muriy, ta’lim muassasalari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik bilan kelishgan holda idoraviy mansub ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijiy sport mutaxassislarini taklif etish;
6) ommaviy-sport va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
7) idoraviy mansub sport tashkilotlari uchun sport uskunalari, inventar, sport formasi va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
8) viloyat va tumanlar (shaharlar) miqyosidagi chempionatlar, kuboklar, turnirlar, shuningdek, ommaviy musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini mukofotlash uchun medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
9) hududdagi sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni mukofotlash, shuningdek, ularga sport unvonlari va malaka toifalarini berish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
10) sport, sport-sog‘lomlashtirish va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek, hududning jismoniy tarbiya va sport vakillarining, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan turli tanlovlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishni moliyalashtirish;
11) festivallar, tanlovlar, ommaviy-sport va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, boshqa mutaxassislarni esdalik medallari, diplomlar, kuboklar va qimmatli sovrinlar bilan mukofotlash bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritish;
12) o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
13) hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqa qilish;
14) jismoniy tarbiya va sport sohasini targ‘ib qiluvchi reklama va targ‘ibot mahsulotlarini (hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan reklama tusidagi audio va video materiallar, risolalar, xaritalar va boshqa reklama materiallarini) tayyorlashga buyurtma berish;
15) jismoniy tarbiya va sport sohasida ishlash uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosda jalb qilish;
16) hududning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari va vakillarini davlat mukofotlariga taqdim etish to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish huquqiga ega.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari:
1) Vazirlikning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanishi;
2) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishi ta’minlanishi;
4) tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlanishi;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega bo‘lishi mumkin.
24. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
1) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar) bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
2) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Vazirlikning yuqori turuvchi bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
3) bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tuman (shahar)ning sport maktablari va maktab-internatlaridan hujjatlar, statistika axboroti, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rash va olish;
4) jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, tuman (shahar) sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
5) tumanda (shaharda) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
6) tumanda (shaharda) ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilishini tashkil etish;
7) tuman (shahar) chempionatlari, kuboklari, turnirlarini, shuningdek, tumanda (shaharda) sport-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda g‘olib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
8) o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tumanda (shaharda) o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
9) alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, o‘zining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport namoyandalari va xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish bo‘yicha takliflarni kiritish.
Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
2) Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati;
3) tumanlarda (shaharlarda) jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l kartalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
4) tuman (shahar)dagi davlat mulki bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi;
5) tumanda (shaharda) sport tadbirlari, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega bo‘lishi mumkin.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
5) Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli Vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yig‘ilishlarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
(26-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikaning Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarini taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8) Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
10) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
11) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
(26-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13) faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
(26-bandning 13-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
15) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat bo‘lganda, boshqa Vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
16) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
(26-bandning 16-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
17) Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
18) o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
19) Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
20) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;
21) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
22) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
27) Vazirlik markaziy apparati shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
28) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari nizomlarini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
29) markaziy apparat xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
31) O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan birgalikda O‘zbekiston sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash;
32) ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda respublikada professional sportni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha muntazam choralar qabul qilinishini ta’minlash, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va qit’a musobaqalarini tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullarga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish;
33) sport bazalari va sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlarini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sport asbob-uskunalari va inventarlar mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi kengaytirilishini tashkil etish bo‘yicha manfaatdor Vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
34) iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash chora-tadbirlari qabul qilinishini ta’minlash, ularning mahoratini oshirish va seleksiyaning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli musobaqalarda, shuningdek, turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
35) jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, tegishli Vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklarning ijro etuvchi organlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
36) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘rish, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish, ta’lim va sport muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlash;
37) jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari va mutaxassislarini, ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida o‘rnak ko‘rsatganligi, xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdimnomalar belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlash va tavsiyalar berish;
38) O‘zbekiston sport delegatsiyalarining xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirokini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning 40-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 181-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son)
41) jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda vakillarning O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirokini ta’minlash.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) davlat boshqaruvi organi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
8) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Vazirlik rahbari tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbari topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
(27-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
11) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyati sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
15) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-mart 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalariga asosan tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
16) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
18) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
19) Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
20) olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) faoliyati monitoringini olib borish va rivojlantirish;
21) Vazirlikning Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish, uni manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda amalga oshirish;
22) sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarning kuch-quvvati sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul mablag‘lari bilan ta’minlash Respublika komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qilish;
23) respublikada jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi monitoringini olib borish, respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantirish;
24) O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha qabul qilingan dasturlari bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan birgalikda sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida samarali ishtirok etishi chora-tadbirlarini amalga oshirish;
25) iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishda, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida, Osiyo chempionatlarida va boshqa xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash, sport zaxiralari va terma jamoalar tarkibini shakllantirish;
26) mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sportda nosog‘lom hodisalarga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
27) O‘zbekiston sport terma jamoalari va ularning yaqin sport zaxirasi tarkibini shakllantirish, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini butlash, ularni xalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya sohasidagi ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini ta’minlash;
28) xalqaro sport aloqalarini amalga oshirish va rivojlantirish, xalqaro sport tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
29) yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash, oliy sport mahorati maktablarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
31) sportchilarga respublika sport unvonlari va toifalar berish bo‘yicha Malaka komissiyasiga rahbarlik qilish;
32) trener-o‘qituvchilar va instruktor-metodistlarga malaka toifalari berish bo‘yicha Malaka komissiyasiga rahbarlik qilish;
33) jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro, respublika va milliy sport tashkilotlari bilan birgalikda ishlashni ta’minlash.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
8) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ularni keyinchalik ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
(28-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
14) jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
16) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
17) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
29. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirlik rahbarining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) hay’at qarorlari hamda buyruqlar, Vazir va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbarlarining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
(29-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
15) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
16) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
21) Xalqaro hamda respublika miqyosidagi Sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish;
22) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;
23) boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;
24) Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganishni tashkil etish va ularga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
30. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari va Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy bo‘linmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
5) Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6) jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy bo‘linmalar boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va o‘z o‘rinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;
9) Vazirlikning hududiy bo‘linmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy bo‘linmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
11) hududiy bo‘linmalar xodimlarini, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
12) hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;
13) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy bo‘linmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy bo‘linmalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritish;
15) hududiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
16) hududiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlikka kiritish;
17) Vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari va hududiy bo‘linmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
20) hududiy bo‘linmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
31. Quyidagilar tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
3) faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;
4) sport tashkilotlari va muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tuman va shahar bo‘linmalari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
8) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
9) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
10) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
11) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritish;
12) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
3) ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning tegishli ravishda 27 va 28-bandlarida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlari:
2) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hududiy bo‘linmalarning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
2) ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari javobgarligi sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
39. Vazirning birinchi o‘rinbosari va boshqa o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
40. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan;
hududiy bo‘linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan amalga oshiriladi.
42. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
43. Vazir Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va bo‘limlari, hududiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
44. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
45. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy bo‘linmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2) Vazirlikning hududiy bo‘linmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
3) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;
5) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
6) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, jismoniy tarbiya va sport sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
46. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
4) o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
5) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu jumladan, aholining mavjud dolzarb muammolarini bartaraf etish yuzasidan Vazirlikning markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
7) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.
47. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u bo‘yicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
48. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
49. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiradi va (yoki) uning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
51. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rgan holda hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;
joylarda Vazirlik faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
53. Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
54. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
56. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini ma’lum qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlariga ko‘ra belgilanadi.
61. Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalarini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
62. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
63. Vazirlik xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Vazir Vazirlikning faoliyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
66. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
67. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.