Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari

3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi

4-bob. Departament faoliyatini tashkil etish

5-bob. Yakuniy qoidalar

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Departamentda xizmatga qabul qilish va xizmatni o‘tash

3-bob. Martaba darajalarini berish va ulardan mahrum qilish

4-bob. Rag‘batlantirish

5-bob. Intizomiy jazolar

6-bob. Departamentning kadrlar zaxirasi

7-bob. Xodimlarni moddiy va ijtimoiy ta’minlash

8-bob. Departamentda xizmat o‘tashni to‘xtatish

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ChORA-TADBIRLAR DASTURI

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-5019-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining TAShKILIY-ShTAT TUZILMASI

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 24.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi o‘rinlarda — Bosh prokuror) va Departament boshlig‘ining buyruqlari Departamentda xizmatni o‘tashning huquqiy asoslari hisoblanadi.
Ushbu Nizomning 66-bandida sanab o‘tilgan xodimlarga martaba darajalari ular egallab turgan lavozimdan qat’i nazar, belgilangan muddatlarda beriladi.
ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan faoliyat xodimga ogohlantirish qilinganidan keyin ham davom ettirilishi;
67. Ushbu Nizomning 66-bandida ko‘rsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan xodimlar, ular saylangan yoki tayinlangan organlardagi mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralaridan foydalanadilar.
Ushbu Nizomning 66-bandida ko‘rsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan xodimlarga ushbu Nizomning III bo‘limida belgilangan tartibda martaba darajalari va harbiy unvonlar, shuningdek, Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasi xodimi guvohnomasi beriladi.
69. Ushbu Nizom 66 — 68-bandlarining amal qilishi Departamentdan ushbu Nizomning 67-bandida ko‘rsatilgan organlarga avval saylangan yoki o‘tgan xodimlarga ham prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan vaqtdan boshlab tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlarnomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va idoralararo hamda xalqaro o‘zaro hamkorlikni ta’minlash

1.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash (keyingi o‘rinlarda — Departament).

Buyruq

2018-yil 1-iyulgacha

Departament

2.

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar soliq (moliyaviy) tergov organlari rahbarlarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga a’zo bo‘lish masalasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

3.

Afg‘oniston Islom Respublikasi, Koreya Respublikasi, Indoneziya Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va boshqa mamlakatlarning vakolatli organlari bilan to‘g‘ri�an-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, muzokaralar olib borish va tegishli bitimlar (memorandumlar) imzolashni nazarda tutuvchi axborot almashinuvini kengaytirish.

Tashkiliy-amaliy

chora-tadbirlar

2018-2019-yillar

Bosh prokuratura, TIV, DXX, Adliya vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, davlat xavfsizlik xizmati raisi va ichki ishlar vazirining quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shma buyrug‘ini ishlab chiqish:

iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashda javobgarlik sohasini chegaralash;

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari axborot departamentiga O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tish to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish mexanizmi;

Departamentning tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tezkor tadbirlar ko‘ruvchi maxsus guruhlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi.

Qo‘shma buyruq

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, DXX, IIV

5.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va davlat soliqqo‘mitasi raisining quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shma buyrug‘ini ishlab chiqish:

soliqhuquqbuzarliklari va jinoyatchilikka qarshi kurashda javobgarlik sohasini chegaralash;

soliq to‘lovchilarni qamrab olish va hisobga olishning to‘liqligini kengaytirishda, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash mexanizmlarini, “yashirin iqtisodiyot”ni shakllantirish yo‘llarini aniqlashda o‘zaro hamkorlik tartibi.

Qo‘shma buyruq

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, DSQ

6.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining quyidagi ma’lumotlar bazalarini Departamentga taqdim etish va muntazam yangilab borish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, jumladan:

“Fuqaroning biometrik pasporti”;

“Yashash guvohnomasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yoki chet davlat fuqarosi uchun”;

“Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yo‘l hujjati”;

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi”;

“Vaqtinchalik va doimiy propiska, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ko‘chirmasi”;

“Yo‘qolgan biometrik hujjatlar haqida ma’lumot”.

Qo‘shma qaror

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, IIV, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

7.

Departamentga “E-kalit” elektron kalitlari orqali “Qidirish” tizimiga real vaqt rejimida kirish imkoniyatini ta’minlash.

Bitim

2018-yil 1-iyulgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, Departament, IIV

8.

Departamentning tezkor bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, Departament, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Departamentga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida sotib olinishi zarur bo‘lgan texnik va maxsus vositalar ro‘yxatini ish�ab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, IIV, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Departament faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobot va sharhlarni muntazam ravishda tele - va radio eshittirishlarni tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Departamentning rasmiy veb-saytida materiallar va maqolalar chop etish orqali e’lon qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-avgustgacha

Departament, manfaatdor

vazirlik va idoralar

II. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish

tizimini yanada takomillashtirish

11.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro tarmoq instituti ishtirokchilarining kelishuvi doirasida moliyaviy razvedka masalalari bilan shug‘ullanuvchi Departament xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, Departament, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Depar�ament xodimlarini moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik, tezkor-qidiruv faoliyati, jismoniy va jangovar tayyorgarlik, maxsus texnik vositalar va o‘qotar qurollardan foydalanish sohalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus kurslarni beg‘araz asosda tashkil etishni nazarda tutuvchi Departament, Bank-moliya akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining qo‘shma buyruqlarni ishlab chiqish.

Qo‘shma buyruq

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, Bank-moliya akademiyasi, IIV akademiyasi

13.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda eng ilg‘or tizimlariga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-sentabrgacha

Bosh prokuratura, TIV

14.

Departament va uning hududiy bo‘linmalarini huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, moliya organlari va tashkilotlari tizimida amaliy ish tajribasiga hamda tahliliy fikrlash, tezkor va axborot-tahliliy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy-amaliy

chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustgacha

Departament, Bosh prokuratura

III. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirish

15.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xavflarni milliy baholashni yo‘lga qo‘yish va o‘tkazish.

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-oktabrgacha

Departament, Markaziy bank, Moliya vazirligi, DXX, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha milliy tizimni o‘zaro baholashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

O‘zbekiston Respublikasining “Egmont” guruhida ishtirok etish doirasidagi majburiyatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyal�shtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018-yil 1-noyabrgacha

Bosh prokuratura, Markaziy bank, Moliya vazirligi, DXX

19.

Pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishini tartibga solish va nazorat qilish chora-tadbirlarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank, Departament, manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Departament tomonidan nazorat idoralari bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan qo‘shma tekshirishlarni o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Departament, manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy j�vobgarlikni kuchaytirish.

Qonun

2018-yil 1-avgustgacha

Departament, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

IV. Departament va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

22.

Departamentga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida Departamentning hududiy boshqarmalariga Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 15-iyulgacha

Departament, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, IIV, DSQ, DBQ, Davyergeodezkadastr qo‘mitasi

23.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga, shuningdek, chet el valyutasining asossiz chiqishi xavfi yuqori bo‘lgan operatsiyalarga qarshi kurashish sohasidagi shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi hisobotlarni saralash va qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun dasturiy mahsulotlarni takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Departament tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish uchun Departamentning Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini server va boshqa uskunalar bilan ta’minlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

V. Departament va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ularning turar joy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash

25.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘larini o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish:

jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish huquqini Departament boshlig‘iga topshirish;

har yili ijtimoiy kafolatlarga (bir martalik to‘lovlar, yo‘llanmalar, foizsiz qarzlar va boshqalar) jamg‘arma mablag‘larining 10 foizigacha ajratish;

xizmat faoliyatida samarali natijalarga erishgan xodimlarni 1 dan 10 baravargacha lavozim maoshi miqdorida rag‘batlantirish;

Departamentning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini moliyalashtirish.

Qo‘shma qaror

2018-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, DSQ

26.

Departament va uning hududiy bo‘linmalarini kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari (raqamli radiostansiyalar, audio, videokonferensaloqa, servyerlar, aloqa kabellari va boshqalar), dasturiy ta’minot, axborot xavfsizligini ta’minlovchi maxsus texnik vositalar va uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-2019 yillar

Departament, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

 LexUZ sharhi
1. 4-bandning uchinchi va beshinchi xatboshlarida “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 1-ilovadagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” bloki “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” bloki bilan almashtirilsin.
5. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi