So‘nggi yillarda aholining turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Biznes yuritishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va institutsiyaviy mexanizmlari takomillashtirilmoqda, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari saqlanib qolmoqda, bu esa olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bozor munosabatlarining bugungi rivoji hamda insofli tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish zarurati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, “xufyona iqtisodiyot”ning shakllanish mexanizmlarini, chet el valyutasining nazoratsiz chiqib ketish kanallarini o‘z vaqtida aniqlashning shakl va usullarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, shuningdek, importni optimallashtirish va milliy tovarlar eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirishni ham talab etmoqda.
Shu munosabat bilan, faoliyati iqtisodiyot rivoji, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy voqelikka to‘liq javob bermayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ldi.
Biznesni yuritish va investitsiyalarni jalb etish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish, shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) etib qayta tashkil qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida iqtisodiy va korrupsiyaviy jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi oqibatida yetkaziladigan iqtisodiy zararning qoplanishini amalga oshiruvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha vorisi hisoblanadi.
birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ikkinchidan, insofli tadbirkorlar, chet el investorlarini ular faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining noqonuniy aralashuvidan himoya qilish, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi sun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yish, importni optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
uchinchidan, budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish;
to‘rtinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksida, bank-moliya, soliq, transport, qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyuta mablag‘lari noqonuniy ravishda chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot”ni shakllantirishning turli sxemalari va kanallarini aniqlash;
oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish;
yettinchidan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining samarali ijro etilishini ta’minlash;
sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashish;
to‘qqizinchidan, iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.
Soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi, Valyutaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi, Iste’mol bozorini himoya qilish bo‘limi, Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi negizida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi negizida Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliy-nazorat bo‘limi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz) import shartnomalarini hamda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari loyihalarini Markaz tomonidan ekspertizadan o‘tkazishda aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risida Departamentga zarur axborotni muntazam ravishda taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament organlari tomonidan o‘tkazilgan taftishlar va tekshiruvlar natijalari bo‘yicha aniqlangan hamda Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasining davlat maqsadli jamg‘armalari daromadiga undirilgan davlat organlari va tashkilotlari, budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarajatlarning, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summasining 10 foizi Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligidan bank hisobvaraqlari va yagona g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha davlat pul mablag‘larining harakatlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘rab olish;
tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash masalalari bo‘yicha davlat tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda belgilangan tartibda tekshiruvlarni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalardan, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, ularni taqsimlashda suiiste’molliklar va korrupsiya holatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni va tushuntirishlarni talab qilib olish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi ma’lumotlarni qabul qilish, umumlashtirish, tahlil qilish, tekshirish va saqlash, shuningdek, yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatma berish, mazkur funksiyani faqat Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasiga yuklash;
Departament zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazasidan foydalanish;
milliy va chet el valyutasidagi budjetdan tashqari mablag‘larni, shuningdek, Departament organlarining depozit hisobvaraqlarida bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish huquqlari berilsin.
Departamentning hududiy tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar bo‘yicha xabarlar olish, ko‘rsatmalar va so‘rovlar yuborishga haqli emas;
mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar ushbu daromadlarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltirgan holda Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlari Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) talablari ijrosi uchun shaxsan javobgardir;
Qoidalarga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda Departament tomonidan, jumladan ushbu Qoidalarni tasdiqlagan organlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar yagona markazlashgan hisobni yuritish va qonun hujjatlariga muvofiq choralarni ko‘rish uchun zarur bo‘lgan valyuta huquqbuzarliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Departamentga taqdim etishi shart;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha jinoyat ishlari Departament tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt huquqbuzarlik sodir etilganligi va yetkazilgan zarar hajmi to‘g‘risida Departamentning xabarini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun o‘tgandan keyingina, shuningdek, ushbu muddat davomida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar shaklidagi davlatga yetkazilgan zarar qoplanmagan taqdirda, shuningdek, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish oqibatlari bartaraf etilmagan va yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganda qo‘zg‘atiladi. Bunda mazkur talab shunga o‘xshash jinoyatlarni muqaddam sodir etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan tovarlarni asossiz ravishda yoki faoliyat turiga mos bo‘lmagan holda import qilish, mamlakat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish, chet el valyutasini noqonuniy tarzda chiqarib yuborish, davlat xaridlarini amalga oshirishda import mahsuloti narxini oshirib yuborish holatlarini aniqlash maqsadida import va eksport tarkibini tahlil qilish yakunlari bo‘yicha, jumladan tegishli statistik ma’lumotlarni taqqoslash orqali qonuniy choralar ko‘rilishini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish maqsadida eksport-import faoliyati sohasidagi korrupsiya holatlarini, byurokratik to‘siqlarni hamda davlat organlari va tashkilotlar xodimlari tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlarini tezkor bo‘linmalar kuchi bilan aniqlashni;
tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, mahalliy ishlab chiqarish va tovarlar eksporti hajmini oshirishni sekinlashtiruvchi normalar, omillar va shart-sharoitlarni aniqlashni, shuningdek, ularni bartaraf etish hamda ushbu sohadagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
bir oy muddatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi shubhali operatsiyalar, shuningdek, chet el valyutasining asossiz chiqib ketishi xavfi yuqori bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni saralash va qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqsin hamda joriy etsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Departament zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda boshqa idoralarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan Departamentning hududiy boshqarmalari foydalanishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbasi etib belgilansin.
a) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Departamentning xarajatlar smetalari va shtat jadvaliga mazkur Farmonga muvofiq o‘zgartishlar kiritsin;
yangi tashkil etilayotgan bo‘linmalarni mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlasin;
Departament xodimlarini o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarganligi uchun moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) ikki oy muddatda Departamentning yangi tashkil etilayotgan tarmoqlari tahliliy va tezkor-qidiruv faoliyati bo‘yicha yuksak ko‘nikmalarga, vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
11. 2018-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashda prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5343-son qarorining 3-bandi birinchi — uchinchi xatboshilari Departament va uning hududiy bo‘linmalari xodimlariga tatbiq etilsin.
Bunda ushbu bandda ko‘rsatilgan tadbirlarni ijro etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Departament Bank-moliya akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan birgalikda Departament xodimlarini moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik, tezkor-qidiruv faoliyati, shuningdek, jismoniy va harbiy tayyorgarlik hamda maxsus texnika vositalaridan va o‘qotar quroldan foydalanish sohalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus kurslarni beg‘araz asosda tashkil etish choralarini ko‘rsin.
14. Departament O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralarning byulletenlari, statistik axborotnomalari majburiy tartibda jo‘natiladigan reyestrga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-5019-son Farmoniga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqadigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritsin;
2018-yil yakunlari bo‘yicha ushbu Farmonning ijro etilishi samaradorligini o‘rgansin hamda zarurat tug‘ilganda Departament faoliyatini va tashkiliy-shtat tuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi):
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) huzurida iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni amalga oshiruvchi, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan iqtisodiy zararning qoplanishini ta’minlovchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Departamentning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
4. Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyani aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha protsessual harakatlarning uzviyligi va izchilligi jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan boshlab uni sudda ko‘rib chiqqunga qadar, Departament va uning hududiy bo‘linmalarining jinoyatlarni tergov qiluvchi hamda ular bo‘yicha sudda davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi barcha darajadagi prokuratura organlari bilan o‘zaro uzviy hamkorligi va harakatlarni muvofiqlashtirish natijasida ta’minlanadi.
Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi);
6. Departament quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchilarga va Bosh prokurorga bo‘ysunuv va hisobdorlik asosida faoliyat ko‘rsatadi.
7. Departament o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
8. Departamentning moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar xisobidan amalga oshiriladi.
Departamentda shakllantirish va foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalar tashkil etiladi.
9. Departament yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
insofli tadbirkorlar, chet el investorlarini ular faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi sun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yish, importni optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarda debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish;
yoqilg‘i-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyutasi mablag‘larini g‘ayrihuquqiy ravishda chiqib ketishi, olib kirish va olib chiqish, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot” shakllanishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini samarali ijro etilishini ta’minlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalaga chiqarilishi bilan bog‘liq g‘ayrihuquqiy harakatlarga qarshi kurashish;
iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarining vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish;
iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.
11. Departament o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) insofli tadbirkorlar, chet el investorlarini ular faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi sun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yish, importni optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish sohasida:
tadbirkorlik subyektlari, chet el investorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarini aniqlaydi, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi sun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yadi;
import va eksport tuzilmasini tahlil qilish, davlat organlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan tovarlarni asossiz ravishda yoki faoliyat turiga mos bo‘lmagan holda import qilish, chet el valyutasini g‘ayrihuquqiy tarzda chiqarib yuborish, davlat xaridlarida import mahsulotlari narxini oshirish holatlarini aniqlash yakunlari bo‘yicha qonuniy choralarni ko‘radi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi korrupsiya holatlarini hamda davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarini tezkor bo‘linmalar kuchi bilan aniqlaydi;
tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi, mahalliy ishlab chiqarish va tovarlar eksporti hajmini oshirishni sekinlashtiruvchi normalar, omillar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, shuningdek, ularni bartaraf qilish va mazkur sohadagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish orqali joylardagi ishlarning haqiqiy ahvolini yashirish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ahvoli to‘g‘risida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish hollarini aniqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
2) budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarda debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish sohasida:
davlat tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan budjet tizimi budjetlari mablag‘larini rastrata qilish, talon-toroj qilish, kamomadlar, noqonuniy sarf qilish, davlat xaridlarida narxlarni oshirish, debitor va kreditor qarzdorliklarni asossiz orttirish holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi;
davlat tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar faoliyatini tekshirish va taftish qilish jarayonida mol-mulk xatlovini, bajarilgan ishlarning nazorat o‘lchovlarini o‘tkazadi;
3) yoqilg‘i-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish sohasida:
a) yoqilg‘i-energetika kompleksining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qo‘yadi:
eksport salohiyatini rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish va ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirish, tovarlar va mahsulotlarni import qilish, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish;
xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, yoqilg‘i-energetika va geologiya-qidiruv tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish;
ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, muqobil energiya ulushi ko‘payishini ta’minlash;
yer qa’rini geologik tadqiq qilish, yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish samaradorligini oshirish, qidiruv va razvedka ishlarini o‘tkazish;
b) ijtimoiy sohaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qo‘yadi:
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik ta’minlash, o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiyot buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning davlat tomonidan narxlarni tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya etishi;
oliy ta’lim muassasalariga kirish va ta’lim olish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar bilan ta’minlash, sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarning, shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashni tashkillashtirish;
aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash;
v) bank-moliya va soliq sohalarining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qo‘yadi:
bank-moliya va soliq qonunchiligiga rioya etish, budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, budjet qoidalari, shuningdek, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etish;
kredit ajratish, boshqa moliyaviy xizmatlarni taqdim etish, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumati va nohukumati tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari, shuningdek, davlat kafolati ostida jalb qilinadigan chet el kreditlaridan maqsadli foydalanish;
bank-moliya muassasalari va sug‘urta kompaniyalarining mahalliylashtirish dasturlari, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlash va eksport salohiyatini rivojlantirishda ishtirok etishi;
g) qurilish va transport sohalarining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qo‘yadi:
qurilish uchun ajratilgan yerlardan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya faoliyati, davlat kadastrini yuritish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashda texnika shartlari va reglamentlariga rioya etish, uy-joy va yo‘l qurilish dasturlari ijrosi;
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlash va eksport salohiyatini rivojlantirish;
fuqarolarga, birinchi navbatda, yosh oilalarga va yetim bolalarga arzon uy-joylar ajratilishi, namunaviy loyihalar bo‘yicha sifatli uy-joy qurilishini ta’minlash;
mahalliy, respublika va xalqaro ahamiyatga molik avtomobil, temiryo‘l yo‘llari, mahalliy va xalqaro aeroportlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
transport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, avtomobil, temiryo‘l va havo transportida yuklarni va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning daraja va sifatini oshirish, xalqaro logistika markazlarini tashkil etish;
4) davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyutasi mablag‘larini g‘ayrihuquqiy ravishda chiqib ketishi, olib kirish va olib chiqish, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot” shakllanishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash sohasida:
davlat tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashadi;
valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar bilan birgalikda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishdagi huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish, oldini olish va profilaktika qilish choralarini ko‘radi;
chet el valyutasi mablag‘larining g‘ayrihuquqiy chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularni noqonuniy muomalada bo‘lish kanallarini o‘rganadi va aniqlaydi;
“xufyona iqtisodiyot” shakllanishining holatlarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘radi, yashirin ishlab chiqarish, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga chek qo‘yadi;
5) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini samarali ijro etilishini ta’minlash sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish alomatlarini aniqlash maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tizimli monitoringi va moliyaviy tahlilini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan ma’lumotlar asosida terrorchilik faoliyatida yoxud ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish va yuritishni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
yetarli asoslar mavjud bo‘lgan hollarda iqtisodiy jinoyatlarni sodir etishda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda, terrorizmni moliyalashtirishda va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish choralarini ko‘radi;
Keyingi tahrirga qarang.
ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish xavflarini baholashni tashkillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;
jalb etilgan vazirlik va idoralarning ishini muvofiqlashtiradi, xavflarni (tavakkalchiliklarni) baholash orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining samarali ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammo va kamchiliklarni tizimli tahlil qiladi, ularni kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlardan kelib tushadigan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qiladi, qayta ishlaydi va ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish uchun ilg‘or dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
6) ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalaga chiqarilishi bilan bog‘liq g‘ayrihuquqiy harakatlarga qarshi kurashish sohasida:
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga (mahalliy ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘i va un, go‘sht, shakar), shuningdek, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narx-navoni asossiz va sun’iy oshirishga, ularga bo‘lgan tanqislik va ajiotaj talabning vujudga keltirishga qaratilgan g‘ayrihuquqiy harakatlarni aniqlash va oldini olish choralarini ko‘radi;
markazlashtirilgan resurslar hisobidan oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasini xarid qilish, yetkazib berish va sotishda korrupsiyaga qarshi kurashadi;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga, shuningdek, paxta shroti va sheluxasini sotishda narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini aniqlangan qonun buzilishlari bo‘yicha materiallarni qonun hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yo‘naltirgan holda tizimli o‘rganadi;
nazorat qiluvchi organlar xodimlari va bozor ma’muriyati tomonidan korrupsiya holatlari, ularning bozorlar faoliyatini tashkil etishning belgilangan tartibiga rioya etilishini ta’minlamaslik, shu jumladan narx-navolarni asossiz va sun’iy oshirish, ularning hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rmaslik holatlarini aniqlash choralarini ko‘radi;
sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini muomalasini aniqlaydi va chek qo‘yadi;
7) iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarining vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida:
xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuv prinsipi asosida iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qiladi va axborotlar ayirboshlashni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida qabul qilingan majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi, xalqaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, Departament faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini tayyorlash va tuzishda takliflar kiritadi va unda ishtirok etadi;
8) iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilish holatlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyani sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Departament va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatiga oid statistika hisobi va hisobotlarni yuritadi, ularning haqqoniyligini ta’minlaydi;
ishning samarali usullarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish choralarini ko‘radi;
Departament faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiladi va axborot xavfsizligini ta’minlaydi;
Bosh prokuratura rahbariyatiga iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish natijalari va muammolari to‘g‘risida axborot beradi;
9) iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish sohasida:
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, jamiyatda iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ularni Departament faoliyati natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminar, brifing, press-konferensiya, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi.
12. Departament va uning hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalar va amalga oshiradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolardan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, ularning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalaridan Departamentga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun zarur axborot, ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rash va bepul olish. Departament tomonidan olingan axborot faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi va oshkora qilinishi mumkin emas;
fuqarolar va mansabdor shaxslarni Departamentning ish yurituvidagi jinoyat ishlari, tergovga qadar tekshirish materiallari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha chaqirish, zarur hujjatlar, ma’lumotlar va ularning nusxalarini bepul olish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligidan bank hisobvaraqlari va yagona g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha davlat pul mablag‘larining harakatlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘rab olish;
yuklatilgan vazifalarni bajarishda moliya, soliq, bojxona va boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlarini amaliy ekspert ko‘magi ko‘rsatish uchun jalb etish;
tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash masalalari bo‘yicha davlat tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda belgilangan tartibda tekshiruvlarni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarida tekshirish va taftish qilish jarayonida mol-mulkni xatlovdan o‘tkazish, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning nazorat o‘lchovlarini amalga oshirish;
davlat tashkilotlari, maqsadli jamg‘armalar va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalardan, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, ularni taqsimlashda suiiste’molliklar va korrupsiya holatlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish;
yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda iqtisodiy jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatma berish;
soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob va hisobotlarning buzilishi yoxud ularning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqadorligi aniqlangan hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning telekommunikatsiya vositalari va kompyuter ma’lumotlar bazalariga kirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarning hujjatlari bilan tanishish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi masalasi bo‘yicha tekshiruv tadbirlarini amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun buzilishi holatlari haqidagi murojaatlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish;
tekshirish, tadqiqot va ekspertiza o‘tkazish uchun tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qo‘yish;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslardan va fuqarolardan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasi narxlarining asossiz va sun’iy oshirilishi, narx-navoni manipulatsiya qilish, ularga sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’molliklar va korrupsiya holatlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narxlarni asossiz va sun’iy oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tekshirish hisoblanmaydigan tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralarning vakillarini ekspert sifatida, shuningdek xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan yalpi majlislar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini shakllantirishda jalb qilish;
Departament vakolatiga kiritilgan ishlar bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergovga qadar tekshirish va surishtiruv olib borish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;
Departamentning hududiy boshqarmalarida tergovga kadar tekshiruv va surishtiruv olib borilishini, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga aniqlangan qonun buzilishlari bo‘yicha ularni sodir etishga imkon yaratgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashish;
davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarga rioya qilish sharti bilan tegishli ekspertizalar o‘tkazish, o‘quv dasturlari, metodik hujjatlar, dasturiy va axborot ta’minotini ishlab chiqish, moliyaviy monitoring sohasida axborot tizimlarini yaratish uchun ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarni, alohida mutaxassislarni, shu jumladan, shartnoma asosida ishga jalb qilish;
milliy va xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari bo‘sh mablag‘larini, shu jumladan, Departament depozit hisob raqamlarida mavjud mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit raqamlariga joylashtirish.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ma’lumotlarni qabul qilish, umumlashtirish, tahlil qilish, tekshirish va saqlash, shuningdek pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatma berish Departamentda faqat Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Departamentning hududiy bo‘linmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar bo‘yicha xabarlarni olish, ko‘rsatma va so‘rovlarni yuborishga haqli emas.
Departament tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari, xususan, tahliliy materiallar, tekshiruv xaridlari yoki nazorat xaridlari natijalari bo‘yicha olingan tovar yoki kassa cheklari, shuningdek, qonun buzilishini tasdiqlovchi cheklarni bermaslik holatlari, keyinchalik qonunbuzarlikning keng miqyosini, narxlarni asossiz va sun’iy oshirish usullari va mexanizmlarini aniqlash maqsadida, zarur hollarda, vakolatli organning maxsus ruxsati talab etilmagan holda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun asos hisoblanadi.
Departament xodimlari davlat, xizmat, tijorat sirini, jismoniy shaxslarning omonatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sirini va ular o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olgan boshqa axborotni sir saqlashlari shart. Sir oshkor qilingan taqdirda xodim qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
Departament hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshlig‘i huquqlariga ega bo‘ladi.
14. Bosh prokuror va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar Departament va uning hududiy bo‘linmalarining Departament yuklatilgan funksiya va vazifalarni ijro etish bo‘yicha faoliyati ustidan va prokuror vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
15. Departament xodimlari o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
16. Xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Departamentga Bosh prokuror taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega;
mavqeyi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosariga tenglashtirilgan;
Departament vakolatlariga oid masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari;
Departament, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida takliflar;
mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma;
d) Departament va uning hududiy bo‘linmalari shtat jadvalini, Departamentning markaziy apparati boshqarmalari va bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
e) o‘z vakolatlari doirasida Departamentning faoliyatini tashkil etish masalalariga oid, ijrosi barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;
j) ajratilgan mablag‘lar doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament xodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantirishlarni to‘lash tartibi va shartlarni belgilaydi;
i) Departament kuchlarini va mablag‘larini samarali taqsimlashni tashkil qiladi, shu jumladan ayrim vazifalarni bajaruvchi xodimlarni Departamentga yuklatilgan boshqa ishlarga jalb qiladi;
l) chet el davlatlari vakolatli organlari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar va boshqa shartnomalar tuzadi;
20. Departament boshlig‘i yo‘qligida vakolatlarini uning o‘rinbosarlaridan biri Bosh prokuror buyrug‘iga ko‘ra amalga oshiradi.
Departament markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan;
Departament markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari Bosh prokuror bilan kelishilgan holda Departament boshlig‘i tomonidan;
Departament markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarining boshqa xodimlari Departament boshlig‘i tomonidan;
Departament tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari o‘rinbosarlari Departament boshlig‘i bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan;
Departament hududiy bo‘linmalarining boshqa xodimlari Departament hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Departament xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda, ajratilgan budjet mablag‘lari, Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
23. Departamentning ko‘rsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarini bajarmaslik, shuningdek Departament faoliyatiga aralashish va uning xodimlariga, yuklatilgan vazifa va vakolatlarni bajarishga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi hamda qonunda belgilangan javobgarlikka olib keladi.
24. Departamentni tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida (keyingi o‘rinlarda — Departament) xizmatga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tartibini, martaba darajalarini berish va undan mahrum etish, Departament xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi o‘rinlarda — Bosh prokuror) va Departament boshlig‘ining buyruqlari Departamentda xizmatni o‘tashning huquqiy asoslari hisoblanadi.
Ushbu Nizom Departamentning martaba darajalariga ega bo‘lgan barcha xodimlariga (keyingi o‘rinlarda — xodimlar), shuningdek, sinov muddatidan o‘tgan shaxslarga nisbatan amal qiladi.
Departamentdagi xizmat faoliyati qonuniylik, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish va ularga rioya qilish, oshkoralik, nazoratda bo‘lish va hisobdorlik tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Xodimlar Bosh prokuror tomonidan belgilanadigan tartibda prokuratura organlari o‘quv muassasalari va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tadi.
4. Departamentga yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida 5 yil ish tajribasiga hamda zarur kasbiy va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishga qodir bo‘lgan mutaxassislar xizmatga qabul qilinadi.
Departamentga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish maqsadida tekshiruv, shuningdek, maxsus komissiya tomonidan albatta ularning bilim darajasi, zarur kasbiy ko‘nikmalar va ish qobiliyatining mavjudligini aniqlashga qaratilgan suhbat o‘tkaziladi.
Alohida hollarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa organlarning yuqori malakali mutaxassislari majburiy suhbat va sinov muddatini o‘tamasdan Departamentga xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Departamentga xizmatga qabul qilishda sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga layoqatli ekanini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
5. Departamentga birinchi marta xizmatga qabul qilinadigan shaxslarga uch oygacha bo‘lgan sinov muddati belgilanadi.
Sinov muddati vaqti muayyan davr ishlaganlik uchun ustamalar to‘lash va pensiya tayinlash huquqini beruvchi Departamentdagi ish stajiga qo‘shiladi.
agar ularning talablarga mos kelmasligi aniqlansa, Departament bo‘linmalari rahbariyatining tashabbusi bilan;
xizmatga qabul qilingan shaxsning tashabbusi bilan (o‘z xohishiga ko‘ra, oilaviy sharoiti va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra).
6. Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Departament boshlig‘i yoki Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) vakolati doirasidagi buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.
Departament Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga muvofiq Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Departament Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari Bosh prokuror bilan kelishilgan holda Departament boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Departament Markaziy apparatining boshqa xodimlari, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari Departament boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hududiy boshqarmalar bo‘lim boshliqlarining o‘rinbosarlari va tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari Departament boshlig‘i bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hududiy boshqarmalarning boshqa xodimlari hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi, sud yoki boshqa davlat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan bo‘shatilgan bo‘lsa Departamentga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
Departamentga xizmatga kirishda xodimlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
8. Departament organlarida o‘zaro yaqin qarindoshlikda bo‘lgan xodimlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), agar ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, birgalikda xizmat qilishlari taqiqlanadi.
9. Xodimlar haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullana olmaydi. Ular faqat asosiy ishdan bo‘sh vaqtlarida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
10. Xodimlar lavozimlari ro‘yxati Departament boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
Departament faoliyatining ichki tizimli tashkil etilishi Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan Departament Reglamenti hamda hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi.
11. Departamentga birinchi marta xizmatga qabul qilingan xodim quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“O‘z xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishlariga qarshi murosasiz kurashishga, fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali ravishda qasamyod qilaman”.
12. Xodimlar Departamentda xizmatni o‘tash davrida Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan prokuratura organlari xodimining kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.
Prokuratura organlari xodimining kasb odobnomasi talablarini buzish qonunchilikda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Qayd etilgan qoidalar buzilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi davrida xodim vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Xizmat tekshiruvi o‘tkazish va xodimni vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishdan chetlatish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
13. Xodimlarning xizmat pog‘onalarida yuqorilab borishi ularning ishchanlik va shaxsiy sifatlari, topshirilgan sohada erishgan natijalari va professional tayyorgarligiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda xodimning yuqori lavozimga tayinlanishga roziligi talab qilinmaydi.
14. Poraxo‘rlik va boshqa suiiste’molchiliklarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam o‘rganish, shuningdek, Departament organlari faoliyatining turli yo‘nalishlarida malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlarning lavozimlarini o‘zgartirish (rotatsiya) o‘tkaziladi.
Xodimlar rotatsiyasi, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan keyin amalga oshiriladi.
15. Xodimlarga Bosh prokuror tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
Guvohnoma lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli buyruq chiqarilgandan keyin prokuratura organi yoki Departament rahbarining yoki ularning o‘rinbosarlari imzosi qo‘yilgan holda beriladi.
Departament boshlig‘iga xizmat guvohnomasi o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan beriladi.
Xodim guvohnomadan egallab turgan lavozimda xizmatni o‘tashning butun muddati mobaynida xizmat maqsadlarida foydalanadi. Lavozim yoki martaba darajalari o‘zgargan taqdirda xodimga yangi guvohnoma beriladi.
Guvohnomaning xodim aybi bilan yo‘qotilishi lavozimdagi nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi va intizomiy javobgarlik qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin. Guvohnoma yo‘qotilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
16. Xodimning egallab turgan lavozimiga xizmat bo‘yicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Bosh prokurorning buyrug‘i bilan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya o‘tkaziladi.
Attestatsiya o‘tkazishda attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimning kasbiga munosibligi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi, shuningdek, uning bundan buyon xizmat qilishiga va martaba darajalari berishga doir takliflar ko‘rib chiqiladi.
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi attestatsiya komissiyasi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Bosh prokuratura), Departament boshlig‘ining va hududiy boshqarmalar boshliqlarining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadigan xodimlar esa — tegishlicha Departamentning va hududiy boshqarmalarning attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.
17. Martaba darajalarini berish xodimning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda va egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq izchil tartibda amalga oshiriladi.
3-darajali davlat adliya maslahatchisi — Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlariga;
adliya katta maslahatchisi — Departament boshliqlari, boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, maxsus bo‘lim katta inspektori, Departament markaziy apparati katta kriminalisti, Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
adliya maslahatchisi — bo‘lim boshliqlarining o‘rinbosarlari, bosh inspektorlar, bosh auditorlar, Departament markaziy apparati bosh surishtiruvchilari, Departament boshlig‘ining yordamchisi, hududiy boshqarmalar boshliqlarining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha katta inspektor, kadrlar bo‘yicha katta inspektor, maxsus bo‘lim katta inspektori, tezkor-qidiruv faoliyatini hisobga olish sektori katta inspektori, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektor, katta kriminalist, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektori, hududiy boshqarmalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha katta inspektori, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlariga;
adliya kichik maslahatchisi — katta inspektorlar, inspektorlar, katta surishtiruvchilar, katta taftishchilar, Departament markaziy apparati kriminalistlari, bo‘linmalar boshliqlari va bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari, bosh surishtiruvchilar, hududiy boshqarmalar bosh taftishchilari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlariga;
1-darajali yurist — katta inspektorlar, inspektorlar, katta surishtiruvchilar, surishtiruvchilar, katta taftishchilar, hududiy boshqarmalar taftishchilari va kriminalistlari, katta surishtiruvchilar va tuman (shahar) bo‘limlarining katta inspektorlariga;
Ushbu Nizomning 66-bandida sanab o‘tilgan xodimlarga martaba darajalari ular egallab turgan lavozimdan qat’i nazar, belgilangan muddatlarda beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqaruv xodimlari sifatida ishlagan davri martaba darajalarini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga kiritiladi.
Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlariga martaba darajalari Bosh prokuror tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi rahbarining tavsiyanomasiga asosan beriladi.
Xodimlarning 2-, 3-darajali davlat adliya maslahatchisi va adliya katta maslahatchisi martaba darajalarida bo‘lish muddatlari belgilanmaydi.
21. 2- va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi martaba darajalari Bosh prokurorning taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Boshqa martaba darajalari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra Bosh prokuror tomonidan beriladi.
Departament organlariga birinchi marta xizmatga qabul qilingan va martaba darajalariga ega bo‘lmagan xodimlarga 3-darajali yurist martaba darajasi, ular attestatsiyadan o‘tgandan so‘ng beriladi.
22. Navbatdagi adliya katta maslahatchisi martaba darajasi, qoidaga ko‘ra, prokuratura organlari va boshqa davlat organlarining ta’lim muassasalarida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash dasturini muvaffaqiyatli tugatgan xodimlarga beriladi.
Adliya katta maslahatchisi martaba darajasi, istisno tariqasida, fidokorona mehnati va namuna ko‘rsatgan xodimlarga alohida xizmatlari uchun ham berilishi mumkin.
23. Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va o‘zga tashkilotlardan Departamentga ishga o‘tgan xodimlarga martaba darajalari ularning Departamentda tayinlangan lavozimi, oldingi unvoni yoki ish tajribasi hisobga olingan holda beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
alohida hollarda xodimlarga xizmat majburiyatlarini namunali bajarganligi uchun navbatdagi martaba darajalarini belgilangan muddat tugamasdan avval berish;
yuqoriroq lavozimga tayinlaganda martaba darajasini ketma-ketlikka rioya qilmasdan navbatdan tashqari, lekin xodim egallab turgan martaba darajasidan ko‘pi bilan ikki pog‘ona yuqori darajani berish;
attestatsiyadan o‘tishi talab etilmaydigan xodimlarga ishda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun martaba darajalarini berish.
25. Martaba darajalari berilgan xodimlari mazkur darajaga umrbod ega bo‘lib qoladilar. Xodim sha’niga putur yetadigan nojo‘ya hatti-harakatlari uchun Departamentdan bo‘shatilganda martaba darajasidan mahrum etilishi mumkin. Xodim tomonidan xizmat burchini qo‘pol ravishda buzilganda yoki noloyiq xulq-atvori uchun uning martaba darajasi pasaytirilishi mumkin.
26. Xodimlarni oliy martaba darajalaridan mahrum etish yoki ularning oliy martaba darajalarini pasaytirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa martaba darajalari Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
27. Martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi.
28. Martaba darajasiga ega bo‘lgan xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishda prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan farqlovchi belgilari bo‘lgan formali kiyim-bosh kiyadilar.
Formali kiyim-bosh bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Martaba darajalariga ega bo‘lib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan bo‘shagan, shuningdek, prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan xodimlar o‘tkaziladigan tantanalar va rasmiy tadbirlarda farqlovchi belgilari bo‘lgan formali kiyim-boshni kiyib yurish huquqini saqlab qoladi.
29. Xodimlar xizmatdagi tashabbuskorliklari va tezkorligi, xizmat majburiyatlarini vijdonan va namunali bajarganliklari uchun rag‘batlantiriladilar.
navbatdan tashqari martaba darajasi yoki navbatdagi martaba darajasini belgilangan muddat tugagunga qadar yoxud egallab turgan lavozimidan qat’i nazar berish;
Bosh prokurorning hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i bilan;
tegishlicha Bosh prokuror, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan prokuratura organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan rag‘batlantirish turlari bilan.
Xodimlar alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
Departament boshlig‘i buyruq bilan Moliya vazirligi birgalikda tasdiqlangan alohida Nizomga muvofiq oddiy xodimdan boshlab Departament boshlig‘i o‘rinbosarigacha xodimlarning lavozim maoshlariga bir yillik lavozim maoshi miqdorida rag‘batlantirish shaklida mukofotlash ustamalarini belgilash huquqiga ega.
Departament va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini rag‘batlantirish Departament o‘z funksiyalarini bajarishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Agar Departament tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltirilgan mablag‘lar Departamentning ish haqi fondi miqdoridan ortiq bo‘lmasa va uning xodimlarining ish haqini qoplamasa xodimlarga mukofotlash ustamalari to‘lanmaydi.
31. Intizomiy jazo olgan xodimlar faqat oldin berilgan intizomiy jazoni olib tashlash shaklida rag‘batlantirilishi mumkin.
tashakkurnoma e’lon qilish, pul mukofoti yoki sovg‘a bilan rag‘batlantirish, muqaddam berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugagunga qadar olib tashlash Bosh prokuror, Departament boshlig‘i va hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
qimmatbaho sovg‘a, Bosh prokurorning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlash, navbatdan tashqari martaba darajasi yoki navbatdagi martaba darajasini belgilangan muddatdan oldin, yoxud egallab turgan lavozimidan qat’i nazar berish, “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi”, I, II, III darajali “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash, shuningdek, Bosh prokuror hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlash, O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etish Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
33. Rag‘batlantirish to‘g‘risida buyruq chiqariladi va bu to‘g‘risida rag‘batlantirilayotgan xodimga e’lon qilinadi, zarur hollarda esa Departamentning barcha xodimlari e’tiboriga yetkaziladi. Rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi xodimning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
34. Departament boshlig‘i istisno tariqasida boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini rag‘batlantirish huquqiga ega.
35. Xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar o‘z xizmat majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki Departament xodimi degan nomga dog‘ tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun qo‘llaniladi.
xizmat majburiyatlarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun xizmatdan bo‘shatish.
37. Bosh prokuror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan martaba darajalarida pasaytirishdan tashqari intizomiy jazoning barcha turlarini qo‘llashga haqlidir.
Departament boshlig‘i va hududiy boshqarmalar boshliqlari o‘z bo‘ysinuvidagi xodimlarga nisbatan hayfsan va jarima shaklidagi intizomiy jazolarni qo‘llashlari mumkin. Bundan tashqari, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kelishish qoidalariga rioya qilgan holda xizmatga qabul qilish huquqi o‘z vakolatlariga kiruvchi xodimlarning lavozimini pasaytirishi yoxud ishdan bo‘shatishi mumkin.
38. Intizomiy jazo qo‘llash masalasini hal etayotgan rahbar sodir etilgan xatti-harakatni shaxsan o‘zi o‘rganib chiqishi shart. Zarur hollarda xizmat tekshiruvi tayinlanishi mumkin.
Intizomiy jazo qo‘llangunga qadar xodimdan tushuntirish xati talab qilib olinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning sodir etgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.
Intizomiy jazo bevosita aniqlangan nojo‘ya xatti-harakat uchun, biroq qilmish aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qo‘llaniladi, bu muddatga xodimning kasal yoki mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti kirmaydi.
Intizomiy jazo qilmish sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tgach, xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha esa — u sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan keyin qo‘llanishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarga jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish vaqti kirmaydi.
Intizomiy jazo buyruq bilan beriladi va u xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi hamda uning shaxsiy yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi. Xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruq Departamentning tegishli bo‘linmasi xodimlariga, zarur hollarda esa barcha xodimlarga ham e’lon qilinishi mumkin.
Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlangan xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda, intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruq nusxasi Bosh prokuraturaga yuboriladi.
39. Bosh prokuror, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida Departament boshlig‘i, buyruqda o‘z qarorini asoslagan holda, intizomiy jazoni bekor qilish, uni kuchaytirish yoki yengillashtirish huquqiga ega. Agar intizomiy jazo chorasi sifatida asossiz ishdan bo‘shatish qo‘llangan bo‘lsa, u holda Bosh prokuror yoki Departament boshlig‘i ishdan bo‘shatishni asossiz deb topib, xodimni ilgarigi lavozimiga tiklash va unga majburiy progul vaqti uchun, biroq ko‘pi bilan bir yildan ortiq bo‘lmagan davrga o‘rtacha ish haqini to‘lash to‘g‘risida buyruq chiqaradilar.
40. Xodim intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida qayta intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Qo‘llanilgan intizomiy jazo agar xodim o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarib, xizmatda o‘rnak ko‘rsatsa, bu haqdagi buyruq qabul qilingan kundan kamida olti oy o‘tgach, ushbu jazoni qo‘llagan mansabdor shaxs, Departament boshlig‘i yoki Bosh prokuror tomonidan olib tashlanishi mumkin.
41. Intizomiy jazo mavjudligi xodimning lavozim bo‘yicha yuqori ko‘tarilishiga yoki unga martaba darajasi berilishiga, shuningdek, rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga kiritilishiga (bo‘lishiga) to‘sqinlik qiluvchi holat hisoblanadi.
42. Intizomiy jazolar qo‘llashda o‘zlariga berilgan vakolatlarni oshirib yuborgan yoki ularni zarur darajada qo‘llamagan Departament boshlig‘i, hududiy boshqarmalar boshliqlari Bosh prokuror oldida javob beradilar.
43. Xodimga nisbatan qo‘llangan intizomiy jazo yuzasidan intizomiy jazo qo‘llanganligi to‘g‘risidagi buyruq xodimga e’lon qilingandan keyin ikki hafta muddatda Bosh prokurorga yoki Departament boshlig‘iga shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyat u tushgan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda, qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda esa — u tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Xizmat vazifasini bajarish vaqtida xodimni ushlab turishga, shaxsiy tintuv o‘tkazishga, uning narsalarini va foydalanayotgan transportini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xodimlarga, shuningdek, Departamentda xizmat majburiyatlarini bajarish jarayonida sodir etgan qilmishlari uchun xizmatdan bo‘shatilgan xodimlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hamda Departament organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklari uchun javobgarlik masalasi Bosh prokuror, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Kadrlar zaxirasini shakllantirishdan asosiy maqsad Departament organlariga zarur kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslarning xizmatga qabul qilinishi, rahbarlik lavozimlariga yuklatilgan vazifalarni professional va samarali amalga oshirish uchun boshqaruvchilik qobiliyatiga ega xodimlar taqdim etilishini ta’minlash, shuningdek, ularni tarbiyalash, o‘qitish va joy-joyiga qo‘yishdan iborat.
Departament organlarining kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan ishlash kollegiallik va xolislik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.
46. Quyidagilar kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan ishlash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
Departament organlariga ushbu Nizom bilan belgilangan talablarga javob beradigan shaxslarni xizmatga qabul qilish;
xodimlarning nazariy bilimlari, amaliy va axborot-tahlil ko‘nikmalarini yuksaltirish, ishchanlik va professional sifatlarini takomillashtirish, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tezkor-qidiruv faoliyatining zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirish;
yuqori lavozimlar uchun mas’uliyatli, malakali hamda kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlarni tanlab olish va ularni kadrlar zaxirasiga kiritish;
kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni qayta tayyorlash va tarbiyalash, shuningdek, ularda boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish;
Departament tizimidagi yuqori lavozimlarga, qoidaga k, kadrlar zaxirasida turgan xodimlar tayinlanadi.
Kadrlar zaxirasi bilan ishlash jarayonida, ularni kelgusida Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari lavozimiga ko‘tarish maqsadida Departament organlari rahbar xodimlarini tanlash va tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.
hududiy boshqarmalar katta inspektorlari, inspektorlari, bosh surishtiruvchilari, katta surishtiruvchilari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, taftishchilari lavozimlariga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi;
hududiy boshqarmalardagi tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari va boshliqlarining o‘rinbosarlari lavozimlariga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan lavozimlarga, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi;
Departament tarkibiy bo‘linmalarining bosh inspektorlari, katta inspektorlari, bosh surishtiruvchilari, katta surishtiruvchilari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari va katta kriminalisti lavozimlariga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi;
Departament boshlig‘i, Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, Departament tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi.
48. Rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun mezon bo‘lib, Departament tizimidagi rahbarlik lavozimlarida yuklatilgan vazifalarni bajara olish uchun zarur ko‘nikma va sifatlarga egaligi hisoblanadi.
Bunda Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Departamentning Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimlari kadrlar zaxirasiga zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini vijdonan bajaradigan, tegishli dunyoqarashga, nazariy bilimlarga, ijobiy shaxsiy va ishchanlik sifatlariga, turli lavozimlardagi amaliy ish tajribasiga, tashkiliy-tahliliy qobiliyatga, qat’iylik, prinsipiallik va mas’ullik hissiga ega bo‘lgan xodimlar kiritiladi.
49. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Departament boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, Departament Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek, prokuratura va Departament organlarining attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.
Departamentning kadrlar bo‘limi tomonidan Departament organlarining shaxsiy tarkib bo‘yicha inspeksiyasi va boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda eng mas’uliyatli, malakali va tayyorlangan xodimlarni xizmat bo‘yicha yuqoriga ko‘tarishni ta’minlash maqsadida kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni o‘rganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash, mavjud vakansiyalardan qat’i nazar tizimli asosda olib boriladi. Rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibi bir yilda kamida bir marotaba shakllantiriladi.
Departament boshlig‘i, Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalarning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, Departament markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari lavozimlariga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi Bosh prokuraturaning Kadrlar boshqarmasi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi va Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentdagi qolgan lavozimlarga kadrlar zaxirasi, tegishli ravishda, Departamentning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining tezkor yig‘ilishlarida tasdiqlanadi.
Departamentga xizmatga qabul qilish uchun nomzodlar zaxirasi Departamentning hamda hududiy boshqarmalarning kadrlar bo‘limi tomonidan, ushbu Nizom talablariga javob beradigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, Departament organlari ish yurituvchilari hamda mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
51. Departamentning kadrlar zaxirasini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslari kadrlar zaxirasiga nomzodlarni taqdim etish bo‘yicha ishlarning to‘g‘ri tashkil etilishi va uning xolisona shakllantirilishi uchun to‘liq javobgardirlar.
52. Kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan ishlash ushbu Nizom hamda Bosh prokurorning buyruqlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
53. Xodimlarning pul ta’minoti lavozim maoshi, martaba darajasi uchun har oylik qo‘shimcha to‘lovlar, ko‘p yillik xizmat uchun to‘lanadigan ustamalar hamda qonunchilikda va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan tartib va miqdorlardagi to‘lovlardan iborat.
Xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2065-son qarori normalari tatbiq etiladi.
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari va xodimlarning lavozim maoshlariga mehnatning alohida shart-sharoitlari uchun oylik ustamalar miqdorlari ushbu Nizomga 1 — 5-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
Ko‘p yillik xizmati uchun ustamani hisoblash huquqini beruvchi maxsus staj Bosh prokurorning buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga ko‘p yillik xizmati uchun ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
54. Xodimlarga davomiyligi 30 kalendar kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. 15 yildan ortiq umumiy ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga:
Xodimlarni har yilgi navbatdagi ta’tildan chaqirib olishga xizmat bo‘yicha o‘ta zarur hollarda, xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ta’tilning foydalanilmagan qismi kech muddatlarga o‘tkaziladi.
Xodimlar soni yoki shtati qisqarganligi (tashkiliy-shtat tadbirlari), kasalligi, pensiyaga chiqishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra, haq to‘lanadigan navbatdagi yillik mehnat ta’tili beriladi, undan foydalanilmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Xodim xizmat o‘tashni tugatganda foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
55. Oilaviy holatlar, shuningdek, boshqa uzrli sabablar bo‘yicha xodimlarga navbatdagi ta’til hisobiga hisoblanmaydigan ish haqi saqlanmaydigan qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin.
Yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga belgilangan tartibda ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatiladi.
57. Xodimlar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
58. Faoliyat ko‘rsatayotgan va pensiyaga chiqish munosabati bilan xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar, shuningdek, ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy muassasalarida tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish huquqiga ega.
59. Xodimlar xizmat safarlariga yuborilganda barcha turdagi transport vositalariga yo‘l chiptalari va mehmonxonalarda joylarni band qilish, egallash va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.
Xodimlarni tergov guruhlariga jalb etish Bosh prokuratura rahbariyati, Departament boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining yozma ko‘rsatmalari asosida amalga oshiriladi.
Zarur hollarda xizmat safari muddati yuqorida ko‘rsatilgan rahbarlarning yozma ko‘rsatmalari bilan uzaytirilishi mumkin.
Xizmat safarning umumiy muddati, uning muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, xodim boshida jalb qilingan ish bo‘yicha dastlabki tergov muddatlaridan oshmasligi kerak.
60. Xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ining majburiy davlat sug‘urtasi, belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Xizmatni o‘tashni taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
Bosh prokuror, Departament boshlig‘i va hududiy boshqarmalar boshliqlarining tashabbusi bilan xizmat o‘tashni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
xizmatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, Departament organlari xodimlarining (shtatlar) soni qisqarishi yoki xizmat xususiyatining o‘zgarishi;
xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘iga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli;
xodim tomonidan o‘z xizmat majburiyatlarini muntazam ravishda buzilishi. Xizmat majburiyatlarini muntazam ravishda buzish deb xodim ilgari sodir etgan xizmat vazifalarining buzganligi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida intizomiy qoidabuzarlikni takroran sodir etishi hisoblanadi (agar jazo muddatidan ilgari olib tashlangan bo‘lmasa);
xodimning keyinchalik xizmatni unga taklif etilgan lavozimlarda, shu jumladan yuqori turuvchi lavozimga o‘tish va rotatsiya bo‘yicha o‘tashni rad etish sababli xodimning kadrlar bo‘limi ixtiyorida bo‘lishidan bir oy o‘tgandan keyin;
ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan faoliyat xodimga ogohlantirish qilinganidan keyin ham davom ettirilishi;
62. Departamentda xodimlarning xizmatda bo‘lishlari uchun cheklangan yosh chegarasi erkaklar uchun 60 va ayollar uchun 55 yosh.
Xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshiga yetgan, yuksak kasbiy tayyorgarlikka va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, sog‘lig‘iga ko‘ra unga yuklangan majburiyatlarni bajarishga qodir bo‘lgan xodim Bosh prokurorning roziligi bilan Departamentda xizmatni davom ettirishi mumkin.
63. Egallab turgan lavozimidan ozod etilgan xodim oxirgi xizmat joyidagi o‘rtacha oylik maoshi saqlangan holda kadrlar bo‘limi ixtiyorida qoladi. Uni kelgusidagi xizmat vazifasiga tayinlash masalasi egallab turgan lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan paytdan boshlab bir oydan kech bo‘lmagan muddatda hal etilishi kerak (ushbu muddatga xodimning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri kirmaydi).
65. Pensiyaga chiqqan xodimlarga Bosh prokuror tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha pensiya guvohnomasi beriladi.
66. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylangan (tayinlangan) yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga tayinlash yoki tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori yoki taqdimnomasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga o‘tgan yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Rais o‘rinbosari, viloyat, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimi yoki hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va tasdiqlangan Departament xodimi Bosh prokurorning buyrug‘i bilan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
Boshqa davlat organlari va tashkilotlariga ishga o‘tgan xodim alohida hollarda, Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi taklifiga asosan Bosh prokurorning buyrug‘i bilan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
Xodimning ushbu bandda ko‘rsatilgan mazkur faoliyat muddati navbatdagi martaba darajasini berish huquqini beruvchi, ko‘p yillik xizmati uchun to‘lanadigan ustamani to‘lash, maoshini belgilash, pullik ta’minot va pensiya tayinlash uchun Departamentdagi xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
67. Ushbu Nizomning 66-bandida ko‘rsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan xodimlar, ular saylangan yoki tayinlangan organlardagi mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralaridan foydalanadilar.
Ushbu Nizomning 66-bandida ko‘rsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan xodimlarga ushbu Nizomning III bo‘limida belgilangan tartibda martaba darajalari va harbiy unvonlar, shuningdek, Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasi xodimi guvohnomasi beriladi.
Soliq imtiyozlari va moliyaviy imtiyozlar, shuningdek, boshqa moddiy afzalliklarning qo‘llanilishi xodim saylangan yoki tayinlangan organ tomonidan mazkur organda amalda bo‘lgan lavozim maoshi va boshqa to‘lovlar miqdori saqlangan holda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, bunday xodimlarga mavjud martaba darajalari uchun qo‘shimcha to‘lovlar, ko‘p yillik xizmati uchun ustamalar hamda Departament xodimlari uchun belgilangan mehnatning alohida sharoitlari uchun har oylik ustamaning o‘rtacha miqdori to‘lanadi.
68. Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga o‘tkazilgan xizmatni o‘tashni tugatgan xodimlar, shuningdek, ularning oila a’zolari bevosita Departament organlarida xizmat o‘tashni tugatgan xodimlar va ularning oila a’zolari kabi huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar.
69. Ushbu Nizom 66 — 68-bandlarining amal qilishi Departamentdan ushbu Nizomning 67-bandida ko‘rsatilgan organlarga avval saylangan yoki o‘tgan xodimlarga ham prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan vaqtdan boshlab tatbiq etiladi.
70. Amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan xodimlarga ularning boshqa davlat organlari va tashkilotlaridagi vakolat muddatlari tugaganidan so‘ng, muqaddam Departament organlarida egallagan yoki unga teng lavozim berilishi kafolatlari ta’minlanadi, xodimning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoki sog‘lig‘i holatiga yoxud mehnat (xizmat) majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno.
71. Ishdan noqonuniy bo‘shatilgan, boshqa lavozimga o‘tkazilgan, martaba darajasidan mahrum etilgan xodimlar muqaddam egallagan lavozimiga va martaba darajasida qayta tiklanadi yoki boshqa teng lavozimga tayinlanadi.
Departamentga ishga tiklangan xodimlarning majburiy progul vaqti ularga ko‘p yillik xizmati uchun ustama belgilash huquqini beruvchi stajga hamda navbatdagi martaba darajasini berish muddatiga qo‘shiladi.
LexUZ sharhi
LexUZ sharhi
1. 4-bandning uchinchi va beshinchi xatboshlarida “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
zarur hollarda, prokuratura organlari, shu jumladan Harbiy prokuratura va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida o‘zgartishlar kiritish;
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan me’yorlarga muvofiq Majburiy ijro byurosini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan prokuratura organlari uchun qo‘shimcha yordamchi personal shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.”
“7. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin”.
4. 1-ilovadagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” bloki “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” bloki bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi PF-4148-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-331-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 291-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-son qarori.