Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son — 2021-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
Institutga istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursi bo‘yicha bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan qabul kvotasi 120 nafar (birinchi yarim yillikda 60 nafar tinglovchilar qabul qilinadi) va o‘quv jarayoni to‘rt oy etib belgilanadi hamda malaka oshirish kurslarining qabul kvotasi buyurtma asosida tashkil etilib, uning o‘quv jarayoni muddati bir oygachani tashkil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qabul kvotalariga muvofiq tinglovchilarni qayta tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi buyurtmasi asosida tashkil etiladigan malaka oshirish o‘quv kurslari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Institutda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlarining buyurtmasi, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etiladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Institutning qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv rejalari hamda dasturlarini shakllantirishda amaliy yordam berilishini ta’minlasin.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati zimmasiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
2. Institutga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish qayta tayyorlash (to‘rt oylik) va malaka oshirish (bir oygacha) shaklida amalga oshiriladi.
3. Institutga tinglovchilarni qayta tayyorlash bo‘yicha qabul qilishning har yilgi kvotasi 120 nafar (birinchi yarim yillikda 60 nafar tinglovchilar qabul qilinadi) etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Institutning malaka oshirish o‘quv kurslariga tinglovchilarni qabul qilishning har yilgi kvotasi Institut bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
5. Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslari bitiruvchilari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari tizimlaridagi rahbar kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda Institut va Agentlik tomonidan ularning lavozimi oshishi monitoringi yuritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Malaka oshirish o‘quv kurslari bitiruvchilari ish faoliyatidan kelib chiqqan holda yuqori lavozimlarga tavsiya etilishi mumkin.
6. Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, oliy ma’lumotli va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislari test sinovi va suhbat orqali ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.
7. Tinglovchilarni Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul qilish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash qabul kvotasi umumiy bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan qabul kvotasidan tashqari belgilanadi hamda bu ko‘rsatkich bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan qabul kvotasi umumiy sonining 50 foizidan oshmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
8. Tinglovchilarning Institutdagi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish davrida egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
9. Qayta tayyorlash o‘quv kurslariga ochiq tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar qabul qilinadi. Tinglovchilarni qabul qilish Institut direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tinglovchilarni qayta tayyorlash o‘quv kurslari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
11. Qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul qilishni tashkil etish uchun Qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya a’zolarining soni, tarkibi va uning ish reglamenti Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
12. Komissiya tinglovchilarni test sinovi va suhbat o‘tkazish yo‘li bilan qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul qilishni tashkil etadi.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma;
so‘rovnoma, ma’lumotnoma-obyektivga (yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda);
oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va ilovasining nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi;
Hujjatlarga nomzodning ish faoliyati davomidagi muayyan yutuqlarini (mukofotlari, ixtiro patentlari va boshqa erishilgan yutuqlarini) aks ettiruvchi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Institutga o‘qishga tavsiya etishda nomzodlarning o‘ziga va ularning hujjatlariga nisbatan qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat tavsiya etayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish bo‘yicha e’lon Institut va Agentlikning veb-saytlarida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
15. Komissiya nomzodlarning hujjatlarini hujjatlarni qabul qilish e’lon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Komissiya tomonidan hujjatlar qabul qilish tugagandan so‘ng, besh ish kuni mobaynida Nizomning 12-bandiga muvofiq nomzodlar hujjatlarini o‘rganadi, kirish sinovlariga ruxsat berilgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradi hamda Institut va Agentlikning veb-saytlarida e’lon qiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
17. Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga kirish sinovlari test va suhbat shaklida o‘tkaziladi. Kirish sinovlari nomzodlarning tanloviga ko‘ra ikki tilda — davlat tilida yoki rus tilida o‘tkaziladi.
18. Test sinovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
Institut Davlat test markazi bilan kelishgan holda kirish sinovlariga ruxsat berilgan kundan boshlab, yigirma kun mobaynida test sinovlarini o‘tkazish uchun shartnoma tuzadi, test sinovlari o‘tkaziladigan kunni belgilaydi hamda test sinovlarini o‘tkazadi.
19. Test sinovi savollari O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik fanlaridan Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablar asosida Institut tomonidan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir fan bo‘yicha 20 tadan savol tuziladi. Bunda, har bir savolning to‘g‘ri javobi uchun O‘zbekiston tarixi fanidan — 1,5 ball, iqtisodiyot nazariyasi fanidan — 1,6 ball va huquqshunoslik fanidan — 1,5 ball etib belgilanadi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Test sinovi natijalari bo‘yicha 49,5 (55 foiz) ball va undan yuqori ball olgan nomzodlar suhbatdan o‘tishga tavsiya etiladi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Test sinovidan o‘tganlar soni kvota bo‘yicha ajratilgan tinglovchilar soniga teng yoki undan kam bo‘lganda suhbat o‘tkazilmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
21. Nomzodlar bilan suhbat Komissiya tomonidan test natijalari e’lon qilingan kundan so‘ng uch ish kuni mobaynida o‘tkaziladi.
22. Suhbat nomzodlarning boshqaruv qobiliyati, ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy darajasi, psixologik barqarorligi, tashkilotchiligi, yetakchiligi, vatanparvarlik xususiyatlarini va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini aniqlashga qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Suhbat ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismda nomzodning vaziyatlar tahlili, muammoning qo‘yilishi, muammoning yechimi, hayotiyligi, ijro mexanizmi va nazorati, ikkinchi qismda vatanparvarligi, yetakchiligi, rahbarlik kasbiy mahorati, tizimli fikrlashi, kreativligi va innovatsiyalar bilan samarali ishlashi baholanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Suhbat jarayoni har bir nomzod uchun suhbat varaqasi bilan baholanib, komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Suhbat o‘tkazilgan kundan so‘ng uch ish kuni mobaynida test sinovlari va suhbat natijasi (ball) umumlashtirilib, har bir nomzodning umumiy ballari tegishli baholash varaqlarida qayd etiladi hamda Institut va Agentlikning veb-saytida e’lon qilinadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
25. Test sinovlari va suhbat natijalari bo‘yicha eng yuqori ball olgan 60 nafar nomzodlar uch ish kuni mobaynida Komissiya qarori asosida Institut direktorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
Qabul natijalariga ko‘ra nomzodlar to‘plagan ballar teng bo‘lgan taqdirda, suhbat natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan nomzod imtiyozga ega bo‘ladi. Agar suhbat natijasiga ko‘ra bir xil ballga ega bo‘lgan nomzodlar bo‘lsa, ularning qo‘lga kiritgan yutuqlari e’tiborga olinadi.
26. Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga kirish test sinovlari va suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Institut direktorining buyrug‘iga asosan Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
27. Apellatsiya komissiyasiga test sinovi hamda suhbat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Apellatsiya komissiyasi raisi nomiga nomzodlar tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan shikoyatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddatda ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining yosh istiqbolli kadrlari malakasini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari malakasini oshirish.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Malaka oshirish o‘quv kurslariga tinglovchilarni qabul qilish Institut va Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida amalga oshiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Har yil boshida Agentlik va Institutning malaka oshirish o‘quv kurslariga belgilangan kvotaga muvofiq tinglovchilar kontingentini aniqlaydi hamda Institut tomonidan yilning har choragi yakuniga qadar tinglovchilarning o‘qish yo‘nalishlari va egallab turgan lavozimiga ko‘ra reja — jadval tasdiqlanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkil etiladigan malaka oshirish o‘quv kurslari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
30. Tinglovchilarni Institutning malaka oshirish o‘quv kurslariga qabul qilish ushbu Nizomning 2-ilovasidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
32. Nomzodlar Institutning malaka oshirish o‘quv kurslariga qabul qilinishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
so‘rovnoma, ma’lumotnoma-obyektivga (yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda);
ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi, hujjatlarni topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi;
33. Institutning malaka oshirish o‘quv kurslariga tinglovchilarni qabul qilish direktorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
34. Institutning malaka oshirish o‘quv kurslari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining buyurtmasiga binoan to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash bo‘yicha qabul ushbu nizomning 2-bobida belgilangan Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul qoidalari asosida amalga oshiriladi. Komissiya tomonidan test va suhbat natijalarining umumiy balini inobatga olgan xolda to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida nomzodlarni tinglovchilikka tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin Institut bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
35. Shartnoma shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
36. Institut va nomzod (tashkilot) o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi.
37. Tinglovchilarni Institutning malaka oshirish o‘quv kurslariga qabul qilish ushbu Nizomning 3-ilovasidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslari bilan bog‘liq xarajatlar Institut va nomzod (tashkilot) bilan kelishilgan holda belgilanadi va nomzod (tashkilot) tomonidan qoplanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Institutning qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslariga tinglovchilarni qabul qilish tegishli to‘lov-kontrakt shartnomasida nazarda tutilgan mablag‘ni belgilangan muddatda to‘lagandan so‘ng, direktorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
O‘quv kurslarini tugatgan tinglovchilarga belgilangan tartibda tegishli diplom va sertifikat beriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
o‘qishi davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan (malaka oshirish o‘quv kurslari uchun 18 soat) ortiq qoldirganligi uchun;
42. Institut faoliyatini muvofiqlashtirib borish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan 2021-yil 2-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son