Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ayrim tumanlarda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlar holatini o‘rganish natijalari ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini ta’minlash maqsadida:
1. Tegishli hududda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari faoliyatini baholash ko‘rsatkichlaridan biri deb hisoblansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi vaziri hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) rahbarlariga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari huzuridagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish ta’minlanmaganligi qat’iy ko‘rsatib o‘tilsin.
barcha fermer va dehqon xo‘jaliklarining Kengashga a’zoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;
fermer va dehqon xo‘jaliklarining Kengashda a’zoligi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosati qaroriga muvofiq tugatilishi yer uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor bo‘lishi uchun asos bo‘ladi;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari qishloq xo‘jaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.
4. Kengash, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining Kengashga a’zolik badallarini quyidagicha belgilash haqidagi takliflari ma’qullansin:
paxta xomashyosi hamda donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun paxta xomashyosi hamda donning xarid narxidan 0,8 foiz miqdorida;
boshqa fermer xo‘jaliklari uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul mablag‘larining 0,5 foizi miqdorida;
dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari uchun Kengashga a’zolik to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablariga muvofiq Kengashga a’zolik badallarini o‘tkazib berish tartibini ishlab chiqsin hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
uyma-uy yurish orqali dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan erni tayyorlash, urug‘, ko‘chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni ko‘paytirish holatini davriy monitoring qilib borish;
Kengash a’zolari — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
tuman hokimlariga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining tegishli yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini yer qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi quyidagilar orqali fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam ko‘rsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug‘lar, ko‘chatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari o‘rnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sug‘orishni tashkil etish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va Kengash bilan birgalikda qishloq tumanlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda “Tomorqa xizmati” MChJlar faoliyatini samarali tashkil etishda, shu jumladan bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda ajratish orqali ko‘maklashsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasidan va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan tegishlicha 350 milliard so‘m hamda 150 milliard so‘m miqdorida ajratiladigan bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam;
Keyingi tahrirga qarang.
auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan mablag‘larni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MChJ, qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
aylanma mablag‘larga muhtoj bo‘lgan “Tomorqa xizmati” MChJlarning ustav fondini 25 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirish;
fermer, dehqon xo‘jaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
v) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamg‘arma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan ta’minlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
10. “O‘zbekoziqovqatzaxira” assotsiatsiyasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan mazkur qarorga muvofiq ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozor narxlari bo‘yicha xarid qilinishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va “Tomorqa xizmati” MChJlar o‘zlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini boshqa shaxslarga ham sotish huquqiga ega.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamg‘armaning Vasiylik kengashi, Nizomi hamda 25 shtat birlikdan, shu jumladan 7 ta birlik markaziy apparatda, 18 ta birlik Jamg‘armaning hududiy vakillaridan iborat bo‘lgan Jamg‘arma ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Jamg‘arma Vasiylik kengashi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobotlar taqdim etib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
“Tomorqa xizmati” MChJlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun jihozlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Tomorqa xizmati” MChJ yoki fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘langan taqdirda, sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Kengash tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq to‘lanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov 5 foiz miqdorida to‘lanadi.
15. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning qo‘shimcha yo‘nalishlari deb hisoblansin:
yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun “Tomorqa xizmati” MChJ, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun grantlar ajratish.
Keyingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda ularga fermer, dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalari va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va zayomlarini jalb etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zagrokimyohimoya” AJ va Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hamda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlarida mini-agrotexnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazini;
respublika mintaqalarida dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasalliklardan himoya qilish, zarur tavsiya va maslahatlar berishga ko‘maklashuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi “O‘simliklar klinikasi” MChJlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3318-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
“qishloq xo‘jaligida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini”.
“Bunda da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati ko‘zlab da’vo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.