O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasi 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31-32, 371-modda, 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 7-moddasining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Toshuyjoyjamg‘armabank”ning egasi ko‘rsatilgan obligatsiyalariga ega bo‘lgan shaxs imtiyozli kreditni to‘liq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini to‘liq to‘lasa, ana shu kvartiraning huquqini qo‘lga kiritadi”;
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 78-modda; 1993-yil, № 6, 246-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda):
“11. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini har qanday tekshirish faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi”;
“Olti oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagani taqdirda korxona tugatiladi va soliq organlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestridan chiqarib yuboriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda, № 8, 191-modda; 1992-yil, № 1, 49-modda, № 4, 177-modda, № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda, № 6, 240-modda; 1994-yil, № 5, 159-modda; № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 169-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda) 41-moddasi quyidagi mazmundagi 11- band bilan to‘ldirilsin:
“11. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joriy hisobvarag‘ida budjet oldidagi kreditorlik qarzini uzishi uchun pul mablag‘lari bo‘lmagani taqdirda soliq organlari soliqlar va budjetga to‘lovlar bo‘yicha undiruvchi qarzdor korxona mol-mulkiga qaratish huquqiga egalar”.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 401-modda; 1993-yil, № 6, 266-modda; 1994-yil, № 11-12, 285 modda) 44-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qurolli Kuchlarga, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlariga, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlariga va boshqa harbiy tuzilmalarga chiqarish va ular safidan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6, 12-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisiga ham beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Favqulodda vaziyatlar vazirining va Milliy xavfsizlik xizmati raisining harbiy majburiyatlarni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash tartibiga doir normativ hujjatlari ushbu Qonunning talablariga zid bo‘lmasligi kerak”.
Keyingi tahrirga qarang.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda) 4-moddasining 2-bandi quyidagi mazmundagi “n” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“n) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — davlat mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun davlat daromadi foydasiga mablag‘lar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan.”
Keyingi tahrirga qarang.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda) 39-moddasining birinchi qismi uchinchi xat boshisidagi “viloyatlar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda) 24-moddasining uchinchi xat boshisidan “to‘xtatiladi” degan so‘z chiqarib tashlanib, modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 367-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda):
1) 1-moddasining birinchi qismidagi “viloyat xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar “viloyat va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 42-moddasining ikkinchi qismidagi “viloyatlar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 44-moddasining birinchi qismidagi hamda 46-moddasining ikkinchi qismi yettinchi xat boshisidagi “viloyatlar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 52-moddasining uchinchi xat boshisidagi “viloyatlar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) uchinchi bo‘lim 2-bobining sarlavhasidagi “viloyatlar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sarlavhasidagi “viloyatlar xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “viloyatlar xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar “boshqa shaharlarning ham xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sarlavhasidagi “viloyat xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “viloyat va Toshkent shahar xo‘jalik sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xat boshisidagi “viloyat xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “viloyat va Toshkent shahar xo‘jalik sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 59 va hamda 60-moddalarining sarlavhalari va birinchi xatboshilaridagi “viloyat xo‘jalik” degan so‘zlar “viloyat va Toshkent shahar xo‘jalik”;
9) 80-moddasining uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshisidagi “va viloyatlar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 83-moddasining ikkinchi qismidagi “viloyat xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 479-I-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 235-modda)
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda):
a) ehtiyotsizlik oqibatida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda;
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotgan yoxud ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotgan shaxslarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Afv etilib, o‘lim jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
a) o‘ta og‘ir jinoyat uchun va o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
b) ehtiyotsizlik oqibatida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga jazoni manzil-koloniyalarda;
“Shartli jazo belgilash tartibi o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno”;
“Agar jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qo‘shimcha) jazoni amalda o‘tab bo‘lganidan boshlab hisoblanadi”;
7) 84-moddasidan “hukm chiqarilgan paytdan o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga nisbatan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi jazo bandidagi “sakkiz yilgacha” degan so‘zlar “o‘n yilgacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi jazo bandidagi “sakkiz yildan” degan so‘zlar “o‘n yildan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi”.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda):
“4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, qamoq tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining, jazo ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov izolyatorlari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha”;
2) 243-moddasining birinchi qismidagi “ushlab turilgan” degan so‘zlardan keyin qo‘yilgan vergul olib tashlansin;
“Boshqa tumanda (shaharda) saqlanayotgan mahkum prokurorning qaroriga binoan, tergovchining prokuror roziligini olib chiqargan qaroriga binoan boshqa yerga ko‘chiriladi. Boshqa yerga ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus bo‘linmalari zimmasiga yuklatiladi”;
4) 290-moddasining to‘rtinchi qismidagi “prokurorning roziligini olib chiqargan qaror bo‘yicha” degan so‘zlar “qarori bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 388-moddasining birinchi qismi “Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi” degan jumla bilan to‘ldirilsin;
Sudya jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qilish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqaradi:
Ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risidagi yoxud boshqacha qaror qabul qilish haqidagi masala sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan kundan boshlab, yetti sutkadan kechiktirmay hal qilinishi lozim. Ushbu muddat shu sudning raisi tomonidan ko‘pi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin”;
12) 494-moddasining ikkinchi qismidagi “hukm bekor qilinishi” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “uch kundan kechiktirmay” degan so‘zlar “o‘n kundan kechiktirmay” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“3) Qurolli Kuchlar Harbiy sudining raisi, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori — garnizonlar harbiy sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqan Qurolli Kuchlar Harbiy sudining ajrimlari ustidan”;
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda):
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi qismi jazo bandidagi “bir baravardan uch baravarigacha” degan so‘zlar “ikki baravardan to‘rt baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 103-moddasining birinchi qismi jazo bandidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “ikki baravardan uch baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarni, shuningdek, yer uchastkalarini vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda vodoprovod yoxud kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 245-moddasining birinchi qismi “142-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “146-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 248-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismining 1-bandidagi “145, 146” raqamlari “145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, 250, 251, 252 va 254-moddalarining birinchi qismidagi “145, 146-moddalarida” degan so‘zlar “145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda) 32-moddasining ikkinchi qismidan “yoki egalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova) 48-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatish mumkin.
Muassis (ishtirokchi) yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega.
Yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) yoki mulkdor yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrotlik) bo‘lib qolishni oldindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) ularning tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.”
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12 , 267-modda) 8-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 3-band bilan to‘ldirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Banklar o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ular soliq to‘lovlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadilar”.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5 - 6, 61-modda) 4-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar jamiyatning jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatidagi shaxsning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ladi.
Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo‘lib qolishini olindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(XVIII O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 475-I-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 233-modda)
XIX. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda; 1994-yil, № 4, 109-modda, № 5, 143-modda, № 8-9, 244-modda, № 10, 258-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Audioyozuvlarni va audiofaoliyatning boshqa turlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan bu borada vositachilik xizmatlari ko‘rsatish”.
Keyingi tahrirga qarang.
XX. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil № 10, 370-modda) 3-bandining “b” kichik bandidagi va “viloyatlar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Sud xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil № 10, 370-modda) 4-bandining:
1) beshinchi xatboshisidagi “Oliy xo‘jalik sudining mutaxassislariga” degan so‘zlar “Oliy xo‘jalik sudining maslahatchilariga, katta sud ijrosiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) oltinchi xatboshisidagi “Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar xo‘jalik sudlarining 1-toifadagi mutaxassislariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining 1-toifadagi mutaxassislariga, sud ijrochilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) yettinchi xatboshisidagi “Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat xo‘jalik sudlarining 2-toifadagi mutaxassislariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining maslahatchilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.