12.04.2018 yildagi PF-5414-son
Hujjat 13.04.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, vazifalari va funksiyalarini
optimallashtirish bo‘yicha institutsional yangilanishlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Bojxona ma’muriyatchiligining ilg‘or va innovatsion usullarini joriy etish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutish:

Bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti, boshqa xalqaro institutlar standartlari va tavsiyalari tahlili asosida ishlab chiqish;

bojxona qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, shuningdek, huquqiy normalarni talqin etishda o‘zboshimchalik, subyektiv, tanlab olish faktlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va sharoitlarining tizimli tahlilini tashkil etish, ularga chek qo‘yish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan yaxshilash, bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlik qilishning muloqotsiz shakllarini joriy etish;

bojxona ishi sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, bojxona organlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, O‘zbekiston Respublikasida uni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

3.

Quyidagi asosiy vazifalarni yuklagan holda Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

bojxona qonunchiligini buzish xavfi yuqori darajali bo‘lgan tovarlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini nazorat qilish uchun kuch va vositalarni jamlashni nazarda tutadigan xavf-xatarlarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini bojxona organlarida joriy etish;

yuk tashuvchilar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan dastlabki axborotni tahlil qilish asosida xavflar baland bo‘lgan tovarlar partiyasining bojxona nazorati uchun maqsadli tanlab olish uslubiyatini ishlab chiqish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining insofliligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, ularga nisbatdan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini joriy etish;

xavflarni boshqarish tizimini samarali joriy etishni muntazam monitoring qilish, uning yanada takomillashtirilishi hamda uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov),
DSQ (B. Musayev),
MB (M. Nurmuratov)

4.

Quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga olgan Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish va bojxona statistikasi boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

tashqi savdo tashkilotlarining monitoringini tashkil etish, import va eksport tuzilmasining tizimli tahlilini amalga oshirish;

bojxona organlariga tegishli qismi bo‘yicha tashqi savdo operatsiyalarini olib borishda valyutaga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun buzilishi holatlari bo‘yicha choralar ko‘rish;

tovarlarni eksport va import qilish bo‘yicha bojxona statistikasini yuritish, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida ishonchlilikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida, olib kiriladigan tovarlarning bojxona narxlarini belgilash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashishni amalga oshirish, O‘zbekistondan eksport qilinadigan, tovarlar yetkazilishi kerak bo‘lgan mamlakatda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

5.

Bojxona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasini yuritish boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish hamda quyidagilarni nazarda tutish:

aniq vakolat, funksiya, vazifa, huquq va majburiyatlarni belgilagan holda Boshqarma to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish;

16 dona laboratoriya uskunalarini Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshq�rmalariga topshirish;

Boshqarma xodimlarini ixtisoslashtirilgan mahalliy va xorijiy muassasalardagi uskunalarda ishlashi uchun tizimli ravishda o‘qitib borish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

6.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmlarini yaratish, unga quyidagi vazifalarni yuklash:

xalqaro-huquqiy hamkorlik sohasidagi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

xalqaro talablarni tayyorlash, yo‘llash va hisobga olish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

7.

Davlat bojxona qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tartibga soladigan nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

8.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi” Qonun loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil

1-iyulga qadar

DBQ (M. Azimov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari bayrog‘i va tanish belgisini, shuningdek ularni tayyorlash, ulardan foydalanish, saqlash va yo‘q qilish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. BOJXONA NAZORATI SAMARADORLIGINI OShIRISh

10.

Quyidagilarga yo‘naltirilgan bojxona organlarida xatarlarni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

bojxona qonunchiligini buzish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan tovarlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini nazorat qilishni nazarda tutuvchi maqsadli tanlab olish asosida xatarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;

tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilarini belgilash uchun mezonlarni ishlab chiqish, ularga nisbatdan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini qo‘llashni joriy etish;

xatarlarni boshqarish tizimining joriy etilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-sentabrgacha

DBQ (J. Aripov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

11.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali, ularning bojxona hududiga kirib kelishidan oldin (shu jumladan tranzit shartlarida) tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida yuk tashuvchilar tomonidan bojxona organlarini oldindan ogohlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (V. Xakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini nazorat qili� va hisobga olishni ta’minlash, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

soliq to‘lovchining shaxsiy raqami va pasport ma’lumotlari bo‘yicha shaxsni aniqlash uchun Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi elektron bazalarini integratsiyalashtirish;

jismoniy shaxslar manziliga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali mamlakatimiz hududiga kelayotgan tovarlar to‘g‘risida dastlabki elektron ma’lumotlarni bojxona organlariga majburiy taqdim etish mexanizmini joriy etish;

xorijiy tajribani hisobga olgan holda, pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali bir kalendar oy mobaynida bir nafar jismoniy shaxsga jo‘natiladigan tovarlarning bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan olib kirish me’yorlarini belgilash;

xalqaro aeroportlarda joylashgan bojxona postlarida – havo transporti orqali, maxsus belgilangan bojxona postlarida – temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkazib beriladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini majburiy bojxona rasmiylashtirilishini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (V. Xakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Xalqaro aeroportlarda “yashil” va “qizil” yo‘laklar tizimining joriy etilishi munosabati bilan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

avia tashuvchilar tomonidan bojxona organlariga O‘zbekistonning xalqaro aeroportlari orqali kelayotgan va ketayotgan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni taqdim etish tartibini ishlab chiqish va amalga oshirish;

O‘zbekistonning xalqaro aeroportlarida tashuvlarni tashkil qiladigan xizmatlar tomonidan yo‘lovchilarning yuklarini joylashtirish vaqtini qisqartirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

chegaraga tutash bojxona postlarini zamonaviy texnik bojxona nazorati vositalari bilan jihozlash (shaxslar va boshqalarni bevosita aloqasiz ko‘zdan kechirish skanerlari orqali tekshirish);

huquqbuzarlikni aniqlashning psixologik usullari, skaner qiladigan uskunalardan foydalanish bo‘yicha bojxona organlari xodimlari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleks dasturi

2018-yil

15-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (V. Xakimov)

14.

Tovarlarning bojxona narxini belgilash va nazorat qilish, shuningdek, bojxona xizmatlari o‘rtasida axborot almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining asosiy savdo sheriklari (MDHga a’zo mamlakatlar, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va boshqalar) – davlatlarining bojxona xizmatlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish va tuzish.

Xalqaro shartnomalar loyihalari

2019-yil
1-yanvarga qadar

DBQ (J. Aripov),

TIV (B. Asadov)

15.

Bevosita chegaradagi o‘tkazish punktlarida import qilinadigan tovarlarni erkin aylanmaga chiqarish orqali tashqi iqtisodiy faoliyatning insofli ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularning kirib kelishidan avval tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan import qilinadigan tovarlarni dastlabki deklaratsiya qilinishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

16.

Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘llash (plombalar, plombalaydigan uskunalar va boshqalar), xavfsizlik va ishonchlilik (tashqi ta’sirlarni fiksatsiya qilish, ko‘p marotaba ishlatish, soxtalashtirishdan himoya qilish, ochilish holatlarida masofadan turib signal berish va boshqalar) talablariga javob beradigan, jahonning yetakchi plombalar ishlab chiqaruvchilari takliflari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bojxona xizmatlarining ilg‘or tajribasini o‘rganish.

Bojxona identifikatsiyasin�ng ishonchli vositalarini bojxona organlari faoliyati uchun buyurtirish, xarid qilish va foydalanish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqish va kiritish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil
1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov)

17.

Xorijiy avto tashuvchilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida MDP kitobchalarini qo‘llagan holda xalqaro yuklarni tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasi nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va mazkur huquqni tiklaydigan tartibni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, ularni xalqaro identifikatsiya unikal kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish asosida mobil moslamasi va mobil aloqa modulli moslamalarini nazorat qilish va hisobga olish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
DBQ (J. Aripov),
DSQ (B. Musayev)

19.

Erkin ombor, bojxona ombori va bojsiz savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq litsenziya jarayonlaridan o‘tishni yanada soddalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. BOJXONA TARTIB-TAOMILLARINI SODDALAShTIRISh ChORA-TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh

20.

Quyidagilarga:

bojxona qonunchiligini liberallashtirish, bojxona jarayonlarining shaffofligi hamda soddalashtirilishini, normalarning barchaga birdek tushunarli bo‘lishini ta’minlash va ularning turlicha talqin qilinishiga barham berish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etilishini rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va standartlarini implementatsiya qilish;

bojxona ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan tariflarni tartibga solish va bojxona ko‘rigini tashkillashtirishda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasiga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi loyihasi

2018-yil
1-noyabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),
DSQ (B. Musayev)

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Yuk bojxona deklaratsiyalarini davriy taqdim etib borish orqali bittatashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida eksport yoki import qilinadigan bir xil tovarlarni (tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining jismoniy xarakteristikasi, sifati, ishlab chiqaruvchisi, kodi bo‘yicha) bojxona rasmiylashtiruvi tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil
1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

22.

Amaldagi qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona narxini belgilash va deklaratsiya qilish tartibini bekor qilishni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi bo‘yicha tovarlarni identifikatsiya va klassifikatsiya qilish bo‘yicha ekspert muassasalari xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydigan nizomni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
DBQ (J. Aripov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash:

bevosita Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan real vaqt rejimida, ular tomonidan o‘qish va malaka attestatini olish bo‘yicha majburiyatlarga rioya etmagan holda tovarlarni rasmiylashtirishda yuk bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish imkoniyatini yaratish;

bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish;

Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona ra�miylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash (o‘qitish) funksiyalarini boshqa tashkilotlarga o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida bir xil turdagi tovarlarga karantin ruxsatnomasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish ruxsatnomasi, ozon qatlamlarini yemiruvchi moddalar va ularning tarkibida ular mavjud bo‘lgan moddalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlari bir marotaba, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-iyunga qadar

O‘zstandart agentligi (A. Karimov),

SSV (A. Shodmonov),
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov), O‘zdavkarantin (I. Ergashev),
Davlat veterinariya qo‘mitasi (I. Norqobilov)

26.

Import qilinadigan iste’mol tovarlariga nisbatdan bojxona boji va aksiz solig‘ining (bojxona narxidan foiz hisobidan, biroq boj yoki aksizga tortiladigan tovarning donasi uchun belgilangan miqdordagi stavkasidan kam bo‘lmagan holda) aralash stavkalarini bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

DBQ (J. Aripov)

27.

Bojxona organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ko‘rsatiladigan yuk bojxona deklaratsiyalarini to‘ldirish, shu jumladan amaldagi bojxona yig‘imlari stavkalarini optimizatsiya qilish va pullik xizmatlar turlarini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashni nazarda tutadigan, ularning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularni optimizatsiya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyulga qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

29.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ortiqcha vaqti va moliyaviy xarajatlari ortishiga olib keladigan eksport-import tovarlarining bojxona rasmiylashtiruvi muddatlarining ijrosini sezilarli cho‘zilib ketishiga olib keladigan, ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funksiyalarni bojxona organlaridan olib tashlashga yo‘naltirilgan amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilish va unga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihasi

2018-yil
1-iyulga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Fito nazorat va veterinariya nazoratini hamda boshqa organlar funksiyalarini chegara yaqinidagi bojxona postlaridagi bojxona organlariga topshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. IDORALARARO SAMARALI HAMKORLIKNI TA’MINLASh

31.

Ish �eglamenti, tartibi, takliflarni ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish mexanizmlarini nazarda tutgan holda Idoralararo bojxona-tarif kengashi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

32.

Xo‘jalik subyektining faoliyatiga ortiqcha aralashmagan holda taqdim etilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral o‘rganish va nazorat qilishni amalga oshirish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DSQ (B. Musayev),

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

O‘zbekistondan eksport qilinadigan tovarlarning kontrakt narxlarining to‘g‘riligini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha idoralararo mexanizmni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Idoralararo qaror loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

V. BOJXONA ORGANLARI FAOLIYATINING OChIQLIGI VA ShAFFOFLIGINI TA’MINLASh

34.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha kechayu-kunduz ishlaydigan yagona qisqa raqamli “ishonch telefoni”ni tashkil etishni nazarda tutadigan, bojxona organlarida murojaatlar, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha sifat jihatidan yangi tartibni joriy etish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

35.

Aholi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini axborot bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun ularning huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan stend, broshyura, buklet va boshqa vositalar bilan xonalarni jihozlash;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyati to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, elektron shaklda rasmiy veb-saytda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan turli hujjatlar blanklarini joylashtirish yo‘li orqali keng foydalana olish imkoniyatlarini ta’minlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Televideniyeda va radioda muntazam ko‘rsatuvlar tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan rasmiy veb-saytda axborotlarni chop etish orqali bojxona organlarining faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobotlar va sharhlarni e’lon qilib borish.

Chora-tadbirlar
dasturi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlikva idoralar

37.

Davlat bojxona xizmati organlari bo‘linmalari faoliyati samaradorligi, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan ish natijalari, shuningdek, ular bilan hamkorlik, faoliyatning ochiqligi va hammabopligi, jamoatchilik fikrini hisobga olish va fuqarolarning qanoatlanganligini nazarda tutuvchi baholashning yangi mezonlarini joriy etish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

38.

Qonun hujjatlari va aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish talablariga muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasining bo‘linmalari bo‘yicha bo‘limlarni yaratgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining (www.customs.uz) veb-saytini modernizatsiya qilish.

Veb-saytni ishlab chiqish va foydalanishga topshirish

2018-yil

1-iyulga qadar

DBQ (J. Aripov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umirov)

VI. KADRLARNI TAYYORLASh VA MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh

39.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish:

ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida yangilangan ta’lim standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan to‘ldirish;

o‘quv jarayoniga jalb etilayotgan ilmiy-pedagog kadrlar, tajribali mutaxassis-amaliyotchilari uchun mehnatga haq to‘lashning soatbay rag‘batlantiruvchi tizimini joriy etish;

xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni tashkil etish;

davlat bojxona xizmati organlarining safdagi xodimlari uchun o‘qishning sirtqi ta’lim olish shaklini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

40.

Quyidagilarni hisobga olgan holda Milliy kinologiya markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish, maqsadli vazifalarini aniqlashtirish:

qo‘shni davlatlarda giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va noqonuniy aylanmasi hajmlarining ortib borayotganligi;

chegaradosh davlatlar bilan chegarada o‘tish punktlarining qayta tiklanganligi;

rivojlangan mamlakatlarning kinologiya xizmatlari tajribasi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Bojxona ishi sohasida yanada ilg‘or ishlash tizimiga ega xorijiy mamlakatlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali davlat bojxona xizmatlari organlari faoliyatining eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

TIV (B. Asadov)

VII. BOJXONA ORGANLARI XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

42.

Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari uchun yashash xonalarini ijaraga olish (yollash) tartibi va pul kompensatsiyalari miqdorini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

10-iyunga qadar

DBQ (M. Azimov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

43.

Davlat bojxona xizmati xodimlariga uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

44.

Davlat bojxona xizmati organlarining xizmat uy-joy fondini shakllantirish, uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb, topilgan xodimlarga xizmat uy-joylarini berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar
kompleksi

2018 ― 2021-yillar

mobaynida

DBQ (J. Aripov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Qurilish vazirligi (lavozimi bo‘yicha),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Keyingi tahrirga qarang.