T/r | Vazirliklar va idoralarning nomi | Ajratmalar turlarining nomi |
1. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi | Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar |
2. | “Davbionazorat” inspeksiyasi | Yovvoyi hayvonlarni ovlash va tutish huquqini beruvchi litsenziyalar sotilishidan olingan mablag‘lar |
3. | “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamg‘armasi | Sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilinganligi uchun to‘lov |
4. | Mudofaa vazirligi | Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolish |
5. | Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi | Patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar |
6. | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalarni to‘lash tartibi buzilganligi uchun jarimalar summasi |
7. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (“O‘zkimyosanoat” DAK) | “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ishonchli boshqaruvidagi aksiyalarning davlat ulushi bo‘yicha dividendlar |
8. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlan-tirish jamg‘armasi (Aloqa va axborotlashtirish agentligi) | Agentlik tizimiga kiruvchi aloqa obyektlari va korxonalarini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar Agentlik tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va qo‘shma korxonalar aksiyalarining davlatga tegishli paketlari bo‘yicha divedendlar |
9. | Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi) | Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan olingan mablag‘lar |
10. | Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji |
11. | Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Havo transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning muddati uzaytirilganligi, aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish faoliyati va aviatsiya ishlari uchun davlat boji |
12. | Asillik palatasi | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanganligi va tamg‘alanganligi uchun to‘lov |
13. | Rekonstruksiya va rivojlantirish jamg‘armasi (“O‘zmevasabzavotuzumsanoat” XK) | Xolding tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlari bo‘yicha dividendlar |
14. | “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Korxonalarni xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar Aksiyalarning davlat ulushi bo‘yicha dividendlar |
15. | “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi | “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar |
16. | “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari | Erkin sotish uchun mo‘ljallangan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan olingan mablag‘lar |
Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
T/r | Vazirliklar va idoralarning nomi | Shakllantirish manbai | Ajratmalar miqdori (foizlarda) |
1. | Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq Inspeksiya tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 100 |
2. | Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi) | Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarima summalari va atrof muhit ifloslanganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari | 50 |
3. | Davlat bojxona qo‘mitasi | Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlar shaklidagi tushumlar | 25 |
Bojxona organlari (shu jumladan chegara xizmatlari) tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 10* | ||
4. | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi | Bojxona organlari tomonidan chegara xizmatlari bilan birgalikda olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 10* |
5. | Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamg‘armasi (Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti) | Umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan ko‘riladigan ishlar bo‘yicha jarimalar va davlat bojlari summasi | 20 |
Xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘ril�digan ishlar bo‘yicha jarimalar va davlat bojlari summasi | 15 | ||
Adliya organlari va FHDY bo‘limlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 20 | ||
Notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 15 | ||
Nodavlat notijorat tashkilotlari, advokatlik byurolari, firmalari, hay’atlari, xususiy notarial idoralar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, notarial va advokatlik faoliyati litsenziyalanganligi, yuridik kadrlar malaka attestatsiyasidan o‘tkazilganligi uchun adliya organlari tomonidan undiriladigan mablag‘lar hamda adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar | 100 | ||
Ijro etish bo‘yicha budjetga undirilgan summalar, bundan boshqa majburiy to‘lovlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar undirilishi mustasno | 30 | ||
Vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan, shuningdek soliqlar va budjetga hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni undirish bo‘yicha mablag‘lar | 10 | ||
sud ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imlari mablag‘lari; | 100 | ||
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlarining depozit hisobiga o‘tkaziladigan ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlar; | 100 | ||
mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha o‘zining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) birjalar, baholovchilar, savdo tashkilotlari, boshqa shaxslardan undiriladigan jarimalar va penyalar | 100 | ||
6. | Milliy xavfsizlik xizmati | Qonun hujjatlarida belgilanga� tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 20 |
7. | “Davbionazorat” inspeksiyasi | Yovvoyi hayvonlar tutilganligi (ovlanganligi) va o‘simliklar yig‘ilganligi, ular respublika tashqarisiga olib chiqib ketilganligi uchun to‘lov | 25 |
Nobud bo‘lgan hayvonlar mahsulotlari sotilishidan olingan mablag‘lar, Davlat ovchilik fondiga hamda baliqchilik xo‘jaligi suv havzalariga zarar yetkazilgan taqdirda zararni undirib olish | 100 | ||
Musodara qilingan ovchilik va baliq ovlash qurollari, shuningdek ovchilikning noqonuniy mahsulotlari sotilishidan tushgan mablag‘lar | 50 | ||
Jarimalardan tushgan mablag‘lar | 50 | ||
Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaligi suv havzalari ijaraga berilishidan tushgan mablag‘lar | 15 | ||
8. | “O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamg‘armasi | Standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablari, davlat inspektorlarining xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan mahsulotlar realizatsiyasi (yetkazib berilishi, sotilishi) taqiqlanishi haqidagi ko‘rsatmalari buzilganligi uchun jarimalar | 10 |
9. | Tashqi ishlar vazirligi | Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar va boshqa tushumlar | 10 |
10. | Davlat soliq qo‘mitasi | Soliq organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulk sotilishidan olingan mablag‘lar | 10 |
Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar summasi va ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar | 10** | ||
Yakka tart�bdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun undiriladigan davlat boji summalari | 60 | ||
11. | Moliya vazirligi | Taftishlar va tekshirishlar natijalari bo‘yicha budjet daromadiga undirilgan rastrata, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summasi, aksiyalarning davlat ulushidan olingan dividendlar budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi uchun jarimalar | 10 |
12. | Ichki ishlar vazirligi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi | 10 |
Avtomototransport vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun to‘lov summasi | 10 | ||
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 10 | ||
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari | 10 | ||
13. | Bosh prokuratura | Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 10 |
14. | Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi | Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar summasi | 10 |
15. | Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi | Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar summasi | 10 |
16. | Davlat patent idorasi | Patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 5 |
17. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi | monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun xo‘jalik subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 6 |
Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar summasi | 100 | ||
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar | 2 | ||
kreditorlar talablari qondirilgan taqdirda, bankrot korxonalar mulkining sotish va baholash qiymati o‘rtasidagi tafovut hisobiga, ushbu mulkni sotishdan tushadigan mablag‘lar | 100 | ||
18. | Iqtisodiyot vazirligi | Monopoliyaga qarshi qonunchilik, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalar summasi | 4 |
19. | Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi | Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar | 2 |
20. | Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi | Mahsulotlar va materiallarni Davlat zaxirasidan qarzga olish | 1 |
21. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi | Suv limiti ortiqcha olinganligi uchun jarimalar | 50 |
22. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (“O‘zkimyosanoat” DAK) | “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini sotish va aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar | 100 |
23. | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi | Avtomobil va daryo transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi va avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziyalarning amal qilish muddati uzaytirilganlik uchun davlat boji | 25 |
24. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (Aloqa va axborotlashtirish agentligi) | Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 50 |
Aloqa sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jarima sanksiyalari | 50 | ||
25. | Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi) | Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaliklari suv havzalari ijaraga berilganligidan tushgan mablag‘lar | 25 |
26. | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi | Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 10 |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 10 |