“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, mukammalligi I, II va III klass bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashi ustidan nazorat “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan, mukammalligi uchinchi klassdan past bo‘lgan gidrotexnika inshootlari bo‘yicha esa — inshootlarning mansubligiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 16-son, 185-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mukammallik klasslari bo‘yicha gidrotexnika inshootlari ro‘yxatini, shuningdek gidrotexnika inshootlarining bexatar ishlashini ta’minlash bo‘yicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish hamda ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda 2000-yil mobaynida, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, qurilish normalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, balansida gidrotexnika inshootlari bo‘lgan tashkilotlar:
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalari (keyingi o‘rinlarda — xavfsizlik deklaratsiyasi deb ataladi) mazmunini, ularni tuzish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini deklaratsiyalash gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni foydalanishdan chiqarishda, shuningdek rekonstruksiya qilish, mukammal tuzatish, tiklash yoki konservatsiyalashdan keyin majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat mulki bo‘lgan, respublika, mintaqa, suv xo‘jaligi va energetika tizimiga kiruvchi mukammalligi I, II, III klass bo‘lgan gidrotexnika inshootlari, shuningdek ro‘yxati “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi bilan kelishgan holda deklaratsiyalaydigan tashkilot tomonidan belgilanadigan favqulodda vaziyatlarda yuqori darajada xavf soluvchi mukammalligi III klassdan past bo‘lgan gidrotexnika inshootlari deklaratsiyalanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi asoslab beriladigan, ularning xavfsizlik mezonlariga, loyihaga, amaldagi qurilish normalari va qoidalariga muvofiqligi belgilanadigan, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari xususiyatlari va ko‘lami hamda inshootning mukammallik klassi hisobga olingan holda ulardan foydalanish xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari belgilanadigan hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi foydalanuvchi tashkilot tomonidan, loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi esa — buyurtmachi vazifasini bajaruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — deklarantlar deb ataladi) tomonidan tuziladi.
Deklaratsiyani va uning ayrim bo‘limlarini ishlab chiqishga boshqa tashkilotlar hamda alohida mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
5. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi 3 nusxada tuziladi va “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasiga (keyingi o‘rinlarda nazorat organi deb ataladi), hududida gidrotexnika inshooti joylashgan viloyat hokimligiga taqdim etiladi. Deklaratsiyaning birinchi nusxasi foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xavflar va tavakkalchiliklarni tahlil qilishga nisbatan qo‘llaniladigan yondashuvlar va usullarning asoslanganligi;
xavflarni tahlil qilish bo‘yicha bajarilgan hisob-kitoblarning to‘liqligi va ishonchliligi, hisob-kitoblar natijalariga ta’sir qiluvchi barcha omillarning har tomonlama to‘liq hisobga olinishi;
rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlarining ishonchliligi va ularning amaldagi me’yoriy va huquqiy hujjatlar qoidalariga muvofiqligi talablariga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xavfsizlik deklaratsiyasini ishlab chiqishda “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar talablarini hisobga olish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasini tuzishdan oldin inshootning texnik holati naturada kuzatilishi va tekshirilishi kerak. Yangidan ishga tushirilayotgan inshootlar uchun qurilish davridagi kuzatish ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
a) sarvaraq, unda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: deklaratsiyaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, deklaratsiyani tasdiqlash (ro‘yxatdan o‘tkazish) grifi, deklaratsiya obyektining nomi;
b) gidrotexnika inshootlari va ular joylashgan tumanning tabiiy sharoitlari, loyihada, foydalanish qoidalarida va nazorat organi ko‘rsatmalarida nazarda tutilgan xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, foydalanuvchi tashkilot to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi umumiy axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
v) gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi tahlili va uni baholash, shu jumladan xavfning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manbalarini aniqlash hamda gidrotexnika inshootining unga yo‘l qo‘ymaslikka yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini pasaytirishga tayyorligini tahlil qilish va baholash ham shu jumlaga kiradi;
g) alohida konstruktiv elementlar uchun xavfsizlik mezonlarini hamda umuman inshootning xavfsizlik darajasini aniqlagan holda inshootlarning texnik holati ustidan naturada kuzatish natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
d) obyektlarni qo‘riqlash tizimi va alohida davrda ularning xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
e) gidrotexnika inshootlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan va paydo bo‘ladigan avariya vaziyatlari to‘g‘risida aholini, nazorat organlarini, viloyat hokimliklarini xabardor qilish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) xulosa, u alohida uzellar va umuman gidrotexnika inshootining xavfsizligi darajasiga berilgan bahoni, shuningdek xavfsizlikni ta’minlashga doir zarur chora-tadbirlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) qurilishi tugallangan gidrotexnika inshootining davlat komissiyasi tomonidan qabul qilib olinishi to‘g‘risidagi dalolatnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) tekshirish dalolatnomasi bilan birgalikda gidrotexnika inshootining holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
b) gidrotexnika inshootlarining tiyib turish jabhasi bosimi yorib o‘tgan taqdirda suv bosadigan zonada qoladigan tutash hududlar bilan birga inshootlarni joylashtirish rejasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
e) nazorat-o‘lchash apparatlarini va asosiy gidrotexnika inshootlaridagi kuzatish nuqtalarini joylashtirish sxemasi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar rejasi.
10. Xavfsizlik deklaratsiyasi foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi, u xavfsizlik deklaratsiyasida taqdim etilgan axborotning to‘liqligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi deklarant tomonidan nazorat organlariga 5 yilda kamida bir marta, shuningdek nazorat organining qaroriga ko‘ra yoki deklarantning tashabbusi bilan quyidagi hollarda taqdim etiladi:
inshootning ishonchliligi darajasi pasayishi xavfi paydo bo‘lganda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish shart-sharoitlari yomonlashganda, xavf aniqlangan paytdan boshlab uch oy mobaynida;
xavfsizlik sohasidagi amaldagi talablar (normalar va qoidalar) o‘zgarganda, favqulodda vaziyatlar davom etishi to‘xtatilganda va tugatilganda, tegishli me’yoriy hujjatlar amalga kiritilgandan keyin 6 oydan kechikmay;
gidrotexnika inshootlari rekonstruksiya qilingandan, mukammal tuzatilgandan, tiklangandan yoki konservatsiya qilingandan keyin — tegishli qurilish-montaj ishlari qabul qilib olingungacha.
12. Loyihalashtirilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi nazorat organiga loyihaning davlat ekspertizasi o‘tkazilayotgan davrda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Qurilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi nazorat organiga inshootni vaqtincha yoki doimiy foydalanishga topshirishning belgilangan muddatidan kamida 4 oy oldin taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) xavfsizlik deklaratsiyalari mazmuniga va gidrotexnika inshootlarining vazifasiga, mukammalligi darajasiga, konstruksiya xususiyatlariga, foydalanish shart-sharoitlariga va xavfsizlikka nisbatan qo‘yiladigan maxsus talablarga bog‘liq ravishda har xil turdagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasi xususiyatlarini hisobga oluvchi ularni tuzish metodikasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarning yetarliligi va ushbu chora-tadbirlarning normalar va qoidalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlash xavfsizlik deklaratsiyasi davlat ekspertizasining maqsadi hisoblanadi.
17. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalari davlat ekspertizasi “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining Ekspert kengashi tomonidan o‘tkaziladi. Ekspert kengashi ekspert komissiyalarini tuzadi, ular ishiga alohida mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va loyihalash tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi xarajatlar smetasi hamda Ekspert kengashi tomonidan deklarantga yuboriladigan hisob raqami asosida to‘lov evaziga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Xavfsizlik deklaratsiyasini davlat ekspertizasidan o‘tkazish muddati ekspertiza o‘tkazilganligi uchun deklarant tomonidan hisob raqamiga to‘lov to‘langan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Ekspert kengashi ekspert komissiyalari tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga qo‘yiladigan malaka talablarini, ekspert komissiyalarini shakllantirish va ularning ish tartibini belgilaydi, ekspertlar o‘quvini va ularning ish tajribasini ayirboshlashni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Ekspert kengashi belgilangan muddatda Ekspert komissiyasining xulosasini nazorat organiga yuboradi. Ekspert komissiyasi xulosasi nazorat organi tomonidan tasdiqlangandan keyin xavfsizlik deklaratsiyasi davlat ekpertizasining xulosasi maqomiga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ekspert komissiyasi tomonidan salbiy xulosa qabul qilingan taqdirda deklarant takroriy davlat ekspertizasi o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir. Nazorat organi deklarantning tegishli sabablari ko‘rsatilgan arizasini ko‘rib chiqadi hamda ariza tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda o‘z qarorini unga ma’lum qiladi, mazkur Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasini va ekspert komissiyasi xulosasini ko‘rib chiqadi hamda ushbu hujjatlar nazorat organiga tushgan kundan boshlab bir oy muddatda tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Agar xavfsizlik deklaratsiyasi va Ekspert komissiyasi xulosasi nazorat organi tomonidan ko‘rib chiqilayotganda xavfsizlik darajasi pasayganligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, nazorat organi gidrotexnika inshootlarini inspektorlik tekshiruvidan o‘tkazadi va taqdim etilgan xavfsizlik deklaratsiyasini tekshirish natijalarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi. Bunda xavfsizlik deklaratsiyasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash muddati 4 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik darajasi pasaygan, shuningdek ularning xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasining amal qilish muddatini qisqartirishga haqlidir.
26. Nazorat organi tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik deklaratsiyasi gidrotexnika inshootini kadastrga kiritish hamda ushbu organ tomonidan gidrotexnika inshootlarini foydalanishga topshirish va foydalanishdan chiqarishga, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishga ruxsatnomalar berish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Gidrotexnika inshootlari xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi salbiy xulosasi hamda deklaratsiyani tasdiqlash rad etilishi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasi ma’lumotlari bazasini shakllantiradi va yuritadi, xavfsizlik deklaratsiyalari taqdim etilishi muddatlarini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Gidrotexnika inshootlarining kadastri “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq inshootlarning texnik holatini hisobga olish va baholash, ularning bexatar ishlashini ta’minlash maqsadida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootning tabiiy shart-sharoitlari, joylashgan o‘rni, texnik, sifat va miqdor tavsifnomalari, xizmat qilish muddati, egasi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar tizimi va hujjatlardan iborat bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat mulki bo‘lgan gidrotexnika inshootlari, shuningdek korxonalarning respublika va mintaqalar suv xo‘jaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari Kadastr obyekti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootlarning texnik holatini har tomonlama o‘rganish va baholash, sifat va miqdor tavsifnomalarini va foydalanish darajasini hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ma’lumotlarni ishlab chiqish, turkumlash, saqlash, yangilash va obyekt haqida axborot taqdim etish texnologiyasini takomillashtirish gidrotexnika inshootlari kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Favqulodda vaziyatlarning paydo bo‘lish xavfini tug‘diruvchi gidrotexnika inshootlarini qamrab olish, yuritish uslublarining yagonaligi, kadastr axborotlarining haqqoniyligi gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Gidrotexnika inshootlari kadastri manfaatdor organlarni ehtimol bo‘lgan avariyalarning oldini olish maqsadida gidrotexnika inshootlari xavfsizligi, foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish, ularning texnik holatini baholash to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish topogeodeziya qidiruvlarini, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, geofizika, naturada kuzatishlar va boshqa maxsus tadqiqotlar, shuningdek gidrotexnika inshootlarini maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish bo‘yicha ishlar davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Gidrotexnika inshootlari kadastrida har bir inshootga kadastr raqami bergan holda inshootni maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish, turkumlash, sifat va miqdorga oid tavsifnomalarni hisobga olish hamda inshoot bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli shakllarga kiritish, saqlash, yangilash va axborotlarni foydalanish uchun berish nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Gidrotexnika inshootlari kadastriga inshoot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, litologiya shart-sharoitlari tavsifnomasi, inshootlar tarkibi, suv xo‘jaligi, suv-energetika, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, qidiruvlar, naturada kuzatishlar, konstruktiv chizmalar, sxemalar, grafiklar ilova qilingan holda inshoot holatini belgilovchi mavjud defektlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Gidrotexnika inshootlari kadastrining mazmun bo‘yicha shakllari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda aniq gidrotexnika inshootlari (suv ombori, nasos stansiyasi, gidrouzel, kanal, kollektor va boshqalar)ning turiga muvofiq “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 16-son, 185-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mukammalligi I, II, III klass bo‘lgan, davlat mulki bo‘lgan, shuningdek respublika va mintaqalar suv xo‘jaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari kadastri “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan, mukammalligi III klassdan past bo‘lgan boshqa gidrotexnika inshootlari bo‘yicha — inshootlarning mansubligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga tomonidan yuritiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
14. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlar gidrotexnika inshootlarining texnik holati va xavfsizligi ustidan nazorat (monitoring)ni ta’minlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Gidrotexnika inshootlari kadastr ma’lumotlarini yangilashda inshootning tavsifnomasiga va texnik holatiga ta’sir qiluvchi rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash va boshqa omillar natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar aniqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Inshootlar egalari bir oy muddatda gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlarga ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlar haqida axborot taqdim etishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-iyuldagi 255-son (O‘zbekiston Respublikasi QT 1996-y., 7-son 21-modda) qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomga 1-ilovaning “Davlat va tarmoq kadastrlari” bo‘limi:
“Gidrotexnika inshootlari | “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, energetika va elektrlashtirish vazirligi” |
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida” 1997-yil 23-dekabrdagi 558-son qaroriga 3-ilova quyidagi mazmundagi bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
Gidrotexnika inshootlarining ahvoli, ularga tabiiy va texnogen ta’sirlar monitoringini tashkil etish va o‘tkazish.
Suv xo‘jaligi va energetika obyektlarining mukammalligi I, II va III klass bo‘lgan gidrotexnika inshootlari texnik holatini diagnostika qilish va xavfsizligini baholash.
Mukammalligi I,II va III klass bo‘lgan, davlat mulki bo‘lgan, shuningdek respublika va mintaqa suv xo‘jaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan nazorat xizmatini tashkil etish”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi)ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 30-martdagi 143-son qaroriga 2-ilovada:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi Nizom matnidagi katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlariga ko‘rsatmalar gidrotexnika inshootlariga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin”;
“gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasiga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ekspertiza qilishda ishtirok etadi;