30.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2146-8
Hujjat 31.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. 62-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish respublika markazi xarajatlari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 73 va 74-bandlardagi “Milliy xavfsizlik” degan so‘zlar “Davlat xavfsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 79-banddagi “Toshkent shahridagi Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini” degan so‘zlar “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 87-banddagi “Davlat patent idorasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5. 108-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 112-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 120-band “Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatini va uning hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari,” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.