O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 15-oktabrdagi PF-3502-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining xodimlarning cheklangan umumiy soni 63 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 43 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va xodimlarning cheklangan soni 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisiga, zarurat bo‘lganda, markaziy apparat tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari boshqarmalari, er, binolar va inshootlar davlat kadastri bosh boshqarmalari, texnik xatlovdan o‘tkazish kadastr byurolari negizida tashkil etiladi;
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent shahar yer munosabatlarini tartibga solish va ko‘chmas mulk kadastri bosh boshqarmasi hamda yakka tartibdagi uy-joylarni hisobga olish va nazorat qilish boshqarmasi negizida tashkil etiladi;
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) yer resurslari xizmatlari, ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari va texnik xatlovdan o‘tkazish kadastr byurolari negizida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilsin, tegishli ravishda “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyihalash instituti hamda Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi tarkibidan chiqariladigan “Agroxarita” kartografiya fabrikasi va Davlat kartografiya-geodeziya fondi uning tarkibiga berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga aylantirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Texnik xatlovdan o‘tkazish respublika kadastr byurosi hamda Xo‘jalik hisobidagi respublika ko‘chmas mulk kadastri xizmati, “Yer-servis” ilmiy-texnika markazi, “Geotexnika” davlat unitar korxonasi tugatilsin, ularning funksiyalari va mol-mulki belgilangan tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga berilsin.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan tuzilmalarni tugatish bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Andijon, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy shaharlarining, G‘ijduvon va Qorako‘l tumanlarining ilgari xususiylashtirilgan texnik xatlovdan o‘tkazish kadastr byurolarining arxivlari belgilangan tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli bo‘linmalariga berilishini ta’minlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish va uning rahbar xodimlarini, hududiy bo‘linmalar hamda Qo‘mitaga qarashli tuzilmalar rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi 6-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
* 6-ilova berilmaydi.
Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasini tashkil etish bilan bog‘liq barcha zarur tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishini;
bo‘shab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rilishini;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi markaziy apparati rahbar xodimlari, hududiy bo‘linmalar va qo‘mitaga qarashli tuzilmalar rahbarlari attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida ana shunday hududiy komissiyalar tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
moddiy-texnik bazani xatlovdan o‘tkazsin, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarini texnik jihatdan qayta jihozlash dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom, (sug‘oriladigan ekin maydonlarining oborotdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor bergan holda) Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi nizom, yangi tahrirdagi Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihalarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga qarashli tashkilotlar tomonidan bajariladigan loyiha-qidiruv va yer tuzish ishlari qiymatini shartnomaviy, joriy narxlarda aniqlashning yangi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda bajariladigan ishlar (xizmatlar) qiymatini geodeziya, kartografiya, topografiya, yer tuzish, kadastr va baholash ishlarini amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish hisobiga pasaytirishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikaning barcha hududida yerlarning miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlar shakllarini qayta ko‘rib chiqsin hamda belgilangan tartibda yangi yagona hisobot shakllarini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi ilgari egallab turgan xizmat binolari va xonalari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va unga qarashli tashkilotlar ixtiyorida qoldirilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarini, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarini binolar, jihozlar va telefon aloqasi bilan ta’minlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi, Markaziy va Samarqand aerogeodeziya korxonalari, Geodeziya va kartografiya milliy markazi, “Kartografiya” davlat ilmiy-loyihalash korxonasi, O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti — “O‘zdaverloyiha”, Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti, “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hududiy bo‘linmalar “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga hisobot beradi.
3. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek xodimlari mehnatiga haq to‘lash ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, uning hududiy bo‘linmalari, unga idoraviy mansub boshqa organlar, korxonalar va muassasalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tashkil qilish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo‘yicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanilishi va ular muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish.
8. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
erga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlaydi;
yer fondining holatini kuzatish, o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida yerlar monitoringini amalga oshiradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat maqsadidagi hamda maxsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya xaritalari va planlarini yaratadi, yangilaydi va nashr qiladi;
umumjug‘rofiy, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotnoma va boshqa mavzuli xaritalarni hamda tarmoqlararo maqsaddagi atlaslarni, o‘quv kartografiya qo‘llanmalarini tuzadi va nashr qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chiziqlarini dyelimitatsiya, demarkatsiya qilishni va tekshirishni geodeziya, kartografiya va gidrografiya jihatidan ta’minlashni tashkil qiladi;
jug‘rofiy nomlar standartlashtirilishini, hisobga olinishini va ularni qo‘llash tartibga solinishini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil qiladi;
iqtisodiyot tarmoqlarini, fan, mudofaa va aholini geodeziya, kartografiya axborotlari bilan ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr axborotlarini yig‘ish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
ilmiy-tadqiqot va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
viloyatlar, tumanlar va aholi punktlarining ma’muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
ko‘chmas mulkka huquqlarni va ko‘chmas mulkka doir bitishuvlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
ko‘chmas mulkka huquqlar, ularning bir huquq egasidan ikkinchisiga o‘tishi to‘g‘risidagi, ko‘chmas mulkka huquqlarni chegaralash va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitishuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini tashkil qiladi.
9. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘zining hududiy bo‘linmalari, boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar orqali hal qiladi.
10. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni so‘rash va tekin olish;
hay’at majlislarida davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tekshirishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish, yer haqidagi qonun hujjatlari buzilishi sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish, yer qonunchiligi buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha da’volar taqdim etish, yer haqidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun taqdimnomalarni tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga jo‘natish;
er haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni to‘xtatish to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
xalqaro tashkilotlarda yerlardan foydalanish, geodeziya, kartografiya va kadastr masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish bilan bog‘liq masalalarni birgalikda ishlab chiqish uchun boshqa vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlashga haqlidir.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birga qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
12. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
13. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi ayni bir vaqtda yerlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Raisning birinchi o‘rinbosari ayni bir vaqtda Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasining boshlig‘i hisoblanadi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimi boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi faoliyati ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish hamda idoraviy mansub organlar va muassasalar ishlari yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, qo‘mita markaziy apparatining shtat jadvalini, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi markaziy apparati, idoraviy mansub organlar va muassasalar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, idoraviy mansub boshqa organlarning hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi muassasalarning nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘linmalarning, idoraviy mansub boshqa organlarning hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasida tarkibiga rais (hay’at raisi), rais o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining boshqa rahbar xodimlari, shuningdek davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbar xodimlari kiradigan, 9 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning shaxsiy tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hay’ati qo‘mita faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining eng muhim qarorlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Rais bilan hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda o‘z qarorini amalga oshiradi, hay’at a’zolari esa, o‘z navbatida, o‘z fikrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari ayni bir vaqtda tegishli hududlarda yerlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Tumanlar, (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari o‘z faoliyatini tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi asosiy subyektlar rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasiga binoan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari boshliqlari tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
17. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 31-yanvardagi 44-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1997-yil 9-dekabrdagi 541-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 27-iyuldagi 314-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 25-dekabrdagi 534-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarorida:
b) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “binolar va inshootlarning” so‘zlari “binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin va 2-ilova yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinmoqda);
“2. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlariga yuklansin”;
“3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasida nazarda tutilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini hamda ular yuzasidan bitishuvlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
9-banddagi “tuman, shahar ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari” so‘zlari “tuman, shahar yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-banddagi “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi” so‘zlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1998-yil 31-dekabrdagi 543-son qarorida:
“2. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlariga yuklansin”;
“Yer resurslari davlat qo‘mitasi va “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi” so‘zlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “xizmatlarning” so‘zi “tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“25. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi”;
mulkdorlardan, yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan va ijarachilardan huquqiy holatda, yer uchastkalarining tarkibida va yer uchastkalaridan foydalanishda yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdilar va naturada tekshirilgandan keyin joriy o‘zgarishlarni uch kun mobaynida yer kadastri axborotiga kiritadilar;
tuman (shahar) yer resurslari miqdori va ularning sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar banklarini tuzadilar va ularni zamonaviy darajada tutadilar;
har yili 15-yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalariga yerlarning miqdori va ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
28. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari:
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining yer kadastrini yuritishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar;
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining hisobotlarini umumlashtiradilar, yer uchastkasiga egalik huquqi subyektlari, mintaqadagi yer resurslari miqdori, sifati va ularni baholashga doir ma’lumotlar bankini yaratadilar, Respublika yer ma’lumotlari yagona bankini yaratishda qatnashadilar;
yer uchastkalariga bo‘lgan mulkchilik, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish va ijaraga olish huquqini, servitutlar to‘g‘risidagi bitimlarni va ushbu huquqlar bo‘yicha boshqa cheklashlarni ro‘yxatdan o‘tkazadilar;
tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib olingan mintaqa yerlarining miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har yili 1-fevralgacha “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga taqdim etadilar.
davlat yer kadastri yuritilishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qo‘yish ishlarini amalga oshiradi;
hududiy bo‘linmalarning yerlarning miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
er kadastri axborotining sifati va har xilligiga talabni muntazam o‘rganib boradi, yer kadastrini yuritish texnologiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi;
respublika mintaqalari bo‘yicha yer kadastri hujjatlarini yangilash navbatini va muddatlarini asoslab beradi;
er kadastri axborotlarini nashr etadi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga ma’lumotlar taqdim etadi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan yer kadastri axborotlari tarkibini, hajmini va ularga texnik talablarni belgilaydi;
har yili 1-martgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Yer resurslarining holati to‘g‘risida Milliy hisobotni taqdim etadi”;
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 57-modda):
a) O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomda:
19-banddagi “Yer resurslari davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi” so‘zlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomning 20-bandidagi “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi” so‘zlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 21-dekabrdagi 493-son qarorida:
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda):
a) 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi xatboshidagi va 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “yer resurslari bo‘yicha tegishli xizmatlarga”, “yer resurslari bo‘yicha xizmatlar” so‘zlari tegishli ravishda “yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlariga”, “yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yerlarning bazaviy va davriy monitoringi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan yuritiladi.
17. Yerlarning tezkor (navbatchi) monitoringi tumanlar va shaharlardagi bazaviy va davriy monitoring ma’lumotlaridan foydalangan holda — tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari tomonidan yuritiladi.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda har yili 1-fevraldan kechiktirmay mahalliy davlat hokimiyati organlariga, O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga mintaqadagi yerlarning holati to‘g‘risida axborotlar (hisobotlar) taqdim etadilar, o‘ta xavfli va yo‘l qo‘yilishi cheklangan jarayonlar aniqlanganda tezkor ma’lumotlar yuboradilar”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 492-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 66-modda):
“7. Hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
“15. Yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolarning, inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari berish ushbu obyektlarga egalik qilish huquqlari davlat ro‘yxatidan ro‘yxatdan o‘tkazish idoralari tomonidan o‘tkazilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 4-son, 19-modda):
a) 2-banddagi “Yer resurslari davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-2-ilovalardagi “Yer resurslari davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 119-modda) bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom matnidagi hamda unga 2-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi”, “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi”, “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga”, “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasining”, “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasida” so‘zlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi”, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi”, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga”, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining”, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga
2-ILOVA
(Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori
tahririda)
1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga
2-ILOVA
(Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori
tahririda)
| ||
Seriya № 000000 | ||
Ushbu guvohnoma _____________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ | ||
(yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi) | ||
soliq to‘lovchining identifikatsiya tartib raqami (INN)__________________________________________, ___________________________________________________________________________________________ | ||
(bino, inshootning joylashgan joyi) | ||
_________________________________________________________________________manzilda joylashgan | ||
________________________________ bino, inshoot ______________________________________________ | ||
(huquq turi) | ||
________________________________________________________________________ huquqi bilan tegishli | ||
ekanligi haqida berildi va unga ________________________________________________________ kadastr | ||
raqami berildi. Bu to‘g‘rida ___________________________________________________________________ | ||
(hujjatlar nomi) | ||
____________________________________________________________________________________ asosida | ||
_____________________________________- son bilan _______________________________________ ning | ||
(tuman, shahar) | ||
bino, inshootga bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish kadastr (reyestr) daftariga tegishlicha yozib qo‘yildi. | ||
Ro‘yxatga oluvchi | ____________________________________________________________ | |
| 20_____y. “______” ___________________________________________ |