05.03.2018 yildagi PQ-3584-son
Hujjat 07.03.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.

BOSQIChLAR

TADBIRLAR

MUDDATLAR


1-bosqich

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolar bilan ishlash shu’basi

xonadonlarni uyma-uy aylanib chiqish asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga jo‘nab ketmoqchi bo‘layotgan fuqarolar aniqlanadi, ular bilan chet elga bexatar jo‘nab ketish, shuningdek, imtiyozli tariflar bo‘yicha temiryo‘l va aviachiptalarni sotish mexanizmi masalalariga oid axborot-tushuntirish va profilaktika ishlarini olib boradi;

vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga jo‘nab ketmoqchi bo‘layotgan fuqarolarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida ro‘yxatga qo‘yish hamda imtiyozli tariflar bo‘yicha temiryo‘l va aviachiptalarni sotib olish uchun Agentlikka yuboradi;

zarurat bo‘lganda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda imtiyozli tariflar bo‘yicha temiryo‘l va aviachiptalar xarid qilishga jamoaviy buyurtmanomalar taqdim etish uchun vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish maqsadida respublikadan tashqariga jo‘nab ketmoqchi bo‘layotgan fuqarolarning guruhlarini shakllantiradi.

muntazam, tizimli asosda


2-bosqich

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqaroni Agentlikning elektron bazasida ro‘yxatga oladi, bunda mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ehtimoliy joy, bosib o‘tiladigan yo‘nalish va jo‘nash istalayotgan sana ko‘rsatiladi;

vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlarni valyuta hisobraqamini ochish va VISA-migrant plastik kartasini taqdim etish uchun “Aloqabank” AKga yuboradi;

imtiyozli tarif bo‘yicha temiryo‘l va aviachiptalar (keyingi o‘rinlarda — chiptalar)ni bron qilish va sotish uchun buyurtmanomani elektron shaklda Ixtisoslashtirilgan kassaga yuboradi.

murojaat qilingan kunda


3-bosqich

Ixtisoslashtirilgan chipta kassasi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan tuzilgan agentlik bitimiga muvofiq vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqaroga chiptani bron qilishga elektron shakldagi buyurtmani yuboradi.

1 ish kuni mobaynida


4-bosqich

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

Ixtisoslashtirilgan chipta kassasidan olingan so‘rovga muvofiq, chiptalarni bron qilishni amalga oshiradi;

jo‘nash sanasi va joyi ko‘rsatilgan holda o‘rinlar bron qilingani to‘g‘risida elektron shakldagi ma’lumotlarni Ixtisoslashtirishgan chipta kassalariga yuboradilar.

1 ish kuni mobaynida


5-bosqich

Ixtisoslashtirilgan chipta kassasi

joy bron qilingani to‘g‘risida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKdan ma’lumotlar oladi va bu haqda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqaroni chipta sotilgan joy va jo‘nab ketish sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;

2 ish kuni mobaynida

chiptani 20 foizli chegirma bilan imtiyozli tarif bo‘yicha, shuningdek, “Aloqabank” mablag‘lari hisobiga 300 ming so‘mlik qoplanadigan chegirmani hisobga olgan holda sotadi;

murojaat qilingan kunda

sotilgan chiptalar bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga va transportda yo‘lovchi tashuvchilarga hisobot yuboradi.

2 ish kuni mobaynida


6-bosqich

“Aloqabank” AK

mehnat migrantiga valyuta hisob-raqamini ochadi va VISA-migrant plastik kartasini taqdim etadi;

1 ish kuni mobaynida

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida transportda yo‘lovchi tashuvchining sotilgan chiptalariga 300 ming so‘mlik chegirma mablag‘lari o‘rnini qoplaydi.

3 ish kuni mobaynida

Murojaat qilingan kundan boshlab mehnat migrantiga imtiyozli chipta taqdim etish uchun zarur bo‘ladigan vaqt

7 ish kuni