LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining 2003-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2002-yil 12-dekabrdagi 431-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2003-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 2,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, davlat budjeti taqchilligini mablag‘ bilan ta’minlash faqat qadrsizlanmaydigan manbalar, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan daromadlar, xorijdan mablag‘ jalb qilish hamda 2003-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra davlat maqsadli fondlarining bo‘sh qoldiqlari hisobiga amalga oshiriladi.
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) yagona soliq stavkalari 4-ilovaga* muvofiq;
chakana savdo sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar oladigan daromaddan yagona soliq stavkalari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsiyentlar 5-ilovaga* muvofiq;
soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq stavkalari 6-ilovaga* muvofiq;
lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividendlar va foizlar tarzida olinadigan daromadlardan soliq stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha belgilangan soliqlar stavkalari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsiyentlar 9 va 10-ilovalarga* muvofiq;
ishlab chiqariladigan va ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan tovarlardan aksiz solig‘i stavkalari 11-1, 11-2-ilovalarga* muvofiq;
yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan to‘lovchilar uchun yer solig‘i stavkalari 17-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 18-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*3—18-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyatining dilerlari rasmiy maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslardan “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan olib chiqib ketiladigan avtomobillar uchun yig‘im stavkasi dvigatel hajmining 1 kub santimetri hisobiga 3,0 AQSh dollari miqdoridagi stavka bo‘yicha;
“Jismoniy shaxslar ayrim toifalari daromadlariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida” 1997-yil 24-dekabrdagi 562-son qarorining;
“Davriy matbuotni tarqatuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 13-apreldagi 143-son qarorining amal qilishi saqlab qolinsin.
Vazirlar Mahkamasining “Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarori qoidalarining so‘zsiz bajarilishi nazarda tutilsin.
eksport qiluvchi korxonalarda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash huquqi faqat respublika hududidan tovarlar olib chiqib ketish hamda ularning hisob raqamlariga eksportdan valyuta tushumi tushganligi fakti tasdiqlangandan keyin paydo bo‘ladi;
mulkchilik shakllaridan hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining barcha korxonalari, tashkilotlari va muassasalari har yili 1-yanvardagi holatiga ko‘ra asosiy fondlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda qayta baholaydilar.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 2003-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu tartib umumiy ovqatlanish sohasida uy sharoitlarida yoki davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o‘tirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga tatbiq etilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari umumiy ovqatlanish sohasida yuridik shaxs bo‘lgan holda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni 2003-yil 1-martgacha qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasinlar.
Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, 2003-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2003-yil yanvar-fevral oylari uchun faoliyatning ko‘rsatilgan turidan olingan daromadlardan belgilangan soliqlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 2002-yilda ular uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.
ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarib tashlaganlik, oqizganlik hamda chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirganlik uchun to‘lov bekor qilinsin.
ijtimoiy sug‘urtaga hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy badallar va ajratmalar miqdorlari 19 va 20-ilovalarga* muvofiq;
*19, 20-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
bojxona to‘lovlari va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha hisoblanadigan penya miqdori budjetga to‘lovlar bo‘yicha hisoblanadigan penya singari, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun 0,07 foizli stavka bo‘yicha belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, advokatlar byurosi, hay’atlari va firmalari Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallarni mehnatga haq to‘lash fondidan ushbu qaror bilan belgilangan miqdorlarda o‘tkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining tegishli budjetlarga tushumlarning to‘liq tushishi, tasdiqlangan xarajatlarni o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlanishi uchun javobgarligi va manfaatdorligini oshirish maqsadida:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo, o‘simlik yog‘i, kir sovun va atir sovunga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalarning cheklangan miqdorlari 21-ilovaga* muvofiq;
umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratmalar normativlari 22-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa naqd pul mablag‘ining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 23-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli budjetlarga dotatsiyalar ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha undiriladigan soliqlar va to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek budjetlarning birinchi navbatdagi xarajatlarining (ustamalari bilan ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning) mablag‘ bilan so‘zsiz ta’minlanishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
11. 2003-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Kafolat jamg‘armasi miqdori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari miqdorlari 24-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
12. 2003-yilda Hukumatning xorijdan mablag‘ jalb qilish cheklangan hajmi, shu jumladan ularga kafolatlangan kreditlar keyingi yillarda ularga xizmat ko‘rsatish va ularni qaytarishning 2003-yilgi darajasidan oshmaydigan miqdorlarda cheklab qo‘yilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining bajarilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi tahlili natijalari bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini baholash haqida va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida axborot;
zarurat bo‘lganda, Davlat budjetining asosiy parametrlariga tuzatishlar bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va xarajatlarning maqbullashtirilishi munosabati bilan 2002-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini daromadlar bo‘yicha 1842,2 mlrd so‘m, xarajatlar bo‘yicha 1927,4 mlrd so‘m miqdorida hamda taqchillik bo‘yicha 85,2 mlrd so‘m yoki (yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1%) miqdorida yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori doirasida aniqlashtirish haqidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishuvga ko‘ra 2003-yil yanvar oyida 2002-yil uchun barcha darajalardagi budjetlar bilan yakuniy aylanmalar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir operatsiyalarni 2002-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda o‘tkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 26-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muddatli xizmat harbiy xizmatchilariga va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida” 1994-yil 3-oktabrdagi 496-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 10-son, 47-modda)ning 2-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi advokatlik birlashmalarida advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 15-iyuldagi 250-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sug‘urtaga badallar miqdorlari to‘g‘risida” 1999-yil 30-iyuldagi 372-son qarorining 1-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2000-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti to‘g‘risida” 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qarorining 25-bandi va qarorga 21-ilova.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 2-oktabrdagi 375-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 63-modda)ga ilovaning 4-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda)ga 3-ilovaning 28-bandi ikkinchi xatboshi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 36-modda) 3-bandining uchinchi xatboshi va ushbu qarorga 3-ilova.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorining 6, 14-bandlari, 12-bandining oltinchi xatboshi va mazkur qarorga 3, 6—10, 12—18-ilovalar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 31-modda)ning 1-bandi va ushbu qarorga 1—4-ilovalar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2002-yil 17-iyundagi 215-son qarori 1-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshi hamda mazkur qarorga 1-ilova.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to‘g‘risida” 12-iyul 2002-yil 249-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomga 1-ilova.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qaroriga ilovaning 1-bandi va 2-bandning “v” kichik bandi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tartibi to‘g‘risida” 15.04.1998-yil 159-son qarori bilan tasdiqlangan Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash Tartibining V bo‘lim 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 132-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 15-modda; 1999-y., 11-son, 64-modda; 2000-y., 8-son, 45-modda; 2001-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibida:
“4. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llovchi va nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston chernobilchilari” uyushmasining mulki bo‘lgan, ishlovchilar umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lashdan ozod etiladi.
Mazkur imtiyoz savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga joriy etilmaydi”;
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarorida:
“4. Agar yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash bilan birgalikda faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullansa, ular alohida hisob yuritishga hamda faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashga majburdir”;
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining 4-bandida “2 yil muddatga” so‘zlari “2005-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod” davlat dasturi to‘g‘risida” 2000-yil 15-fevraldagi 46-son qaroriga 1-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustunida 54-bandda “darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlash” so‘zlari “o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin maktab kutubxona fondiga qaytariladigan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 41-modda):
a) Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshi “avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga” so‘zlaridan keyin “shuningdek “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyatining avtomobillar sotish bo‘yicha dilerlari hisoblangan kichik korxonalar va mikrofirmalarga” so‘zlari qo‘shilsin;
b) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “sotilgan mol-mulk va boshqa aktivlar qiymati”;
“salbiy kurs tafovuti summasi ijobiy kurs tafovuti summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda, ortiq bo‘lgan summa yalpi tushumdan yagona soliqni hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi”;
“Yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarori 1-bandining oltinchi xatboshiga “va zargarlik buyumlaridan” so‘zlaridan keyin “kir sovun va atir sovun, shuningdek benzin” so‘zlari qo‘shilsin.