Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×



mundarija mavjud emas

Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2019
Hujjat 29.01.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son “Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:

Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha
NAMUNAVIY ShARTNOMA

________________ sh.

______-son

20__ yil “___” __________
________________________________________________________________ qo‘riqlash boshqarmasi nomidan Nizom

(to‘liq nomi)

asosida faoliyat yurituvchi __________________________________________________________________________

(F.I.O)

(keyingi o‘rinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) bir tomondan _______________________________________________

(to‘liq nomi)

nomidan _______________ asosida faoliyat yurituvchi ___________________________________________________
(lavozimi, F.I.O)

(keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi, mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

1-bob. Shartnoma predmeti

1. Ijrochi ichki ishlar organi, harbiylashtirilgan va soqchilik qo‘riqlashi ko‘rinishida texnik qo‘riqlash punktidan (keyingi o‘rinlarda TQP deb yuritiladi) foydalangan holda Buyurtmachining mulkini qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish majburiyatini, Buyurtmachi esa mazkur Shartnoma shartlariga asosan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.

2-bob. Umumiy shartlar

2. Buyurtmachi _____________________________________________________________________________________

(qo‘riqlash turi ko‘rsatiladi (ichki ishlar organi, soqchilik, harbiylashtirilgan)

________________________________________________________________________________________________
(postlar soni, chegaralari, alohida xona, qo‘riqlash vaqti)
________________________________________________________________________________________________
(obyektning to‘liq nomi, joylashgan manzili)

(keyingi o‘rinlarda obyekt deb yuritiladi) Ijrochiga topshiradi, Ijrochi qabul qiladi.
3. Obyektning qo‘riqlash chegaralari (imoratlari, qurilmalari), postlarining (yo‘nalishlari) joylashuvi chizma-rejada ko‘rsatiladi va mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
4. Obyektdagi kirish-chiqish, ichki obyekt rejimi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan kirish-chiqish va ichki obyekt rejimini tashkil etish yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi hamda mazkur Shartnomaga ilova qilinib uning ajralmas qismi hisoblanadi.
5. Obyektni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va ta’mirlash Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi, texnik qo‘riqlash vositalari Ijrochining aybi bilan ishdan chiqqan hollar bundan mustasno. Obyektni yong‘indan qo‘riqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi bilan jihozlash chizmasi mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
6. Obyektni qo‘riqlashda Buyurtmachi bilan kelishilgan holda soqchi itlardan foydalanish mumkin.
7. Mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, obyektda ___ ish kuni ichida ichki ishlar organi qo‘riqlash turi yo‘lga qo‘yiladi.
Obyektda soqchilik qo‘riqlash turi va harbiylashtirilgan qo‘riqlash obyektga ___ ish kuni ichida yo‘lga qo‘yiladi.
8. Buyurtmachi ko‘zdan kechirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganda Ijrochi qo‘yilmaydi, qo‘yilgan Ijrochi esa chaqirib olinadi.

3-bob. To‘lovlarni amalga oshirish

9. Mazkur Shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga mos holda quyidagicha hisoblanadi:
post-soat hisobida qo‘riqlash xizmati oyiga ____________________ so‘m, 12 oyga ________________________ so‘m;
Ijrochi balansida turgan soqchi itni saqlash uchun oyiga ___________ so‘m, 12 oyga ___________so‘m.
10. Ijrochi xizmatlari uchun to‘lovlarga o‘zgartirishlar kiritish qonun hujjatlariga muvofiq ushbu xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda qayta ko‘rib chiqiladi.
11. Buyurtmachi mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab, _______ kun ichida mazkur Shartnoma bahosining 15 foizi miqdorida avans to‘lovini amalga oshiradi.
Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnoma taqdim qilingandan so‘ng Buyurtmachi besh kun ichida avans to‘lovini chiqarib tashlagan holda oylik to‘lovni amalga oshiradi.
Buyurtmachi budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi bo‘lsa, oylik to‘lovning 100 foizi miqdorida avans to‘lovini keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin amalga oshiradi.
12. Xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblangan Buyurtmachi mazkur Shartnomaning 11-bandida ko‘rsatilgan oylik to‘lovni (avans to‘lovini) o‘z vaqtida to‘lamasa, Ijrochi Buyurtmachiga akseptsiz to‘lov talabnomasini taqdim qilishga haqlidir.
Mazkur Shartnoma bekor qilingan hollarda Ijrochi Buyurtmachi bilan to‘langan to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob-kitobni amalga oshirishi zarur.

4-bob. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

13. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Ijrochidan belgilangan qo‘riqlash tartibiga rioya etishini talab qilish;
xizmat ko‘rsatish jarayonida Ijrochining xodimlari tomonidan intizomni buzish holatlarini to‘xtatish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilishini Ijrochidan talab qilish;
Ijrochining xizmatni tashkil qilishi va amalga oshirishini, qo‘riqlash turlariga mos bo‘lgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini nazorat qilish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari buzilishining har bir holati bo‘yicha Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqla�gan taqdirda Ijrochidan ularni bartaraf etishni talab qilish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish.
14. Buyurtmachining majburiyatlari:
mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20___ yil “___” ___________dagi ko‘zdan kechirish dalolatnomasiga asosan qo‘riqlashga topshiriladigan obyektni, alohida xonalarni texnik mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni bajarish, o‘z hisobidan texnik qo‘riqlash vositalari (obyektning turiga qarab post qurilmalari va uni isitish uskunalari, postlararo aloqa, ichki va shahar telefonlari, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi, obyekt perimetri bo‘ylab kerakli yoritish vositalari, qulflar, turniket, kuzatish maydonchasi, shaxsiy tekshirish xonalari, ishchi va xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash xonalari, yong‘in o‘chiruvchi vositalar va boshqalar) bilan jihozlash va zarur hollarda ularni ta’mirlash;
har qanday moddiy qimmatliklarni obyekt hududining devor to‘sig‘idan __________ metr uzoqlikda (obyekt joylashuvini hisobga olgan holda) joylashtirish;
Ijrochi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnik mustahkamligini, qo‘riqlashning texnik vositalari bilan ta’minlanganini, shu jumladan yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi holatini tekshirish ko‘rigini o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda Tomonlarning vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzish;
belgilangan qo‘riqlash rejimi talablarini bajarish va texnik qo‘riqlash vositalarining tegishli holatini ta’minlash;
binoda rejalashtirilayotgan kapital ta’mirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ish rejimini va ishlar profilini o‘zgartirish, moddiy qimmatliklarni saqlash joyini o‘zgartirish yoki �ngilarini ochish, obyekt yoki uning bir qismini boshqa shaxslarga ijaraga berish yoki mulk huquqini o‘tkazish, qo‘riqlash turini, postlar dislokatsiyasini o‘zgartirish yoki qo‘shimcha qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalarini o‘rnatish bo‘yicha tadbirlarning o‘tkazilishi haqida Ijrochini bunday ishlarning boshlanishidan kamida ___________ kun oldin ogohlantirish;
obyektda ish kuni yakunida qo‘riqlash signalizatsiyasini yoqish, uning nosozligi holatida bu haqda Ijrochini ogohlantirish va nosozlik bartaraf etilmagunga qadar obyektni tashlab ketmaslik va belgilangan tartibda qo‘riqlashga topshirish. Obyektni qo‘riqlashga topshirganlik haqida TQPni xabardor qilib, 5 daqiqadan so‘ng obyektning qo‘riqlashga qabul qilinganligi haqida ishonch hosil qilish;
obyektni, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan har bir alohida xonani kundalik qo‘riqlashga topshirish, eshiklar qulfi, derazalar, darchalar, lyuklar, ventilatsiya teshiklari yopilganligini hamda avtonom qo‘riqlash signalizatsiyasini va hududning yoritilish holatini tekshirish, qo‘riqlanadigan binolarda elektr jihozlarining, boshqa yong‘in manbalarining yoqilgan holda qolib ketishining oldini olish va begona shaxslarning obyektda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
qo‘riqlanayotgan hududda binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, o‘ralgan yoki qadoqlangan holatda qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qo‘riqlashga topshirish;
maxsus jurnalda o‘z vakili tomonidan imzo qo‘yish yo‘li bilan obyektlarni, alohida xonalarni qo‘riqlashga topshirish, qo‘riqlash tugagandan so‘ng qo‘riqlashdan chiqarish;
qo‘riqlanadigan xonalarning butunligi buzilganligi haqida yoki obyektga begona shaxslarning kirishi natijasida zarar yetkazilganligi alomatlari mavjud bo‘lganda zudlik bilan Ijrochini xabardor qilish va obyektga Ijrochi vakili yetib kelguniga qadar ko‘rsatilgan joylarning daxlsizligini ta’minlash;
begona shaxslarga qo‘riqlash va signalizatsiya tamoyillari va tizimini, shuningdek berilgan pult raqamlarini oshkor qilmaslik;
Ijrochi vakillarini obyektdagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan ularning o‘z vazifalarini bajarishiga oid qismi bilan tanishtirish;
15. Ijrochining huquqlari:
Buyurtmachidan obyektda o‘rnatilgan kirish-chiqish va ichki tartibga rioya qilinishini talab qilish;
mazkur shartnomani tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
ko‘zdan kechirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan qo‘riqlash-texnika vositalarini joriy qilish bo‘yicha Buyurtmachiga tavsiyalar berish.
16. Ijrochining majburiyatlari:
obyektda postlar dislokatsiyasiga (patrul yo‘nalishiga) muvofiq qo‘riqlash naryadini joriy etish;
mazkur Shartnomada va uning ilovalariga muvofiq obyektni hamda qo‘riqlashga topshirilgan moddiy qimmatliklarni qo‘riqlashni tashkil etish va ta’minlash;
qo‘riqlanayotgan hududdagi, lekin binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, o‘ralgan yoki qadoqlangan holatini tekshirib, qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qabul qilib olish;
obyektda kirish-chiqish va obyekt ichki tartibiga rioya etish, obyekt hududiga belgilangan tartibda moddiy qimmatliklar olib kirilishi va chiqilishini nazorat qilish;
propusk rejimi mavjud bo‘lgan obyektlarda kun davomida nazoratdan o‘tkazish punktidan bir martalik kirish ruxsatnomasi bilan obyektga kiritilgan tashrif buyuruvchilarning chiqib ketishini ta’minlash;
obyektni qo‘riqlash vaqtida joydagi yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishini ta’minlash;
obyektda yong‘in chiqishi yoki yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasining ishlab ketishi holatida zudlik bilan yong‘in bo‘limiga yoki Buyurtmachiga xabar berish;
obyektga begona shaxslarning kirib ketganligi aniqlanganda zudlik bilan Buyurtmachining vakilini chaqirish va obyektning daxlsizligini ta’minlash;
yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi ishlab ketgan holatlarda signalizatsiyaning ishlab ketish sabablarini aniqlash va obyektni qayta topshirish uchun Buyurtmachi vakilini chaqirtirish, tekshirish natijalari va obyektni qayta topshirish bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochining xodimlari tomonidan xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish, qo‘riqlash turlariga mos bo‘lgan kiyim-bosh, kiyim-bosh an�omlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini ta’minlash;
obyektni qo‘riqlashga qabul qilganda va topshirganda obyektdagi texnik mustahkamlik bo‘yicha va qo‘riqlashning texnik vositalari bilan bog‘liq aniqlangan barcha kamchiliklar haqida Buyurtmachini xabardor qilish;
Buyurtmachi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnikaviy jihatdan mustahkamligini, qo‘riqlashning texnik vositalari bilan ta’minlanishini, jumladan yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasini tekshirish ko‘rigini o‘tkazish, Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari hamda Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda tomonlarning vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablarining har bir buzilishi bo‘yicha Ijrochi va Buyurtmachining vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish va bir nusxasini Ijrochining rahbariga tegishli choralar ko‘rish uchun berish;
qo‘riqlanayotgan xonalar buzilganligi yoki mulkka yetkazilgan zarar to‘g‘risida ichki ishlar organining navbatchi qismiga va Buyurtmachiga zudlik bilan xabar berish, ichki ishlar organi vakili yetib kelgunga qadar hodisa yuz bergan joyning daxlsizligini ta’minlash.

5-bob. Tomonlarning javobgarligi

17. Mazkur Shartnomaning 11-bandida ko‘rsatilgan summaning Buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun Buyurtmachi Ijrochiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
18. Ijrochining xodimi postda va patrul yo‘nalishlarida bo‘lmaganida Ijrochi Buyurtmachiga har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorda penya to‘laydi, biroq bunda ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim.
19. Penyani to‘lash Buyurtmachi va Ijrochini o‘z majburiyatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
20. Ijrochi mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
Ijrochining aybi bilan zarar yetkazilganligi aniqlangan hollarda zarar to‘liq miqdorda qoplanadi.
21. Ijrochining aybi bilan yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash uchun tomonlar vakillaridan iborat komissiya tuzilishi mumkin. Bunda, zarar miqdori tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlanadi. Nizo mavjud bo‘lgan taqdirda zarar miqdori sudning qarori bilan aniqlanadi.
22. Quyidagi hollarda Ijrochi zararni qoplamaydi:
ijrochi shartnoma�a ko‘rsatilgan majburiyatlarni to‘liq bajargan bo‘lishiga qaramasdan zarar uchinchi shaxslarning jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan bo‘lsa va bu sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlansa;
qabul qilish-topshirish jurnalida qayd etilmagan mulkka zarar yetkazilganda;
buyurtmachining xodimlari tomonidan yoki ularning aybi bilan zarar yetkazilganda.
23. Mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoyka (jarima, penya) to‘lash hamda zararni qoplash Tomonlarni Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.

6-bob. Nizolarni hal qilish tartibi

24. Mazkur shartnomani tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar qonun hujjatlari belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

7-bob. Fors-major

25. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin paydo bo‘lgan, yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’n� favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
26. Engib bo‘lmaydigan kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi va tamom bo‘lganligi to‘g‘risida ikki kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Ushbu muddat ichida xabar bermagan Tomon mazkur Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida ko‘rsatishga haqli emas.
Fors-major holatlariga suv toshqinlari, yer qimirlashi va boshqa tabiiy halokatlar, shuningdek epidemiyalar, yong‘inlar, portlashlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mazkur Shartnoma ijrosiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan qarorlari kiradi.
27. Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi. Agarda fors-major uch oy davom etsa Tomonlar mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.

8-bob. Yakuniy qoidalar

28. Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur Shartnoma budjet tashkilotlari yoki budjet mablag‘lari oluvchilari bilan tuzilganda g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng kuchga kiradi.
29. Mazkur Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda tuzilganda hamda Buyurtmachi va Ijrochining vakillari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiydir.
Tomonlar mazkur shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
30. Shartnomaning amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:
ho‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha — Tomonlar tarafidan imzolangan kundan boshlab Tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarguniga qadar;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari bo‘yicha — belgilangan tartibda g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab yilning 31-dekabr kuni oxirigacha.
Buyurtmachi ho‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lgan taqdirda Buyurtmachi mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Ijrochiga Shartnoma muddati tugashidan ____ kun oldin ma’lum qilmasa, mazkur Shartnomaning amal qilish muddati xuddi shu muddatga va xuddi shu shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
31. Agar texnik qo‘riqlash vositalari Buyurtmachining aybi bilan ishdan chiqqan, kapital yoki joriy ta’mirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi buni rad etsa, Ijrochi Buyurtmachiga yetti kun oldin yozma ma’lum qilgan holda alohida obyektlarni qo‘riqlashni rad etishi mumkin.
32. Buyurtmachi ketma-ket uch marta mazkur Shartnomaning 11-bandida ko‘rsatilgan to‘lovni belgilangan muddatda to‘lamasa, Ijrochi mazkur shartnomani Buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilishga haqli.
33. Ijrochi ketma-ket uch marta post va patrul yo‘nalishlarida qo‘riqlash tartibini buzsa, Buyurtmachi mazkur shartnomani Ijrochini yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilishga haqli.
34. Tomonlar mazkur Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida ___ kun oldin yozma ravishda ma’lum qiladi.
35. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib Tomonlar mazkur Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi qo‘shimcha bandlar kiritishlari mumkin.

9-bob. Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari

Ijrochi
___________________________________________
(to‘liq nomi)

Buyurtmachi
__________________________________________
(to‘liq nomi)

Yuridik manzili: ____________________________
___________________________________________
Bank rekvizitlari: __________________________
___________________________________________
MFO: _____________________________________
STIR: _____________________________________
IFUT: ____________________________________
Yuridik manzili: ___________________________
__________________________________________
Bank rekvizitlari: __________________________
__________________________________________
MFO: _____________________________________
STIR: ____________________________________
IFUT: ____________________________________

___________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
___________________________________________
(imzo, muhr)

__________________________________________
(lavozimi, F.I.O.) __________________________________________
(imzo, muhr, (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi