Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning 4-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 12-modda 2-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 510-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish hamda fuqarolarni tegishli kafolatlar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
mehnat bozori holatining monitoringini tashkil etadi hamda shu asosda hududlar va tarmoqlar kesimida yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga doir yillik buyurtmalarni shakllantiradi;
mehnat bozorini tartibga solish va bandlik sohasida bozor sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
aholini ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (bundan buyon matnda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi deb yuritiladi) mablag‘laridan ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, uning malakasini oshirish uchun foydalanishning yo‘nalishlarini belgilaydi;
aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni ta’minlaydi;
ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni iqtisodiyotning va mehnat bozorining haqiqiy ehtiyojlariga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtiradi;
boshqa vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ular egallagan mutaxassisliklarga muvofiq ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ilg‘or axborot texnologiyalarini ishga joylashtirish jarayoniga joriy etadi, shu jumladan Bo‘sh ish o‘rinlarining milliy bazasini yaratadi va uni doimo rivojlantirib boradi;
ishga joylashishga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratadi;
aholi va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
fuqarolarga maqbul keladigan ishni tanlashda, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga esa zarur xodimlarni tanlashda yordam beradi;
mehnat organlariga murojaat etgan fuqarolar va ish beruvchilarga ish topish va ishchi kuchi bilan ta’minlanish imkoniyatlari to‘g‘risida, xodimlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar haqida va ish bilan ta’minlashga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar beradi;
ishlamayotgan fuqarolarni kasbga o‘rgatish, qayta o‘rgatish va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida o‘quv yurtlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi;
ishsizlarning ro‘yxatga olinishini ta’minlaydi va ularga yordam ko‘rsatadi, shu jumladan nafaqalar tayinlash va to‘lashni amalga oshiradi;
mehnat bozorining holatiga va mazkur bozorni rivojlantirish istiqbollariga baho beradi hamda uning monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi hamda tegishli axborotning tarqatilishini ta’minlaydi;
ish qidirib murojaat qilgan fuqarolarning, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlarining (vakant lavozimlarning) hisobini yuritadi;
ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarining bajarilishi monitoringini ushbu dasturlarga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot, shuningdek davlat statistika organlarining ma’lumotlari asosida amalga oshiradi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan mo‘ljallanayotgan tuzilmaviy o‘zgarishlar hamda amalga oshirilishi natijasida xodimlar ishdan ozod etilishi mumkin bo‘lgan boshqa tadbirlar to‘g‘risida, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) bor-yo‘qligi, mehnatning xususiyati va shart-sharoitlari to‘g‘risida axborot oladi;
davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridan ularning yo‘nalishi va ixtisoslashuvi, bitiruvchilarning kasb-malaka tarkibi hamda soni to‘g‘risida axborot oladi;
mehnat organlariga murojaat etgan fuqarolarni kasb tayyorgarligi va malaka darajasiga muvofiq korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ularda bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) bo‘lgan taqdirda ishga joylashtirish uchun yuboradi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga qabul qilish uchun ish o‘rinlarining eng kam miqdorini belgilash to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqadi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, shuningdek mazkur fuqarolarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yuboradi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishonchnomasi asosida ular nomidan fuqarolarni ishga joylashtirish to‘g‘risida ularni oldindan (zarurat bo‘lgan taqdirda) kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, yo‘lkira, kundalik xarajatlar haqini to‘lash sharti bilan shartnomalar tuzadi, shuningdek yangi yashash va ish joyiga ko‘chib borish chog‘ida tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan yordam puli beradi;
ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda ularning o‘z xohishiga ko‘ra jo‘natadi;
Mahalliy mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mehnat organlari tomonidan aholiga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, boshqa ish beruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shu jumladan mehnat bozori holati to‘g‘risida axborot berish bo‘yicha xizmatlar bepul amalga oshiriladi”;
3) 28-moddaning uchinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 35-moddaning ikkinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 513-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-394-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) 14-moddasining birinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 839-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-410-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 275-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi birinchi xatboshisidagi va uchinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 28-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 29-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 384-modda) 37-moddasi birinchi qismining “e” bandidagi “doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida” degan so‘zlar “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) 531-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni o‘tash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga yuboriladi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “194, 218” raqamlari “194, 2091, 218” raqamlari bilan almashtirilsin;
O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ko‘p bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Oz miqdor deganda eng kam ish haqining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan doiradagi, ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda esa, eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi”;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan deputatlar hamda senatorlar oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaslik, ularning ishiga to‘sqinlik qilish, ularga ataylab soxta ma’lumot berish, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan parlament so‘rovini, deputat, senator so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish”;
Formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish, —
formali kiyim-boshni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“164-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 1711, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753, 1756-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764, 177, 179” degan so‘zlar “164, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 171, 1711, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741, 175, 1751, 1753, 1754, 1755, 1756, 176, 1762, 1763, 1764, 177, 178, 1781, 179, 1791” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ham ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ko‘rib chiqadi, ushbu Kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
7) 257-moddaning birinchi qismidagi “178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
8) 261-moddaning birinchi qismidagi “178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
9) 264-moddaning birinchi qismidagi “164-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida, 168, 171, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 1754, 1755, 1762, 1791, 2153-moddalarida” degan so‘zlar “168-moddasida, 174-moddasining uchinchi qismida va 2153-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 265-moddaning birinchi qismidagi “178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish organlariga ushbu Kodeksning 2151-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqlidir:
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi hamda uning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining o‘n baravarigacha miqdorda;
xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
“Ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”;
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 30-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Banklarda likvidlilik tanqisligi yuzaga kelgan va ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan garov aktivlari mavjud bo‘lmagan hollarda, Markaziy bank banklarga Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda qisqa muddatli ta’minotsiz kreditlar berishga haqli”;
“Markaziy bank banklarni kreditlash shartlarini ommaviy axborot vositalarida va o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 46-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 49-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 51-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 56-moddaning matnidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 59-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 71-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 107-moddaning to‘rtinchi qismidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga” degan so‘zlar “tayanch doktoranturaga yoki doktoranturaga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 117-moddaning ikkinchi qismidagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 137-moddaning ikkinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 225-moddaning uchinchi qismidagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 241-moddaning uchinchi qismida “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ-370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 44-moddaning uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 109-moddaning uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) 17-moddasining uchinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son)
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda, № 12, 657-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) 13-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organlarining mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining farqlovchi belgilari va kiyim-kechak bilan ta’minlanish normalari qonun hujjatlarida belgilanadi. Formali kiyim-boshni kiyib yurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi”.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) 15-moddasining ikkinchi qismi “normalar bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 1-moddasining ikkinchi qismi “qonuniylikni mustahkamlashdan” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
“Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning ko‘rilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak”;
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak”.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 52-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar” degan so‘zlar “doktorantlar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi 723-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda; 2010-yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-342-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 333-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 21-moddasining ikkinchi qismi “ekologik” degan so‘zdan keyin “korrupsiyaga qarshi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6–7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi ellik to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyat”.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) 54-moddasining o‘ninchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi 308-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 26-moddasining uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 46-moddasining ikkinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan 353-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 63-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 369-modda, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 4-moddasiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
birinchi qism “madaniy meros obyektlarini saqlash” degan so‘zlardan keyin “shuningdek shaharsozlik faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qism “madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish” degan so‘zlardan keyin “shuningdek manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrda qabul qilingan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-57-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 499-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘RQ-60-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 23-moddasining birinchi qismi “ekologiya” degan so‘zdan keyin “korrupsiyaga qarshi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan O‘RQ-387-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning beshinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-319-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) 9-moddasining birinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-353-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) 15-moddasining ikkinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 77-moddaning uchinchi va yettinchi xatboshilaridagi “bandlikka ko‘maklashish markazlari” degan so‘zlar “aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 106-moddaning beshinchi qismidagi “Mehnat” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 170-moddaning birinchi qismi “va unga yo‘l qo‘ymaslik” degan so‘zlardan keyin “shuningdek budjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 179-moddaning ikkinchi qismi “mansabdor shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning alomatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
35-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 4-moddasining uchinchi xatboshisi “shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
36-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 25-sentabrda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-376-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
“korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etish”;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)