Ҳужжат рақами
1023
Орган
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси
Имзоланган сана
26.12.2017
Кучга кириш санаси
29.12.2017
Қўшимча ахборот
Улашиш
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 26.03.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) VI bo‘lim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
v) ilova 1-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Asosiy moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari to‘g‘risida” 2003-yil 29-sentabrdagi F-1845-son farmoyishiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallar asosiy turlarining ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan moddiy balanslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 4-maydagi F-4926-son farmoyishiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 26-dekabrdagi 281-son qarori rus tilidagi matnidagi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 52-son, 520-modda) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “Rasporyajeniye Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 4-fevralya 2005 goda № R–2118 “O poryadke razrabotki, rassmotreniya i podpisaniya postanovleniy i rasporyajeniy Kabineta Ministrov” zamenit slovami “postanovleniye Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 28-iyulya 2017 goda № PP–3161 “Ob utverjdenii Reglamenta apparata Prezidenta Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-martdagi 245-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/245/2834-son)