“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq:
normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan sanadan e’tiboran bir kun mobaynida va zarur bo‘lgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qog‘ozda va elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;
normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur bo‘lgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular vazirlikka kelib tushgan kuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha elektron shaklda yo‘llash orqali amalga oshiriladi.
2. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlar hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xabar beruvchi funksiyali elektron tizim (keyingi o‘rinlarda elektron tizim deb ataladi) orqali yuboriladi.
normativ-huquqiy hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilib olish va ularni rahbarlar va xodimlar e’tiboriga yetkazish uchun mas’ul shaxsni belgilasinlar;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, o‘z faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni ular kelib tushgan kuni o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga elektron shaklda yetkazilishini ta’minlasinlar;
o‘z faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etsinlar.
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron tizim orqali o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga yetkazilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshirsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilib olishda va ijrochilarga yetkazishda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rsin;
qonun hujjatlarining tarqatilishi, aholi va ijrochilarga ularning mazmun-mohiyati tushuntirilishining amaliy ta’sirini muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlab, zarurat bo‘lganda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat bo‘lgan taqdirda, hujjatning mazmunidan kelib chiqib Ro‘yxatda nazarda tutilmagan tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish huquqi berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar, o‘z vakolatlari doirasida o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini ta’minlashi shart.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi shart”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) 74-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) majburiy tartibda belgilangan tartibda rasmiy e’lon qilish hamda ijrochilarga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qog‘oz va elektron shaklda yuboriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan Asosiy talablarda:
“b1) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga)”;
“Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda axborot-tahliliy materiallari bilan birga) o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay joylashtirishga majburdir”.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 47-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 26-maydagi 135-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 30-modda) ilovaning 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan keng foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 83-modda) 6-bandi va qarorga ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-342-son Qonuni)” 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 88-modda) ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va tarqatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoni)” 2014-yil 8-iyuldagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 68-modda) ilovaning 2-bandi.