21.12.2017 yildagi 1008-son
Hujjat 23.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-yanvardagi O‘RQ-420 son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomning 10-bandidagi “(Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish inspektorlari, Toshkent shahrida esa — oldini olish inspektorlari)” so‘zlari “(Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — profilaktika inspektorlari, Toshkent shahrida esa — voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning profilaktikasi inspektorlari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-ilovaning 12-bandidagi “(ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi inspektori)” so‘zlari “(ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — profilaktika inspektorlari, Toshkent shahrida esa — voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning profilaktikasi inspektorlari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 12-bandidagi “(ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi inspektori)” so‘zlari “(ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — profilaktika inspektorlari, Toshkent shahrida esa — voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning profilaktikasi inspektorlari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 11-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
sakkizinchi — yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 12-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-iyuldagi 184-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 27-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalarida va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan ta’minlash normalarining (1-ilova) rus tilidagi matnining “Tergov hibsxonalarida va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan ta’minlashning 3-normalari” bo‘limi izohiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.