Davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolardan talab etilayotgan axborotlar va hujjatlar ro‘yxatini tubdan qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
chet eldagi harakatlar uchun zarur bo‘lgan, xorijiy davlatlar organlari tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning, apostil qo‘yiladigan va belgilangan tartibda legallashtiriladigan, shuningdek, qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan holatlarda faqat hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etiladi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari olinadi, ular davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi organ tomonidan tasdiqlanadi, asl nusxalari esa qaytarib beriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida Nizomning 4-bandi “b” kichik bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibi II bo‘limi 2-bandining yettinchi xatboshidagi “vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasini” so‘zlari “vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomani yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorini (nusxalari olinib, asli qaytariladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 16-bandining yettinchi xatboshidagi “vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasini” so‘zlari “vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomani yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorini (nusxalari olinib, asli qaytariladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlarni berish tartibining 19-bandi yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 20-iyundagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish qoidalarining 2.5-bandida:
o‘ninchi xatboshidagi “notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlari nusxalari” so‘zlari “hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirma ikkinchi xatboshidagi “notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlar nusxalari” so‘zlari “hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat olish uchun (1 va 1a-ilovalar) ularning egasi oldindan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga belgilangan shakldagi yozma ariza (2-ilova), olib chiqib ketiladigan ashyolarning ro‘yxatini, shuningdek, ashyolarning o‘zini taqdim etishi shart. Matbaa asarlari olib chiqilishi uchun ro‘yxat ikki nusxada taqdim etiladi (3-ilova)”.
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi xorijiy fuqarolarga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek, ularni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiyalar to‘g‘risida Namunaviy nizom 4-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar jarayon oilalarning qaytadan qo‘shilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, nikoh to‘g‘risidagi hujjatlar hamda bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-oktabrdagi 454-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizomning 1.2-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shirkatning yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi)”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizomning 1-ilovasidagi Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining ro‘yxati 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2000-y., 9-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida Nizom 4-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mehnat daftarchalari (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki ularning va asosiy ish joyi bo‘yicha shtatdagi auditorlarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga to‘g‘ri keladigan miqdorda ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarning ish joyidan tasdiqlangan nusxalari”.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandida:
“litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar — so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda mehnat daftarchasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”;
o‘n uchinchi va o‘n yettinchi xatboshilaridagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar — so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda mehnat daftarchasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 30-bandida:
oltinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 12-bandining o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishi (saqlash, berish, sotish, tayyorlash, foydalanish, yo‘q qilish) sohasidagi mas’ul xodim uchun oliy farmatsevtika ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi) hamda uni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandida:
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari;
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan veterinariya faoliyati ishlari turlari;
b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
v) hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati organining veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan binolarning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
g) litsenziya talabgorida veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud asbob-uskunalar va apparaturalar ro‘yxati;
d) tegishli yakka tartibdagi tadbirkorning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, malaka oshirish, ixtisoslashuvdan o‘tish to‘g‘risidagi hujjatlar, mehnat daftarchasining nusxalari)”.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 45-bandi “b” kichik bandidagi “notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi Nizomda:
“1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun ariza beruvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk egasi) bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi)”;
“1) rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandida:
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom 11-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma. Agar talabgor chet mamlakatlarda ta’lim olgan bo‘lsa, chet mamlakatlarda ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnoma (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining 12-bandi yettinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Sud organlari so‘rovnomalariga ko‘ra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 14-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 18-bandi uchinchi xatboshidagi “va notarial tasdiqlangan nusxalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-oktabrdagi 235-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “guvohnomaning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi” so‘zlari “guvohnoma” degan so‘z bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari” so‘zlari “diplomlari (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “daftarchalarining (mavjud bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari” so‘zlari “daftarchalari (mavjud bo‘lganda)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ikkinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi”;
beshinchi xatboshidagi “diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari” so‘zlari “diplomlari (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “daftarchalarining (mavjud bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari” so‘zlari “daftarchalari (mavjud bo‘lganda)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Beshinchi va oltinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi”;
uchinchi xatboshidagi “diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari” so‘zlari “diplomlari (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “daftarchalarining (mavjud bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari” so‘zlari “daftarchalari (mavjud bo‘lganda)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi”;
24. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 8-bandi “e” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “(notarial tasdiqlangan)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida:
27. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 15-bandining yettinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 9-bandining “a” kichik bandidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Nizom 24-bandining beshinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxs uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), xizmat ko‘rsatadigan bankning nomi, bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami, muassislarining (qatnashchilarining) ro‘yxati, ularning manzillari va faoliyati turlari;
b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi;
v) asosiy ish joyi bo‘yicha shtatdagi rieltorlarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi va buyruqlarning yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan nusxalari;
g) litsenziya talabgori shtatida turgan xodimlarning rieltorlar malaka sertifikatlarining yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan nusxalari, jismoniy shaxs uchun — rieltor malaka sertifikatining nusxasi;
d) rieltorlik faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda ustav kapitalining to‘liq shakllantirilganligidan dalolat beradigan hujjat nusxasi. Bunda rieltorlik xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan mol-mulkni kiritish hisobiga ustav kapitalini pulsiz shaklda qisman yoki to‘liq shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi;
Ushbu bandning “v”, “d”, “e” kichik bandlari talablari litsenziya talabgorlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 30-bandining “v” kichik bandidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 27-bandidagi “yoki notarius” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” i 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 32-modda):
4-bandning beshinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yettita xatboshidan iborat tahrirda bayon etilsin:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;
nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
davlat hokimiyati tegishli organi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda organ va tashkilot deb ataladi) rahbarining ishga taklif etilayotgan shaxsning (yuqori malakali mutaxassislar va tor ixtisosdagi mutaxassislarning) ishonchliligi kafolati bilan birgalikda iltimosnomasi. Bunda ushbu Nizom maqsadlari uchun respublika ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari deganda ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish masalalari qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tartibga solinadigan davlat tashkilotlari tushuniladi. Fuqaro Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, Ichki ishlar vazirligi yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan taqdirda ishga qabul qilinayotgan shaxsni (xodimni) doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma (ishonchliligi kafolatlangan holda) ko‘rsatib o‘tilgan organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
propiska uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
5-banddagi “to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshida ko‘rsatilgan hujjatlar” so‘zlari “sakkizinchi xatboshida ko‘rsatilgan hujjat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Agar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro (oila a’zolari bilan birga) turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, notarial tasdiqlangan turar joy yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu holatda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning va turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yoxud ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Bunda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning oila a’zolari (er, xotin, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari, farzandlikka olinganlari) fuqaroning oila a’zolari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishlari kerak”;
“Agar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, o‘qish, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda notarial tasdiqlangan turar joyning yoxud uning bir qismining ijara shartnomasining yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining nusxasini taqdim etish talab etilmaydi”;
“nikoh tuzilganlik, tug‘ilganlik, ota-onalar vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”;
uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;
nikoh tuzilganlik, tug‘ilganlik, ota-onalar vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”;
“uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa”.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-martdagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ilovaning izoh qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandida:
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 11-ilovada:
Keyingi tahrirga qarang.
37. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 52-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 5-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tarkibida ETL faoliyat ko‘rsatayotgan iste’molchi korxona va tashkilot Ustavi (Nizomi) (nusxasi olinib, asli qaytariladi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
“k” kichik bandidagi “vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan” so‘zlari “notarial tasdiqlangan vasiyatnomaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
39. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-maydagi 114-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining valyuta mablag‘larini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 14-bandi uchinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 156-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandida:
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyuldagi 184-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 96-bandining yettinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari 21-bandining “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) ommaviy tadbirning tashkilotchisi — jismoniy shaxs uchun — pasport (shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat)ning nusxasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandidagi “e” kichik bandi chiqarib tashlansin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
“b) ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom yoxud fanlar nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olganlik to‘g‘risidagi diplom yoxud hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
yoxud xorijiy davlatning ta’lim muassasasida olingan ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning nusxasi yoxud fanlar nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olganlik to‘g‘risidagi diplomning nusxasi, shuningdek, ma’lumoti yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi xorijiy hujjatning nostrifikatsiyalangani to‘g‘risida vakolatli davlat organi guvohnomasi”;
“d) maxsus o‘quvdan va malaka oshirishdan o‘tganlik to‘g‘risidagi hujjat yoki uni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (o‘quv tugagan sanadan boshlab hujjatlarni topshirgungacha bo‘lgan sanagacha bir yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa hujjat haqiqiy hisoblanadi)”;
“Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Ushbu bandning “b” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi hamda ushbu bandda nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarning talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
“v) maxsus o‘quvdan va malaka oshirishdan o‘tganlik to‘g‘risidagi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (u agar o‘qish tugagan sanadan boshlab hujjatlar topshirilgan sanagacha bir yildan ko‘p vaqt o‘tmagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi)”.
45. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 101-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi Nizomda:
46. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
a) 1-ilovaning 7-bandi beshinchi xatboshidagi “notarial tarzda tasdiqlatilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 18-bandi ikkinchi xatboshidaga “notarial tarzda tasdiqlatilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning 9-bandi ikkinchi xatboshidagi “notarial tarzda tasdiqlatilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
47. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 10-bandida:
48. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 72-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandida:
49. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-iyundagi 166-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Nizomning 24-bandida:
50. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida Nizomda:
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “notarius tomonidan tasdiqlanishi yoxud” so‘zlari chiqarib tashlansin;
51. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandida:
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandida:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 170-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 10-bandining beshinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.