O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘pisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
standartlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, o‘lchovlar, sertifikatlashtirishning, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishning yagonaligini, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligi markaziy apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 56 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 43 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zstandart” agentligining bosh direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktoriga, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, 7-ilovaga muvofiq korxonalarning ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketi (ulushlar) ular belgilangan tartibda professional boshqaruvchi kompaniyalarga berilgunga qadar O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga ishonchli boshqaruvga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
“O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari:
Hududiy boshqarmalar ikki tomonlama bo‘ysunadilar hamda Agentlikka va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga hisob beradilar.
3. “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. “O‘zstandart” agentligi, uning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Milliy etalonlar markazi faoliyatini moliyalashtirish “O‘zstandart” agentligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar va mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “O‘zstandart” agentligi, uning hududiy boshqarmalari, mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan unga qarashli boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega bo‘ladilar.
“Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, o‘lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “O‘zstandart” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash borasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat, tarmoq, ma’muriy-hududiy standartlarni va ularga o‘zgartirishlarni, korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlarini, standartlarini va ularga o‘zgartirishlarni, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‘yicha amal qilinadigan hujjatlarni, shuningdek norma va qoidalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko‘maklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;
sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspeksiya o‘tkazish sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning sinov, o‘lchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish laboratoriyalarini attestatsiyadan o‘tkazadi va akkreditatsiya qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga o‘z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantiradi va rivojlantiradi, milliy etalonlarni xalqaro etalonlar bilan solishtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash borasida:
respublikada ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlari natijalarini e’tirof etish ishlarini tashkil etadi;
o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ro‘yxatdan o‘tkazadi;
shtrixli kodlashtirishni joriy etish siyosatini amalga oshiradi va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reyestrini yuritadi;
manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va o‘lchov usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar bilan ta’minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targ‘ibotini amalga oshiradi;
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yaratadi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash ishlarini amalga oshirishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
sertifikatlangan mahsulotlar, sifat tizimlari, o‘lchov vositalarining va o‘lchovlarni amalga oshirish metodikasining, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarining, sinov (o‘lchov) laboratoriyalarining, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reyestrlarini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish borasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni o‘qitishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) mahsulotlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida:
o‘z vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi bo‘yicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
standartlarga rioya qilish, o‘lchovlar va sertifikatlash qoidalarining yagonaligini ta’minlash masalalari bo‘yicha nazorat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, o‘lchovlarning yagonaligi va ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta’minlanishini tashkil etadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
9. “O‘zstandart” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z hududiy boshqarmalari, o‘ziga qarashli organlar va muassasalar orqali amalga oshiradi.
10. “O‘zstandart” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
standartlashtirish, metrologiya, sinash va sertifikatlashtirish masalalarini hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish hamda mahsulotlar sifatini boshqarish masalalari bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tashkilotlardan “O‘zstandart” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni belgilangan tartibda olish;
Idoralararo kengashda davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy sheriklar bilan birgalikdagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining standartlashtirish, metrologiya, mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha axborotlarini tinglash;
Keyingi tahrirga qarang.
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish bo‘yicha tarmoq va tarmoqlararo texnika qo‘mitalari tashkil etishda qatnashish;
davlat nazorati natijalarini tahlil qilish asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshliligini oshirish hamda sifat tizimlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar kiritish;
standartlashtirish, metrologiya, respublika iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish muammolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha vaqtinchalik ilmiy-texnika komissiyalari tuzish;
nazorat qilinayotgan mahsulotlar ko‘rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida sotish va saqlash korxonalarida nazorat xaridini o‘tkazish yo‘li bilan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat nazoratini amalga oshirish;
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maxsus jamg‘armani shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish uchun foydalanish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qo‘llash;
mahsulotning raqobatbardoshliligini va sifatini ta’minlamaydigan hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan normativ hujjatlarni bekor qilish, ularning amal qilish muddatini cheklash yoki qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
akkreditatsiya qilish va attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarni belgilangan tartibda bekor qilish va ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish;
Keyingi tahrirga qarang.
sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar, yuklab jo‘natishdan oldingi inspeksiya organlari, sinov, o‘lchash, tekshirish va kalibrlash laboratoriyalari faoliyati ustidan o‘z vakolatlari doirasida inspeksiya nazorati o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish bo‘yicha xalqaro va davlatlararo tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qilish;
11. “O‘zstandart” agentligi belgilangan tartibda o‘z vakolati doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
“O‘zstandart” agentligi, zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
13. “O‘zstandart” agentligini maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladigan Bosh direktor boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligining Bosh direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Bosh direktor va Bosh direktor o‘rinbosarlari ayni bir vaqtda lavozimiga ko‘ra tegishli ravishda Standartlar va o‘lchovlarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat bosh inspektori va davlat bosh inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va “O‘zstandart” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, “O‘zstandart” agentligi tizimi boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning “O‘zstandart” agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli organlar va muassasalarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida “O‘zstandart” agentligi markaziy apparati, shuningdek Agentlikka qarashli organlar va muassasalar shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
“O‘zstandart” agentligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, shuningdek “O‘zstandart” agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
“O‘zstandart” agentligi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar rahbarlarini, O‘zstandart” agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, sifat va davlat nazorati bo‘yicha organlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan idoralararo tusdagi xalqaro, davlatlararo shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. “O‘zstandart” agentligida tarkibida Bosh direktor, Bosh direktor o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra) va “O‘zstandart” agentligining boshqa xodimlari bo‘ladigan 7 kishidan iborat hay’at tuziladi.
Hay’atning shaxsiy tarkibi Bosh direktor taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at “O‘zstandart” agentligi faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, “O‘zstandart” agentligi tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, idoraviy mansub boshqa organlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, “O‘zstandart” agentligining muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Hay’at qarorlari Bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Bosh direktor o‘z qarorini amalga oshiradi. Bosh direktor kelib chiqqan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qiladi.
17. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
“O‘zstandart” agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari lavozimiga ko‘ra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va o‘lchovlar yagonaligi ta’minlanishi ustidan nazorat bo‘yicha davlat bosh inspektorlari hisoblanadilar.
18. “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda bo‘limlarining zimmasiga davlat nazoratini amalga oshirish yuklangan boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, mutaxassislari lavozimiga ko‘ra ayni bir vaqtda standartlar va o‘lchovlar yagonaligi ta’minlanishi ustidan nazorat bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
19. Standartlar va o‘lchovlar yagonaligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
20. “O‘zstandart” agentligini qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/r | Korxonalar nomi | Davlat ulushi, % |
1. | Andijon “Etalon” zavodi AJ | 25 |
2. | Buxoro “Etalon” zavodi AJ | 25 |
3. | Qo‘qon “Etalon” zavodi AJ | 25 |
4. | Namangan “Etalon” zavodi AJ | 25 |
5. | Nukus “Etalon” zavodi AJ | 25 |
6. | Samarqand “Etalon” zavodi AJ | 25 |
7. | Urganch “Etalon” zavodi AJ | 25 |
8. | Farg‘ona “Etalon” zavodi AJ | 25 |
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga;
milliy etalon bazani, “O‘zstandart” agentligi tizimidagi sinov va o‘lchov laboratoriyalarini rivojlantirishga;
o‘zaro hamkorlik tadbirlariga hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga badallar to‘lashga;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga;
binolar, inshootlar va muhandislik tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va saqlashga, asbob-uskunalar sotib olishga;
standartlarni hamda normativ hujjatlarning majburiy talablariga rioya qilinishi o‘lchovlarining yagonaligi ta’minlanishini davlat tomonidan nazorat qilishga;