08.12.2017 yildagi 973-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2020
Hujjat 12.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hudud rahbarlari faoliyatini ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o‘zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mazkur Nizomning amalda qo‘llanilishi bo‘yicha, uni takomillashtirish nuqtai nazaridan 2018-yil 1-maygacha mazkur Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hudud rahbarlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o‘zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholash mezonlarini belgilaydi.
Rasmiy statistik ma’lumotlar ijtimoiy soha, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi sohasi, kommunal xo‘jaligini tashkil qilish va uy-joy masalalari, huquq-tartibot sohasidagi ko‘rsatkichlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq shahar va tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan sektorlar rahbarlari tomonidan uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni echish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
Har bir mezon-indikator (ko‘rsatkich) mazkur Nizomga 1-ilovaning “Indikator (ko‘rsatkich)ni hisoblash metodikasi” ustunida keltirilgan metodika bo‘yicha hisoblanadi va “Indikatorni baholash metodikasi” ustunida keltirilgan metodika bo‘yicha baholanadi.
7. Rasmiy statistik ma’lumotlar mazkur Nizomga 1-ilovaning “Mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustunida ko‘rsatilgan vazirlik, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har chorak yakunida hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar har bir shahar va tumanlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda har chorakda alohida o‘rnak ko‘rsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishda Tizim bo‘yicha baholash natijalaridan foydalanish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T.r.

Indikator (ko‘rsatkich)ning nomi

O‘lchov birligi

Indikator (ko‘rsatkich)ni hisoblash metodikasi

Indikatorni baholash metodikasi

Mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

I qism. Rasmiy statistik ma’lumotlar

Ijtimoiy soha indikatorlari

1.1.

3 — 7 yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olinishi

%

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning
3 — 7 yoshdagi bolalar umumiy sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Maktabgacha ta’lim vazirligi

1.2.

Oxirgi chorak davomida umumta’lim maktablarida davomatning o‘rtacha ko‘rsatkichi

%

Darslarda ishtirok etayotgan o‘quvchilarning jami o‘quvchilar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Xalq ta’limi vazirligi

1.3.

Oxirgi chorak davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda davomatning o‘rtacha ko‘rsatkichi

%

Darslarda ishtirok etayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining ularning umumiy sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

1.4.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilganligi

%

Muayyan o‘quv yili bitiruvchilarining ishga joylashtirilganlari sonining jami mehnatga layoqatli va ishga joylashtirishga muhtoj bitiruvchilar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi

1.5.

Oxirgi chorak davomida patronajlar tomonidan yolg‘iz, keksa, nogiron, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar ahvolining o‘rganilganligi

%

Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida qayd etilgan yolg‘iz, keksa, nogiron, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar sonini jami patronaj xizmati ko‘rsatilgan kishilar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

1.6.

Umumta’lim maktablarining pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi

%

Umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar sonini mavjud shtat birliklari umumiy sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Xalq ta’limi vazirligi

1.7.

Tibbiyot muassasalarining mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi

%

Tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari sonining mavjud shtat birliklari umumiy sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

1.8.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi

%

Dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minotning umumiy ehtiyojdagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

1.9.

Chin yetimlarning uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi

%

Uy-joy bilan ta’minlangan chin yetimlarning jami chin yetimlar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1.10

Oilalarning butunlik ko‘rsatkichi

%

Butun oilalar (ajrashmagan) sonining jami oilalar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Adliya vazirligi

1.11

Jinoiy jazoni o‘tab kelganlarning ish bilan ta’minlanishi

%

Jinoiy jazoni o‘tab kelib ish bilan ta’minlanganlarning jami jinoiy jazoni o‘tab kelgan mehnatga layoqatli va ishga joylashtirishga muhtojlar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi

1.12

Mahallalarda profilaktika nozirlarining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi

%

Uy bilan ta’minlangan profilaktika nozirlarining jami profilaktika nozirlari sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Ichki ishlar vazirligi

1.13

Kam ta’minlangan oilalar ko‘rsatkichi

%

Kam ta’minlangan oilalarning umumiy oilalar sonidagi ulushi

0 — 5 foizgacha 2 ball bilan baholanadi, 5 foiz dan yuqorilari mos ravishda foiziga qarab
2 ballga nisbatan baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1.14

18-60 yoshdagi mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasi

%

Ish bilan ta’minlangan aholi sonini 18-65 yoshdagi mehnatga layoqatli aholi umumiy soniga nisbati

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

1.15

1-guruh nogironlariga to‘langan nafaqa ko‘rsatkichi

%

Hududda hisobot choragidagi har bir oyning 27-sanasiga nafaqa to‘lovlari to‘langanligining o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan aniqlanadi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baho�anadi

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi

2. Iqtisodiyotni rivojlantirish indikatorlari

2.1

Hudud iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritilishi darajasi

%

Hududiy dasturlarda muayyan davr uchun investitsiya kiritish hajmlari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi

100 foiz va undan ortiq ko‘rsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Iqtisodiyot vazirligi

2.2

Tashkil etilgan yangi doimiy ish o‘rinlari ko‘rsatkichi

%

Hisobot davri uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining amalda bajarilishi

100 foiz va undan ortiq ko‘rsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2.3

Mehnat bozoridagi tanglik darajasi

kishi

1 ta bo‘sh joy hisobiga to‘g‘ri keladigan ishsizlar (ishga joylashishga muhtoj shaxslar) nisbati

2 kishigacha 2 ball, 2 dan 4 kishigacha 1,5 ball, 4 dan 6 kishigacha 1 ball, 6 kishidan yuqori 0,5 ball bilan baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2.4.

Ilgari xususiylashtirilgan, qurilishi tugallanmagan obyektlarni va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xo‘jalik faoliyatiga jalb etish ko‘rsatkichi

%

Xo‘jalik faoliyatiga jalb etilgan ilgari xususiylashtirilgan obyektlar sonining jami xatlovda aniqlangan ilgari xususiylashtirilgan obyektlar sonidagi ulushi

100 foiz va undan ortiq ko‘rsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Xususiylashgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2.5

Tadbirkorlikning yangi subyektlarini (fermer xo‘jaliklarisiz) tashkil etish

%

Yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining hisobot davrida faoliyat ko‘rsatgan subyektlar umumiy hajmidagi ulushi

15 foizdan yuqori bo‘lsa 2 ball,
10 — 15 foizgacha 1,5 ball, 5 — 10 foizgacha 1 ball, 5 foizdan kam bo‘lsa 0,5 ball bilan baholanadi.

Davlat statistika qo‘mitasi

2.6

Tadbirkorlik subyektlarining (fermer xo‘jaliklarisiz) faolligi

%

Faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik subyektlari sonining ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soniga nisbati

0 — 3 foizgacha 2 ball, 3 — 5 foizgacha 1,5 ball, 5 — 10 foizgacha 1 ball, 10 foizdan yuqori bo‘lsa 0,5 ball bilan baholanadi.

Davlat statistika qo‘mitasi

2.7

Hududiy eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi

%

Hisobot davri uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining amalda bajarilishi

100 foiz va undan ortiq ko‘rsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Tashqi savdo vazirligi

2.8

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘rsatkichi

%

Hisobot davri uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining amalda bajarilishi

100 foiz va undan ortiq ko‘rsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rs�tkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi. Hisobot davri uchun prognoz belgilanmagan bo‘lsa ball qo‘yilmaydi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

2.9

Soliq tushumlarining rejaga nisbatan to‘lanish darajasi

%

Chorak davomida kelib tushgan soliq tushumlarining reja ko‘rsatkichidagi ulushi

100 foiz va undan ortiq bo‘lsa eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va tushum rejasi bajarilmagan bo‘lsa ball qo‘yilmaydi.

Davlat soliq qo‘mitasi

2.10

Kichik tadbirkorlikni kreditlash

%

Kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning oldingi yildagi shu davrga nisbatan o‘sish sur’ati

15 foizdan yuqori bo‘lsa 2 ball,
10 — 15 foizgacha 1,5 ball, 5-10 foizgacha 1 ball, 0-5 foizgacha 0,5 ball, kamaygan bo‘lsa ball qo‘yilmaydi.

Markaziy bank

3. Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish indikatorlari

3.1

Shaxsiy tomorqalarda chorva mollarini yetishtirish darajasi*

%

Chorva mollari mavjud shaxsiy tomorqalar sonini jami shaxsiy tomorqalar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

3.2

Shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ekin ekish va obodonlashtirish darajasi

%

Ekin ekilgan va obodonlashtirilgan shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklari maydonlarini jami shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklari ekin maydonlaridagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

3.3

Tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorliklarni qisqartirilishi darajasi*

%

Etkazib berilgan moddiy texnika resurslariga to‘lovlarni to‘lanishining foizdagi ko‘rsatkichi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zbekenergo” AJ

3.4

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport rejasini bajarilishi darajasi*

%

Amalga oshirilgan meva-sabzavot eksporti hajmining belgilangan topshiriqqa nisbatan bajarilishi

100 foiz va undan yuqori ko‘rsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Tashqi savdo vazirligi

4. Kommunal xo‘jaligini tashkil qilish va uy-joy masalalari

4.1

Ko‘p kvartirali uylarning qishki mavsumga tayyorgarligi**

%

Qishki mavsumga tayyor ko‘p kvartirali uylar sonining jami ko‘p qavatli uylar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

4.2

Aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi

%

Toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan aholi sonining jami aholi sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

4.3

Uy xo‘jaliklarini kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish ko‘rsatkichi**

%

Kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olingan xonadonlar sonining jami xonadonlar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

4.4

Hisobot davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi to‘lovlarini yig‘ib olish ko‘rsatkichi

%

Hisobot davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun yig‘ilgan to‘lovlar miqdorini shu davrda yetkazib berilgan elektr energiyasining umumiy miqdoridagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

“O‘zbekenergo” AJ, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

4.5

Hisobot davrida XUMShlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lovlarini yig‘ib olish ko‘rsatkichi

%

Hisobot davrida davomida XUMShlar ko‘rsatgan xizmatlar uchun yig‘ib olingan to‘lovlar miqdorining XUMShlar t�monidan ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy miqdoridagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

4.6

Hisobot davrida issiqlik energiyasi to‘lovlarini yig‘ib olish ko‘rsatkichi**

%

Hisobot davrida davomida issiqlik energiyasi uchun yig‘ib olingan to‘lovlar miqdorini shu davrda sarflangan issiqlik energiyasining umumiy miqdoridagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

4.7

Mavjud oilalarning uy-joy bilan ta’minlanganligi

%

Uy-joy bilan ta’minlangan oilalarning jami oilalar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

4.8

Ichki yo‘llarning ta’mirlanganlik darajasi

%

Ta’mirlangan ichki yo‘llar miqdorini hududdagi ichki yo‘llarning umumiy uzunligidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

4.9

Qurilish rejalashtirilgan qishloq joylaridagi namunaviy uy-joylar hamda shaharlarda qurilayotgan ko‘p qavatli arzon uy-joylarning rejaga asosan holati***

%

Namunaviy uy-joylarda olib borilayotgan ishlarning belgilangan rejaga nisbatan bajarilishi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

“Qishloq qurilish invest” IK MChJ

5. Huquq-tartibot sohasidagi ko‘rsatkichlar

5.1

Jinoyatlarning ochilishi darajasi

%

Ochilgan jinoyatlarning hisobot davrida sodir etilgan jinoyatlarning umumiy sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura

5.2

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bo‘yicha ijro hujjatlarini bajarilishi darajasi

%

Majburiy ijroga qaratilgan hujjatlar bo‘yicha bajarilgan ishlarning jami ijroga qaratilgan hujjatlar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori �allga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

5.3

Alimentlarning undirish darajasi

%

Hisobot davrida undirilgan aliment to‘lovlarining jami undirilishi lozim bo‘lgan aliment to‘lovlaridagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

6. Uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni echish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi ko‘rsatkichlari

6.1

Uyma-uy yurish va xalq bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan muammolarni bevosita shahar va tuman rahbariyati tomonidan hal etilganlik darajasi

%

Uyma-uy yurish va xalq bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan, bevosita shahar, tuman rahbari tomonidan hal etilgan muammolarni jami shahar, tuman bo‘yicha aniqlangan muammolar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.2

Uyma-uy yurish va xalq bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan muammolar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlash ko‘rsatkichi

%

Tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” ga kiritilib ijrosi ta’minlangan muammolarning jami “yo‘l xaritasi” ga kiritilgan muammolar sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar

1.

Kelib tushgan murojaatlar ko‘rsatkichi

0 — 10 ball

Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasi kelib tushgan murojaatla� sonining hududdagi har 10 000 ming nafar voyaga yetgan aholi soniga nisbati

Respublika bo‘yicha eng past ko‘rsatkich eng yuqori 10 ball bilan baholanadi va qolgan tuman (shahar)lar shunga nisbatan mutanosib ravishda baholanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va m�vofiqlashtirish xizmati (kelishuv asosida)

2.

Kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal qilinishi ko‘rsatkichi

0 — 10 ball

Hisobot davrida ijobiy hal qilingan murojaatlarning shu davrda kelib tushgan murojaatlarning umumiy sonidagi ulushi

100 foiz ko‘rsatkich
10 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.