Abduraxmonov I.Y. | — | O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, Kuzatuv kengashi raisi | |
2. | Daminov A.D. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari |
3. | Kuchkarov J.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri |
4. | Mirzayev Z.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari |
5. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri | |
6. | Xodjayev B.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
7. | Madjidov I.U. | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
8. | Inoyatov U.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri |
9. | Shin A.V. | — | O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri |
10. | Shadmanov A.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri |
11. | Shermatov Sh.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. |
12. | To‘xtayev A.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri |
13. | Kuchkarov B.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi |
14. | Karimov A.M. | — | O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi |
15. | Yuldashev B.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
16. | lavozimga ko‘ra | — | Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ijro etuvchi direktori |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 30.11.2017 yildagi PQ-3416-son
Кучга кириш санаси
30.11.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 01.02.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmonini ijro etish yuzasidan:
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 105 nafardan iborat markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3899-sonli qarori tahririda)
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan Vazirlik xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb qilish;
yuqori malakali chet el mutaxassislarini ishga qabul qilish, shuningdek, ularga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash huquqi berilsin.
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.
Vazirlik huquq va majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Jamg‘arma huquq va majburiyatlar bo‘yicha tugatilayotgan Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, shuningdek, uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vazirlik buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar doirasida jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga kirish vizalarini rasmiylashtirishni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar doirasida jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish hamda ularning uzaytirilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun respublikaga chet el mutaxassislarini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Vazirlikni zarur aloqa vositalari, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliq va to‘lovlar, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Vazirlik faoliyati ommaviy axborot vositalarida tizimli ravishda keng yoritilishini tashkil etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi PQ-3674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2018-y., 07/18/3674/1088-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirish, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi.
3. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, qisqartmasi — Innovatsiya vazirligi;
to‘liq nomi — Ministerstvo innovatsionnogo razvitiya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Mininnovatsii;
to‘liq nomi — Ministry of innovational development of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — Innovation ministry.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi PQ-3674-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2018-y., 07/18/3674/1088-son)
6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhr, mustaqil balans, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari, bank hisob raqamlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash;
tez o‘zgaruvchan jahon konyunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha strategik va oldindan rejalashtirish;
aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni joriy etish;
ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;
davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash;
mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
a) mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash sohasida:
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish, davlat va jamiyat boshqaruvini rivojlantirishga ko‘maklashish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etadi;
davlat organlari va tashkilotlarining hududlardagi dolzarb muammolarni hal etish bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan o‘zaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqadi;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ishlab chiqilishini tashkil etadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini targ‘ib qilish va amaliy foydalanish mexanizmlarini shakllantiradi;
ilmiy-texnikaviy loyihalar, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ekspertizasini amalga oshiradi;
davlat organlari va tashkilotlarida innovatsion faoliyatni uning samaradorlik indikatorlari asosida o‘rganish va holatini baholashni amalga oshiradi, mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘adi va umumlashtiradi;
baholash va o‘rganish natijalari asosida ilg‘or texnologiyalarni birinchi darajada joriy etishni talab qiladigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
innovatsion jarayonni amalga oshirishning eng maqbul variantini tizimlashtiradi, aniq vaziyatlar uchun optimal boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi;
b) tez o‘zgaruvchan jahon konyunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha strategik va oldindan rejalashtirish sohasida:
iqtisodiyot tarmoqlarining, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda barqaror faoliyat ko‘rsatishi, iqtisodiyotda investitsiya faoliyatini hisobga olgan holda chuqur tarkibiy o‘zgartirish, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqishga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini kengaytirish hamda safarbar qilish, shuningdek, milliy brendlarni targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, shu jumladan biznesni yuritishga qulay shart-sharoitlarni yaratish va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish orqali rivojlantirishga oid uzoq muddatli dasturlarni tayyorlaydi;
milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qila oladigan ilmiy, loyiha va ilmiy-texnologik tashkilotlari tizimini rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda ilmiy-texnik salohiyatni shakllantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
hududlar innovatsion faoliyati ko‘lamini kengaytirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, qoloq tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasida tabaqalashuvni qisqartirishga ko‘maklashadi;
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o‘zaro hamkorlikda moliya, pul-kredit siyosatini takomillashtirish, milliy valyutani mustahkamlash, valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, sanoat zonalari, logistika xablarini yaratish va amaldagilarining samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek, respublikaning innovatsion salohiyatini oshirishga ko‘maklashadi;
iqtisodiyotni rag‘batlantirish va xususiy investitsiyalarni birinchi navbatda infratuzilma obyektlari hamda resurs sarfi yuqori bo‘lgan tarmoqlarga jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
atrof-muhitni ifloslantirish darajasini kamaytiradigan ekologik toza texnologiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirishni nazarda tutuvchi “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashadi;
makroiqtisodiy, soliq-budjet, pul-kredit parametrlari, shuningdek, integratsiya jarayonlarining ta’sirini baholash bilan o‘zaro bog‘liqlikda iqtisodiyot tarmoqlarini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish ssenariylarini shakllantirishga ko‘maklashadi;
xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga va uning tuzilmasini tubdan o‘zgartirishga, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga uning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirishga ko‘maklashadi;
innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadi;
mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etadi;
v) aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish sohasida:
aholi farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va daromadlarning tabaqalashuvini qisqartirish maqsadida fuqarolarning real daromadlarini tahlil qiladi;
aholi bandligini, shu jumladan investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish hisobiga oshirishning ilg‘or metodlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda uzluksiz ta’lim, ayniqsa muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash sohasidagi tizimni tubdan takomillashtirish, ta’lim xizmatlarining hammabopligi va sifatini hamda texnik yo‘nalishdagi mutaxassislikning nufuzini oshirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga ilmiy, ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarning natijalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
“Xavfsiz shahar”, “Aqlli shahar” konsepsiyalarini joriy etishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratadigan madaniy, sport va boshqa obyektlarni tashkil qilishni ham nazarda tutuvchi ilg‘or standartlarni hisobga olgan holda faqat bosh rejalar, rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq izchil shaharsozlikni ta’minlaydi;
milliy transport infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatning transport tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, mamlakatning xalqaro transport magistrallariga ko‘p variantli chiqishini ta’minlaydigan yangi transport yo‘llarini yaratish, mavjudlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
o‘z vakolati doirasida turli sohalarga innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish va foydalanishga qaratilgan konsalting xizmatlari sohasini yaratish va rivojlantirish imkonini yaratadi;
g) qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
yuqori texnologiyali tarmoqlarning mahalliy xomashyo resurslari negizida xomashyodan tayyor mahsulot darajasigacha qayta ishlashni chuqurlashtirishga mo‘ljallangan faol agrosanoat siyosatining zarur mexanizmlarini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarilishini kengaytirish, shuningdek, uning aholi uchun maksimal hammabopligi va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni tayyorlaydi;
eng avvalo, mavjud er, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etadi;
agrar sektorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, ustuvor qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini jiddiy oshirish va qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining savdo bozorlari va ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berishni kengaytirish, ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashga ko‘maklashadi;
d) ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy va interfaol metodlarini joriy etish orqali targ‘ib qiladi, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi;
“inson kapitali”ning sifat darajasini oshirish, respublikaning intellektual mahsulotlar va xizmatlarning jahon bozorida ishtirokini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
sog‘liqni saqlash tizimini jahon standartlarini hisobga olgan holda, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va masofadan profilaktika qilish, shuningdek, aholining uzoq umr ko‘rishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish hamda kasallik va o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalar, “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga ko‘maklashadi;
e) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta ishlash, biologik landshaft xilma-xilligini saqlashning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga innovatsiyalarni, shu jumladan ekologik toza texnologiyalardan foydalanish va ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni takomillashtirish orqali joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
inson hayotida ekologik qulay sharoitlar va respublika hududini atrof- muhitning transchegaraviy ifloslanishidan himoya qilish tizimini yaratish masalalarini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etadi;
tabiiy resurslar, suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona foydalanishning zamonaviy shakllaridan samarali foydalanish va qayta ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
atrof-muhitning ifloslanishi, atmosfera havosiga zararli moddalarni chiqarish, suv obyektlariga oqova suvlarni chiqarish darajasini kamaytirishga qaratilgan innovatsion texnologik yechimlarni ishlab chiqadi;
muqobil energiya manbalari, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish, ekologik toza avtotransport yoqilg‘isi, chang va gaz tozalovchi texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning amaliy tatbiq etilishini qo‘llab-quvvatlaydi;
maishiy va sanoat chiqindilarini, shu jumladan energiya va bioo‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun qayta ishlashning yuqori texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan takliflarni tayyorlaydi;
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartiradi, ishlab chiqarishga energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etadi;
j) davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash sohasida:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlarini hisobga olgan holda fan va texnologiya rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish mexanizmlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
innovatsion tadqiqotlar, g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni rag‘batlantirish, shuningdek, istiqbolli fundamental va amaliy tadqiqotlar va novatorlik g‘oyalarni, shu jumladan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali ishlab chiqishning samarali tizimini yaratadi;
ilmiy-texnik salohiyatni oqilona joylashtirish va samarali foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirishga fan va texnologiyalarning hissasini oshirishga yo‘naltirilgan fanni yanada rivojlantirish sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni ta’minlaydi;
z) mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish sohasida:
O‘zbekistonni innovatsion texnologiyalarni yaratish va innovatsion kompaniyalarni jalb qilish markaziga aylantirish imkonini beruvchi shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rag‘batlantirish, ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun davlat tomonidan imtiyoz va preferensiyalar ajratish orqali mazkur ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi;
yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, ularning moddiy-texnika va ilmiy salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashadi;
innovatsion texnologiyalar, biznes-inkubatorlar, startap-akseleratorlarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslarni yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini jalb qilish orqali yaratadi, shuningdek, IT-infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yilgi respublika yarmarkalarini tashkil qiladi va o‘tkazadi, shuningdek ular doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring qiladi;
texnologik rivojlanishning uzoq muddatli ehtiyojlari va tendensiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, shu jumladan yangi avlod transport vositalari, robot texnikalari va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar turlarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish borasida tashabbus qiladi;
Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan yaratilgan intellektual mulk obyektlarini keyinchalik xalqaro litsenziyalash maqsadida baholashga ko‘maklashadi;
ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirish, yaratilayotgan innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya qilishni ta’minlash hamda ularni yangi mahsulot va xizmatlarga aylantirish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni ta’minlash hamda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan texnologiyalarni yaratish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy etish va ulardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, o‘sib kelayotgan novatorlar avlodi uchun sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarida innovatsion dasturlarni joriy etish borasida imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqaradi;
yuqori texnologiyali innovatsion parklarni tashkil etish va ularda keng ko‘lamli innovatsion loyihalarni amalga oshirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish, ilmiy hajmdor ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va ularning jahon axborot tarmog‘iga integratsiya qilish, respublikaning innovatsion rivojlangan davlat sifatida nufuzini mustahkamlaydi;
koinot va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar sohasida respublika salohiyatini oshirishni ta’minlaydi;
davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarining bajarilishi, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishni tizimli monitoring qiladi;
intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan patent va boshqa hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish imkonini beruvchi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
i) innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sohasida:
chet el investitsiyalari, grantlar, xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari, ilmiy jamg‘armalar vakillari bilan muzokaralar olib borilishini ta’minlaydi;
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasida chet ellik sheriklar bilan shartnomalar tuzishni muvofiqlashtiradi va ta’minlaydi;
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun chet el investitsiyalari va grantlarini jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari, ilmiy jamg‘armalar vakillari bilan muzokaralar olib boradi;
mahalliy innovatsion mahsulotlarni jahon bozorlarida ilgari surish imkonini beruvchi ilmiy ishlanmalarni xalqaro litsenziyalash tamoyillari va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi, shuningdek, xalqaro litsenziyadan royaltini olish mexanizmlari va hajmlarini belgilaydi;
mahalliy innovatsion ishlanmalarga intellektual mulk huquqini tasdiqlovchi xalqaro patentlar, mualliflik guvohnomalari yoki boshqa hujjatlarni olish imkonini yaratadi;
tadqiqotlarni jahon darajasida o‘tkazish, texnologiyalarni transfer qilish sohasida qonun hujjatlarini birxillashtirish va uyg‘unlashtirish, shuningdek, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun yuqori malakali olimlar va mutaxassislarni jalb qiladi.
10. Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifasi tarkibiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash hisoblanadi.
11. Vazirlik markaziy apparati yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy ta’minlashni amalga oshiradi;
tarkibiy tuzilmalarning uyg‘un faoliyatini, shuningdek, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarish doirasida idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;
tarkibiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati ustidan, shu jumladan ular tomonidan qonun hujjatlari, idoraviy hamda idoralararo normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi, shuningdek, nazorat qiladi;
topshiriqlar, qonun hujjatlarini ijro etishda, shuningdek, shaxsiy tashabbusi bilan Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan tezkor, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal etadi.
davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi ishlar holatini o‘rganish, innovatsion faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni to‘plash hamda umumlashtirish;
innovatsion faoliyatni uning samaradorlik indikatorlari asosida baholash, ilg‘or texnologiyalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi tegishli tarmoq va sohalar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ulardan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;
ijtimoiy-iqtisodiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish borasida ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishga davlat topshiriqlarini shakllantirish;
ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va texnologiyalar natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek, texnologiyalarni transfer qilishga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur axborotlarni bepul asosda davlat statistika organlaridan olish;
Vazirlik, uning tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar bajarilishi va belgilangan indikatorlarga erishishni hisobga olgan holda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va tashkilotlariga kiritish;
(12-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;
ilmiy-texnika va innovatsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiradigan muammolarni hal qilish uchun yetakchi olimlar hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat idoralararo ilmiy-texnik, innovatsion kengashlar, shuningdek, fan va texnologiyalar rivojlanishining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert guruhlarini tuzish;
ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha idoraviy ilmiy hamda o‘quv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarni belgilangan tartibda tashkil etish;
respublikaning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari hamda loyihalari buyurtmalarining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni hisobga olgan holda tarmoq hamda hududlarni rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritish;
innovatsion rivojlanish sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar o‘tkazish bo‘yicha ushbu ishlarni bajarishga davlat buyurtmasiga muvofiq loyihalarni tanlash uchun tanlovlar e’lon qilish hamda tanlov komissiyalari tuzish;
ilmiy va innovatsion tadqiqotlarga davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot hamda axborot-tahlil muassasalari xodimlarini, ta’lim muassasalari, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalari olimlari va o‘qituvchilarini milliy ekspertlar sifatida jalb qilish;
har yili innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar respublika yarmarkalarini tashkil etish hamda o‘tkazish, shuningdek, ular doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring qilish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlarning tegishli tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar, ilmiy laboratoriyalar hamda institutlar bilan hamkorlik qilish;
Vazirlik, uning tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi hamda ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rish;
ilmiy, ilmiy-texnik tadqiqotlarga yo‘naltiriladigan budjet moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda belgilangan tartibda yig‘ilishlar chaqirish.
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning lozim darajada hamda samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatining amalga oshirilishi;
tegishli sohada faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar va belgilangan indikatorlarga erishishning so‘zsiz ta’minlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
joriy etilayotgan innovatsiyalar, g‘oyalar va texnologiyalarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hamda vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining amalga oshirilishi sifati, yakuniy natijalari hamda oqibatlari;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
tegishli sohani rivojlantirish hamda hududlarning muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda himoya qilinishi uchun javobgardir.
14. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining (keyingi o‘rinlarda vazir deb yuritiladi) asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijro etilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, ayrim yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlarini ijro etish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy mas’uliyat darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarini tashkil qilish va ijro etish monitoringi ta’sirchan tizimini tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek, idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlarining topshiriqlarni o‘z vaqtida hamda sifatli ijro etishi ustidan shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
(14-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda chora-tadbirlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
(14-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish);
Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari va idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi bo‘linmalari xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ular sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda, shu jumladan “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Vazirlik xodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning idoraviy mansub bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijro etilishi jarayonini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ular rahbarlarining topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazirning buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha vazirga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, layoqatliligi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda tadbirlar sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik vazir tomonidan ko‘rib chiqish va imzolash (viza qo‘yish), ular qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlik faoliyat sohasiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha faoliyatni takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ular sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida qonunchilik talablariga muvofiq faol ishtirok etishni, jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
16. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalari boshliqlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
bo‘linmalarning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, mazkur bo‘linmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini tizimli tahlil qilish hamda bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, bo‘linmalar xodimlari tomonidan ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari buyruq hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
bo‘linmalarning har choraklik ish rejalarini ishlab chiqishni ta’minlash, ularni tasdiqlashga kiritish, unda ko‘rsatilgan vazifa va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
bo‘linmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda vazir o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajriba, yuksak darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va chora-tadbirlarni sifatli ishlab chiqishni tashkil etish;
bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun o‘rganish va viza qo‘yish, ularning qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
bo‘linma xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanishni ta’minlashga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonun hujjatlariga muvofiq ularning ishida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarilishining to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi, shuningdek, o‘z funksional vazifalarining bajarilishi;
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlarda Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning lozim darajada bajarilishi, shuningdek, o‘z funksional vazifalarining bajarilishi;
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlari orqali Vazirlik huquqlarining samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
19. Markaziy apparat bo‘linmalarining rahbarlari tegishli bo‘linmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning so‘zsiz va lozim darajada bajarilishi, shuningdek, o‘z funksional vazifalarining bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
20. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
22. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to‘rt nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
23. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
24. Vazirlik markaziy apparat xodimlari, idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
26. Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash markaziy apparat bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Vazirlikning markaziy apparat bo‘linmalari idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zining faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilib:
bo‘linmalarning bevosita faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlariga so‘rovnomalar yuboradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
monitoring, o‘rganishlar, zaruriyat tug‘ilganda, o‘z vakolati doirasida tekshirishlar o‘tkazadi, Vazirlikning idoraviy mansub bo‘linmalari faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va tadbirlarni sifatli ishlab chiqishda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ulardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
28. Vazirlikning idoraviy mansub bo‘linmalari Vazirlikning markaziy apparati bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
biriktirilgan sohadagi qonunchilik ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim qiladi;
ularning faoliyatini monitoring, o‘rganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qonunbuzilishlarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
o‘zining ish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
vakolatli organlar tomonidan o‘zining faoliyatida o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
29. Vazirlikning markaziy apparati bo‘linmalari va uning idoraviy mansub bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlik jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vazirning topshirig‘i bo‘yicha uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar mazkur muhokamadan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmagan taqdirda, ular bo‘yicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.
30. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi vazir taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
mazkur Nizom bilan belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda idoraviy mansub bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil qilish;
Vazirlik faoliyatining sohalari bo‘yicha dasturlarning bajarilishi natijadorligini muntazam ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta ko‘rib chiqish;
Vazirlik faoliyatiga oid masalalarni joyida muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish.
32. Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari taklif etilishi mumkin.
33. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
35. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
37. Vazirlikda tarkibi va nizomlari vazir tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy-texnik kengash, konsultativ va ekspert guruhlari tashkil etiladi.
39. Vazirlikning samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
41. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubiyoti qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son)
43. Ilmiy-texnik axborot markazi, shuningdek, Vazirlik nashriyotini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash ularning xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlarini inobatga olgan holda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
44. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
45. Vazirlik xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari mehnatga haq to‘lash fondi, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lardan iborat.
46. Vazir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlikning faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
47. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Vazirlik rahbarlari faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qiladi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
48. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
49. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan milliy va xorijiy valyutadagi depozit hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega.
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga patent bojlari, yig‘imlar va soliq toifasiga kirmaydigan boshqa to‘lovlardan kelib tushgan valyuta mablag‘larining 90 foizi;
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining valyuta mablag‘lari Agentlik tomonidan Jamg‘armaning hisob raqamlariga har oyda valyutaning har bir turi bo‘yicha alohida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha o‘tkaziladi.
Jamg‘armaga kelib tushadigan boshqa mablag‘lar tegishli hisob raqamlarga valyutaning har bir turi bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
6. Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishining to‘liqligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini ta’minlashga, innovatsion mahsulotlarni chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy tadqiqot va izlanish ishlarini olib borish uchun tanlov asosida mutlaqo yangi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
mahalliy innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni transfer qilish maqsadida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqini (patentlarni) baholash, shuningdek, xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘llab-quvvatlash xarajatlarini qoplash;
davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash hamda zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishini ta’minlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni qoplash;
yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirishi uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;
texnologiyalarni transfer qilish sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, qonunchilikni birxillashtirish va uyg‘unlashtirish, shuningdek, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) asosida jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik va Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnik ta’minlash;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik Ilmiy-texnik axborot markazi, nashriyoti, shuningdek, Vazirlik qarori bilan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha idoraviy ilmiy hamda o‘quv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarning xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash;
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son)
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarni, shu jumladan innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yillik yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazishni moliyalashtirish.
8. Jamg‘arma tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilmagan tadbirlarni moliyalashtirish Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
10. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi, shuningdek, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qo‘shimcha jihozlash, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkazilgan tanlov asosida saralash, shuningdek, yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirishga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov asosida saralash yakunlari. Bunda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining asoslantirilgan takliflari bo‘yicha tanlov o‘tkazmasdan turib qaror chiqarish huquqiga ega;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlari (patentlari)ga huquqlarni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash uchun ularning ro‘yxatini, shuningdek, erkin foydalanishni ta’minlash xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadigan yetakchi xorijiy elektron ilmiy ma’lumotlar bazalari ro‘yxatini tasdiqlash;
belgilangan tartibda Jamg‘arma xarajatlar smetasini tasdiqlash bo‘yicha Kuzatuv kengashining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
12. Ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qo‘shimcha jihozlash, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha xaridlarni tashkil etish uchun:
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi, Vazirlik va buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy ta’lim muassasasi) o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi;
Vazirlik xorijiy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni belgilangan tartibda tanlash asosida ular bilan tovar yetkazib berishga (shu jumladan zarurat bo‘lganda, tovarni ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasiga yetkazib berish, ishga tushirish-sozlash va boshqa o‘ziga xos ishlarni amalga oshirishga) tegishli kontraktlarni tuzadi, shuningdek, xorijiy valyutada moliyalashtirishni ochish uchun Jamg‘armaga buyurtmanoma beradi;
Vazirlikdan tovarni qabul qilib olish buyurtmanomani bergan tegishli ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi tomonidan bepul asosda amalga oshiriladi.
Bunda tovar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasiga Vazirlik tomonidan taqdim etiladi.
13. Bepul asosda olingan ilmiy asbob-uskuna, sarflash materiallari va butlovchi buyumlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat tegishli ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lash Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi va ma’lumotlar bazasining egasi bo‘lgan muassasa o‘rtasida tegishli ma’lumotlar bazasiga obuna bo‘lish haqida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;
yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari bo‘yicha xarajatlarni to‘lash Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi, Vazirlik, xodimi yosh olim hisoblanadigan ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy ta’lim muassasasi) hamda yetakchi xorijiy ilmiy tashkilot o‘rtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadigan ilmiy stajirovka shartlari, talablari va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) o‘rtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
15. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
16. Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
17. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
18. Jamg‘armani boshqarish O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
20. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab har chorakda kamida bir marta majlis o‘tkazadi. Zarur hollarda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
21. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori ishtirok etuvchi a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
har yili Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozi parametrlarini, shuningdek, Jamg‘armaga tushgan va sarflangan mablag‘lar bo‘yicha hisobotni tasdiqlaydi;
ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibini, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlashni belgilaydi;
yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibini belgilaydi;
Vazirlikning takliflari asosida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga (patentlarga) bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ularning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
yetakchi xorijiy elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun talab etiladigan xarajatlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplashni nazarda tutgan holda Vazirlik takliflari asosida ma’lumotlar bazasi ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasining shtat jadvalini va uni ta’minlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Jamg‘armaga xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilishda ko‘maklashadi;
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini jalb qiladi;
Jamg‘arma daromadlarini to‘liq shakllantirish hamda mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan Jamg‘arma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
23. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga, shu jumladan mablag‘larning to‘planishi va sarflanishiga rahbarlik Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda moliyalashtirishni to‘xtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy valyutada depozitlarga joylashtirish;
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ruxsati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish sohalaridagi investitsiya loyihalari bo‘yicha moliyalashtiruvchi taraf, shuningdek, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi tushumlar yuzasidan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etish.
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Jamg‘armadan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmalarni to‘plash, ularni umumlashtirish va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;
qonun hujjatlariga muvofiq har yili Jamg‘arma faoliyatining auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida hisobot e’lon qilish;
Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va undan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni Kuzatuv kengashiga taqdim etish.
27. Ijro etuvchi direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
28. Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga, shuningdek, har yili Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga hisobotlar taqdim etadi.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
29. Ijro etuvchi direksiyaning ta’minoti Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish (ustama, qo‘shimcha haq, oylik mukofotlar) Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalar bajarilishi, shu jumladan uning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamg‘arma nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi;
shtatlar jadvalini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma ta’minotining xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
31. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
32. Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va undan foydalanilishining buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, hisobotlarni tuzish Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq har yili Jamg‘arma faoliyatining auditorlik tekshiruvini o‘tkazadi va ommaviy axborot vositalarida hisobot e’lon qiladi.
34. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
35. Jamg‘arma mablag‘laridan Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori zimmasiga yuklanadi.
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.