LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga turg‘un savdo shoxobchalari orqali yoki buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishida ularga qo‘yiladigan talablarni birxillashtirish, savdo korxonalarining savdo operatsiyalari yuzasidan iqtisodiy va mulkiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, bozorlarda va savdo komplekslarida import iste’mol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda, tegishli majburiy to‘lovlar to‘langanda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Bunda import iste’mol tovarlarini olib kelish va ularni bojxonada rasmiylashtirish jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirilishi shart.
Chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibini o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2003-yil 1-yanvargacha savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini, ularning hujjatlari va savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalari mazkur qaror talablariga qat’iy muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji va chakana savdoni amalga oshirish, shuningdek jismoniy shaxslarni ular tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom o‘zlari mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi yuridik shaxslarga, shuningdek elektron tijoratga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 102-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
bozor — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda va belgilangan qoidalar bo‘yicha savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda ana shunday maqom olgan doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatadigan mulkiy kompleks;
Oldingi tahrirga qarang.
ulgurji savdo — tijorat maqsadlarida yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
chakana savdo — savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
turg‘un chakana savdo shoxobchasi — joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan ajratilgan yer uchastkalaridagi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi organlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qurilgan, sanitariya va yong‘in xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, savdo zaliga, savdo asbob-anjomlariga hamda tovarlarni saqlash, sortlarga ajratish va qadoqlash uchun xonalarga ega bo‘lgan, shuningdek nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan obyekt (bino, inshoot).
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, faqat ular tegishli litsenziya olgan taqdirda, shug‘ullanishlari mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4—9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tovarlar faqat tuzilgan shartnomalar asosida va o‘zaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida ulgurji sotilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga ulgurji sotishda shartnomaga sotib oluvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turg‘un savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinishi kerak.
Tovarlar kichik turkumlar bilan turg‘un savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga sotilgan taqdirda shartnomaga sotib oluvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turg‘un savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ulgurji savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13 — 18-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
19. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turg‘un savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llangan holda amalga oshirilishi mumkin. Chakana savdoni ko‘chma ravishda (do‘konchalarda) amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, salqin ichimliklar va muzqaymoqlar sotish bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Turg‘un savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-iyundagi 116-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘chma savdoni faqat yuridik shaxslar tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlarining savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari va joylari ko‘rsatilgan holdagi ruxsatnomalari asosida, shuningdek tantanalar kunlarida, savdo xizmati ko‘rsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, shartnomada ko‘chma savdoga qo‘yiladigan tovarlar turlari va miqdorini ko‘rsatgan holda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha sotish chakana savdo korxonalari tomonidan o‘tgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Savdo tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur talablarga amal qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Chakana savdo korxonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, o‘quv va ma’rifat yurtlari)ga sotishga ruxsat beriladi.
(19-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Chakana savdo korxonalari tomonidan tovarlarni yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha sotish mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan cheklashlarsiz amalga oshirilishi mumkin.
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-noyabrdagi 530-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 45-46-son, 469-modda)
20. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish chog‘ida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan qonun hujjatlariga muvofiq turg‘un chakana savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan quyidagilar asosida shug‘ullanishlari mumkin:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar;
yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining nazorat-kassa mashinasini oldindan ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning o‘zi import qilgan tovarlarni sotish yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni chetdan keltiruvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tishining (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faqat turg‘un o‘zining yoki ijaraga olingan savdo tarmoqlari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qo‘llangan holda amalga oshirilishi mumkin.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Turg‘un savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-iyundagi 116-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 187-modda)
31. Chakana savdoni turg‘un savdo tarmoqlari orqali amalga oshirishda tovarlarni savdo shoxobchasidan tashqarida, shu jumladan do‘konchalar orqali sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish chog‘ida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo komplekslarida chakana savdoni faqat quyidagilar bo‘yicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tovarlari — ularni qonuniy ravishda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud bo‘lganda.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan savdo komplekslarida chakana savdo quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
savdo kompleksi ma’muriyatining yakka tartibdagi tadbirkorga turg‘un savdo shoxobchasi (chakana savdo va xizmatlar sohasi turg‘un obyektlari) berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni chakana sotish fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini va to‘lovlarni plastik kartochkalardan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarini majburiy qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Import tovarlarni chakana savdoda sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak hamda uning tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni chetdan keltiruvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasiga, shuningdek respublika hududiga tovarlar keltirganligini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, muvofiqlik sertifikatlariga, qat’iy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
42. O‘zi tayyorlagan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish sharoitlarining mavjudligini tasdiqlovchi va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Mazkur tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkor-ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan sotilayotgan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega bo‘lishlari shart. Shartnomada quyidagi rekvizitlar majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning — sotuvchi va sotib oluvchi pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
soliq to‘lovchilarning va ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining indentifikatsiya raqamlari;
Oldingi tahrirga qarang.
44. Savdo komplekslarida chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yoxud ularning amal qilishini to‘xtatish yoki qaytarib olish davrida savdo faoliyatini amalga oshirishga, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llangan holda, faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish sifatida qaraladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Savdo kompleksida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud bo‘lishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Savdo qoidalari buzilganda, sanitariya normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalari bajarilishi ta’minlanmaganda, savdoni amalga oshirish huquqi uchun yig‘im yoki alohida tovarlar bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yig‘imi to‘lanmaganda savdo faoliyatini amalga oshiruvchi aybdor xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
48. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
(46 va 47 bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga muvofiq tegishli ravishda 47 va 48-bandlar deb hisoblanadi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)