Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 31.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ularni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda akademik ilm-fanning oliy o‘quv yurtlari ta’lim jarayoni bilan integratsiyasini yanada chuqurlashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ilmiy-tadqiqot muassasalarini bazaviy moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish.

Idoralararo normativ-huquqiy hujjat

2017-yil dekabr

Fan va texnologiyalar agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

2.

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalarni rejalashtirish, moliyalashtirish va xarajatlarni hisobga olish tartibini takomillashtirish.

Idoralararo normativ-huquqiy hujjat

2017-yil dekabr

Fan va texnologiyalar bo‘yicha agentlik, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

3.

Fanlar akademiyasi tasarrufiga topshirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarini, xususan Matematika instituti, Mexanika va inshootlar zilzilaga chidamliligi instituti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazni joylashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

2018-yil yanvar

Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining siklotronini modernizatsiyalash va zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash orqali yangi raqobatbardosh radioizotoplar ishlab chiqarishni takomillashtirish.

O‘zbekiston Respub�ikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil mart

Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

5.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida NANO texnologiyalarini rivojlantirish markazini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

6.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

2018-yil aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

7.

Fanlar akademiyasi tarkibidakonstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarishi bilan birga ilmiy-texnik markazini tashkil qilish. Tashkil etilayotgan markazning ustuvor vazifalarini belgilash, xususan fan va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, import o‘rnini bosadigan zamonaviy ilm-fanga asoslangan mahsulot ishlab chiqarish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil may

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8.

Yuksak texnologiyalar o‘quv-eksperimental markazi faoliyatini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

9.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning natijalarini hisobga olish tartibini takomillashtirish.

Idoralararo normativ-huquqiy hujjat

2018-yil iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

10.

Ilmiy tadqiqotlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibini takomillashtirish,ularning bajarilishini monitoring qilish, natijadorligi past bo‘lgan loyihalarni to‘xtatib, bo‘shagan mablag‘larni samarasi ko‘proq bo‘lgan ilmiy loyihalarga qaytadan yo‘naltirish.

Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan nizom

2018-yil oktyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya v�zirligi, Iqtisodiyot vazirligi

11.

Muassasalarda magistrlik dissertatsiyalarini dastlabki tarzda himoya qilish, diplomoldi amaliyotini o‘tash tartibini joriy etish yo‘li bilan magistrlik dissertatsiyalari natijalarining ilmiy ahamiyatini oshirish choralarini ishlab chiqish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan nizom

2018-yil dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil may

12.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini joriy etish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining reytingini shakllantiruvchi mas’ul idorani belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, o‘z tasarrufida ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

II. Ilmiy-tadqiqot muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish

13.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tanlovini tashkil etish va ularni tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2017-yil 30-dekabrgacha

Fanlar akademiyasi

14.

Maqsadli doktoranturada o‘qishni yanada takomillashtirish, o‘qishga maqsadli kvotalar ajratish, o‘qish shartlari, qabul qiluvchi va jo‘natuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilash.

Idoralararo normativ-huquqiy hujjat

2018-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi

15.

Ilmiy kadrlarning akademik mobilligini oshirish mexanizmlarini tatbiq etish, akademik mobillik dasturida ishtirok etish tartibini, dasturda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Idoralararo normativ-huquqiy hujjat

2018-yil avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

16.

Ilmiy xodimlarning, muhandis-texnik xodimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari va Fanlar akademiyasi apparati xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil noyabr

Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

17.

Ilmiy yutuqlarga erishgan va belgilangan eng kam muddat ichida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan yosh tadqiqotchilarni moddiy rag‘batlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimliklari

III. Fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish korxonalari uchun tegishli preferensiyalar va soliq imtiyozlarini ishlab chiqish

18.

Ilmiy va innovatsion menejment sohasida qisqa muddatli kurslarni tashkil etish.

Qo‘shma buyruq

2018-yil fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Intellektual mulk agentligi , Fanlar akademiyasi

19.

Texnoparklarni tashkil etish va ular faoliyatining qonunchilik bazasini takomillashtirish.

O‘zbekis�on Respublikasining “Texnoparklar to‘g‘risida”gi Qonuni

2018-yil dekabr

Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

20.

Etakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida kichik innovatsion korxonalar tashkil etish orqali ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash.

Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan kichik innovatsion korxonalar konsepsiyasi.

2018-yil iyun

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kichik innovatsion ko�xonalar to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar

2018-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi majlisining bayonnomasi

2018-yil noyabr

21.

Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari negizida mahalliy xomashyodan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari va yirik sanoat korxonalari ishtirokida tajriba-sanoat va tajriba-eksperimental ishlab chiqarishini barpo etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

2018-yil avgust

Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va boshqalar

22.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirishni amalga oshirayotgan korxonalarga, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar hisobiga bo‘shagan mablag‘larning bir qismini maqsadli yo‘naltirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

2019-yil fevral

Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

IV. Ilmiy-tadqiqot muassasalarining tuzilmalarida texnologiyalar transferi, ishlanmalarni tijoratlashtirish, marketingi, ularni potentlash va litsenziyalash bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish va mavjudlarini takomillashtirish

23.

Intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

“O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2018-yil iyul

Intellektual mulk agentligi, Iqtisodiyot vazirligiMoliya vazirligi,Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, vazirliklar va idoralar

24.

Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tarmoqlarini tashkil etish.

Tashkiliy choralar

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Intellektual mulk agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

25.

Texnologiyalar transferi va ularni tijoratlashtirish tartibini huquqiy belgilash.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

26.

Jahon intellektual mulk tashkiloti hamda texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilishda amaliy tajribaga ega bo‘lgan xorijiy tashkilotlar bilan birgalik�a seminarlar va treninglar tashkil etish orqali intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish.

Seminarlar va treninglar o‘tkazish reja-jadvali

2018-yil mart

Intellektual mulk agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

27.

Intellektual mulk sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash O‘quv markazida patentshunoslarni qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy choralar

2018-yil mart

Intellektual mulk agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

28.

Patent muhofazasi masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa manfaatdor muassasalar xodimlari uchun seminarlar tashkil etish.

Seminarlar o‘tkazish reja-jadvali

2018-yil mart

Intellektual mulk agentligi, Milliy teleradiokompaniya, ommaviy axborot vositalari

29.

O‘z ishlanmalarini xalqaro tizimda patentlash uchun elektron holida mahalliy olimlar tomonidan buyurtmanomalar taqdim etish maqsadida e-RST tizimi vositasida onlayn buyurtmanomalar berish mexanizmini joriy etish.

Tashkiliy choralar

2017-yil dekabr

Intellektual mulk agentligi

30.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga chet ellarda patent olish uchun Ilmiy texnikaviy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini ajratish tartibini belgilash.

Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasining qarori

2017-yil noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Intellektual mulk agentligi

31.

Istiqbolli ilmiy-texnologik ishlanmalarni huquqiy jihatdan samarali muhofaza qilish maqsadida Intellektual mulk agentligining O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorligini tashkil etish.

Tashkiliy choralar

2018-yil fevral

Intellektual mulk agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

32.

O‘zbekiston Respublikasi olimlarining istiqbolli ixtirolari va foydali modellari To‘plamini ichki va tashqi bozorlarda tarqatish.

Materiallar to‘plami

Har yili aprelgacha

Intellektual mulk agentligi,Tashqi ishlar vazirligi

33.

Uskunalardan jamoaviy foydalanish yangi markazlarini tashkil etish va mavjud markazlarni samarali ekspluatatsiya qilish, ularning ro‘yxatini tasdiqlash, moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash, zamonaviy uskunalar, sarflash materiallari va reaktivlar bilan butlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil oktyabr

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

V. Ilmiy-tadqiqot muassasalarini zamonaviy ilmiy adabiyotlar bilan ilmiy va texnik adabiyotning xalqaro ma’lumotlar bazalariga erkin ulanishi orqali axborot-resurs jihatdan ta’minlash

34.

Ilmiy axborotdan foydalanishni yengillashtirish uchun ilmiy jurnallarning xalqaro nufuzli bazalariga har yilgi milliy obunani ta’minlash.

Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi qarori

2018-yil fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

35.

Ilmiy va texnik adabiyotning xalqaro ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, ko‘plab iqtiboslar keltirilgan holda ilmiy jurnallarda bosib chiqarish uchun maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha mahalliy olimlar uchun seminarlar va treninglar tashkil etish.

Seminarlar va treninglar o‘tkazish jadvali

2018-yil fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligi

36.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fundamental kutubxonasi uchun ilmiy monografiyalar (keyingi 3 yil ichida chop etilganlarini) xarid qilish.

Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadigan ilmiy monografiyalar xarid qilish dasturi

2018-yil avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi,O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

VI. Xorijiy sohaga oid ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, ilmiy xodimlar, mutaxassislar va yosh olimlarning xorijdagi qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish hamda ularning malakasini oshirish, birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish

37.

Stajirovkalarni tashkil etish uchun yosh olimlar va ilmiy xodimlar ro‘yxatini, shuningdek yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxatini shakllantirish.

Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi qarori

Har yili yanvargacha

Innovatsion rivojlanish vazirligi

38.

Yosh olimlar va ilmiy xodimlarning yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi stajirovkasini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Shartnomalar tuzish

Har yili tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Innovatsion rivojlanish vazirligi

39.

Ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar uchun ma’ruzalar, mavzuga oid seminarlar o‘tkazish uchun obro‘li xorijiy mutaxassislarni, shu jumladan chet ellarda ishlayotgan mahalliy olimlarni jalb etish.

Idoralararo normativ-huquqiy hujjat

2018-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi

40.

Respublikada ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy grantlarni keng jalb etish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va vazirliklar, idoralar, o‘z tasarrufida ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

41.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish jarayoniga PhD darajasiga ega bo‘lgan xorijiy olimlarni jalb etish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil oktyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar, o‘z tasarrufida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarini ochgan vazirlik va idoralar

T/r

Ilmiy-tadqiqot muassasasi nomi

Ta’mirlash-tiklash ishlari, jami (mln.so‘m)

shu jumladan:

shu jumladan yillar bo‘yicha

Jihozlash, jami (AQSh dollarida)

shu jumladan:

rekonstruksiya*

Kapital ta’mirlash*

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

Ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash

Zarur butlovchi buyumlar, sarflash materiallari va reaktivlar bilan ta’minlash

JAMI

116 019,4

13 150,0

102 869,4

26 500,0

27 262,0

32 352,1

29 905,3

32 270 736

30 375 270

1 895 466

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

1.

O‘simlik moddalar kimyosi instituti

1 500,0

1 500,0

1 500,0

2 388 204,0

2 129 760,0

258 444,0

2.

Mikrobiologiya instituti

3 100,0

3 100,0

3 100,0

1 388 580,0

1 361 900,0

26 680,0

3.

Polimyerlar kimyosi va fizikasi instituti

1 600,0

1 600,0

1 600,0

1 056 313,0

864 228,0

192 085,0

4.

Zoologiya instituti

3 150,0

3 150,0

3 150,0

200 700,0

200 000,0

700,0

5.

Botanika instituti

4 150,0

4 150,0

4 150,0

503 284,0

502 584,0

700,0

6.

Astronomiya institutining baland tog‘li astronomiya abservatoriyalari Maydanak kompleksi

6 650,0

6 650,0

1 000,0

5 000,0

650,0

1 684 343,0

1 482 000,0

202 343,0

7.

“Fizika-Quyosh” IIB Fizika-texnika instituti

7 300,0

7 300,0

7 300,0

1 825 477,0

1 815 240,0

10 237,0

8.

“Fizika-Quyosh” IIB Fizika-texnika instituti

801,8

801,8

801,8

776 300,0

745 000,0

31 300,0

9.

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiya�i instituti

5 304,5

5 304,5

5 304,5

446 920,0

438 600,0

8 320,0

10.

San’atshunoslik inst�tuti

500,0

500,0

500,0

5 100,0

5 100,0

11.

Matematika instituti

4 500,0

4 500,0

4 500,0

12.

Bioorganik kimyo instituti

4 100,0

4 100,0

4 100,0

2 486 357,0

2 281 500,0

204 857,0

13.

Umumiy va noorganik kimyo instituti

3 100,0

3 100,0

3 100,0

1 241 432,0

1 192 131,0

49 301,0

14.

Genomika va bioinformatika markazi

1 917 888,0

1 759 100,0

158 788,0

15.

Seysmologiya instituti

587 476,0

397 000,0

190 476,0

16.

Mexanika va inshootlar seysmik chidamliligi instituti

10 000,0

10 000,0

10 000,0

1 246 250,0

1 165 300,0

80 950,0

17.

Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti

12 500,0

12 500,0

3 000,0

3 250,0

6 250,0

2 853 330,0

2 663 700,0

189 630,0

18.

Yadro fizikasi instituti

1 852 780,0

1 574 530,0

278 250,0

19.

Tarix instituti

9 650,0

9 650,0

9 650,0

20.

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

21.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi- metodik markazi

22.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi

251 130,0

251 130,0

23.

Botanika bog‘ining Qoraqalpog‘iston filiali

260,0

260,0

260,0

24.

Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti

2 500,0

2 500,0

2 500,0

205 470,0

205 470,0

25.

Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti

500,0

500,0

500,0

26.

Arxeologik tadqiqotlar instituti

298,7

298,7

298,7

27.

Xorazm Ma’mun akademiyasi

1 500,0

1 500,0

1 500,0

216 490,0

216 490,0

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bo‘yicha JAMI

82 965,0

13 150,0

69 815,0

26 500,0

15 550,0

18 600,0

22 315,0

23 133 824,0

21 250 763,0

1 883 061,0

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

1.

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

7 710,8

7 710,8

3 855,4

3 855,4

95 900,0

95 900,0

2.

Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka ilmiy-tadqiqot instituti

2 669,8

2 669,8

2 669,8

256 201,1

254 801,1

1 400,0

3.

Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

750,0

750,0

750,0

92 500,0

91 000,0

1 500,0

4.

O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti

3 607,3

3 607,3

3 607,3

544 200,5

544 200,5

5.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

1 633,0

1 633,0

1 633,0

1 213 660,0

1 210 900,0

2 760,0

6.

Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi

-

82 800,0

82 800,0

7.

G‘o‘za seleksiyasi, urug‘chiligi va paxta yetishtirish agrotexnologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

2 833,0

2 833,0

2 833,0

1 215 240,5

1 215 240,5

8.

Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

2 376,9

2 376,9

2 376,9

200 517,0

200 517,0

9.

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

300,0

300,0

300,0

245 025,0

242 850,0

2 175,0

10.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

1 030,0

1 030,0

1 030,0

137 000,0

137 000,0

11.

Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning hududiy filiallari, ilmiy-tajriba stansiyalari

1 500,0

1 500,0

1 500,0

2 053 596,9

2 053 596,9

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bo‘yicha JAMI

24 410,8

24 410,8

0,0

10 408,2

8 895,3

5 107,3

6 136 641,0

6 128 806,0

7 835,0

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

1.

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

4 966,0

4 966,0

2 483,0

2 483,0

232 144,0

231 644,0

500,0

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bo‘yicha JAMI

4 966,0

4 966,0

2 483,0

2 483,0

232 144,0

231 644,0

500,0

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya davlat qo‘mitasi

1.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

2 607,6

2 607,6

1 303,8

1 303,8

837 977,0

837 977,0

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya davlat qo‘mitasi bo‘yicha JAMI

2 607,6

2 607,6

1 303,8

1 303,8

837 977,0

837 977,0

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

1.

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

1 070,0

1 070,0

1 070,0

213 649,9

209 579,9

4 070,0

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bo‘yicha JAMI

1 070,0

1 070,0

1 070,0

213 649,9

209 579,9

4 070,0

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va o�topediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

295 000,0

295 000,0

2.

Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti

62 600,0

62 600,0

3.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti

141 900,0

141 900,0

4.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti

336 000,0

336 000,0

5.

Gemotologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti

118 000,0

118 000,0

6.

Respublika immunologiya ilmiy markazi

763 000,0

763 000,0

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘yicha JAMI

1 716 500,0

1 716 500,0


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi