Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar

Hujjat 30.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-sonli qaroriga muvofiq hamda zamon talablariga javob beradigan samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tizimini shakllantirishni davom ettirish, shuningdek, respublika aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 3-bandining birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi “ixtisoslashtirilgan” so‘zidan keyin “ilmiy-amaliy tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
v) 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning” so‘zlari “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar)ning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 6-bandidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining” so‘zlari “Markazlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 8-bandining birinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazining” so‘zlari “Markazning” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi, shuningdek, 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari tomonidan” so‘zlari “barcha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 11-bandining oltinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining” so‘zlari “Markazlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
i) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “va tibbiy-mehnat ekspertizasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
a) 4-bandining birinchi xatboshidagi “boshqaruv xodimlari cheklangan soni 35 kishidan iborat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi xatboshidagi “tender takliflari ko‘rib chiqilmaydi” so‘zlari “tovar yetkazib berish to‘g‘risida import shartnomalari tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2866-sonli qarori 1-ilovasining “Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy tibbiyot ta’lim muassasalarining klinikalari, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va boshqa davolash-profilaktika muassasalari (qo‘shimcha kasalliklari bilan birgalikda onkologik bemorlarni davolashda)” blokidagi “ixtisoslashtirilgan” so‘zidan keyin “ilmiy-amaliy” so‘zlari yozilsin.
a) 7-bandida “Respublika” so‘zidan oldin “akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
b) 8-bandidagi “dermatologiya va venerologiya” so‘zlari “dermatovenerologiya va kosmetologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi