24.10.2017 yildagi 872-son
Hujjat 25.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoitlar shakllantirishni davom ettirish, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Sovplastital” MChJning 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha Toshkent shahar, Bunyodkor ko‘chasi, 29-uyda joylashgan “2-son ishlab chiqarish va omborxona binolari” binolarini (binolarning bir qismini) va inshootlarini tutash hudud bilan birga (keyingi o‘rinlarda “obyekt” deb ataladi) obyektni berish sanasida jamiyatning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorligi va ular bo‘yicha hisoblangan penyalar, shuningdek obyektni berish natijasida yuzaga keladigan soliq hisobiga Toshkent shahri hokimligiga berish;
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.