20.10.2017 yildagi 856-son
Hujjat 23.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonini ijro etish, shuningdek, mamlakat ilm-fani rivojini faollashtirish, xalqaro darajadagi ilmiy natijalarga erishish, fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi ilmiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarda vorisiylikni ta’minlash, olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari institutini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
8. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq nomzodi ko‘rsatilgan, respublikaning ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul olimlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.
mazkur Nizomning 9-bandi talablariga muvofiq, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan fanning muayyan sohasi rivojiga qo‘shilgan hissa, fanni shaxsiy ilmiy yutuqlar va xalqaro ahamiyatga molik natijalar bilan boyitilganligi, shuningdek, uning ilmiy-tashkiliy faoliyati haqidagi davlat va rus tillaridagi qisqacha ma’lumotnoma (ko‘pi bilan 1 bet, satr balandligi 12 pt, Times New Roman shriftida);
Keyingi tahrirga qarang.
tanlovning uchinchi bosqichida — Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni saralash Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash mezonlariga muvofiq, shuningdek, mazkur Nizomning 9-bandiga binoan ularning tanlov komissiyasi yig‘ilishida qilgan, ularning asosiy ilmiy yutuqlarini, ilmiy-tashkiliy faoliyatini aks ettiruvchi hamda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning shaxsiy hissasini tasdiqlovchi ilmiy ma’ruzasini hisobga olgan holda tanlov komissiyalari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fanning tegishli sohasi bo‘yicha eng ko‘p ball olgan Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar kvotaga muvofiq ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tanlov asosida saralash mezonlari

Ballar

miqdori*

1.

Xalqaro reyting**

30 ballgacha

1.1.

reyting shkalasi 1 — 2

5 ball

reyting shkalasi 3 — 5

10 ball

reyting shkalasi 6 — 8

20 ball

reyting shkalasi 9 — 11

25 ball

reyting shkalasi 12 va undan yuqori

30 ball

1.2.

Agar talabgorning reytingi nol bo‘lsa, uning ilmiy ishlarni nashr etishdagi faolligi Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasi yordamida hisoblangan impakt-faktorlar yig‘indisiga asoslangan holda quyidagicha baholanadi:

impakt-faktorlar yig‘indisi 5 gacha

2 ball

impakt- faktorlar yig‘indisi 5 — 10

3 ball

impakt- faktorlar yig‘indisi 11 — 20

5 ball

impakt- faktorlar yig‘indisi 21 va undan yuqori

10 ball

2.

Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli maqolalar bilan hujjatli tarzda tasdiqlangan eng salmoqli ilmiy natijalar

15 ballgacha

2.1.

yangi hodisaning kashf etilishi

8 ball

2.2.

yangi nazariyaning yaratilishi

4 ball

2.3.

boshqalar

3 ball

3.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash

15 ballgacha

3.1.

ikki nafar fan doktori

(tibbiyot yo‘nalishlari uchun — uch nafar fan doktori)

5 ball

3.2.

uch nafardan besh nafargacha fan doktorlari (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — to‘rt nafardan to‘qqiz nafargacha fan doktorlari)

7 ball

3.3.

Olti nafar va undan ortiq fan doktori

(tibbiyot yo‘nalishlari uchun — o‘n nafar va undan ortiq

fan doktorlari)

10 ball

3.4.

Bir nafardan besh nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — bir nafardan to‘qqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)

2 ball

3.5.

olti nafardan to‘qqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — o‘n nafardan o‘n to‘qqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)

4 ball

3.6.

o‘n nafar va undan ortiq fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yo‘nalishlari uch�n — yigirma nafar va undan ortiq fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)

5 ball

4.

Patentlar, monografiyalar va darsliklar

10 ballgacha

4.1.

bittadan uchtagacha xorijiy patentlar

2 ball

4.2.

to‘rt va undan ortiq xorijiy patentlar

4 ball

4.3.

bittadan uchtagacha O‘zbekiston Respublikasi patentlari yoki mualliflik guvohnomalari

1 ball

4.4.

to‘rt va undan ortiq O‘zbekiston Respublikasi patentlari yoki mualliflik guvohnomalari

2 ball

4.5.

xorijda nashr etilgan bitta monografiya yoki monografiyalardagi boblar

1 ball

4.6.

xorijda nashr etilgan ikki va undan ortiq monografiya yoki monografiyalardagi boblar

3 ball

4.7.

O‘zbekistonda nashr etilgan monografiyalar va darsliklar

1 ball

5.

Ilmiy-texnik faoliyat natijalarining joriy etilishi

10 ballgacha

5.1.

yaratilgan texnologiya, mahsulot va buyumlarning bittadan to‘rttagacha litsenziyalarini sotish

3 ball

5.2.

yaratilgan texnologiya, mahsulot va buyumlarning beshta va undan ortiq litsenziyalarini sotish

5 ball

5.3.

bitta ishlanmaning amaliyotga joriy etilishi

2 ball

5.4.

ikki va undan ortiq ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishi

3 ball

5.5.

tan olingan xalqaro ma’lumotlar banklarini yaratish yoki boyitish

2 ball

6.

Davlat mukofotlari va xalqaro mukofotlar

10 ballgacha

6.1.

faxriy unvonlar yoki xalqaro mukofotlar

6 ball

6.2.

ordenlar va medallar

4 ball

7.

Tanlov komissiyasi majlisida ilmiy ma’ruzaning baholanishi***

10 ballgacha

Jami ballar

100