O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2004-yil 9-iyuldagi PF-3454-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek sanoatda, gaz ta’minotida ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Turar joylarning gaz tarmoqlari va gaz xo‘jaligi soz va doimiy yuqori texnik jihatdan tayyor holatda bo‘lishi, gazdan foydalanishda, eng avvalo ko‘p kvartirali uylarda xavfsizlik ta’minlanishi uchun javobgarlik “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalariga va ularning tuman (shahar) filiallariga yuklansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharlar va aholi yashash punktlarini gaz bilan ta’minlash tizimidan foydalanilishini muntazam nazorat qilish va tekshirish, uy-joy-kommunal xo‘jaligida, ayniqsa ko‘p kvartirali turar joylarda tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanish inspeksiyasining muhim vazifasi hisoblansin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda formali kiyim-boshni berish norma va muddatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq inspeksiya tomonidan solinadigan jarimalar hisobiga tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, inspeksiya xodimlarini formali kiyim-bosh bilan ta’minlash xarajatlarining 30 foizi budjet mablag‘lari, 70 foizi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 7-apreldagi 130-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 17-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari to‘g‘risida” 1993-yil 3-martdagi 122-son qarori va unga ilovadagi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga ko‘rsatmalar, O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-iyuldagi 220-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 30-son, 316-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qaroriga 1—4-ilovalarning matnida:
“Sanoatkontexnazorat” — Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi va “Sanoatkontexnazorat” agentligi”ga ko‘rsatmalar tegishli ravishda “Sanoatkontexnazorat” — O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi”ga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
“Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi raisi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilova II bo‘limi 1-bandining birinchi xatboshida “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan amalga oshiriladi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geologiya va marksheyder xizmatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qaroriga 1-ilova 8-bandining beshinchi xatboshida va 2-ilova 8-bandining beshinchi xatboshida “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) ilovada “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi Konvensiyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 6-iyundagi 287-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshida va 2-ilova IV bo‘limining yettinchi xatboshidagi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga ko‘rsatmalar, O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda):
a) 2-bandda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan ishlarning xavfsizligi qoidalari”;
4. 60-kichik banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda) 3-ilovadagi 30-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-noyabrdagi 434-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 62-modda) ilovadagi 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
4 va 5-bandlardagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilova 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 31-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” hamda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-apreldagi 145-son qarori 9-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovada 11-band chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 153-modda)
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga 1-ilova 10-bandining “e” kichik bandidagi hamda 2-ilova 10-bandining “e” kichik bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qaroriga 1-ilova 11-bandining “e” kichik bandidagi hamda 2-ilova 10-bandining “j” kichik bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligining” hamda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika gaz ta’minotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qaroriga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 6-noyabrdagi 489-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 111-modda):
1-ilovaning 2-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga (1-ilova) ilovada “Sanoatkontexnazorat” agentligi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligiga”, “Sanoatkontexnazorat” agentligining” va “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga”, “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining” va “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda) 1-ilovaning 14-bandidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi”, “Agentlik tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi”, “Inspeksiya tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.