Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar shakllantirishni davom ettirish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirish va bu boradagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
2. 2004-yil 1-oktabrdan boshlab deklaratsiyalash yo‘li bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash tizimi joriy etilsin.
“O‘zstandart” agentligi ikki oy muddatda Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq:
chetdan keltirilayotgan mahsulotlardan akkreditatsiya qilingan organlar va laboratoriyalar tomonidan sinov o‘tkazish uchun namuna olishning cheklangan normalarini belgilasinlar;
akkreditatsiya qilingan organlar va laboratoriyalar o‘rtasida sinovlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sinovlar turlarini belgilasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 225-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 225-modda)
5. Belgilab qo‘yilsinki, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini tekshirish faqat majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligida “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning hamda Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning har bir turini ularda sertifikatlashtirishning tegishli normativ hujjatlarda belgilangan xavfsizlik ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan qoidalarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarning nomenklatura ro‘yxati, ularning sifatini va xavfsizligini belgilovchi normativ hujjatlarni ko‘rsatgan holda, nashr etilishini hamda bojxona, soliq va akkreditatsiya qilingan organlarga jo‘natilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi huzuridagi “EAN Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyatni “EAN Uzbekistan” uyushmasiga aylantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ikki oy muddatda ushbu bandning bajarilishini ta’minlasin.
8. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sertifikatlashtirish sohasidagi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni respublikadagi barcha tadbirkorlarga, shu jumladan Internet orqali yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini, sertifikatlashtirishni o‘tkazish, xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish tartibini tasdiqlash haqida” 1994-yil 12-avgustdagi 409-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 38-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorga 1-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 75-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi va ushbu qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar va mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish (keyingi o‘rinlarda matnda sertifikatlashtirish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha sertifikatlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan sertifikatlashtirishning tegishli qoidalari bilan belgilanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Sertifikatlashtirish davomida ilgari tekshirilgan xavfsizlik bo‘yicha tavsifga ta’sir etmaydigan mahsulotning dizayni yoki tashqi tavsiflari o‘zgarishi zamonaviylashtirilgan mahsulotga qo‘shimcha sertifikatlashtirish o‘tkazilishiga olib kelmaydi. Mahsulot xavfsizligi bo‘yicha majburiy tavsiflar standartlashtirish bo‘yicha tegishli normativ hujjatlarda belgilanadi.
LexUZ sharhi
1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, shuningdek ularning muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasi bilan tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3. Sertifikatlashtirishni amalga oshirish ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha, qoidaga ko‘ra, ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich bir vaqtning o‘zida, zaruriyatga ko‘ra, veterinariya va fitosanitariya xulosalari tegishli ravishda davlat veterinariya nazorati va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarida rasmiylashtirilgan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazorati organlarida gigiyenik sertifikat rasmiylashtirilishini o‘z ichiga oladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyekti:
Keyingi tahrirga qarang.
gigiyenik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlariga (keyingi o‘rinlarda sertifikatlashtirish organlari deb ataladi) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishga;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat bo‘lganda tegishli xulosalar olish uchun veterinariya va fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sertifikatlashtirish organlari tadbirkorlik subyektlarining yozma arizasiga muvofiq davlat sanitariya nazorati organlarida, davlat veterinariya nazorati va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarida, shuningdek ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlarida sertifikatlashtirishni o‘tkazish va barcha zarur xulosalarni olish yuzasidan agentlik xizmatlari ko‘rsatishga haqlidir.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda namunalar tanlab olinishi, shuningdek ular to‘g‘ri tanlanganligi va ular tegishli davlat organlariga taqdim etilishi uchun sertifikatlash organlari javob beradilar.
Ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mahsulotning (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur hujjatlar (sinov protokollari, tadqiqot dalolatnomalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza xulosasi) berilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya va ekologiya sertifikatlari (xulosalar) sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarga normativ hujjatlarda tegishli ravishda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik normalar va talablar mavjud bo‘lgan taqdirda rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Gigiyenik sertifikatni olish uchun ariza beruvchi davlat sanitariya nazoratining hududiy organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizaga ishlab chiqariladigan mahsulotga normativ hujjatning nusxasi (Davlatlararo standart — GOST, O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti — O'zDSt, Tashkilotning standarti — Ts) va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda — texnologik yo‘riqnoma va retseptura ilova qilinadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 272-modda)
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga kelganlik to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda tovarga ilova qilinadigan hujjatlarning (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxalari;
ishlab chiqaruvchining kelib chiqish mamlakati sertifikati (tovarning kelib chiqishi to‘g‘risida ishonchli axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda) nusxalari taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ilgari sertifikatlanmagan (sinalmagan) maxsus qo‘llaniladigan biologik aktiv moddalar yoki oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarining oziq-ovqat qo‘shimchalari qo‘llash bilan bog‘liq ishlab chiqarishni tashkil etishda yoki mahsulotlarni chetdan keltirishda davlat sanitariya nazoratining hududiy organi tegishli ruxsatnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma berish uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Laboratoriya sinovlarini o‘tkazish xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar bo‘yicha, biroq mahsulot bo‘yicha eng kam oylik ish haqining uch baravaridan ortiq bo‘lmagan summada to‘lov undiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z faoliyatini qishloq joylarda amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sinovdan o‘tkazishda to‘lov mahsulot bo‘yicha eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ortiq bo‘lmagan summada undiriladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan keyin davlat sanitariya nazoratining hududiy organi tomonidan belgilangan tartibda joyning o‘ziga borib laboratoriya sinovlari o‘tkazish va ishlab chiqarish obyektini saqlash shart-sharoitlarini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari tanlab olinadi. Mahsulotlarni gigiyenik ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun sinash O‘zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 272-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Agar mahsulot kelib chiqishiga ko‘ra hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazoratining hududiy organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan sanadan keyingi kundan kechikmay veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi berish bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi davlat veterinariya nazoratining tuman (shahar) organlari yoki o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat veterinariya nazorati organi 20 kungacha bo‘lgan muddat bilan belgilangan tartibda ajratib qo‘yish-cheklash tadbirlari (karantin) belgilashi mumkin. Bunda veterinariya xulosasi berish tartiboti karantin muddati tamom bo‘lgunga qadar to‘xtatib turiladi.
Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi tayyorlash va berish muddati uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi berilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar bo‘yicha, biroq eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ortiq bo‘lmagan summada to‘lov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Veterinariya va fitosanitariya xulosalari olinishi hisobga olingan holda gigiyenik sertifikatni rasmiylashtirish va berish muddati tegishli sinov metodlari uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan muddatlarga qarab belgilanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 272-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Gigiyenik sertifikat berish ishlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar bo‘yicha, biroq mahsulot bo‘yicha eng kam oylik ish haqining uch baravaridan ortiq bo‘lmagan summada to‘lov undiriladi.
O‘z faoliyatini qishloq joylarda amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga gigiyenik sertifikat berishda to‘lov mahsulot bo‘yicha eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ortiq bo‘lmagan summada undiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Veterinariya va fitosanitariya xulosalari berish bo‘yicha vakolatli organlarning xizmatlariga ariza beruvchi tomonidan haq to‘lash davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotga gigiyenik sertifikat mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega bo‘lmagan mahsulotga esa — muddati ko‘rsatilmasdan beriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 272-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Gigiyenik sertifikat ariza beruvchiga davlat sanitariya nazoratining hududiy organi rahbarining imzosi bilan beriladi, u ushbu organning muhri bilan tasdiqlanadi, unga sinovlar protokoli nusxalari ilova qilinadi.
Agar gigiyenik sertifikatlashtirish bilan bir vaqtda mahsulotning fitosanitariya yoki veterinariya normalari va qoidalariga muvofiqligi sinovdan o‘tkazilgan taqdirda, ariza beruvchiga tegishli xulosalar ham beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari hamda hujjatlar to‘liq turkumda taqdim etilmasligi gigiyenik sertifikat berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi, bu haqda davlat sanitariya nazoratining hududiy organi qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda ma’lum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar tomonidan bir-birini takrorlovchi sinovlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi gigiyenik sertifikat yoxud fitosanitariya va veterinariya xulosalari berishning rad etilishi yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Ariza beruvchi istalgan vaqtda, sertifikatlashtirish organlari esa birinchi talabga ko‘ra quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
a) muvofiqlik sertifikati majburiy tartibda bo‘lishi kerak bo‘lgan mahsulot turlarining ro‘yxati yoki ro‘yxatdan ko‘chirma;
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Sertifikatlashtirish organi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar nusxalarini taqdim etganlik uchun nusxalarni tayyorlash xarajatlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undirishga haqlidir.
19. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
gigiyenik sertifikat nusxasi. Ariza beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga ariza berilgan taqdirda gigiyenik sertifikat nusxasi, u mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-maydagi 104-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2007-y., 21-son, 214-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Sertifikatlashtirish maqsadida sertifikatlashtirish organlariga standartlash bo‘yicha rasmiy, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar nusxalari taqdim etiladi, boshqa hollarda, shu jumladan o‘z ehtiyojlari uchun, tasdiqlanmagan nusxalardan foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Arizada nazarda tutilgan taqdirda, sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirish ishlarini gigiyenik sertifikat (veterinariya va fitosanitariya xulosalari) nusxalarini olish muddatini kechiktirgan holda boshlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bu holda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatini faqat ariza beruvchi tomonidan ijobiy natijalarga ega bo‘lgan hujjatlarning barcha zarur nusxalari taqdim etilgandan keyin berishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Sertifikatlashtirish organi ariza berilgan kundan boshlab ikki kun muddatda joyiga borib sertifikatsiya sinovlarini o‘tkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab oladi va identifikatsiya qiladi.
Namunalar soni, tanlab olish tartibi, identifikatsiya qilish va saqlash qoidalari mahsulotga normativ hujjatlarda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ma’lum turdagi mahsulotni sertifikatlash maqsadida sinovlar protokolini rasmiylashtirish va berish muddati ushbu turdagi mahsulotni texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan uslublarga muvofiq sinovlardan o‘tkazishning umumiy davom etish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 938-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son)
Ariza beruvchi o‘z mahsulotining tanlab olinishida va sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada maxfiylikni ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilishi kerak.
Namunalarning saqlanishi, sifati va sinovlarining ishonchliligi uchun “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriya (markaz) javob beradi. Sinovlar protokollarini mas’ul mutaxassislar imzolaydi va laboratoriya rahbari tasdiqlaydi.
24. Ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga akkreditatsiya qilingan laboratoriyalardagi mahsulot sinovlari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Agar mahsulotni alohida parametrlari bo‘yicha sinovlar turli sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda sinovlarning ijobiy natijalari bilan birga barcha zarur protokollarning mavjudligi mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligining ijobiy bahosi hisoblanadi.
Respublikada chetdan keltiriladigan, majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo‘lgan mahsulotga normativ hujjat mavjud bo‘lmaganda, sifat va xavfsizlik bo‘yicha sertifikatsiya sinovlari mahsulotning ana shunday turlari talablariga muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Arizachi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mahsulotga zarur normativ hujjat yoki texnik tasnifnomalar taqdim etilmagan taqdirda, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning ana shunday turlariga hujjatlar bo‘yicha yoki gigiyenik sertifikat asosida, uni identifikatsiya qilgan holda amalga oshiriladi (oziq-ovqat mahsulotiga va oziq-ovqatga qo‘shiladigan mahsulot uchun).
Keyingi tahrirga qarang.
25. Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari, shuningdek hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan komplektini taqdim etish muvofiqlik sertifikati berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu to‘g‘rida sertifikatlashtirish organi ariza beruvchiga aniq qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabar qiladi.
26. Sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlar va sinovlarning ijobiy natijalari asosida ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega bo‘lmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati ko‘rsatilmasdan, ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun — 3 yilga beriladi. Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-maydagi 104-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 21-son, 214-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikati berish uchun sertifikatlashtirish organi ariza beruvchida mahsulotni ko‘plab ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar mavjudligini aniqlash maqsadida mahsulot ishlab chiqariladigan obyektlarni belgilangan tartibda tekshiradi. Tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, undan muvofiqlik sertifikati berish to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalaniladi.
O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muvofiqlik sertifikatida keltiriladi.
Tekshirishni o‘tkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga ko‘ra, sinovlar uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tekshirish o‘tkazilganligi uchun to‘lov amalda sarflangan vaqt bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar kalkulatsiyasiga binoan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish organidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son)
28. Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati bergan sertifikatlashtirish organi har yili kamida bir marta, mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspeksiya nazorati tekshiruvini o‘tkazadi.
Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanishi yoki to‘xtatib turilishi yoxud belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Laboratoriya sinovlarini o‘tkazganlik, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirganlik va berganlik uchun to‘lov tartibi, ariza beruvchiga muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi berilganligi uchun bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 225-modda)
30. Sertifikatlashtirish organi e’tirof etish to‘g‘risida bitim tuzilgan MDH mamlakatlaridan va uzoq xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan mahsulotga sertifikatlarni e’tirof etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
E’tirof etish tartiboti sertifikatlashtirish organining mahsulotni sertifikatlashtirish tartibida, “O‘zstandart” agentligining normativ hujjatlariga muvofiq belgilangan bo‘lishi kerak.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Xalqaro tizimlar va bitimlar doirasida amalga oshiriladigan sertifikatlarni e’tirof etish ushbu tizimlar va bitimlarda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Sertifikat talablarga muvofiq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan ana shunday talablardan qolishmaydigan mahsulot uchun e’tirof etiladi.
Normativ hujjatlarda sertifikatlashtirish uchun shart bo‘lgan yoki kontraktda belgilangan qo‘shimcha talablar mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot ushbu talablarga muvofiqlik yuzasidan sinab ko‘rilishi kerak.
32. Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish, shuningdek mahsulotni identifikatsiyalash asosida sertifikatlashtirish organi chet el muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish (etmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Eksport qiluvchi mamlakatning Milliy sertifikatlashtirish tizimiga berilgan muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish uni import qiluvchi mamlakatning muvofiqlik sertifikatiga qayta rasmiylashtirish va Yagona davlat reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra tasniflash Yevropa tovar raqamlanishi uyushmasi (GS1) tomonidan kodlashtirish borasida korxonaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini hamda ishlab chiqariladigan tovarning bir kun mobaynida beriladigan raqamli kodini olish uchun “GS1 Uzbekistan”ga murojaat qiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
“O‘zstandart” agentligi tomonidan, belgilangan tartibga muvofiq shtrixli kodning original-maketi tayyorlanadi va beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Kod berish bo‘yicha xizmatlar qiymati, shuningdek a’zolik badallari miqdori “GS1 Uzbekistan” qatnashchilari tomonidan belgilanadi. Shtrixli kodning original-maketlarini tayyorlash va berish qiymati, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiya qilingan tariflar bo‘yicha belgilanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 225-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ariza beruvchi zarur hollarda gigiyenik xulosa olish uchun hududiy sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan holda laboratoriya sinovlari o‘tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va obyektni tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1a. Chorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo‘lgan aniq qonun hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda yozma javob yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati tugagunga qadar to‘xtatib turiladi.
1v. O‘simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) o‘simliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1g. O‘simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchiga gigiyenik xulosa beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3,4. Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun “GS1 Uzbekistan”ga murojaat qilishi mumkin.
(3,4 bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. (Ariza gigiyenik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organ 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda yozma rad javobini beradi.
(izohning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son)
Keyingi tahrirga qarang.